2020 yil 1 iyuldan boshlab:
“Mening fikrim" veb-portalining mobil ilovasini ishga tushirish va uning faoliyatida ochiqlikni
ta’minlash;
Murojaatlarni deputatlar, mutaxassislar va keng jamoatchilikni jalb qilgan holda OAVda muhokama
qilish belgilanmoqda.
2020 yil 1 avgustga qadar Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga xalqaro tashkilotlar bilan birga Kambag‘allikni qisqartirish
dasturi loyihasini ishlab chiqish vazifasi yuklanmoqda.
Davlat dasturiga ko‘ra, 2020 yil 1 apreldan 1995 yilgacha O‘zbekistonga kelgan va shundan buyon
doimiy istiqomat qilayotgan shaxslarga O‘zbekiston fuqaroligini avtomatik tarzda berish amaliyoti joriy
qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |