Amaliy qism
I. Qо‘llaniladigan apparatura.
Yorug‘lik tablosi bilan ta’minlangan “Vitim” trenajyori.
Trenajyorda о‘rganish jarayoni:
- mavhum о‘lim va tirilish tashxisi.
- reanimatsiya usullari.
- reanimatsiya tadbirlarining samaradorligini baholashni о‘z ichiga
oladi.
80
Trenajyorning tarkibi organizmning asosiy fiziologik funksiyalari –
nafas olish yurakning ishi, kо‘z qorachiqlarini holatini modellashtirish
imkonini beradi.
Reanimatsiyani nazorat qilish va о‘rganish uyqu arteriyalarining urishi,
kо‘z qorachiqlarining kengayishi, yorug‘lik tablosi ekranida kо‘rinadigan
kо‘krak qafasining, yurak, о‘pka va oshqozon holatlariga qarab bajariladi.
II. Trenajyorni ishga tayyorlash.
1.
Trenajyorni qattiq taglik ustiga (stol, kushetka, pol va h.k.) chalqancha
yotqizing.
2.
Yorug‘lik tablosini sim yetadigan qilib, kо‘rishga qulay bо‘lgan joyga
о‘rnashtiring.
3.
“Tablo-mulyaj” kabelini va ta’minot simini ehtiyot choralarini kо‘rgan
holda joylashtiriladi.
4.
Yorug‘lik tablosini trenajyor bilan «tablo-mulyaj» kabeli orqali ulab
qо‘ying.
5.
Hajmining 2/3 qismigacha tо‘ldirilgan zararsizlantiruvchi eritma
solingan idishni trenajyor yaqiniga qulay joyga keltirib qо‘ying. Unda
og‘iz-burun maskasini dezinfeksiya qilib quritib trenajyorga о‘rnating.
6.
Ta’minot simini kuchlanish 220 V va chastotasi 50 Gs li elektr toki
zanjiriga ulang.
Bunda, tabloning yuqorigi chap burchagida yorug‘lik nuqtasi va
yuqorigi о‘ng burchagida hisoblash sonlari paydo bо‘ladi. «Tayyor»
tugmasini bosib trenajyor ishga tayyor holga keltiriladi.
III. Ishni bajarish tartibi.
1.
«Tayyor» tugmasini bosish trenajyorning boshlang‘ich holatini bildirib,
odamning klinik о‘lim holatiga mos keladi (ya’ni anatomik tirilish
alomatlari, nafas olish, tomir urish sezilmaydi. Kо‘z qorachiqlari
kengaygan holatda bо‘ladi).
2.
Yuragi kichrayib borayotgan, lekin nafas olishi tо‘xtagan odamning
holatini imitatsiya qilish uchun «Puls» tugmasini bosing. Bunda uyqu
arteriyasida chastotasi 1 Gs (daqiqasiga 60 marta) qon tomiri
urayotganini, kо‘z qorachig‘i kichrayib borayotganini va nafas olish
(kо‘krak
qafasini kо‘tarilishi) yо‘qligini kо‘ramiz. Tabloda
kichrayayotgan yurak va siqilgan о‘pka kо‘riladi.
3.
«Tirik odam» holatini imitatsiya qilish uchun «puls» va «nafas»
tugmalarini bosing. Bunda uyqu arteriyasida qon tomiri urishi va kо‘z
qorachig‘ining kichrayishi seziladi. Nafas olish paydo bо‘ladi (ya’ni,
kо‘krak qafasining daqiqasiga 12-20 marta harakati seziladi). Tabloda
siqilayotgan yurak va kengayayotgan о‘pka kо‘rinadi.
4.
Reanimatsiya amallarini trenajyorda «klinik о‘lim» holatidan boshlab
bajariladi. Buning uchun bir marta о‘pkaga puflanadi, bundan sо‘ng
81
reanimatsiyaning nazorat vaqtini hisoblash boshlanadi. Bunda, tabloda
yurakning bо‘shashgan va о‘pkaning siqilgan holatlari kо‘rinadi.
Reanimatsiyani bajarish jarayonida tabloda uning asosiy kо‘rsatkichlar
beligilanib turadi. Masalan:
a) berilgan havo hajmi yetarli bо‘lmasa (1000 ml dan kam bо‘lsa)
ekranda siqilgan о‘pka kо‘rinadi;
b) berilgan havo hajmi yetarli bо‘lsa, (1000-1300 ml dan kо‘p) ekranda
normal о‘pka kо‘rinadi;
v) berilgan havo hajmi kо‘p bо‘lsa (1500 ml dan kо‘p) ekranda
meyoridan ortiq shishgan о‘pka kо‘rinadi;
g) yurakni massaj qilishda yetarli kuch bilan bosilmasa ekranda
yurakning bо‘shashgan holati (diastola) kо‘rinadi;
d) yurakni massaj qilishda me’yoridagi kuch bilan (130-340 N kuch
bilan, о‘rtacha qiymati 230 N) bosilsa ekranda yurakning siqilib
borayotgan holati (sistola) kо‘rinadi;
ye) yurakni massaj qilishda haddan ortiq (me’yoridan 1,5-2 marta)
kuch bilan bosilsa tabloda yonib-о‘chib turuvchi nuqtalar paydo bо‘ladi.
5. «Tayyor» tugmasini bosib, og‘izdan puflang, bunda tabloda avtomatik
ravishda reanimatsiya nazorat vaqti hisoblana boshlaydi. Shu ondan
boshlab «tibbiy yо‘riqnomaga» asosan «1:5» yoki «2:15» tartibida
sun’iy nafas beri shva yurakni massaj qilishni boshlang. Tartibni
tumbler orqali о‘rnating.
6. Reanimatsiyaning nazorat vaqti (60 sek) tugagach yorug‘lik tablosining
yuqori chap burchagidagi nuqta о‘lchanadi. Agar reanimatsiyaning
amallarini tо‘g‘ri bajargan bо‘lsangiz tablo ekranida qisqarib
borayotgan yurak va kattalashayotgan о‘pka kо‘rinadi. Trenajyorning
о‘zida esa «anatomik tirilish» alomatlari seziladi.
7. Yurakni yetarli kuch bilan bosilmasa yoki о‘pkaga yetarli havo
berilmasa, reanimatsiyaning nazorat vaqti tugagandan keyin ham
tabloda bо‘shashgan yurak va siqilgan о‘pka tasviri qolaveradi.
8. Yurakni massaj qilishda qо‘lni kо‘krakka notо‘g‘ri qо‘yish yoki og‘izga
puflashda trenajyor boshini notо‘g‘ri о‘rnatilsa tabloda «kattalashgan
oshqozon» tasviri kо‘rinadi. Bu, oshqozonga havo kirib qolganligini
bildiradi. Uni oshqozondan chiqarib tashlash uchun trenajyorni yon
tomonga burish kerak bо‘ladi.
9. Trenajyorni ishning yangi sikliga tayyorlash uchun «tayyor» tugmasini
bosing. Ishni bajarish davomida har bir talaba quyidagi mashqlarni
bajarishi kerak:
1-mashq. Avval о‘zining, dо‘stining va sо‘ngra trenajyorning uyqu
arteriyasini topish.
2-mashq. Trenajyorda «og‘izdan-og‘izga» usulida sun’iy nafas berish.
82
Do'stlaringiz bilan baham: |