Oʻzbekiston tarixi


 Oʻzbekiston tarixini davrlashtirish



Download 17,45 Kb.
bet2/2
Sana15.01.2021
Hajmi17,45 Kb.
#55572
1   2
Bog'liq
1-Ma`ruza O`zbekiston tarixi

1.2. Oʻzbekiston tarixini davrlashtirish

Oʻzbekiston tarixini tadqiq etish, oʻrganishda uni toʻgʻri davrlashtirishning ahamiyati kattadir.

Olimlar oʻtmish jarayonini ma’lum bir davrlarga boʻlganlar. Bu davrlar insoniyat tarixida yirik ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy oʻzgarishlar, taraqqiyot bosqichlari bilan bogʻliq. Xususan, Oʻzbekiston tarixi 5 davrga boʻlingan. Ular quyidagilardir:

1. Eng qadimgi davr (miloddan avvalgi taxminan million yildan to milodiy IV asr oxirlarigacha).

2. Oʻrta asrlar davri (V-XIX asr boshlari).

3. Turkiston Rossiya imperiyasi hukmronligi davrida (XIX asr oʻrtalari-XX asr boshlari).

4. Oʻzbekiston sovetlar hukmronligi davrida (1917-1991- yillar).

5. Mustaqillik davri (1991- yildan boshlab).

Bu davrlarning har biri yana oʻziga xos, kichik davrlarga boʻlinadiki, uni mazkur qoʻllanmaning mazmuni va mundarijasidan yaqqol koʻrish mumkin.

Tarixiy voqealar, xalqlar hayoti nom-nishonsiz yoʻq boʻlib ketmaydi, ulardan tarixiy manbalar guvoh boʻlib qoladi. Tarixiy manbalar ikkiga – moddiy va yozma manbalarga boʻlinadi.

Qadimgi odamlardan bizgacha yetib kelgan mehnat qurollari, idish-tovoqlar, tanga pullar, harbiy qurol-yaroqlar, uy-joylar, qal’alar, shaharlar, qabrlar, rasmlar va boshqa narsalar moddiy tarixiy manbalar deb ataladi. Oʻzbekistonimiz hududida olib borilgan arxeologik izlanishlar natijasida topilgan moddiy topilmalar, ularning tahliliy xulosalari odamlar hayotini bilishga imkoniyat yaratadi.

Qadimgi davrlardayoq odamlar oʻz fikrlarini yozma bayon etish uchun yozuv belgilari ixtiro qilganlar. Savodxon kishilar oʻzlari yashab turgan, yoki borib koʻrgan mamlakatlari haqida, koʻrgan-kechirganlarini daraxtlarning po‘stlogʻiga, toshga, teriga, keyinchalik qogozga yozib qoldirganlar. Xalqlarning hayoti, yuz bergan voqea va hodisalar haqida yozilgan kitoblar mavjud. Yer va qimmatbaho narsalarni in’om qilish, meros qoldirish, sotib olish hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan. Podshoh va hokimlarning yozma shakldagi qonunlari va farmonlari saqlanib qolgan. Bular yozma manbalar deyiladi.

Ajdodlarimizning miloddan avvalgi VIII-VII asrlardagi hayotini oʻrganishda “Avesto” kitobi qimmatli yozma manba hisoblanadi. Mazkur nodir kitobda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, dastlabki davlat tuzilmalarining shakllanish jarayonlari oʻz ifodasini topgan.

Miloddan avalgi V-II asrlarga oid yunon, xitoy, eron, vizantiya, hindi yozma manbalarida ham Oʻzbekistonimiz tarixiga oid ma’lumotlar uchraydi.

Oʻzbek xalqining oʻrta asrlardagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy hayotini oʻrganishda Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri”, Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig”, M. Qashgʻariyning “Devonu lugʻotit-turk”, Abu Toxirxoʻjaning “Samariya”, Narshaxiyning “Buxoro tarixi”, Nizomulmulkning "Siyosatnoma yoki siyar ul-muluk", Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Mirzo Ulugʻbekning “Toʻrt ulus tarixi” va boshqa nodir kitoblar muhim tarixiy manba boʻlib xizmat qiladi.

Bizgacha yetib kelgan bunday moddiy va yozma manbalar Oʻzbekiston tarixini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti, Sharq qoʻlyozmalar fondi dunyodagi eng yirik qoʻlyozmalar xazinalaridan biri hisoblanadi. Bu yerda 40 mingdan ziyod qoʻlyozma nusxalari, 30 mingdan ortiq toshbosma kitoblar va 10 mingdan ortiq Sharq tillarida yozilgan xujjatlar mavjud. Shuningdek, Oʻzbekistonimiz tarixiga oid muhim qoʻlyozma hujjatlar, nodir kitoblar, qimmatli ma’lumotlar horijiy mamlakatlardagi ilm maskanlari, kutubxonalarda saqlanmoqda. Ana shu qoʻlyozma hujjatlar va kitoblarning hozirgi oʻzbek tiliga tarjima qilinishi va nashr etilishi Oʻzbekistonimiz tarixini yanada to‘laroq, xolisona yoritilishiga, tariximiz saxifalaridagi “oq” va “qora” dogʻlarning barham topishiga koʻmaklashadi.

Oʻzbekistonimiz tarixini oʻrganishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, ma’ruza va nutqlari, farmon va farmoyishlari, mustaqillik davrida qabul qilingan qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar muhim nazariy metodologik asos boʻlib xizmat qiladi.

Ajdodlarimiz hayotini, turmush tarzini oʻrganishda arxeologiya (qadimshunoslik), etnografiya (xalqlarni tasvirlash), antropologiya (odamning kelib chiqishi va evolyutsiyasi) va boshqa fanlar koʻmaklashadi.

Tabiiyki, tarix fani oʻtmish merosini yangi avlodlarga toʻlaqonli yetkazish bilan ularning ma’naviy tarbiyasiga, komil insonlar boʻlib yetishuviga oʻz munosib hissasini qoʻshmoqda. Yurtimiz oʻtmishi xalq xotirasi, avlodlar oʻrganib saboq oluvchi hayot maktabidir. Tarix – bu nafaqat oʻtmish, uning tahlili, bugungi kunimiz uchun muhim xulosalar manbai boʻlib, balki u istiqbolimiz rejasini aniqlashda ham katta ahamiyat kasb etadi.

Tarixning tarbiyaviy ahamiyati ham kattadir. Oʻzbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning oʻtmishi, tarixi haqida bilim berish bilan chegaralanib qolmaydi, u yoshlarni ma’naviy jihatdan komil fuqaro etib shakllantiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, yurtimiz tarixi “Har bir fuqaroni, jumladan, yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlashga, uni koʻz qorachigʻiday avaylab-asrashga, yurak-yurakdan iftixor qilishga oʻrgatadi. Oʻzimizning boy oʻtmish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuygʻularini uygʻotib, bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti va vorislari ekanini anglashga undaydi”.

Insonda tarixiy xotira oʻz yurti tarixini, oʻz xalqi, ajdodlari tarixini bilish orqali shakllanadi. Yaqin oʻtmishda mustamlakachilar, totalitar tuzum mutasaddilari koʻpgina xalqlarni, jumladan, oʻzbek xalqini oʻz tarixidan judo qilish, ularni oʻz oʻtmishiga loqaydlik bilan qaraydigan, nasl-nasabini eslolmaydigan manqurtlarga aylantirish siyosatini yuritdi, amaliyotda esa xalqimiz tashqi dunyodan butunlay uzib qoʻyildi, uning bir necha ming- yillik boy tarixi sohtalashtirildi, uni yoshlarga oʻqitish va oʻrgatishga izn berilmadi.

Oʻz oʻtmishini, ajdodlari tarixini yaxshi bilgan insonning irodasi kuchli boʻladi, uni har xil aqidalar girdobiga tushishdan saqlaydi. Oʻtmishni bilgan, tarix saboqlarini anglab yetgan inson hozirgi zamonni yaxshi tushunadi, kelajakni toʻgʻri tasavvur etadi. Oʻzbekiston tarixi talaba-oʻquvchilarga bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning mohiyati va natijalarini, milliy, huquqiy davlatchilikni barpo etish, demokratik, fuqarolik jamiyat qurish, ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonlarini oʻrgatadi. Bu oʻz navbatida yoshlarda ilmiy dunyoqarashni, siyosiy madaniyatni tarbiyalaydi, jamiyatda oʻz oʻrnini toʻgʻri belgilashga koʻmaklashadi.

Xalqimizning buyukligi, kuchi, uning boy ma’naviy merosga ega ekanligi bilan belgilanadi. Ajdodlarimiz yetishtirib bergan oʻnlab, yuzlab jahonga mashhur olimu-ulamolar, me'moru-binokorlar, naqqoshlar, zargarlar, hunarmandlar, davlat arboblari, xalq qahramonlari hayoti, dunyoda birinchilar qatorida bunyod etilgan ilm va ta’lim maskanlari faoliyati talaba-oʻquvchilar uchun katta ibrat maktabi, tarix sabogʻidir. Kelajak uchun intilayotgan yoshlar uchun bu boy ma’naviy meros mustahkam tayanchdir. Uning zaminida tinimsiz va mashaqqatli mehnat, har qanday toʻsiqlarni yengish, ilmga va ziyoga intilish kabi xislatlar yotadi. Bunday xislatlar Oʻzbekiston tarixini oʻqitish orqali yoshlarga singdiriladi.

Tarixiy xotira, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni egallash talaba-oʻquvchilarda halollik, odillik, rostgoʻylik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, ilmga intilish kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishga koʻmaklashadi.



Shu boisdan Oʻzbekiston tarixini har tomonlama, chuqur oʻrganish muhim ahamiyatga molik vazifadir. Mamlakatimizda mustaqillik sharofati tufayli maktabgacha ta’lim muassasalaridan tortib Oliy oʻquv yurtlarigacha boʻlgan ta’lim-tarbiya tizimida Oʻzbekiston tarixi fanini oʻqitishga davlat darajasiga koʻtarilgan vazifa sifatida katta e'tibor berilmoqda.

Tarixiy xotira, haqiqatni bilish, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosini egallash talabalarda Oʻzbekistonparvarlik, odillik, xalollik, mehr-oqibat, bagʻrikenglik, mehnatsevarlik, ilmga intilish kabi insoniy fazilatlar shakllanishga yordam beradi. Xulosa qilib aytganda, tarix bu tafakkur bulogʻi. U bizni oʻtmish voqealariga ochiq koʻz bilan qarashga, oq-qorani aniqroq koʻrishga, ziyraklik bilan anglashga oʻrgatadigan, tarixiy shaxslar faoliyatini, hodisalarni qiyoslash, taqqoslash asosida mustaqil xulosa qilishga da’vat etadi. Shu boisdan tariximizning buyuk murabbiyligini doimo yodda tutaylik, e'tibor va ehtirom bilan oʻrganaylik.
Download 17,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish