O’zbekiston tarixi va manbashunoslik



Download 1,19 Mb.
bet47/60
Sana09.07.2022
Hajmi1,19 Mb.
#766628
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   60
Bog'liq
O`zbekistonnning eng yangi tarixi 2021 2022 yil

2-savol. XX asrning oxirida dunyoning siyosiy makoni sifat jihatidan o’zgardi.
Sovet Ittifoqi xalqlari hamda sobiq «sotsialistik hamdo’stlik»dagi boshqa davlatlar bir partiyaviylik tizimi va markazdan turib rejalashtirish iqtisodiyotidan voz kechishdi. Oqibatda dunyoda antogonistik ijtimoiy-siyosiy tuzumlarning global qarama-qarshiligi barham topdi va dunyo siyosatida demokratik jamiyatlar salohiyati ancha oshdi. Evroosiyo hududida, jumladan, Markaziy va Sharqiy Evropa davlatlari, shuningdek, sobiq sovet ittifoqi davlatlarining roziligi orqali ijtimoiy-siyosiy tuzumning demokratik shakliga o’tildi. Agar bunday davlatlarda, eng avvalo, Rossiyada amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni muvaffaqiyatli yakunlansa Evropa, Shimoliy Amerika, Evroosiyoda bir-biriga yaqin ijtimoyi-siyosiy va iqtisodiy tamoyillar asosida yashovchi, bir-biriga o’xshash qadriyatlarga e'tiqod qiluvchi, shu jumladan, global dunyo siyosati jarayonlariga bir xilda yondashuvchi xalqlar hamjamiyati shakllanadi.
«Birinchi» va «ikkinchi» dunyolar o’rtasidagi qarama-qarshilikka barham berilgandan so’ng avtoritar tuzumlar Afrika, Lotin Amerikasi, Osiyodagi o’z tarafdorini qo’llab-quvvatlashdan to’xtadilar. Negaki, bu davlatlar mafkuraviy ittifoqdosh sifatida o’z qiymatlarini yo’qotishdi va natijada moddiy hamda siyosiy yordamdan maxrum bo’lishdi. Oqibatda Somali, Liberiya, Afg’onistonda bo’linish vujudga keldi va fuqarolar urushi boshlanib ketdi. Boshqa davlatlarning ko’pchiligi esa, masalan, Efiopiya, Nikaragua, Jazoir avtoritarizmdan voz kecha boshlashdi.
«Sovuq urush» bilan to’g’ridan-to’g’ri boG’liq bo’lmagan barcha qit'alarda kechgan keng miqyosli demokratiyalashtirish jarayoni 80-yillarning ikkinchi yarmiga to’G’ri keladi. Braziliya, Argentina, Chili boshqaruvning harbiy-avtoritar shaklidan fuqarolik-parlamentar shakllariga o’tishdi. Bunday tendentsiya Markaziy Amerikada sal kechroq tarqaldi. Ushbu jarayonning e'tiborli natijalaridan biri shuki, 1994 yil 14 dekabrda Shimoliy va Janubiy Amerika mamlakatlari boshliqlarining uchrashuvida qatnashgan 34ta davlat rahbari o’z davlatlarining demokratik yo’l bilan saylangan liderlari edilar. Shunga o’xshash demokratlashtirish jarayonlari Filippin, Tayvan, Janubiy Koreya, Tailandda kuzatildi. 1998 yilda Pokistonda harbiy tuzum o’rniga saylangan hukumat keldi. Janubiy Afrika respublikasining aparteid siyosatidan voz kechishi demokratiyaga qarab yo’l olinganligini ko’rsatdi. Afrikaning boshqa joylarida avtoritarizm jarayoni anchagina sekin kechdi. Biroq inqirozga uchrashi, Gana, Benin, Keniya, Zimbabveda demokratik islohotlarning ma'lum darajada oldinga siljishi demokratiyalashuv to’lqini bu qit'aga ham ta'sir qilmasdan o’tmaganini ko’rsatadi.
Aytib o’tish lozimki, demokratiya etuklikning bir necha darajasiga ega. Bu fransuz hamda amerika inqilobi davrlaridan boshlab, bugungi kungacha demokratik jamiyatlarning rivojlanishida yaqqol namoyon bo’ldi. Qator Afrika mamlakatlarida yoki sobiq ittifoq o’rnida paydo bo’lgan yangi mustaqil davlatlarning ayrimlarida muntazam, ko’p partiyaviylik saylovlari ko’rinishiga ega bo’lgan demokratiyaning ilk shakllari, aytaylik, G’arbiy Evropa tipidagi etuk demokratiya shakllaridan anchagina farq qiladi. Agar Linkolnning demokratiyaga bergan «xalq saylagan va xalq manfaatlariga muvofiq amalga oshiriladigan xalq boshqaruvi» ta'rifidan kelib chiqadigan bo’lsak, eng ilg’or demokratiyalar ham mukammal emasdir.
80-yillar oxiri - 90-yillar boshlarida ijtimoiy-siyosiy modellarning global almashinuv jarayoni turli davlatlarda turlicha kechgan bo’lsa-da, uning er yuzini yarmidan ko’pini qamrab olganligi bois, jahon hamjamiyati ijtimoiy-siyosiy maydonining sifat o’zgarishi to’g’risida xulosa qilish mumkin bo’ladi. Jamiyatlarni tashkil etishning demokratik shaklli tafovutlar, ba'zan esa muayyan davlatlar o’rtasida keskin ziddiyatli vaziyatlardan ham xoli emas. Masalan, bugungi kunda Hindiston va Pokiston, Gretsiya va Turkiyada parlamentar boshqaruv joriy etilgan bo’lsa-da, ular o’rtasidagi munosabatlarda keskinlik mavjud. Rossiya kommunizmdan demokratiyaga qarab ancha yo’l bosib o’tgan bo’lsa-da, baribir, aytaylik, NATOni kengaytirish yoki Saddam ?usayn, Slobadan Miloshevich tuzumlariga qarshi harbiy kuchni ishlatish masalalari bo’yicha Evropa davlatlari va AQSh bilan oralarida kelishmovchilik bor. Lekin muhimi shuki, tarixda demokratik davlatlar bir-birlari bilan urush qilishmagan.
Albatta, ko’p narsa «demokratiya» va «urush» tushunchalarining qanday ta'riflanishiga bog’liq. Davlat, qachonki uning ijroiya va qonun chiqaruvchi hokimiyatlari saylovlar yo’li bilan shakllantirilgan bo’lsa, demokratik hisoblanadi. Bu degani, ana shunday saylovlarda eng kamida mustaqil ikkita partiya ishtirok etsa, katta yoshdagi aholining kamida yarmi ovoz berish huquqiga ega bo’lsa va hokimiyatning bir partiyadan ikkinchisiga o’tishi kamida bir marta tinch konstitutsion yo’l bilan amalga oshirilgan bo’lsa.
Jahon tarixining tadqiq etilishi shuni ko’rsatmoqdaki, demokratiyalar avtoritar tuzumlar bilan urush olib boradilar va juda ko’p boshqa demokratik davlatlar bilan ziddiyatlarga borsalar ham, xech qachon bu narsa urushgacha etib bormagan. Vestfal tizimi mavjud davr mobaynida demokratik davlatlar o’rtasidagi munosabatlar tor doirada bo’lganligi va ularning hamjixat bo’lishlariga avtoritar davlatlar ta'sir etganligini ko’rsatuvchi tanqidchilarda bunga ma'lum bir asos bor ekanligini tan olish zarur. Avtoritar davlatlar tomonidan tahdidning yo’qolishi yoki kamayishi bilan demokratik davlatlar bir-birlari bilan munosabatda o’zlarini qanday tutishlari ham noma'lum.
Agar XXI asrda ham demokratik davlatlarning o’zaro tinch munosabatlaridagi qonuniyat buzilmasa, unda hozir dunyoda ro’y berayotgan demokratiyaning kengayishi dunyo global zonasining ham kengayishini anglatadi. Ehtimol, yangi shakllanayotgan xalqaro munosabatlar tizmining Vestfal tizimidan birinchi va asosiy farqi aynan mana shundadir.
Global miqyosda demokratiya va avtoritarizm o’rtasidagi nisbatning o’zgarishi amerikalik tadqiqotchi F.Fukuyamaning demokratiya G’alabasini ovoza qilishiga hamda shu ma'noda tarixiy formatsiyalar o’rtasidagi kurash sifatida «tarixning yakunlanganligi» to’g’risida e'lon qilishiga asos bo’lib xizmat qildi. Biroq, demokratiyaning keng miqyosda yoyilib borayotgani uning to’liq G’alabasi degani emas. Kommunizm biroz o’zgartirilgan ko’rinishda bo’lsa-da, Xitoy, Vetnam, Shimoliy Koreya, Laos, Kubada saqlanib qolindi uning izlarini Sobiq Ittifoqning ayrim davlatlarida, Serbiyada sezish mumkin.
Shimoliy Koreyadan tashqari boshqa barcha sotsialistik mamlakatlarda bozor iqtisodiyoti elementlari paydo bo’lmoqda, ular u yoki bu ma'noda jahon iqtisodiy tizimiga jalb etilmoqda. Saqlanib qolgan ayrim kommunistik davlatlarning boshqa mamlakatlar bilan munosabatlari «sinfiy kurash» tamoyilidan ko’ra, «Birga tinch yashash» tamoyiliga asoslanadi. Qisman amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va xalqaro iqtisodiy aloqalar uchun ochiq bo’lishlik siyosiy erkinliklarni kengaytirishni talab etuvchi ijtimoiy kuchlarni yuzaga chiqaradi. Biroq, bir partiyaviylik tizimi teskari tomonga qarab ish olib bormoqda. Natijada liberalizmdan avtoritarizmga, avtoritarizmdan liberalizmga qarab harakat qiluvchi «argimchoq» effektini kuzatish mumkin.
XX asr tajribasi ko’rsatmoqdaki, kommunistik tizim muqarrar ravishda shunday tashqi siyosatni ishlab chiqardiki, u demokratik jamiyatlar siyosatiga zid bo’ladi.
Bunday ziddiyatning mavjudligi ular o’rtasidagi harbiy mojaroni keltirib chiqarishi mumkinligi va ular o’rtasida munosabatlar bo’la olmasligi xususidagi fikrlar asoslangandir.
Hozirgi kunda dunyoda avtoritar tuzumdagi bir qancha davlatlar mavjud. Avtoritar tuzumda bo’lgan davlatlar orasida alohida o’rinni ekstremistik mazmundagi «islomiy» mamlakatlar - Eron, Sudan, Afg’oniston egallaydi. «Islom fundamentalizmi» nomi bilan ataluvchi islom ekstremizmi xalqaro siyosiy harakati dunyo siyosatiga bu davlatlar o’z ta'sirini o’tkazishi uchun imkon bermoqda.
G’arb demokratiyasini inkor etuvchi hamda zo’ravonlikka yo’l qo’yuvchi ushbu mafkuraviy oqim so’nggi yillarda Yaqin Sharqning ko’pgina mamlakatlari axolisi va musulmon aholisi yuqori bo’lgan boshqa davlatlarda keng tarqalgan.
Demokratik davlatlar bilan hamkorlik qilishga intilayotgan kommunistik tuzumdagi davlatlardan farqli o’laroq, islom siyosiy ekstremizmi dinamik va Saudiya Arabistoni, Fors ko’rfazi mamlakatlari, Pokiston, Turkiya, Markaziy Osiyo davlatlari barqarorligiga katta xavf tug’dirmoqda.
Avtoritar davlatlarning saqlab qolinishi yoki ular sonining ortishi, ehtimol, ular o’rtasidagi, shuningdek, demokratik dunyo bilan o’rtalarida harbiy to’qnashuvlarga olib kelishi mumkin. Albatta, xalqaro munosabatlarning kelgusidagi rivojini tadqiq etishda demokratiya o’rtasidagi munosabatlar qonuniyatlarini, demokratiyaning avtoritar tuzumlarga ta'sirini yaxshilab tahlil etish lozim bo’ladi.



Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish