266
ga qarshi kurashlarda g'alaba qilishi amrimahol edi. Bu qo'zg'olonni
mag'lubiyatga olib kelgan sabablardan biri uning o'Ika bo'ylab keng yoyi-
lib ketmaganligi va mahalliy aholining barcha tabaqalari unda ishtirok
etmaganligi bo'ldi.
Qo'zg'olonchilar mustamlakachilarga qarshi
qaratilgan harakatlari
bilan, eng avvalo, o'kadagi jabr-zulmga chek qo'yllishiga erishmoqchi
bo'lgandilar, Qo'zg'olonni tashkil etishdan boshlabunga boshchilik qi-
lishgacha qat’iy tartib va intizom yo'qllgi uning o'z oldiga qo'ygan maq-
sadiga yetkazishga imkon bermadi. Qo'zg'olon ko'targanlarning tarqoq-
ligi, aniq reja ishlab chiqmaganligi, hamma bir vaqtda ko'tarilmaganligi
uiarga pand berdi. Xususan, Ketmontepa va Ko'gartdagi odamlarga
boshchilik qilgan Chibil bo'lis Dukchi eshonga zudlik bilan qo'shilish
o'rniga atrofida joyiashgan mustamlakachilarga qarshi kurash olib bo-
rishga harakat qilib taktik xatoga yo'l qo'ydi. Aholining ayrim tabaqalari
qo'zg'olonga qo'rqqanidan, ba’zilar qo'zg'olon g'alaba qozonishiga
ishonmagani uchun qo'shilmadi.
Dukchi eshonning
yetarli darajada tayyorlanmay,
harbiy sohadan
bexabar, yaxshi qurollanmagan muridlari bilan ochiqchasiga qo'zg'olon
ko'targanligi mustamlakachilaming qo'zg'olonni osonlik bilan bostirishi-
ga imkon berdi. O'Ikada hukmron bo'lib oigan mustamlakachi hukumat
qo'zg'olonni bostirishga erishdi. Andijonda ko'tarilgan qo'zg'olon na-
faqatTurkiston o'Ikasi ma’muriyatini, balki Rossiya Imperiyasi hukuma-
tini ham qattiq xavotirga solib qo'yadi. Qo'zg'olondan keyin o'Ikaning
har bir hududida norozilik kayfiyatidagi barcha aholini qattiq nazoratda
ushlab turishga qaratilgan choralar ko'rildi. Har qanday norozilik ko'rini-
shidagi harakatbrni ayovsiz bostirishga kirishildi.
21.4. MILLIY-OZODLIK HARAKATLARINING AHAMIYATI
XIX asr oxiridaai ao'za'olonlamina umumiv xususivatlari.
XIX asr-
ning 2-yarmidagi milliy-ozodlik harakatlari Turkiston o'Ikasining pod-
sho hukumati tomonidan istilochiiik yo'li bilan bosib olinganligini yana
bir karra isbotladi. Istilo qilingan hududlar imperiyaning tarkibiga mus-
tamlaka sifatida kiritilib, bu yerlarda imperiyaning siyosiy, iqtisodiy va
geopolitik manfaatlarini birinchi o'ringa qo'ydi. O'Ika arzon xomashyo
bazasiga, Rossiyada tayyorlangan mahsulotlar uchun tayyor bozorga,
uning aholisi esa arzon ishchi kuchiga aylandi.
XIX asrning 2-yarmida Turkiston o'Ikasida olib borilgan milliy-ozod-
lik harakatlari mahailly aholining turli ko'rinishlardagi chiqishlarida o'z
267
aksini topdi. Bularga asosiy sabab soliq va majburiyatlarning og'irligi,
mahalliy boshqaruv vakillarining sotqinlarcha podsho ma’murlariga xiz-
mat qilishi, Rossiya o'lkalaridan ko'chirib keltirilgan aholiga yangi ekin
maydonlarining bo'lib berilishi, narx-navolarning oshib ketganligi, tur-
mush sharoitlarining yomonligi kabi holatlar tufayli ro‘y berdi. Bundan
tashqari, mahalliy aholi uchun tibbiy xizmat ko'rsatishning yo'qligi, yan
gi ishlab chiqarish va texnologiyaiaming faqat imperiya manfaatlariga
xizmat qilishi ham tub joy aholi vakillarining ommaviy ravishdagi noro-
ziiik chiqishlarida ishtirok etishiga oiib keigandi.
Do'stlaringiz bilan baham: