O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. Formatsion yondashuv, mintaqalarning



Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/169
Sana05.09.2021
Hajmi1,42 Mb.
#164743
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   169
Bog'liq
Tarix yakuniy to'liq javoblari 200 ta

149-savol: Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlar. (fermerlar, diversifikatsiya
bozor)  
Javob : bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlashga moslasha boshladilar. Mehnat unumdorligi va mahsulot 
ishlab chiqarish hajmi o‘sa boshladi. Respublikada 1996-yilda amaldagi narxlarda 10754,4 so‘mlik sanoat 
mahsuloti ishlab chiqarildi. Bu solishtirma narxlarda olganda 1995-yildagiga nisbatan 101,5 foizni tashkil 
etadi. 2000-yilga kelib yalpi mahsulot yetishtirishda kichik va o‘rta biznes hajmining ulushi 27 foizni 
tashkil etdi. Bu 1999-yilgi ko‘rsatkichdan 3 foizga ko‘p demakdir. Kichik va o‘rta tadbirkorlik 
subyektlariga tijorat banklari va byudjetdan tashqari jamg‘armalar tomonidan 2000-yilda 2,9 milliard 
so‘m miqdorida kreditlar berildi. Natijada harakatsiz turgan korxonalar sonini 771 taga kamaytirish 
imkoniyati tug‘ildi. 
1991—2003-yillarda natura ko‘rinishida mahsulot ishlab chiqarish ham ko‘paydi, xususan past voltli 
apparaturalar, yo‘l qurilishi mashinalari ehtiyot qismlari, yengil sanoat texnologik uskunalari va ularning 
ehtiyot qismlari, mebellar va boshqalar ana shular jumlasidandir. 
Paxtadan ip ishlab chiqarish, ip gazlamalari, tayyor trikotaj buyumlar, iste’mol mahsulotlaridan un, 
makaron, mineral suvlar ishlab chiqarish ko‘paydi. 
2003-yilda yig‘ma temir-beton konstruksiyalari va detallari, toshdan bezakli materiallar tayyorlash, 
qandolatchilik mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, uzum vinosi, salqin ichimliklar va osh tuzi ishlab chiqarish 
o‘sdi. 
Bir qator yangi sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Jumladan, 1995-yilda Xo‘jayli shahrida shisha 
idishlar zavodi qurilib foydalanishga topshirildi. Natijada respublikaga chetdan shisha idishlarni tashib 
keltirish sezilarli darajada kamaydi. 
Respublikaning Ustyurt-Orolbo‘yi mintaqasi yirik neftgaz hududlarining (Kaspiybo‘yi, To‘qay va 
Amudaryo tekisligi) qo‘shilgan joyida joylashgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududida eng katta 
neftgaz maydoni (90 ming kv. km dan ziyod) bo‘lib hisoblanadi. 
Mustaqillik yillarida mazkur hududda 7 ta gaz va gaz kondensati koni ochildi. Bu konlarda aniqlangan 
umumiy gaz zaxirasi 100,1 milliard metr kub, gaz kondensati zaxirasi 2523,1 ming tonnani tashkil etadi. 
1995-yilda Qo‘ng‘irotdagi 37,4 milliard metr kub gaz va 739 ming tonna gaz kondensati zaxirasiga ega 
bo‘lgan «Urga» koni foydalanishga topshirildi. 2003-yilga kelib mazkur kondan bir kunda 3,2 million metr 
kub gaz, 24 tonna gaz kondensati qazib olinmoqda. 2002-yilning noyabr oyidan boshlab «Sharq Berdaq» 
koni foydalanishga topshirildi. Mazkur kon bir kunda 3,0 million metr kub gaz va 16 tonna gaz 
kondensatini qazib olish quvvatiga ega. 
2002-yili Ustyurt-Orolbo‘yi hududida joylashgan konlardan 1,2 milliard metr kubdan ortiq gaz va 10,4 
ming tonna gaz kondensati qazib olindi. 
Mustaqillik yillarida respublikada aholi punktlarini gazlashtirish bo‘yicha bir qator ijobiy ishlar amalga 
oshirildi. 2000-2003-yillar mobaynida 98 aholi punktlariga tabiiy gaz yetkazib berildi. 
1993-yilda respublikada 59 foiz aholi gaz, 52 foiz aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan bo‘lsa, 2003-
yilga kelib esa aholini gaz bilan ta’minlash 91,7 foizni, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash esa 66,2 foizni 
tashkil etdi. 
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq xo‘jaligining qurilish sohasida ham muayyan 
ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, aholining infratuzilma inshootlari bo‘yicha keyingi 12 yil 
ichida 97 ta qishloq shifokorlik shahobchalari, 90 o‘rinli shifoxona, 11900 o‘quvchiga mo‘ljallangan 
maktab binolari, 7,5 ming kv. m turar joy, 2 ming km gaz tarmoqlari, 1,4 ming km suv tarmoqlari 


foydalanishga topshirildi. Natijada respublikada 390 ta qishloq aholi punktlari toza ichimlik suvi bilan, 
yuzga yaqin aholi punktlari esa tabiiy gaz bilan ta’minlandi. 
«Qoraqalpoqqurilish» aksionerlik jamiyatida Italiya firmalarining yuqori sifatli jihozlari bilan jihozlangan, 
yiliga 60 ming kvadrat metr marmar bloklari va plitalari ishlab chiqaradigan yangi marmar sexi ochildi. 
«Nukusun» zavodida esa spirt ishlab chiqaradigan yangi sex qurildi. 
Yengil sanoat ishlab chiqarishining bazasi kengaya bordi. 1993-yilda Nukus shahrida «Kateks» 
to‘qimachilik majmuasi, 1995-yilda Ellikqal’a tumanida ham «Elteks» nomli xuddi shunday to‘qimachilik 
majmuasi foydalanishga topshirildi. 
Moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha qator chora-
tadbirlar amalga oshirildi. Nukus va Qo‘ng‘irot un kombinatlari, To‘rtko‘lda 3 million shartli banka 
konserva mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, Ellikqal’a tumanida esa shunday quvvatga ega bo‘lgan 
konserva sexi foydalanishga topshirildi. 
1991—2003-yillar mobaynida respublikada arxitektura qurilishi sohasida katta yutuqlarga erishildi. Bu 
yillar mobaynida San’at va Berdaq nomidagi muzeylar, Mirzo Ulug‘bek, Ajiniyoz, «Markaziy bank», 
«Xalq», «Paxta», «Tadbirkor», «Asaka» banklari, Xo‘jalik sudi, Nukus aeroporti binolari, respublika 
markaziy shifoxonasining binolari qayta ta’mirlandi va bunyod etildi. 80 kilometrli Qo‘ng‘irot—Beynov 
avtomobil yo‘li, Nukus—Xo‘jayli yo‘nalishida temir-beton ko‘prigi qurilib foydalanishga topshirildi. 
 

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish