MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI O’ZBEKISTON TARIXI XX Asrning 20-30-yillarida Sovet hokimiyatining O’zbekistonda yuritgan siyosati, uning mohiyati va oqibatlari. Siyosiy qatag’onlik 11 MAVZU Ziyaeva Dilorom Solihovna
Gumanitar fanlar kafedrasi katta o`qituvchisi
Reja:
1. 20-yillardagi ijtimoiy siyosiy vaziyat. O’rta Osiyoda milliy - hududiy chegaralashning o’tkazilishi. Ozbekiston SSRning tashkil topishi. 2. O’zbekistondagi iqtisodiy ahvol. O’lkani sanoatlashtirish. Qishloq xo’jaligini jamoalashtirish siyosati va uning oqibatlari. 3. 20 - 30 - yillarda O’zbekiston madaniy hayotidagi qaramlik va uning oqibatlari. Madaniy hayotdagi islohotlar. 4. Sovet hokimiyatining o’lkamizda yuritgan qatag'onlik siyosati va uning oqibatlari. Qonun va inson huquqlarining poymol etilishi. 20-yillardagi ijtimoiy siyosiy vaziyat. O’rta Osiyoda milliy - hududiy chegaralashning o’tkazilishi. O’zbekiston SSRning tashkil topishi O’lkaning tobeligini kuchaytirish uchun Markazdan bolshevik kadrlar yuborildi. 1920- 1932 yillarda Turkistonga 1400 ta rusiyzabon bolshevik keldi. Markaz O’lkada hukmronlik qiluvchi organ sifatida RKP(b) Turkiston byurosi (Turkbyuro)ni ham tashkil qildi.
1920 yil yanvarida Turkiston Kompartiyasining o’lka konferensiyasida Turkiston ASSR MIQ raisi T. Risqulov “Yagona Turkiston g’oyasi”ni ilgari surdi.
Tarixan tarkib topgan uchta davlatni tugatib, ularning o’rniga yangi davlatlar tuzish fikrini Turkkomissiya raisi Y.E.Rudzutak 1920- yillarning boshlaridayoq o’rtaga tashlagan edi.
O’zbekiston SSRning tashkil topishi 1922 yil 30 dekabrda Moskvada Butun ittifoq Sovetlarning 1 syezdida SSSRni tuzish to’g’risidagi dekloratsiya va Ittifoq Shartnomasi tasdiqlandi.
Milliy-hududiy chegaralanish o’tkazilishini ma’qullab rezolyutsiyalar qabul qilindi. 1924-yil 31-oktyabrda O’zbekiston SSR Inqilobiy Komiteti (revkom) tuzildi, u O’zbekiston Respublikasi tuzishni boshqarib bordi. 1925-yil 13-fevralda Buxoroda Sovetlarning I umum o’zbek qurultoyi ochildi.
O’zbekiston hukumatining raisi qilib Fayzulla Xo’jayev saylandi.
Respublika Markaziy Ijroiya Komiteti raisi etib Yo’ldosh Oxunboboyev saylandi.
O’zbekiston kommunistlar partiyasi tashkil topdi. Uning Markaziy qo’mitasining birinchi sekretari etib V.I.Ivanov, II sekretari lavozimiga Akmal Ikromov saylandilar.
1927-yilda esa A. Ikromov birinchi sekretar lavozimiga ko’tarildi.
O’zSSRning poytaxti qilib Samarqand shahri belgilandi. 1930 yilda poytaxt Toshkentga ko’chirildi. 1925-yil mayda O’zbekiston SSR SSSR tarkibiga kirdi.