9-Mavzu. O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar.
REJA:
Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishda ta’lim va tarbiyaning o’rni va roli.
“Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi. Dasturning maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish mexanizmi va bosqichlari.
Ta’limning milliy modelining shakllanishi, rivojlanishi va sohadagi muammolar.
O’zbekistonda yangi avlod kadrlar tayyorlash sohasidagi o’zgarishlar.
Oliy ta’lim sohasida qabul qilingan Qonunlar va ularda belgilangan vazifalar. Ta’lim sohasida halqaro hamkorlikning yo’lga qo’yilishi: yutuqlar va kamchiliklar
1.Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishda ta’lim va tarbiyaning o’rni va roli.
Har qanday mamlaktning kuchi uning fuqarolarining ma’naviy etukligi, intellektual salohiyatga egaligi bilan belgilanadi. Jamiyat taraqqiyoti, milliy faravonlik hamisha yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi, zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan yangi kadrlar, ularning yuksak malakasi bilan bog’liq bo’lib kelgan. Shu boisdan ham istiqlolimizning ilk qadamlaridan boshlab, mamlakatimizda yangi zamon avlodni tarbiyalash, ular dunyoqarashini yangicha qadriyatlar asosida shakllantirish ishi davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Jamiyat rivojining eng muhim poydevorlaridan biri bu-ta’lim tizimidir.Chunki zamon talablariga javob beradigan, ilg’or fan-texnika, texnologiya yutuqlarini o’zlashtirgan yuksak saloxiyatli kadrlarni etishtirmasdan turib, jamiyatni yuksaltirib bo’lmaydi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan 1992 yil 2 iyulda “Ta’lim to’g’risida” gi qonun qabul qilindi.Respublikamizda ta’limning yangi tizimni amalga oshirish, ta’limni isloh qilish dasturi tayyorlandi.Barcha e’tibor ta’lim tizimlarini demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirib, uning moddiytexnika bazasi, zamon va davr talablari darajasiga ko’tarish va O’zbekistonning ma’rifiy salohiyatini kuchaytirishga qaratildi.
1997 yil 29 avgustda respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida Birinchi prezident I.A.Karimovning «Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poyodevori»ma’ruzasi asosida «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi.
Mazkur dasturning maqsadi-ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xolos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.
Shuningdek, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy tamoyillari aniq belgilab ko’rsatildi:
-uzluksizlik;
-mutaxassislarga talab istiqbolini o’rganish;
-o’qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash;
-o’quvchi yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak axloqli, ma’naviyatli va vijdonli etib tarbiyalash;
-korxonalardan maktabinstitutlar bazasini mustahkamlashda foydalanish;
-chet el sarmoyalaridan foydalanish.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning asosida kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati yoritiladi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
Shaxs. Kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va uni amalga oshiruvchidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |