Engil sanoat. 2011 yilga kelib Qoraqalpog’iston Respublikasi yengil sanoatida “Nukus tekstil”, “To’rtko’l Asaka tekstil”, “Astera tekstil” va “Amudaryo tekstil” kabi korxonalarda jami 25 million AQSH dollaridan ortiq modernizatsiya ishlari olib borildi. yengil sanoat, oziq-ovqat, yog’-moy, paxta tozalash va don korxonalarida ham yangilanishlar yaqqol ko’zga tashlana boshladi. SHu bilan birga, kapital qo’llanmalarning umumiy ko’lamida chet el investitsiyalari va kreditlarining ulushi 13,3 foizni tashkil etgan bo’lsa, shundan bevosita chet el investitsiyalari jami 32,6 milliard so’mdan oshib ketdi.
2011 yilning to’rtinchi kvartalida Nukus shahrida Angliya davlati sarmoyadorlari ishtirokida “White Macine Tehnology” (“Nukus – Samsung”) qo’shma korxonasi ishga tushirildi. Qo’shma korxona loyiha quvvati 1,9 million AQSH dollari bo’lgan korxonada chang yutgichlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydi. Bugungi kunga kelib qo’shma korxona sexida uch yillik kafolat sifati bilan uch xil turdagi chang yutgichlar ishlab chiqarilmoqda. Korxonada ishlaydigan har uch xodimdan bittasini kollej bitiruvchilari tashkil qilmoqda. 2012 yilning o’tgan besh oyi ichida qo’shma korxona tomonidan konveyer usulida jami 2 milliard so’mlik bo’lgan 16 ming dona chang yutkichlar ishlab chiqarildi.
Ushbu qo’shma korxonada 2011 yilning oxirigacha 8178 dona chang yutgich ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2012 yilda bu ko’rsatkich 43 ming 689 donani tashkil etdi. Boshqacha aytganda, ichki bozorga 5 milliard 236 million so’mlikdan ziyod mahsulot ishlab chiqarildi. Bu esa ish hajmining deyarli besh barobar oshganligini ko’rsatadi. 2010 – 2012 yillar mobaynida 12 ta yirik yengil sanoatkorxonalari faoliyatini yo’lga qo’yish maqsadida 74 milliard so’mdan ziyod mablag’lar o’zlashtirildi. 2012 yilda Qoraqalpog’iston Respublikasida 9242 nafar kishilar kasanachilikishlariga jalb qilindi.2019 yili Nukus Erkin iqtisodiy zonasi (EIZ) tashkil etildi.
Qishloq xo’jaligi.Mustaqillik yillarida boshqa sohalar qatorida agrar sektorda ham iqtisodiy qayta qurish, bozor munosabatlariga o’tish ro’y berdi. Qishloq xo’jaligi respublika iqtisodiyotining yetakchi tarmog’i hisoblanadi. 1997 yil boshlarida respublikada 263 ta qishloq xo’jalik korxonasi faoliyat ko’rsatdi. Nodavlat sektorning jami ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushi 98,3 foizni tashkil etdi. Paxta yetishtirishda nodavlat korxonalarining hissasi 97,9 foizni, donchilikda 98,1, kartoshkachilikda 99,7 sabzavotchilikda 98,7 polizchilikda 95,1 bog’dorchilikda 98,5 pillachilikda 100, go’sht yetishtirishda 98,9 sut va tuxum ishlab chiqarishda 99,4 qorako’l, teri va jun yetishtirishda 100 foizni tashkil etdi.
Qoraqalpog’istonda dehqon-fermer xo’jaliklari tashkil etish bo’yicha birmuncha tajriba to’plandi. Dehqonlarga meros qilib qoldirish huquqi bilan yerlar uzoq muddatga ijaraga berildi. O’zbekiston hukumati ana shu tajribani ma’qullab, uni boshqa viloyatlarda ham ommalashtirishni tavsiya etishga qaratilgan maxsus qaror qabul qildi. Xo’jalik yuritishning bu usuli boshqa viloyatlarda yaxshi natija berdi. Respublikada 1991 yilda 1000 nafar, 2006 yilda esa 8884 nafar fermerlar faoliyat yuritdi.
Tashqi iqtisod. Qoraqalpog’iston tashqi iqtisodiy aloqalarni ham rivojlantirib bormoqda. 1996 yilda tashqi savdo oboroti 228,4 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 1996 yildagi savdoda asosiy sheriklarining hissasi: Rossiya-11,4 AQSH-14,1 Janubiy Koreya-11,1 SHveytsariya-9,4 Niderlandiya-7,2 foiz bo’ldi. Eksport qilingan tovarlar hajmi 122,9 mln. AQSH dollariga teng bo’ldi. Uning tashqi savdo oborotidagi ulushi 53,8 foizni tashkil etdi. G’arb mamlakatlariga eksport qilingan xom ashyo 113,6 mln. AQSH dollarini, MDH mamalakatlariga jo’natilganlari esa-9,3 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Xorijga asosan paxta tolasi, toladan olingan mahsulotlar, qayta ishlangan neft maxsulotlari sotildi. Xorijdan esa shakar, bug’doy, mashina va jihozlar, agregatlar va ularning ehtiyot qismlari, quvurlar, avtomashinalar, ishlab chiqarishni komplektlovchi materiallar keltirildi. Biroq respublikaning iqtisodiyotni rivojlantirishga muhim omil bo’lgan imkoniyatlaridan to’la foydalanilmaganligi sezilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |