Temirbetonli to’sin yemirilishining sxemalari va hisoblash hollari.
Tajribalardan
ma‟lumki, agar
R
bo‟lsa yemirilish
birinchi sxema
bo‟yicha, agar
>
R
bo‟lsa yemirilish
ikkinchi sxema
bo‟yicha sodir bo‟ladi.
Shunday qilib, odddiy va oldindan zo‟riqtirilgan konstruksiyalarni yagona uslub bilan
hisoblash mumkin. Bunda kuchlanganlik holatining III bosqichi asos qilib olinadi.
Oldindan zo‟riqtirilgan konstruksiyalarda elastiklik ishi uzayadi (I bosqich). Agar oddiy
elementlarda yoriqlar sindiruvchi momentning 10... 15% da sodir bo‟lsa, oldindan zo‟riqtirilgan
konstruksiyalarda esa ular sindiruvchi momentning 70...80% da sodir bo‟ladi.
Temirbeton elementlar uchun kesim tanlashda shuni nazarda tutish lozimki, teng kuchli
mustahkamlikka erishish uchun, kesim o‟lchamlari bilan armaturalash foizini o‟zaro
moslashtirish kerak. Masalan, element kesimining balandligi ortishi bilan armatura kesim
yuzasining kichrayishi kuzatiladi. Konstruksiyalarni hisoblashda ularning eng tejamkor va arzon
216
nushalarini tanlashga intilmoq zarur. Tajribalarning ko‟rsatishicha, to‟sinlarda
= 0,2...0,3 va
plitalarda
=0,1...0,25 olinsa, mablag‟ tejaladi.
Sanoat, fuqaro va qishloq xo„jaligi binolarida ishlatiladigan beton va temirbeton
qurilmalariga agressiv muhit ta‟sir etishi mumkin. Qurilmaning uzoq muddatga chidamliligini
beton va armaturaning agressiv muhit ta‟siriga bardoshliligi bilan aniqlanadi. Ularning betonga
agressiv ta‟siri maxsus qurilish qurilmalarini emirilishdan saqlovchi (SNiP 2.03.11-85)
me‟yorlar asosida aniqlanadi. Temirbetonga ta‟sir qiluvchi hamma agressiv muhitni uch guruhga
bo„lish mumkin: suyuq, gazsimon va qattiq.
Birinchi guruhga hamma uchta jarayon, betonga yumshoq suv ta‟sirida rivojlanuvchi,
sement toshini tashkil etuvchi qismlar oqar suv ta‟sirida erib va oqib ketishi (ayniqsa betondan
filtrlanib o„tishi natijasida) birlashadi.
Ikkinchi guruhga esa, tarkibida kimyoviy elementlar bo„lgan suvning sement toshi
tarkibidagi elementlar bilan reaksiyaga kirishishi beton emirilishining rivojlanish jarayoniga
kiradi. Reaksiyaga kirishgan mahsulotlar suvda oson erib oqib ketadi yoki amorf massasi
ko„rinishida, bog„lovchi xususiyatga ega bo„lmagan yoki reaksiya joyida qoladi. Bu guruh
nordon va magneziyali tuzlar ta‟sirida hosil bo„luvchi jarayonlarni o„z ichiga oladi.
Yemirilishning ikkinchi turida beton uchun himoyalanish tadbirlariga maxsus bog„lovchi
va bo„yash ko„rinishida yuzani ishonchli himoyalash, qoplash va shu kabilar kiradi.
Yemirilishning uchinchi turida emirilish uchun kurashishning asosiy omillaridan
sementni tanlash, qurilmani ishlash sharoiti hisobga olingan holda va muhitning agressiv holati,
beton zichligini oshirish uchun turli uslublar havoni chiqarib yuboruvchi, plastifitsirlovchi
qo„shimchalar qo„shish, shuningdek past W/S qo„llashlardan iboratdir.Temirbeton qurilmaning
buzilishi armaturaning emirilishi sababli bo„lishi ham mumkin. Betonning armaturaga nisbatan
himoya ta‟siri sement toshining po„latni passirlash qobiliyati bo„yicha aniqlanadi. Ma‟lumki,
ko„pincha armaturaning emirilishi havo va suv tarkibidagi kislorod ta‟sirida bo„ladi. Emirilishni
asosiy mahsuloti bo„lib zang hisoblanadi va u kimyoviy yoki elektrokimyoviy reaksiyalarda
ishtirok etuvchi kislorod ta‟sirida ham kelib chiqishi mumkin.
Yemirilish mahsulotlari armaturada yig„iladi, betonni bosadi, natijada darzlar paydo
bo„ladi. SHundan so„ng betonning himoya qatlami ko„chadi. Emirilish doimo metall mahsuloti
yuzasidan boshlanadi va sekin-asta ichkariga tarqaladi. Bunda metallar tashqi ko„rinishini
o„zgartiradi: yaltirashi yo„qoladi, silliq yuzasi g„adir-budir bo„lib boradi va qo„ng„ir rangli temir
oksididan tashkil topgan zang bilan qoplanadi. SHundan so„ng zang chuqurroq kirib boradi va
metall buziladi.
Temirbetonda armatura qotgan sement xamiridan yupqa elastik plenka bilan qoplanadi, u
havo va suv kirishidan himoyalaydi. Qurilmaning turiga qarab betonning himoya qatlam
217
qalinligi odatda 10 dan 20mm gacha va undan ham ortiqroq bo„lishi mumkin. Agarda himoya
qatlamda darzlar paydo bo„lsa, u holda emirilishning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi.
Havoda suv parlari bo„ladi, agarda havo namligi yuqori bo„lsa, unda bu parlar sekin-asta ochiq
qolgan armatura yuzasida kondensirlanadi va emirilishga olib keladi.
Azot oksidi, oltingugurtli gazlari va shunga o„xshash ifloslangan havoli yirik sanoat
tumanlarida inshootlarda betondagi armaturalar ayniqsa ko„proq emiriladi. Bu gazlar havodagi
suv tomchilarida erib, metall yuzasiga tushadi va emirilish jarayonini juda tezlashtirib beradi.
Oltingugurtli gaz armatura uchun o„ta zararlidir. U havoga tarkibida oltingugurt bo„lgan
toshko„mirni yoqqanda tutun bilan birga chiqadi. Oltingugurt gazi suvda erib oltingugurt
kislotasini hosil qiladi. Bunday muhit temirbeton qurilmalaridagi armaturalar va metall
mahsulotlari uchun zararlidir. Bunday shiddatli emirilishdan armaturani ishonchli himoyalash
uchun maxsus emirilishga qarshi qoplamalar, emirilishni oldini loish uchun esa qurilmani darz
ketmasligini ta‟minlash zarur. Betonning himoya qatlamini, zichlantiruvchi qo„shimchalar
qo„shib, kuzatgan holda, zararli moddalar singib borishidan saqlash maqsadida beton zichligini
oshirishga erishiladi.
Temirbeton qurilmalari uchun eng ko„p tarqalishga erishilgani egiluvchi armaturali og„ir
temirbetondir. Bunday temirbetonning zichligi ρ=25kN/m
3
teng deb qabul qilindi. (o„zaklash
foizi μ≤3% bo„lganda). O„zaklash foizi yuqori bo„lganda temirbeton zichligi beton va armatura
zichligi yig„indisiga teng deb olinadi. Turli betonlardan ishlangan engil temirbeton ham keng
tarqalishga erishmoqda. Professor P.L.Nervi tomonidan taklif etilgan (Milan politexnika
laboratoriyasi) maxsus alohida ko„rinishdagi temirbeton o„zaklitsement (armotsement )
hisoblanadi. O„zakli sement – bu o„zaklangan oralig„i yaqin qilib joylashtirilgan sinfi V25...V50
bo„lgan mayda to„ldirgichli kichik (yacheykali) katakli po„lat material to„rli betondir. To„ldirgich
donalarining kattaligi 5mm dan yuqori emas. 1sm qalinlikdagi o„zaklangan sementga ko„pi bilan
4ta to„r kataklari 10mm dan yuqori bo„lmagan 0,5 dan 1mm gacha qalinlikdagi sim
joylashtiriladi,
M
A
s
/
0,004...0,025
bu erda,
A
s
–
to„rlarning kesim yuzasi uzunlik
birligida (sm
2
/sm), δ – o„zaklangan sement elementining to„g„ri burchakli uchastkasi qalinligi.
Armotsementning bunday bo„laklab o„zaklanishi bir butun xususiyatli, yuqori cho„ziluvchan,
darzlarning kam ochilishi, og„ir yuk ko„tarish qobiliyatli, suv o„tkazmaslik, zarba yukka
qarshiligi yuqori bo„lgan materialni olishga imkon beradi. Bu xususiyatlar ularni yupqa-devorli
fazoviy qurilmalarda, katta hajmli inshootlar qurilishida va suv inshootlarida qo„llashga imkon
beradi. Biroq o„zaklangan sementda temirbetonga nisbatan emirilishga bardoshlik va
olovbardoshlik pastroq.
Fiborbeton temirbeton turlaridan hisoblanadi, u ham o„zaklangan sement kabi yupqa
po„lat simli kalta qirqim ko„rinishida beton hajmining 1,5 dan to 3% gacha shisha va sintetik
218
iplardan iborat bo„ladi. Tolalarni (po„latli va shishali) yuqori va past modulligi (sun‟iy)
ishlatiladi. YUqori modulli tolalardan o„zaklash beton mustahkamligini oshiradi. Past modulligi
– uning zarbaga qayishqoqligini. Tolalarning qayishqoqlik moduli betonga nisbatan yuqori
bo„lishi kerak, tola va beton bir-biriga o„zaro kimyoviy jihatdan mos bo„lib va o„zaro yaxshi
yopishadigan bo„lishi kerak. Fibrobetondan tayyoragohlar va avtoyo„llar uchun plitalar, ustun
qobig„i, tutun trubalari, bosimbardosh truboprovodlar, muvozanatsiz mashinalar tagidagi
fundamentlar, portlashga bardoshli qurilmalar va shu kabilar tayyorlanadi.
Temrbeton qurilmalar agressiv muhitda yoki yuqori gidrostatik bosimda, shuningdek
elektr o„tkazmaslik sharoitida va radio tiniqligi uchun ishlashga mo„ljallangan armotsementdan
tayyorlanadi, po„lat yoki metall bo„lmagan armatura bilan o„zaklanadi. Temirbetonda bog„lovchi
sifatida fenoloformaldegidlar va boshqa qatronlar ishlatiladi. Armopolimerbetonning
mustahkamlik xususiyatlari og„ir temirbetonga solishtirganda ancha yuqori.
yuqori
cho„ziluvchanlikka va emirilishga bardoshli yuqori siljuvchanlikka ega.
Armopolimerbeton qimmatbaho bo„lgani uchun qurilish qurilmalarida keng qo„llanila olmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |