Birinchi yordam kо‘rsatish
Jabrlanuvchi xushidan ketib, yana о‘ziga kelsa, uni darhol vrach
kelguncha yotqizib, osoyishtalikni ta’minlash kerak va tomir urishi bilan
nafas olishini nazorat qilib turishi zarur. Agar vrach chaqirishni imkoni
bо‘lmasa, uni tezlik bilan shifoxonaga zambil yoki transportda olib borish
kerak.
Agar jabrlanuvchi xushidan ketgan bо‘lsa-yu, lekin tomir urishi
barqaror bо‘lsa, uni tekis joyga yotqizib, kо‘ylak yoqasini yechib, toza
havo kelishini ta’minlab, burunga nashatirda namlangan paxtani qо‘yib
hidlatish yoki yuzga sovuq suv sepish kerak. Sо‘ngra vrachni zudlik bilan
chaqirish lozim. Jabrlanuvchining nafas olishi va tomir urishi tо‘xtagan
76
bо‘lsa – u klinik (mavhum о‘lim holatida bо‘ladi).
Nafas olish va qon aylanish tо‘xtaganda, hujayra va tо‘qimalar qondagi
oxirgi kislorodni sо‘rib oladi, qonning rangi о‘zgaradi. Teri va shilimshiq
pardaning kо‘karishi kuchayadi. Dastlab kislorod kamligiga ta’sirchan
bо‘lgan bosh miya pо‘stlog‘ining hujayralari о‘la boshlaydi.
Hujayralarning bо‘linishi tezlashadi. Organizmda qaytarib bо‘lmas
jarayonlar sodir bо‘ladi. Insonni hayotga qaytarish har bir daqiqa о‘tgan
sayin qiyinlashadi.
16.1-rasm.
Shunday qilib klinik о‘lim holati – hayotdagi о‘limga о‘tish davri –
nafas olish va yurak faoliyatini tо‘xtashidan boshlab, bosh miya
pо‘stlog‘ini hujayralari о‘lishigacha bо‘lgan vaqt bilan aniqlanadi.
Inson biror bir baxtsiz hodisa, masalan, elektr toki urganda klinik о‘lim
vaqti 7-8 daqiqa davom etishi mumkin. Klinik о‘lim davri tugagandan
sо‘ng, biologik (haqiqiy) о‘lim yuzaga keladi, ya’ni insonni hayotga
umuman qaytarib bо‘lmaydi.
Klinik о‘lim holatida, ya’ni nafas olish faoliyati va yurak urish
tо‘xtagandan sо‘ng, 8 minutgacha bо‘lgan vaqt ichida insonni hayotga
qaytarish mumkin, bunda qanchalik tez harakat qilinsa, shuncha oson
kechadi. Har bir daqiqani bekorga о‘tkazmasdan harakat qilish kerak.
Shuning uchun ham, baxtsiz hodisa rо‘y berganda, tiriltirish yuzasidan
qilingan ishlar, passiv harakat о‘limga hukm qilgan bilan barobar.
Har bir inson birinchi yordam kо‘rsatishning elementar usullarini
bilishi kerak. Bu usullar jarohatlangan kishi organizmida sun’iy qon
aylanish va havo almashishga qaratilgan bо‘lishi kerak. Bu usul mutlaqo
zarur bо‘lgan 2 ta chora tadbirni qо‘llashni taqozo etadi.
1.
Sun’iy nafas oldirish, «og‘izdan-og‘izga», «og‘izdan-burunga»
bо‘lishi mumkin.
2.
Yurakni tashqi (yopiq) massaj qilish.
Insonni sun’iy nafas oldirish va yurakni tashqi massaj qilish yо‘li bilan
hayotga qaytarish, о‘pka-yurak reanimatsiyasi deb ataladi. (Reanimatsiya
77
lotincha sо‘z bо‘lib, “-re” boshqatdan, takroran, onimatioт-tirilish
ma’nosini anglatadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |