166
Karkassiz
bir qavatli sanoat binolari yuk ko„taruvchi devorlardan iborat bo„lib, odatda oralig„i 12
m gacha, balandligi 6 m dan yuqori bo„lmagan va kran yuk ko„tarish qobiliyati 5 t gacha bo„lgan
xollarda qo„llaniladi. Bunda stropil konstruksiya tayangan yuk ko„taruvchi devorni tashqi yoki
ichki tomonidan (pilyastra) devordan bo„rtib chiquvchi ustun bilan kuchaytiriladi. Karkassiz
ko„p qavatli sanoat binolari kam tarqalgan.
Bir qavatli sanoat binolarini asosan to„liq karkasli qilib loyihalanadi.
Karkasli
sanoat binolari konstruksiyasi fazoviy tizimdan iborat bo„lib, harorat bo„lagi oralig„ida
yopma plitalar va bog„lovchilar bilan birlashtirilgan ko„ndalang ramalardan, hamda ayrim
xollarda stropila osti tuzilmalari va boshqa elementlardan tashkil topadi. Bunda ko„ndalang
ramalar ustun va stropil tuzilmalardan iborat bo„ladi. (15.2-rasm).
15.2-rasm. Bir qavatli sanoat binosining
temirbeton karkasi:
1-yig„ma poydevor ustunchasi;
2-kran osti to„sini;
3- o„rta qator ustuni;
4-stropil osti
fermasi;
5-stropil fermasi;
6-yig„ma temirbeton yopma plitasi;
7- bug„ izolyasiya qatlami;
8- issiqlik izolyasiyasi;
9- sement-qum
qorishmasi;
10- tom qoplama qatlami;
11-oyna;
12-osma devor paneli;
13-sokoldagi panel;
14- chetki qator ustuni;
15-ustunlararo xoch bog„lagich; 16-
167
poydevor to„sini;
17- yig„ma poydevor.
Karkasli tizimda gorizontal va vertikal yuklarni karkas elementlari qabul qiladi. Tashqi devor
sifatida esa osma panellar qo„llanilib, ular to„siq vazifasini bajaradi.
Ko„p qavatli sanoat binolarining yig„ma temirbeton karkasini tugunlari bikir mahkamlangan
ramalardan iborat bo„ladi. (15.3-rasm).
15.3-rasm. Ko„p qavatli sanoat
binolarining karkaslari
a) orayopma plitalarni rigel tokchasiga tayangan xolati; b) orayopma
plitalarni rigelga tayangan
xolati
Karkasli konstruktiv echim bino xonalarini erkin rejalash, yig„ma elementlarni maksimal
unifikatsiya qilish, hamda bir va ko„p qavatli sanoat binolarining samarali iqtisodiy echimini
aniqlash imkoniyatini beradi.
Yig„ma temirbeton karkasli binolarning ijobiy tomonlari: ularning mustahkamligi, chidamliligi
va yong„inbardoshliligi bo„lsa, salbiy tomonlari: katta massaga egaligi, yig„ma
konstruksiyalarning o„zaro biriktirish ishlarining murakkabligi va rekonstruksiya qilishning
qiyinligidadir.
Metall konstruksiyadan iborat bo„lgan sanoat binolari yig„ma temirbetonga nisbatan kam
mehnat va material sarfi, tez vaqt oralig„ida montaj qilish va ta‟mirlash imkoniyatini borligi
bilan farq qiladi. (15.4-rasm). Biroq, metall konstruksiyaning korroziya bo„lishi, kam
yong„inbardoshliligi va qimmatliligini ham hisobga olish lozim. SHu boisdan ham, po„lat
materialining tanqisligi metall konstruksiyani faqat bino oralig„i 24 m dan ortiq, balandligi 15 m
dan yuqori va kranlarning yuk ko„tarish qobiliyati 50 t ko„p bo„lgan vaziyatlarda qo„llaniladi.
168
15.4-rasm. Bir qavatli sanoat
binosining metall karkasi:
1 – poydevor; 2 – asosiy karkas
ustuni; 3 – poydevor to„sini; 4 –
faxverk ustuni;
5 – stropil osti fermasi;
6 – stropil fermasi;
7 – tayanch; 8 – po„lat
profnastil;
9 – bug„
va issiqlik izolyasiya
qatlamlari;
10 – sement-qum qorishmasi;
11 – gidroizolyasiya qatlami;
12 – po„lat kran osti to„sini;
Aralash karkas
tizimida ishlangan bir qavatli sanoat binolari odatda ikki orliqli bo„lib, binoni
tashqi perimetri bo„yicha yuk ko„taruvchi devorlar joylashtirilsa, ichki tomoniga ustunlar
o„rnatiladi. Bugungi kunda aralash karkas tizimdagi sanoat binolari loyihalanmaydi, ammo
ushbu sxema bo„yicha barpo etilgan alohida ob‟ektlar mavjud bo„lib, ular hozirgi davrgacha
ekspluatatsiya qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: