«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati toshkent temir yo‘l muhandislari instituti



Download 5,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/85
Sana10.04.2022
Hajmi5,85 Mb.
#540945
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   85
Bog'liq
elektrotexnika materiallari fanidan elektrotexnika materiallari.

 
Nazorat savollari 
1. Dielektrikning namligi qanday aniqlanadi? 
2. Dielektrikning mexanik xossalar deganda nimani tushunasiz? 
3. Dielektrikning issiqlik xossalar deganda nimani tushunasiz? 
4. Dielektrikning kimyoviy xossalar deganda nimani tushunasiz? 
5. Gazlarning elektr o‘tkazuvchanligini aniqlashning usullarini keltiring? 
Adabiyotlar 
1. T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil 
edition. USA, 2009. 24-28 bet. 
6-МA'RUZA 
DIELEKTRIKLARNING TABIIY ELEKTR O’TKAZUVCHANLIGI 
 
Reja 
 
1. Suyuq dielektriklarning elektr o’tkazuvchanligi 
2. Qattiq dielektriklarning elektr o’tkazuvchanligi. 
3. Qattiq dielektriklarda sirt (yuza) orqali elektr o’tkazuvchanlik 
 
Suyuq dielektriklarning elektr o’tkazuvchanligi 
62
[T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 
2009. 27-28 bet.] 


Suyuqlikning elektr o‘tkazuvchanligi uning molekula tuzilishi va tarkibidagi 
qo‘shimchlarga bog‘liqdir. Qutbli suyuqlik qutbsiz suyuqlikdan o‘zining kam 
elektr o‘tkazuzchanligi bilan farqlanadi.
Aksariyat suyuqliklarning molekulalari ionlashmaganligi sababli, ularning 
elektr o‘tkazuvchanligida qo‘shimcha (nam, tuz, ishqor, kislata va hokazo)larning 
ta‘siri katta bo‘ladi. Suyuqlik tarkibida juda oz miqdorda bo‘lgan bunday 
qo‘shimchalar dielektrikning elektr o‘tkazuvchanligini sezilarli darajada oshiradi. 
Suyuqlikda ionlarning yoki zaryadlangan kolloid zarralarning siljishi undan tok 
o‘tishini ta‘minlaydi
63
.
Qutbli suyuqliklar yuqori elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lib, ularning 
dielektrik singdiruvchanligi ortishi natijasida dielektrikning elektr o‘tkazuvchanligi 
ham ortadi. O‘ta qutbli suyuqliklar yuqori elektr o‘tkazuvchanlikka egaligi sababli 
bunday suyuqliklar ionli elektr o‘tkazuvchanlikka ega o‘tkazgichlar deb qaraladi. 
Suyuq dielektrik tarkibidagi qo‘shimchalardan tozalansa, uning solishtirma 
qarshiligi birmuncha ortadi. Masalan, qutbsiz suyuq dielektrik orqali uzoq vaqt 
elektr toki o‘tkazilsa, elektr ionlarning elektrodlarida yig‘ilishi natijasida mazkur 
suyuqlik qo‘shimchalardan tozalanadi va dielektrik qarshiligi ortadi. Natijada 
suyuq dielektrikda elektr tozalanishi sodir bo‘ladi. 
Suyuq dielektriklarning solishtirma o‘tkazuvchanligi haroratga uzviy ravishda 
bog‘langan bo‘lib, haroratning ortib borishi bilan uning qovushqoqligi kamayadi. 
Oqibatda ionlarning siljuvchanligi ortib, suyuqlikning elektr o‘tkazuvchanligi 
ko‘payadi.
Suyuq dielektrikning solishtirma o‘tkazuvchanligi aniqlanadi:
64
63
[T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 
2009. (29-30 bet)] 
64
[T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 
2009. 28-30 bet.] 


, (1) 
bunda: A, a- berilgan suyuqlikni ifodalaydigan o‘zgarmas kattaliklar. 
Suyuqlikning solishtirma o‘tkazuvchanligi va qovushqoqligi orasidagi 
bog‘lanish qovushqoq muhitda doimiy kuch ta‘sirida siljuvchi shar harakatiga 
asoslangan Stoks qonunidan foydalanib, o‘rganiladi. Ushbu qonunga asosan, suyuq 
muhitda joylashgan sharning harakat tezligi: 
(2) 
bunda: 
F
- kuch, 
N

r
- shar radiusi, m; 

-suyuqlikning dinamik qovushqoqligi. 
Agar ion shar ko‘rinishli, uning zaryadi 
q
va harakatlantiruvchi kuchi 
F=E
q
deb 
olsak, u holda suyuqlikning solishtirma elerktr o‘tkazuvchanligi Om qonuniga 
asosan quyidagicha aniqlanadi. 
(3) 
bunda: n
0
– zaryad eltuvchilar miqdori. 
Ushbu ifodaga asosan, suyuqlik qiziganda, uning qovushqoqligi kamayishi 
sababli, dielektrikning elektr o‘tkazuvchanligi ortadi. Elektr o‘tkazuvchanlik 
kolloid birikmalarida ham kuzatilib, ularda zaryad eltuvchi vazifasini millionlar 
bajaradi. Elektr texnikada kolloid birikmalaridan emulsiya, suspenziya 
(suyuqlikdagi qattiq zarrachalar) va aerozollar (gaz tarkibidagi qattiq va suyuq 
zarrachalar) ishlatiladi. Elektr maydonida millionlar harakati elektroforez 
c
m
r
F
/
6












T
a
exp




r
q
n
6
2
0



ko‘rinishida bo‘ladi va jarayon elektrolizdan yangi modda hosil qilmasligi bilan 
farqlanadi. Elektroforetik elektro o‘tkazuvchanligi, tarkibida suv zarrasi bo‘lgan 
yog‘da, qatron (smola)li organik suyuqliklarda kuzatiladi. 
Ba‘zi suyuq dielektriklarda 
p
qiymatining 
r

qiymatiga bog‘liqligi 1- jadvalda 
keltirilgan.
1-
jadval
Ba‘zi suyuqliklarning 20

C dagi solishtirma hajmiy qarshiligi va dielektrik 
singdiruvchanligi. 

Download 5,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish