O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. Formatsion yondashuv, mintaqalarning



Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/169
Sana05.09.2021
Hajmi1,42 Mb.
#164743
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   169
Bog'liq
Tarix yakuniy to'liq javoblari 200 ta

157-savol: O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarining 
yo‘lga qo‘yilishi. (BMT, YXHT, MDH ShHT, Rossiya, AQSh, Evropa Ittifoqi) 
O’zbekiston Respublikasi 1992 yil 2 mart kuni jaxon hamjamiyatining teng xukukli a’zosi sifatida 
BMTga a’zo bo’ldi. O’zbekistonni BMTga qabul kilish to’grisidagi qaror BMT Bosh 
Assambleyasining46-sessiyasida yakdillik bilan ma’kullash asosida kabul kilindi.  
Shundan so’ng 1993 yil 24 oktyabrda Toshkentda Xolid Malik boshchi-ligida BMTning vakolatxonasi ish 
boshladi. Mazkur vakolatxona O’zbekistondagi BMT tizimining ixtisoslashgan muassasalari va das-
turlari faoliyatini muvofikdashtiradi, uzaro xamkorlik masalalari va mamlakatdagi isloxrtlarga 
ko’maklashadi.  
BMT Uzbekistonga jaxonda tinchlik va barkarorliq iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish, madaniy va ilm-fan 
taraqqiyotining yorqin misolidagi tobora rivojlanib borayotgan yosh mamlakat sifatida karaydi. Shu bois 
mazkur nufuzli tashkilot va uning ixtisoslashgan muassasalari Uzbekiston bilan xamkorlikda turli xalkaro 
anjumanlar tashkil etishdan manfaatdor. Bu esa O’zbekiston uchun tashkilot va uning tuzilmalari bilan 
ko’p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, mustaqillik sharoitida erishilgan yutuqlarni, 
O’zbekiston tarixi, madaniyati, san’ati va boshqalarni jaxon miqyosida targ’ib etish, global va mintakaviy 
muammolarga birgalikda yechim topish imkoniyatini beradi.  
Uzbekiston Respublikasining BMT bilan munosabatlarida 2016 yilning ikkinchi yarmidan boshlab yangi 
tendensiyalar ko’zga tashlanib, uzaro munosabatlarda yangi boskich boshlandi. Jumladan, Uzbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish buyicha Harakatlar strategiyasi tug’risida»gi Farmoni asosida mamlakat tashki siyosati, 


jahonning rivojlangan mamlakatlari va xalkaro tashkilotlari bilan hamkorligini yangi boskichga 
ko’tarishning «yo’l xaritasi» belgilab olindi. «Harakatlar strategiyasi» O’zbekiston tashki siyosiy 
faoliyatida yangi omillar, resurslar va uzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, siyosiy va iktisodiy 
diplomatik munosabatlarni chukurlashtirish uchun asos yaratdi. Xalqaro ekspertlarning ta’kidlashicha, 
Harakatlar strategiyasida belgilangan chora-tadbirlar BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari global 
dasturi bilan uyg’undir. Harakatlar strategiyasi - bu BMT Barkaror rivojlanish maqsadlarini amalga 
oshirish bo’yicha O’zbekistonning yo’l xaritasidir. Shunga asosan, O’zbekiston tashki siyosiy faoliyatida, 
jahonnning rivojlangan mamlakatlari va xalkaro tashkilotlari xususan, BMT bilan munosabatlarida yangi 
sahifa ochildi.  
2017 yil 19 sentyabrda Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mir-ziyoyev AKShda bulib, BMTning 72-
sessiyasida nutk suzladi. Mazkur nutk Uzbekistonning BMT doirasidagi xalkaro tashabbuslarida yangi 
tenden-siyalarni namoyon qildi. Uzbekiston Prezidenti uz nutkida mamlakat ijtimoiy-iktisodiy, siyosiy v a 
madaniy xayotidagi uzgarishlar xam da anik va asosli manbalarga ega bir nechta tashabbuslarni ilgari 
surdi. Ya’ni globallashuv va axborot kommunikasiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi 
sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga karatilgan umumlashtirilgan xalkaro 
xuku kiy xujjat - BMTning Yoshlar xukuklari to’g’risidagi xalkaro konvensiyasini ishlab chikish, BMT 
Bosh Assambleyasining «Ma’rifat va diniy bag’rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyusiyasini kabul 
kilish, BMT Xavfsizlik Kengashini boskichma-boskich isloh kilish, kabi global xarakterdagi takliflari 
jaxrn jamoatchiligida katta kizikish uyg’otdi. Xususan, O’zbekiston Prezidenta Sh.Mirziyeyovning 
mazkur nutki mavjud muammolarga maxalliy, mintakaviy va global darajada axamiyat qaratilib, ularning 
yechimiga pragmatik yondashilganligi bilan aloxida ahamiyat kasb etdi.  
 O’zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi davlatlari bilan aloqalari  
Xozirda jahonda turli xil xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar mavjud bo’lib, ularning orasida Mustaqil 
Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) o’ziga xos ko’rinishga ega.1991 yil 8-dekabrda Minskda – Rossiya, 
Ukraina va Belorus rahbarlarining uchrashuvida Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) ni tuzish 
to’g’risida shartnoma imzoladilar. 
Shartnomada1922 yil 30-dekabrda tashkil topgan SSSR tugatilganligi va Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi 
(MDH) tashkil etilganligi rasman e’lon qilindi. 1991 yil 25-dekabrda SSSR xalqaro huquq subyekti 
sifatida barham topdi va M.S.Gorbachyov Bosh kotib va Prezident lavozimlaridan iste’foga chiqdi.  
1991 yil 21-dekabrda Almatida 11 davlat – Rossiya, Ukraina, Belorus, Qozog’iston, O’zbekiston,  
Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Armaniston, Moldova davlatlari boshliqlarining  
Kengashida Belovejskoye Pushche shartnomasi yuzasidan protokol imzolanib, “Teng huquqli va 
ahdlashayotgan oliy tomonlar” maqomida MDH  muassisi bo’ldilar. Kengashda Almati Deklarasiyasi 
qabul qilindi.  
1991-2001 yillarda MDH davlatlari boshliqlarining 30 ga yaqin kengashi bo’lib, ularda hammasi bo’lib 
iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy,  tashkiliy umumiy sohalarga oid 1300 ga yaqin masalalar muhokama 
etilgan, tegishli 1400 dan ortiq masalalar muhokama etilib tegishli normaviy, tavsifiy hujjatlar, bitimlar, 
shartnomalar  imzolangan. MDHda hamjihatlikni mustahkamlash va rivojlantirish jarayoni davom 
etmoqda, yilda bir necha bor sammitlar o’tkazilib kelinmoqda. 2000 yilning o’zida Moskvada ikki marta, 
ya’ni 24-25-yanvar hamda 21-iyun kunlari MDH davlat boshliqlarining sammiti bo’lib o’tdi. 2001 yil 29-
30-noyabr kunlari Moskvada MDH tashkil etilgan kunning 10 yilligiga bag’ishlangan yubiley sammiti 
bo’lib o’tdi. Sammitda MDH tuzilganligining 10 yilligi munosabati bilan Bayonot imzolandi. Sammit 
qatnashchilari Afg’oniston voqyealari to’g’risida ham Bayonot imzoladilar. 2004 yil sentyabr Astanada 
bo’lib o’tgan MDH sammitida hamdo’stlikning strukturasini o’zgartirish masalasi ko’rildi. Sammitda 
terrorizmga qarshi kurash borasida MDXning “Xavfsizlik kengashi”ni tuzishga qaror qilindi.  
Shu bilan bir qatorda MDH a’zolari  hamdo’stlikning boshqa yo’llarini topmoqdalar. MDH doirasida bir 
necha xalqaro tashkilotlar vujudga keldiki, ularning faoliyati umumiy maqsadlar va muammolarga 
qaratildi. Bunga Kollektiv xavfsizlik to’g’risidagi shartnoma tashkiloti (ODKB) va Yevrosiyo Iqtisodiy 
Hamjamiyati (YevrAzES)ni misol qilish mumkin.  


1992-yil 20-martda Kiyev shahrida O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federasiyasi o’rtasida 
diplomatik munosabatlar o’rnatish to’g’risida Protokol imzolangan bo’lsa,1992-yil 5-mayda Moskvada 
O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federasiyasi o’rtasida davlatlararo munosabatlar asoslari 
to’g’risidagi Shartnoma imzolandi,1992-yil 22-iyulda esa Toshkentda Rossiya Federasiyasi Bosh vaziri 
A.Shoxin boshchiligidagi Rossiya Federasiyasi va O’zbekiston delegasiyalarining muzokaralari bo’lib 
o’tdi. Muzokaralar yakunida O’zbekiston Rossiya munosabatlarni rivojlantirishga aloqador qo’shma 
axborot imzolangan edi.  
1993-yil 26-may kuni I.A.Karimov “Trud” gazetasi muxbirlarining savollariga qaytargan javoblarida 
Rossiyaga munosabatini bildirib, quyidagilarni ta’kidladi: "Rossiya biz uchun suv va havodek zarur. Men 
rejalashtirish idoralarida ko’p yillar ishlaganman. Aloqalarimiz naqadar kengligini bilaman.Ma’naviy 
yaqinligimiz ham juda muhim. Rossiyaning kelajagi buyuk. Azaldan buyuk davlat bo’lib kelgan, tarix 
uning o’rnini ana shunday belgilab qo’ygan".  
Ikki mamlakat o’rtasida iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, parlamentlararo, samolyotsozlik va madaniyat 
sohalarida teng huquqli va o’zaro manfaatli hamkorlik yo’lga qo’yila boshlandi.  
O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlik alohida ahamiyatga ega 
bo’lib mamalakatlarimiz o’rtasida bu sohani rivojlantirishga oid bir qator amaliy qadamlar tashlandi.   
2004 yilda ikki mamlakat o’rtasida mahsulot ayirboshlash 2003 yilga nmsbatan 42,9 foizga oshib, 1641,9 
mln AQSh dollarini tashkil etdi. O’zbekistondan Rossiya Federasiyasiga eksport hajmi 57,8 foizga oshib, 
724,8 mln AQSh dollarini tashkil etdi, Rossiyadan imtort esa 33,7 foizga ko’payib, 917,1 mln AQSh 
dollarini tashkit qildi. 

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish