«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati toshkent temir yo‘l muhandislari instituti



Download 13,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/102
Sana03.01.2022
Hajmi13,86 Mb.
#317292
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   102
Bog'liq
arxitektura va qurilish konstruktsiyalari

 
 
Nazorat savollari 
1. Rama-bog`lagichli tizim deb nimaga aytiladi? 
2. Deformatsion chok haqida nimalar bilasiz? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


97 
 
 
 
10 - MA’RUZA 
KARKASLI BINOLARNING STATIK SXEMALARI. 
BINOLARDA DEFORMATSION CHOKLAR. 
Reja: 
1.
 
Ustunlar.  
2.
 
Rigellar 
3.
 
Orayopma va yopmalar 
4.
 
Deformatsion chok turlari 
5.
 
 Deformatsion choklarni o`rnatish. 
6.
 
Yuk ko’taruvchi devorlar sxemasidagi binolarda zilzilaga qarshi chora-tadbirlar 
 
Karkasli binolar. Karkasning asosiy elementlari (davomi) 
Ustunlar 
Jamoat binolari  ustunlari bir, ikki va uch qavatga mo`ljallanib, ko`ndalang kesimi: 400x400 
mm  bo`ladi.  Karkasning  boshqa  elementlarini  ustunlar  bilan  bog`lash  uchun,  ustunlarga 
biriktirilgan quyma detallardan (zakladno‟e detali) foydalaniladi.  
Qo`p  qavatli  jamoat  binolarini  qurishda  ustunlarni  balandligi  bo`yicha  payvandlab  ulash 
(biriktirish)  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Bunda  ikki  usuldan  foydalaniladi:  a)  po`lat  kallak 
yordamida    va     b) metalsiz biriktirish 
45
.   
 
 
                                                 
45 R.Chudley, R.Greeno   BUILDING CONSTRUCTION HANDBOOK /Elsevier Linacre House, Jordan Hill, 
Oxford OX28DP,UK,  2008 – 754 р. (485  bet) 
 


98 
 
1-rasm. Ustunlarni balandligi bo`yicha payvandlab ulash 
 
 
2-rasm. Ustunlarni balandligi bo`yicha payvandlab ulash tugunlari 
a – metal kallakli; b – metalsiz;  
 
 
 


99 
 
3-rasm. Buyuk Britaniyada ustunlarni balandligi bo`yicha biriktirish
46
 
 
Ustunlar nomenklaturasi (nomlanishi) 
Ustunning nomenklaturasi quydagilarga bog`liq bo`ladi:  
-ustun bino tarhidagi joylashuviga  
-bino karkasining konstruktiv sxemasiga 
-ustunning bino balandligi bo`ylab joyluviga 
 
 
 
4-rasm. Ustunlar nomenklaturasi 
 
 
                                                 
46 R.Chudley, R.Greeno   BUILDING CONSTRUCTION HANDBOOK /Elsevier Linacre House, Jordan Hill, 
Oxford OX28DP,UK,  2008 – 754 р. (486  bet) 
 


100 
 
 
 
5-rasm. Temirbeton ustun ko`rinishi: 
a – seysmik tumanlar uchun; b – seysmik bo`lmagan tumanlar uchun 
 
Rigellar 
Rigel  –bu  orayopma  plitalardan  tushadigan  yukni  ustunlarga  uzatadigan  va  ushbu  ustun 
konsoliga tayanadigan, gorizontal yo`nalishda joylashgan temirbeton to`sindan iborat bo`ladi.   
 
 
6-rasm. Turli seriyalardagi rigel ko`rinishi: 


101 
 
a –“IIS-04-3” seriyada; b –“1.020.1 – 2s/89” seriyada; v -  “1.020.-1/87” seriyada;   
g –“1.020.1/87”  va “1.020.1/83” seriyada.  
 
Bir qator bo`ylab joylashgan rigellarning ko`ndalang kesimi: tavr va “g”- shakliga ega bo`lsa, 
bog`lovchi rigellarniki esa  – to`g`ri to`rtburchak.  
Shuningdek, binolarning ayvon (balkon)ni  hosil  qilish  uchun konsol ko`rinishidagi  (1200 va 
1800 mm o`lchamli) rigellar ishlatiladi. 
 
7-rasm.Ikki tokchali rigel ko`rinishi 
 
8-rasm.Bir tokchali rigel ko`rinishi 
 
 
9-rasm.Bir tokchali bo`ylama  rigel ko`rinishi 
 
 
10-rasm.Tokchasiz  rigel ko`rinishi 
 


102 
 
 
11-rasm.Konsolli  rigel ko`rinishi 
 
 
 
 
12-rasm. Rigel va ustunni biriktirish tuguni 
a –“1.020.1- 2s”seriyasida ; b –“1.020.1/87” seriyasida 
 


103 
 
 
13-rasm. Buyuk Britaniyada rigel va ustunni biriktirish 
47
 
Orayopma plitalari 
Jamoat binolari orayopmasi qalinligi 220 mm va uzunligi  2650 (3 m); 5650 (6 m); 6850 (7,2 
m); 8650 mm (9 m) bo`lgan temirbeton orayopma plitalaridan xosil qilinadi. 
Plita  turlari:  oraliqdagi,  bog`lovchi  (plita-rasporka);  devor  chetiga  o`rnatiladigan;  santexnik 
kommunikatsiyalarni o`tkazish uchun maxsus plita. 
 
14-rasm. Oraliqdagi plita 
                                                 
47 R.Chudley, R.Greeno   BUILDING CONSTRUCTION HANDBOOK /Elsevier Linacre House, Jordan Hill, 
Oxford OX28DP,UK,  2008 – 754 р. (487  bet) 
 


104 
 
 
 
 
 
15-rasm. Bog`lovchi plita 
 
 
16-rasm. Devor chetiga o`rnatiladigan plita 
 
 
17-rasm. Santexnik kommunikatsiyalarni o`tkazish uchun maxsus plita 
Orayopmaning  montaji  bog`lovchi  plitalarni  payvanlash  (svarka)  yordamida  joyiga 
biriktirishdan  boshlanadi.  So`ng  qolgan  turdagi  plitalar  joylashtiriladi.  Orayopmaning  bikr 
diskini xosil qilish uchun plitalarni rigellarga quyma detallar yordamida payvandlanib ulanadi. 
Bo`ylama yo`nalishda yonma-yon joylashgan plitalarning orasidagi choklariga yassi armatura 
karkaslari joylashtirilib, so`ng beton qorishma bilan to`ldiriladi.  
 


105 
 
 
 
18-rasm. Orayopma panellarning montaji 
a – bog`lovchi panelni o`rnatish; b – oraliqdagi  panelni o`rnatish 
 
 
 


106 
 
 
19-rasm. Orayopma panelini rigel bilan bog`lanishi 
 
 
20-rasm. Orayopma panellari orasidagi bo`ylama choklarni beton bilan tol`dirish 
 
 
21-rasm. Karkasli bino plitali orayopmasini barpo etish tarxi 
 


107 
 
Tarhdagi  o`lchami  katta  yoki  oraliq  balandliklari  har  xil  bo`lgan    fuqaro  binolarida 
deformatsion  choklar  ko`zda  tutiladi
48
.  Ushbu  deformatsion  choklar  qo`llanilishiga  ko`ra: 
harorat, cho`kish
 va 
zilzilabardoshlilik 
 choklariga bo`linadi. 
Haroratga  oid 
choklarning  asosiy  maqsadi  ichki  va  tashqi  haroratlarining  o`zgarishi 
natijasida  binoda  yuz  beruvchi  deformatsiya  ta`siridan  yoriqlar  hosil  bo`lishini  oldini  olishdir. 
Harorat  choklari  binoni  vertikal  yo`nalishda  butun    balandligi  bo`ylab  ajratib,  bloklarning  bir 
biriga nisbatan mustahkam holda gorizontal yo`nalishdagi siljishi yoki ko`chishini ta`minlaydi.  
Haroratga oid  chok masofasini  fuqaro binosining konstruktiv  yechimi,    qurilish  tumani 
iqlimiy mintaqasi va ichki havo haroratiga ko`ra belgilanadi .  
Masalan, temirbeton karkasdan iborat bo`lgan fuqaro  binosi harorat blokining uzunligi: 
60 m (isitiladigan bo`lsa) va 40 m (isitilmaydigan bo`lsa) bo`lishi mumkin. Shuningdek,  harorat 
blokining uzunligi 20% ga uzaytirilishi ham mumkin (1-rasm). 
 
 
1-rasm. Temirbeton karkasdan iborat fuqaro binosini harorat bloklariga ajratish sxemasi 
Ushbu ko`rinishdagi cho`kish quyidagi hollarda yuz berishi mumkin:  
-
 
bino bloklarining balandliklari orasidagi tafovut 10 m dan ortiq bo`lsa (2-rasm);  
-
 
asosga tushadigan yuk turli xil bo`lsa;  
-
 
har xil jinsli  gruntlardan iborat asosda (3-rasm). 
 
 
                                                 
48 Andrea Deplazes BUILDING CONSTRUCTION ADHESIVES, Birkhauser Constructing architecture materials 
processes structures / Bauhauz, Berlin, 2013
 
 


108 
 
2-rasm. Fuqaro binosi alohida  bloklarining balandliklari orasidagi tafovut 10 m dan ortiq 
bo`lganda cho`kish chokining joylashish sxemasi 
 
Metall karkasli fuqaro  binolari uchun harorat blokining uzunligi 200 – 230 m bo`ladi. 
Harorat choklari yonma-yon joylashgan juft ustunlar yordamida hosil qilinadi. 
Cho`kish choklari
 bino alohida bloklarining har xil  cho`kishi kutilgan vaziyatda qo`llaniladi
49

 
 
3-rasm. Fuqaro binosi alohida bloklari har xil jinsli  gruntlardan iborat asos ostida bo`lgan  
cho`kish chokining joylashish sxemasi 
 
Cho`kish  choki binoni vertikal yo`nalishda butun  balandligi bo`ylab, hatto 
poydevorlarni ham ajratib  turadi. Cho`kish choklari bino bloklari orasiga yonma-yon joylashgan 
juft ustunlarni joylashtirish  yordamida hosil qilinadi. 
Zilzilabardoshlilik
 
choki 
zilzilaviy hududlarda qo`llaniladi. 
Zilzilabardoshlilik  choklari quyidagi hollarda qo`llaniladi: 
-
 
fuqaro binosi tarhda murakkab shaklga ega bo`lsa (5,a-rasm); 
-
 
fuqaro binosi yonma yon joylashgan bo`laklarining balandliklari orasidagi tafovut  5 m 
va undan ortiq bo`lsa (5,b-rasm). 
 
 
                                                 
49 
http://faculty.arch.usyd.edu.au/pcbw/walls/loadbearing/index.html
 
 


109 
 
 
4-rasm. Zilzilabardoshlilik  choklari 
 
 
5-rasm. Fuqaro binolarida zilzilabardoshlilik choklarini joylashtirish sxemasi 
a)  tarhda murakkab shaklga ega bino; b)  bino yonma yon joylashgan bo`laklarining 
balandliklari orasidagi tafovut  5 m va undan ortiq. 
 
Zilzilabardoshlilik choki binoni balandligi bo`yicha alohida bo`laklarga ajratadi. Ammo, 
poydevorda qo`llanilmasligi ham mumkin.  
Zilzilabardoshlilik chokning masofasini  QMQ 2.01.03-96 “Zilzilaviy hududlarda 
qurilish”da belgilangan o`lchamda qabul qilish tavsiya etiladi.  
Yuk  ko‟taruvchi  devorlar  sxemasida  loyihalangan  binolarda  zilzilaga  qarshi  bir  qancha 
tadbirlar qo‟llaniladi
50
. Bular quyidagilardan iborat: 
1. Bino  turg‟unligi  va fazoviy bikirligini ta‟minlash maqsadida qavatlararo orayopmalar va 
yopmalar sathida temir-betondan ishlangan monolit belbog‟lar bilan ta‟minlanishi kerak (6-rasm, 
a). 
2.  Qavatlararo  orayopmalar  va  yopmalarning  bo‟ylama  yo‟nalishdagi  choklariga  yassi 
armatura  karkaslari  joylashtiriladi  va  beton  bilan  to‟ldiriladi.  So‟ng,  yassi  karkas  armaturasi 
monolit belbog‟ bilan bog‟lanadi (6-rasm, b). 
3.  Yuk  ko‟taruvchi  devorlar  kesishgan  joyida  va  devordagi  deraza  o‟rni    yon  tomonlarida 
temir-beton  ustunchalar  tashkil  etilib,  uning  armaturasining  yuqori  qismi  monolit  belbog‟ga  va 
pastki qismi poydevor tanasiga kiritiladi (6-rasm, v).  
Yuqoridagi tadbirlar amalga oshirilishi natijasida fazoviy karkas hosil qilinadi. 
                                                 
50 Щипачева Е.В., Саркисян Т.А. Проектирование малоэтажных жилых зданий с несущими стенами/ уч. 
пособие – Ташкент, «Янги аср авлоди», 2006 г. – 96 с. (30 бет)
 
 


110 
 

Download 13,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish