Strategiya loyihasi dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni
kompleks o'rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil
qilish yakunlari bo'yicha ishlab chiqildi. Hujjat internetda e'lon qilinib, ekspertlar va
jamoatchilikning keng muhokamasidan o'tdi.
Harakatlar strategiyasi besh bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo'yicha yil
nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi.
Xususan, 2017-yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e'lon qilindi.
Farmon bilan 2017−2021-yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi
bo'yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo'yicha Milliy komissiya, shuningdek ustuvor
yo'nalishlarni amalga oshirish bo'yicha komissiyalar tashkil etildi.
Milliy komissiyaga
prezidentning o'zi boshchilik qiladi.
43. Mustaqillik – meyoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi. (Konstitutsiyaviy qonun, Oliy
Kengashning Murojaatnomasi, Konstitutsiya)
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida «Ijtimoiy fikr»
jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan fuqarolarning davlatimiz Bosh qomusiga,
huquqiy madaniyat va huquqiy ong tushunchalariga, Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan inson
huquqlari va erkinliklarining ta’minlanishi hamda himoya qilinishi darajasiga munosabatini
aniqlash maqsadida ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi. So‘rov natijalari ishtirokchilarning aksariyat qismi
Konstitutsiyamizga O‘zbekiston mustaqilligining mustahkam huquqiy poydevori, huquq va
erkinliklarning ishonchli kafolati sifatida qarashini ko‘rsatdi.
Ishtirokchilar yakdillik bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni mamlakatimiz aholisi
uchun tarixiy, siyosiy va ijtimoiy ahamiyatga ega umummilliy bayram ekanini bildirdi.
O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, fuqarolarning aksariyati (90,5 foiz) suveren davlat va
adolatli jamiyat barpo etish, inson huquqlarini himoya qilish hamda demokratiyaning oliy
maqsadlariga va ijtimoiy adolatga sodiq qolish, fuqarolar tinchligi va millatlararo totuvlikni
ta’minlashning fundamental asoslari mustahkamlab qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasini "davlatimizdagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi bosh hujjat", deb
hisoblashi aniqland
44. O‘zbekiston yangi Konstitutsiyasining qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.
(Konstitutsiyaviy komissiya,
xalq muhokamasi, 8 dekabr)
1992-yil 8-dekabrda 12-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida
qabul qilingan. „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisida“gi Konstitutsiyaviy
qonun (1991-yil 31-avgust) ushbu Konstitutsiya uchun asos boʻlib xizmat qilgan. Mustaqil
Oʻzbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish gʻoyasi ilk bor 1990 yil 20 iyunda boʻlib oʻtgan
mamlakat Oliy Kengashining 2-sessiyasida ilgari surilgan. Ushbu sessiya Prezident Islom Karimov
raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy komissiyani tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan.
Uning tarkibiga deputatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning vakillari, davlat
hamda jamoat birlashmalari, korxonalar va xoʻjaliklarning rahbarlari, huquqshunos olimlar va
mutaxassislar kirgan. Oliy Kengashning 10sessiyasida komissiya tarkibi qisman yangilangan.
Komissiya ishlab chiqqan loyiha matbuotda eʼlon qilinib, keng muhokama etilgan.
Konstitutsiyaviy komissiya umumxalq muhokamasi yakunlarini koʻrib, loyihani tuzatib va
maʼqullab Oliy Kengash sessiyasida koʻrib chiqishga tavsiya qilgan.
Loyiha Oliy Kengash
sessiyasida ham moddamamodda muhokama etilgandan soʻng qabul qilingan.
45. O‘zbekistonning davlat ramzlari. (Gerb, bayroq, madhiya)
"O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i,
gerbi, va madhiyasiga ega."
(O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5-moddasi)
Do'stlaringiz bilan baham: