e-qaror.gov.uz
31.05.2022
1
2021 - yil 4 -
oktabr
VI-36-102-8-0-K/21
Surxondaryo viloyati hokimligi
So‘z erkinligini ta’minlash maqsadida ommaviy axborot vositalarini har tomonlama
rivojlantirish ishlarini yanada kuchaytirish to‘g‘risida
So‘z
erkinligini ta’minlash maqsadida ommaviy axborot vositalarini har tomonlama
rivojlantirish ishlarini yanada kuchaytirish to‘g‘risida
viloyat Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Yu.Nurmanov, “Surxon tongi” va “Заря Сурхана”
gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri S.Norqobilovning xalq deputatlari Surxondaryo
viloyati Kengashining Axborot siyosati va mahalliy davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash
masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida eshitilganligini va bildirilgan fikr-
mulohazalarni
inobatga olib, xalq deputatlari viloyat Kengashi
qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining Axborot siyosati va mahalliy
davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi
2021-yil 26-avgust kuni ZOOM dasturi orqali o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Viloyat Axborot va ommaviy kommunikasiyalar boshqarmasi, “Surxondaryo” viloyat
teleradiokompaniyasi, “Surxon tongi” va “Заря Сурхана” gazetalari birlashgan tahririyati bilan
xalq deputatlar Surxondaryo viloyati Kengashi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolash
taklif etilsin.
3. Viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi (Z.To‘rayev), “Surxon
tongi” va “Заря Сурхана” gazetalari birlashgan tahririyati (S.Norqobilov)ga birgalikda viloyatda
so‘z erkinligini ta’minlash maqsadida ommaviy axborot vositalarini har tomonlama rivojlantirish
ishlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan mediya-reja ishlab chiqish tavsiya etilsin.
4. Viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi viloyatda veb sayt
yuritilishini nazoratga olsin va har chorak yakunida tahliliy ma’lumotini xalq deputatlari viloyat
Kengashiga kiritib borsin.
5. Viloyatdagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bir oy muddatda:
bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish tartibi va talablari hamda fuqarolarni qabul qilish
tartibiga oid ma’lumotlarni
rasmiy veb-sahifalarida, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida
joylashtirsin;
ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida maxsus-botlar tashkil
etish hamda ular orqali
e-qaror.gov.uz
31.05.2022
2
fuqarolardan kelib tushadigan murojaatlarga tezkor va asosli javob berish tizimini yo‘lga
qo‘ysin.
6. Bu borada amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilib, ijrosi bo‘yicha joriy yil 20-oktabrga
qadar O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat
bo‘yicha davlat inspeksiyasining Surxondaryo viloyati hududiy inspeksiyasi xalq deputatlari
viloyat Kengashi kotibiyatiga axborot kiritsin.
7. Viloyatdagi boshqarma va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklar bir oy muddatda
axborot xizmatlari rahbarlariga zamonaviy moddiy-texnika va avtotransport vositalari bilan
ta’minlash choralarini ko‘rsin.
8. Viloyatdagi barcha davlat va boshqaruv organlari, korxona, muassasa va tashkilotlarda
davlat ro‘yxatidan o‘tgan rasmiy veb-saytlar ro‘yxatlari aks etgan stend (doska)lar joriy etilsin.
9. Viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi (Z.To‘rayev),
“Surxondaryo” viloyat teleradiokompaniyasi (B.Mingboyev), “Surxon tongi” va “Заря
Сурхана” gazetalari birlashgan tahririyati (S.Norqobilov)larga:
viloyatda so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan televideniye muxbirlari va matbuot
bosma axborot ommaviy vositalarida uchrashuvlar tashkil etilishiga alohida e’tibor
qaratish;
viloyatda jurnalist salohiyatini oshirish maqsadida kadrlar masalasini ko‘rib chiqish;
oliygohlarda yosh jurnalistlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish tavsiya etilsin.
10. Viloyat hokimligi Axborot xizmati, viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar
boshqarmasi (Z.To‘rayev), “Surxondaryo” viloyat teleradiokompaniyasi (B.Mingboyev),
“Surxon tongi” va “Заря Сурхана” gazetalari birlashgan tahririyati (S.Norqobilov)ga sohada
amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida keng yoritib borish
tavsiya etilsin.
11. Yuqorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan har chorak yakunida tegishli
mansabdor shaxslar tomonidan xalq deputatlari viloyat Kengashiga
yozma axborot kiritib
borilsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining
Axborot siyosati va mahalliy davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha
doimiy komissiyasi raisi (M.Allamurodov) zimmasiga yuklansin.
13. Mazkur qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Surxondaryo viloyati hokimi
Bobolov T.A.