O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. Formatsion yondashuv, mintaqalarning



Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/169
Sana05.09.2021
Hajmi1,42 Mb.
#164743
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   169
Bog'liq
Tarix yakuniy to'liq javoblari 200 ta

Davlat bayrog‘i 
Davlat  bayrog‘i  O‘zbekiston  Respublikasining  1991  yil  18  noyabrdagi  407-XII-
sonli 
"O‘zbekiston  Respublikasining  Davlat  bayrog‘i  to‘g‘risida"gi  Qonuni  bilan 
tasdiqlangan. 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i — bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan 
to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak 
shaklidagi matodir. 
Davlat gerbi 
Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli "O‘zbekiston 
Respublikasi Da
vlat gerbi to‘g‘risida"gi Qonuni bilan tasdiqlangan. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l 
tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan 
iborat  chambarga  o‘ralgan  gullagan  vodiy  uzra  quyosh  zarrin  nurlarini  sochib  turadi. 
Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan 
bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va 
erksevarlik  ramzi 
—  qanotlarini  yozgan  Humo  qushi  tasvirlangan.  Gerbning  pastki 
qismida  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  bayrog‘ini  ifoda  etuvchi  chambar  lentasining 
bantida "O‘zbekiston" deb yozib qo‘yilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston 
Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli 
"O‘zbekiston Respublikasining 
Davlat madhiyasi to‘g‘risida"gi Qonuni bilan tasdiqlangan. 
 
46. Mustaqil 
O‘zbekistonda milliy davlat boshqaruvi tizimi. (Vakolatlarni ajratish
mahalliy xususiyatlar, umumiy qonuniyatlar) 
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruv hokimiyati tubdan isloh qilindi. Avvalo, sobiq Ittifoq 
davrida faoliyat yuritib kelgan O’zbekiston davlat hokimiyatining ijro qiluvchi va 
boshqaruvchi oliy organi - 
Ministrlar Sovetining maqomi tub¬dan o’zgartirildi. 1990- yil 
24- 
martda O’zbekistonda prezidentlik lavozimi ta’sis etilgandan keyin hayotning o’zi ijro 
etuvchi hokimiyat maqomini o’zgartirishni talab qildi. 1990- yil 15- noyabrda O’zbekiston 
Prezidentining "O’zbekiston SSR Prezi¬denti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 
tarkibini tasdiqlash to’g’risida" farmoni chiqdi. 1992- yil 4- yanvarda Vitse-Prezident 
lavozimi tugatildi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bosh vaziri 


lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazir zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish, uning 
ishini tashkil etish vazifasi yuklandi. O’zbekistonda davlat Ijroiya hokimiyatini 
takomillashtirishda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim omil bo’ldi. 
Konstitutsiyaning 98- 
moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining tarkibi O’zbekiston 
Respublikasining Prezi¬denti tomonidan shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasi Bosh 
Vaziri nomzodi Prezident taklifiga binоаn O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
pala¬talari tomonidan ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. 
 
47. Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi. (Hokimiyatning 3 tarmog'i: qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud) 
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 5-bo‘lim «Davlat hokimiyatining tashkil etilishi» deb nomlangan 
bo‘lib, bunga birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi haqidagi asosiy masala joy 
olgan. Oliy Majlis oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga 
oshiradi. Oliy Majlis 2 palatadan: Qonunchilik palatasi va Senatdan (yuqori) iboratligi bayon 
etilgan. Oliy Majlisning ana shu ikkala palatasi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar o‘z ifodasini 
topgan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari 21 ta bo‘lib ular 
alohida izohlangan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlari 4 ta. Senatning mutlaq 
vakolatlari esa 14 tani tashkil qiladi. 
 
48.
 Mustaqil O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. (XDP, 
Vatan taraqqiyoti, Milliy tiklanish, sotsial demokratiya va boshqalar)
 
. O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalar faolitining tashkiliy-huquqiy asoslarini 1992 yil 8 
dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida bo‘lsada, lekin unga 
qadar qabul qilingan “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi qonuni bu boradagi qonunlarning 
dastlabkisi hisoblanadi. 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan ushbu qonunning 1-moddasida “o‘z 
huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, 
ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniylikni birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun 
birlashgan fuqarolarning hohish irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy 
tuzilma jamoat birlashmasidir. O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi(MTDP) 1995-
yilning 3- iyunida ta’sis quriltoyida tashkil topdi. Uning quriltoyida qabul qilingan dasturida 
partiyaning maqsadlari quyidagicha belgilanadi: “Partiya umum,insoniy qadriyatlarni milliy 
qadriyatlar bilan uzviy bog’langan holda Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan haq-huquqlar asosida 
o’z siyosatini yuritadi va mamlakatda yashovchi xalqlar va elatlarning konstitutsion huquqlarini 
va fuqarolik erkinliklarni hurmat qiladi. 
 
49. Mustaqil O‘zbekistonda siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. (Ochiqlik, teng 
imkoniyatlar, milliy manfaat) 
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil boʻlganidan soʻng Sp.ning shakllanishi va faoliyat olib 
borishiga imkoniyat yaratildi. Mamlakatda hozirgi paytda 5 ta siyosiy partiya (Oʻzbekiston Xalq 
demokratik partiyasi, Oʻzbekiston "Adolat" sotsialdemokratik partiyasi, Oʻzbekiston Milliy 
tiklanish demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Liberal-
demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi) mavjud. Bu Siyosiy partiyalar oʻz faoliyatini 


Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992 y. 8 dek.), Oʻzbekiston Respublikasining 
"Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida"gi qonuni (1996 y. 26 dek.), boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, 
oʻz ustavi asosida amalga oshiradi. Siyosiy partiyalar tashkil etish huquqi Konstitutsiyaning 
34moddasida mustahkamlangan. Konunga koʻra, Sp. fuqarolarning huquq va erkinliklarini 
amalga oshirish maqsadida, xohishirodani erkin bildirish, partiyaga ixtiyoriy ravishda kirish va 
undan chiqish, aʼzolarining teng huqukliligi, oʻzini oʻzi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik 
asosida tuziladi va faoliyat koʻrsatadi. 
 
50.Mustaqil O‘zbekistonda  parlament tizimi. (Oliy Kengash, Oliy Majlis, Senat, Qonunchilik 
palatasi, mahalliy kengashlar) 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi — Oʻzbekiston parlamenti, oliy davlat vakillik, qonun 
chiqaruvchi organi. Dastlab bir palatali parlament sifatida tashkil etilgan va fuqarolarning 
umumiy, teng , toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida shakllantirilgan. 1-chaqiriq Oliy Majlis 
koʻp partiyalilik asosda 3 turda — 1994-yil 25-dekabr, 1995-yil 8- va 22-yanvarda boʻlib oʻtgan 
saylovlarda saylangan va 1995—99 yillarda faoliyat koʻrsatgan. 2-chaqiriq Oliy Majlisga saylovlar 
1999 yil 5 va 19 dek.da boʻlib oʻtgan va u 2000— 2004 yillarda faoliyat koʻrsatgan. Bir palatali 
parlament 250 deputatdan iborat boʻlib, u ishlagan davrda 10 ta kodeks, ikkita milliy dastur, 240 
ta qonun, 468 ta qaror qabul qilingan, qonun hujjatlariga 1573 ta qoʻshimcha va oʻzgartirishlar 
kiritilgan. Bu yillarda parlament, oʻz konstitutsiyaviy vakolatlariga asoslanib, demokratik 
jamiyatning huquqiy asoslarini shakllantirish, bozor iqtisodiyoti prinsiplarini rivojlantirish 
boʻyicha muayyan ishlarni amalga oshirdi. Qonunchilik, davlat boshqaruvi, oʻtish davri 
muammolarini yechishda muayyan tajribaga ega boʻldi. 2002-yil 27-yanvarda oʻtkazilgan 
referendumda ikki palatali parlamentni tuzish masalasi Oʻzbekiston xalqi tomonidan qoʻllab 
quvvatlandi. 2004-yil 26-dekabr va 2005-yil 9-yanvarda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga, 
2005-yil 17—20-yanvarda Oliy Majlis Senatiga saylovlar boʻlib oʻtdi va Oliy Majlis 2 palatadan — 
Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palatadan) iborat qilib shakllantirildi 
 

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish