O’shanda SSSR rahbari Mixail Gorbachyovni hokimiyatdan chetlatgan Favqulodda holatlar
bo'yicha davlat qo'mitasi (GKChP, ГКЧП- Государственный комитет по чрезвычайному
положению) butun ittifoq bo’ylab nazoratni qo'lga olishga uringan va Boris Yeltsin
boshchiligidagi demokratlar unga qarshi chiqib, butun tizim qulagan edi.
Davlat to’ntarishi uch kun davom etgan. Lekin bu qisqa davr iqtisodiy jihatdan nochorlashgan
xalqlar va ularning yetakchilarini sergak torttirgan.
Mustaqillikning 20 yilligi munosabati bilan O’zbekiston televideniyesida namoyish etilgan filmda
Islom Karimov respublikani mustaqillikka yetaklagan milliy qahramon sifatida gavdalanadi. Lekin
aynan Karimov Gorbachyovning to’ntarilishini yoqlab Moskvaga telegramma jo’natgani haqida
o’sha paytdagi matbuot sahifalari guvohlik beradi.
Gennadiy Yanayev, Mixail Gorbachyovni hokimyatdan chetlatgan Favqulodda holatlar bo'yicha
davlat qo'mitasi rahbari edi
Filmda qayd etilishicha, o’sha damlarda Hindistonda safarda yurgan Karimov Kremldagi
voqealarni eshitib darhol vatanga qaytadi. Toshkentga keliboq GKChP chiqargan qarorlar
O’zbekistonda kuchga ega emasligi haqida ko’rsatmalar beradi.
Biroq o’sha paytda mamlakat mustaqilligi uchun kurashayotgan muxolifat yetakchilari
Karimovning samolyot bortidan turib, Favqulodda holatlar bo'yicha davlat qo'mitasi rahbari
rahbari Gennadiy Yanayevga yo’llagan tabrik xatini g’azab bilan eslashadi.
Muxolifatning ta’kidlashicha, GKChPning uch kun ichida mag’lubiyatga uchrashigina Karimovni
O’zbekiston mustaqilligini e’lon qilishga majbur etgan.
O'zbekiston televideniyesida mustaqillikka yetaklagan damlar haqida maxsus film havola etildi.
Unda Islom Karimov milliy qahramon sifatida gavdalanadi.
Gorbachyov oshkoralik haqida gapirar ekan, 1990-yillar boshi to’lqinli, g’alayonli, milliy ozodlik
uchun kurash cho’qqiga chiqqan bir davr bo’lgan.
Lekin O’zbekistonda bu tarix hozir faqat bir kishi, prezident Islom Karimovning nomi bilangina
bog’lanadi, shu talqinda yangi avlodga o’rgatiladi.
Islom Karimov hukumatga kelganidanoq mustaqillik uchun kurash boshlagani haqidagi
targ’ibotlar ayni damlarda matbuot sahifalari va televideniyeda yanada kuchaygan.
1980-yillardayoq milliy ozodlik tuyg’usi uchun kurashgan, ziyolilar va yoshlar orasida mustaqillik
g’oyalarini yoygan faollar taqdiri haqida ko’pchilik bilmaydi.
Ularning ayrimlari hamon O’zbekiston qamoqxonalarida. Boshqalari mustaqillikka erishgan
vatandan quvg’in qilingan, tarix sahifalaridan o’chirilgan. Ular bugun faqat mustaqillik va
barqarorlik dushmanlari sifatida tilga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: