G’ildirak juftligi ishlash puxtaligini va umrbokiyligini oshirish yo`llari
G’ildirak juftligi ishlash muddati ko`p omillarga bog’liq. Bularga ekspluatatsiya sharoiti, g’ildirak juftligining konstro`qtiv ifodasi, po`lat sifati va tayyorlash texnologiyasi kiradi. G’ildirakning xaqiqiy ishlash muddati quyidagi formuladan aniqlanadi
bu yerda Nn – yangi yaxlit yasalgan g’ildirak belbog’i qalinligi; Nk – chegaraviy qiymatgacha yemirilgan g’ildirak belbog’i qalinligi; n – g’ildirak ishlash davomida necha marotaba charxlanganligi soni;
Formula taxlili shuni ko`rsatadiki, g’ildirakning ishlash muddatini metall charxi qalinligini olish sonini kamaytirish yo`li bilan oshirish mumkin bo`lar ekan. Shuning uchun g’ildirakni charxlashdan mumkin qadar yupqa qalinlikda metall randalash kerak ekan. Buning uchun tashqiliy va texnologik yo`l-yo`riqlar yordamida g’ildirak juftligi ishlash puxtaligini oshirish zarur bo`ladi. Bunga quyidagi yo`nalishlar yordamida erishish mumkin: ekspluatatsiya davrida o`qqa to`g’ri keluvchi kuchlanganlikni kamaytirish uchun ba’zi bir qo`shimcha kuch omillarini yo`qotish yo`li bilan erishiyladi, qo`shimcha kuch omillari sifatida ilgari ko`rib o`tilgan yeyilishga olib keluvchi kuchlar, vagon ichida o`ta yuklanishning notekis taqsimlanishi, ressor - prujina tizimidagi nosozliklar va yo`l izining notekisligini aytib o`tish mumkin. G’ildirak aylanish qismlaridagi defektlar o`qning puxtaligiga ta’sir yetish bo`yicha eng muxim hisoblanadi. Bu defektlar uzluksiz ravishda bir xil tolalarda o`ta kuchlanish hosil qiladi. Agar sirpangich 2 mm.ga chuqurlikda harakatlansa unda 60 g.gacha katta tezlanish hosil qiladi. Bunday xol o`qqa nisbatan o`ta yuklanish hosil qiladi, xususan bo`yinchaga to`g’ri keladigan hisobiy kuch ikki marotaba ortadi. G’ildirak juftligi elementlari zuriklanishini kamaytirishda shunday tadbir katta xizmat qiladiki, u ham qancha g’ildirak juftligini balansirovka qilish. Bu tadbir tezligi 140 km/soat dan yuqori bo`lgan vagonlar uchun majburiydir. Bu balans buzilishi tezligi 140-160 km/soat tezlik atrofida bo`lgan 6 Nm farqdan oshmasligi kerak. G’ildirak juftligi ishlash puxtaligini oshirishning texnologik yo`llari bir qancha yo`nalishga ega. Bularga ilgari bayon etilgan usullardan tashqari, g’ildirakni randalashdan oldin kuydirib - qizdirish, bo`yinchalarni metallash yo`li bilan tiklash, rezbalarni avtomatik naplavka yordamida tiklash kiradi. Hozirgi vaqtda po`lat sifatini uni elektropechlarda eritib, so`ngra vakuumlash va inert gazlar bilan (argon), shamollashtirish (bunda nometall bo`lgan elementlardan tozalanadi). G’ildirak uchun qo`llanuvchi po`lat sifatini oshirishlik po`latni g’ildirak uchun alohida mutaxassislashgan turlarini, yuk, yo`lovchi tashuvchi vagonlar uchun xususiy turlarini ishlab chiqish. Bu 74 mutaxassislashuv uglerod, marganets, vanadiy va boshqa elementlar miqdorini optimallashtirish bo`yicha olib boriladi. Shuningdek, g’ildirak va o`qlarni tayyorlashning texnologik usullarini ishlab chiqishni takomillash bo`yicha ham ishlar olib borilmoqda. Xususan, o`qlarni bolg’alash va shtampovka usullarda tayyorlashdan ko`ndalang vintaviy usudda prokatka qilishga o`tish maqsadga muvofiq bo`lmoqda. Bu usul tayyorlash jarayonini to`liq avtomatlashtirish, metall xajmini va vaznini 70 kg gacha kamaytirish va ishlash puxtaligi sifatini va o`qning charchashlikka bardoshligini oshirish imkonini beradi. G’ildirak tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish shtamplash moslamalarini yaxshilash yo`lidan bormoqda. Bunda ishlov berishda tanaffuslar kamayib, termik ishlov sifatli kechadi. Hozirgi vaqtda giddirakni charxlashning ta’mir profili usuli joriy etilmoqda. Bunda taroq qalinligi 27 va 30 mm bo`lganda ishlov berish jarayoni takomillashib, g’ildirak juftligi ishlash muddati sezilarli darajada ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |