«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati toshkent temir yo‘l muhandislari instituti



Download 13,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/102
Sana03.01.2022
Hajmi13,86 Mb.
#317292
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   102
Bog'liq
arxitektura va qurilish konstruktsiyalari

2.
 
Tom yopmalarning konstruktiv yechimlari 
3.
 
Birlashtirilgan tom yopmalarning konstruktsiyalari 
4.
 
Tom qoplamasi 
5.
 
Tomlardan suvlarni ketkazish 
 
Bino tepa qismini yopib turuvchi konstruktiv elementlar tom yopmasi deyiladi. Tom yopmasi 
binoni yomg‟ir, qor, shamol va boshqa shu kabi atmosfera ta‟sirlaridan himoya qilish bilan bir 
qatorda,  qish  mavsumidagi  sovuq  harorat  va  yoz  vaqtida  yuzaga  keladigan  issiq  harorat 
ta‟siridan himoya qiladi. 
Tom  yopmasi  ikki  qismga  bo‟linadi.  Bunga  tomning  yopib  turuvchi  (tom  qoplamasi)  va 
tomga ta‟sir  etadigan  yuklarni  ko‟tarib turuvchi  (yuk ko‟taruvchi  konstruksiya) qismdan iborat 
bo‟ladi. Tomning yopib turuvchi qoplamasi  suv o‟tkazmaydigan, sovuq va issiq harorat ta‟siriga 
chidamli, quyosh radiatsiyasi va atmosferaning agressiv ta‟siriga qarshilik ko‟rsatadigan bo‟lishi 
lozim. Tomning yuk ko‟taruvchi qismi esa tabiiyki, o‟zining xususiy og‟irligi va ekspluatatsiya 
davrida yuzaga keladigan doimiy va vaqtinchalik yuklarni ko‟tarib turishi kerak
57

Qor  va  yomg‟ir  suvlarining  oqib  ketishini  ta‟minlash  uchun  tomlar  nishabli  qilib 
loyihalanadi.  Tomning  nishabi  yopma  materialiga  va  bino  qurilayotgan  hududning  iqlimiy 
sharoitlariga  bog‟liq  bo‟ladi.  Bunda  qor  qatlamining  qalinligi,  yomg‟ir  yog‟ish  va  quyosh 
radiatsiyasining  davomiyligi  kabi  qurilish  tumani  iqlimining  o‟ziga  xos  xususiyati  hisobga 
olinib,  qordan  yuzaga  kelgan  yuk  ta‟sirini  kamaytirish  uchun  qorni  tomdan  tez  vaqt  oralig‟ida 
tushurib  yuborish,  yomg‟ir  suvlarini  tomdan  oqib  ketishini  ta‟minlash  va  quyosh  radiatsiyasi 
ta‟siridan himoyalash chora-tadbirlari aniqlanadi.  
Turar-joy  binolari  O‟zbekistonning  quruq  issiq  iqlimi  sharoitida  ekspluatatsiya  qilinishini 
hisobga olib, tom yopmasini qiya holatda nishabli qilib olish maqsadga muvofiq.  
Tom  yopmasi  bilan  binoning  yuqori  qavati  orasidagi  bo‟shliq  chordoq  deb  ataladi.  Odatda 
binoning  chordoq  qismi  turli  xil  muhandislik  tarmoqlari  va  jihozlarini  joylashtirish  uchun 
                                                 
57 Andrea Deplazes BUILDING CONSTRUCTION ADHESIVES, Birkhauser Constructing architecture materials 
processes structures / Bauhauz, Berlin, 2013 (211-213  betlar) 
 


128 
 
ishlatiladi.  Chordoqda  inson  harakatlanishi  uchun  yetarlicha  balandlikka  ega  bo‟lishi  lozim. 
Shuningdek, chordoqni yoritish va shamollatish uchun chordoq derazasi o‟rnatiladi
58

Nishabli    tomlarning    shakli    bino  tarhdagi    o‟lchami    va    bino    me‟moriy    ko‟rinishiga  
bog‟liq    bo‟ladi.    Nishabli    tomlar    quyidagicha:  bir    nishabli,    ikki    nishabli,    mansardli,  
chodirsimon    va    valmasimon    turlariga  bo‟linadi  (1-rasm).  Tomning  nishabi  graduslarda  yoki 
foiz hisobida belgilanadi.  
 
 
 
1-rasm. Chordoqli tomlarning asosiy turlari: 
a - bir nishabli, b - ikki nishabli, v - mansardli, g - chodirsimon, d – valmasimon.  
 
Bino  eni  kichik  bo‟lgan  hollarda  bir  nishabli  tom  loyihalansa,  eni  kattaroq  bo‟lganda  ikki 
nishabli tom (2-rasm) qo‟llaniladi. Kam qavatli turar-joy binolarining  chordoq qismida yashash 
uchun xona mo‟ljallangan bo‟lsa, u holda bu kabi tom ko‟rinishi   mansardli bo‟ladi. 
 
                                                 
58 Andrea Deplazes BUILDING CONSTRUCTION ADHESIVES, Birkhauser Constructing architecture materials 
processes structures / Bauhauz, Berlin, 2013 (219-220  bet) 
 


129 
 
 
2-rasm. Ikki nishabli tomning stropila konstruksiyalari tarhi 
 
 
 
 
 
3-rasm. Chordoqli tomlarning ko„rinishi 


130 
 
Nishabli    tomlarning    yuk    ko‟taruvchi    konstruksiyalari  sifatida    kamida    ikki    tayanchga  
tiralgan  stropil  to‟sinlar  va  stropil  fermalar qo‟llaniladi
59
.  Agar  tayanchlar  orasidagi  masofa  
6    metrgacha    bo‟lsa    stropil  to‟sinlar,  katta  oraliqlarda  esa  stropil  fermalar  ishlatiladi.  Stropil 
fermasi qo‟llanilsa chordoq ora yopmasi osma ko‟rinishda bo‟ladi.  Stropila elementlarini o‟zaro 
bog‟lash  po‟lat  qotirgichlar  (mix,  bolt,  halqa  va  h.k.)  yordamida  yoki  biriktirilayotgan 
elementlardan  birida    o‟yiqlar  xosil  qilinib,  ikkinchi  element  uchini  kiritish  orqali  amalga 
oshiriladi. Stropil konstruksiyalar ustidan yopmani ko‟taruvchi obreshyotka taxtalari yo brusslari 
yotqiziladi (4-rasm, 5).  
  
4-rasm.  Bir nishabli stropilali tom yopmasining konstruksiyasi 
 1 – chordoq ora yopmasi; 2 – bug‟ izolyatsiyasi; 3 – issiqlik izolyatsiya qatlami; 4 – gidro 
izolyatsiyalovchi qatlam; 5 – stropila; 6 – bikir yog‟och qoplamasi (faner yoki taxta); 7 – gidro 
izolyatsiya qatlami; 8 – tom qoplamasi; 9 – tomning bikir parappet qismi; 10 –  shamollatish 
yo‟li; 11 –parapetni devorga mahkamlash taxtasi. 
 
                                                 

Download 13,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish