ming nafarlik Buxoro armiyasining 2 ming nafarlik
rus harbiylari bilan
birinchi to‘qnashuvdayoq qaqshatqich zarbaga uchrab, 5 ming
himoyachining halok bo‘lganligini nima bilan izohlash mumkin
1
.
Buning teskarisi o‘laroq, Rossiyaning bir qancha urushlarda chiniqqan,
mustahkam tartib-intizomga bo‘ysungan muntazam armiyasi zamonaviy
qurol-yarog‘larga ega edi. Shuning uchun ham u son jihatdan o‘zidan ancha
ustun bo‘lgan himoyachilar ustidan g‘alabalarga erishdi.
O‘zbek xonliklari Rossiyadan mag‘lubiyatga uchrashining yana bir sababi
ular orasida birdamlikning yo‘qligi va bir-biriga nisbatan xoinligidir.
Yuqorida biz Xiva xonining Qo‘qon xonligi takliflariga munosabatini bayon
qilgan edik. Xuddi shunday munosabatni Rossiya Buxoro amirligiga qarshi
hujum boshlaganda Qo‘qon xoni Xudoyorxon ham namoyon qildi. U
o‘zining rahnamosi amir Muzaffarning Rossiyaga qarshi birgalikda harakat
qilish haqidagi taklifini qabul qilishga shoshilmadi.
Aslida buning aksi bo‘ldi. Amir Muzaffar Kaufmanga Rossiyaning
Xivaga qarshi yurishiga munosabatini shunday bayon qildi: «Men
yaxshi
tushunamanki, agar Xiva Rossiya bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lmasa, u
vaqtda unga (Xivaga. –
E. A.
) qarshi qurol ishlatishga to‘g‘ri keladi. Bunday
hol yuz bersa, men imkoni boricha bu yordamimni amalda ko‘rsatishga
tayyorman»
2
.
Afsuski, o‘sha paytda O‘rta Osiyodagi bironta davlatda Amir Temur kabi
farosatli, oqil, tadbirkor yurtboshi topilmadi. Aks holda, Rossiyaning O‘rta
Osiyoga bosqichma-bosqich kirib kelishidan hech bir davlat rahbarining
xulosa chiqarmaganligini nima bilan izohlash mumkin? Axir Rossiya
armiyasining kuch-qudrati, qurol-yarog‘ining mukammalligi barchaga
ma’lum edi-ku. O‘zaro urushlar,
tortishuvlar, taxtga egalik qilish uchun
kurashlar hukmdorlarning e’tiborini asosiy masalalardan chetga tortdi, xalq
xo‘jaligining yangi sifatga, ya’ni sanoat ishlab chiqarishi darajasiga
chiqishiga, iqtisodiyotning Yevropa darajasiga yaqinlashishiga imkon
bermadi. Hukmdorlarning manmansirashlari oxir-oqibatda ularning haqiqiy
vaziyatni ko‘rmasligiga olib keldi.
Bunday beparvoliklar Rossiyaning O‘rta Osiyo xonliklariga qarshi
bevosita urush olib borayotganida ham davom etdi. Ushbu fikrga quyidagilar
dalil bo‘la oladi: 1864–1865 yillarda Qo‘qon xonligi o‘zining Avliyoota,
Chimkent, Toshkent va boshqa
muhim viloyatlaridan ayrilib, 1868 yilda
Rossiyaning haqoratomuz shartnomasiga imzo chekishga majbur bo‘ldi.
Ammo bu kamsitish unga hech qanday saboq bo‘lmadi.
Shoir va tarixchi Is’hoqxon Junaydullahoji o‘g‘li Ibratning yozishicha,
Xudoyorxon Rossiyadan xotirjam bo‘lib, vaqtini o‘yin-kulgi bilan o‘tkazdi,
ov va ko‘pkari chopish bilan shug‘ullandi, ulamo va fuzalo nasihatlariga
amal qilmay, jabru zulm tarqatdi va xalqni o‘zidan yuz o‘girishga majbur
qildi
3
. Ibrat Qo‘qon xonligining Rossiyaga bo‘ysundirilishini «behuda fasod
1
O‘sha joyda. – 126, 321-b.
2
O‘sha joyda. – 321-b.
3
Qarang:
Абу
Тоҳирхожа
.
Самария
.
Наршахий
.
Бухоро
тарихи
.
Баёний
.
Шажа
-
раи
Хоразмшоҳий
.
Ибрат
.
Фарғона
тарихи
. – 310-
б
.
111
ishlar», aholi o‘rtasidagi «beilm va befikrlilik» bilan izohlaydi
1
.
Chor armiyasi tomonidan qay bir shahar egallanmasin – Toshkent,
Samarqand, Xiva yoki boshqami – eng tashvishli davrlarda shaharlarni
himoya qilish bilan uni ixtiyoriy topshirish tarafdorlari o‘rtasida ixtilof
chiqqan. Fikrimizni tasdiqlash uchun istilochilar
bosib olishi arafasida
Samarqandda vujudga kelgan vaziyatni misol sifatida keltiramiz.
«Dushmanlarga qarshi kurash tarafdorlari madrasalarda to‘planib, xalq
o‘rtasida tashviqotni yanada kuchaytirdilar. Xalq o‘rtasida yaqinlashib
kelayotgan yovga qarshilik ko‘rsatishga chaqiruvchilar va dushman bilan
bitim tuzishni istayotganlar o‘rtasida ixtilof kuchayib bordi. Voqeaning
bunday rivojlanib borayotganligi va bu gaplar istilochilarning ham
quloqlariga yetib borishidan juda qo‘rqqan shahar hukmdori Sherali Inoq,
qozikalon va boshqa amaldorlar dindorlardan yovga qarshi kurashni
tashviqot qilishni to‘xtatishni talab qildi. Buni eshitgan dindorlar qattiq
g‘azablandilar va Sherali Inoqning vakillarini kaltakladilar. Dindorlarning bu
ishidan g‘azablangan Sherali Inoq ularning «ko‘zini ochib» qo‘yish
maqsadida dindorlar to‘plangan Tillakori madrasasiga qurollangan lashkar
jo‘natdi. Ikki o‘rtada
janjal chiqdi, bir qancha odamlar jon beradi. Natijada
fon Kaufman Samarqandga qurol ishlatmasdan kirib keldi»
2
. Bunday
misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Xonliklar mag‘lubiyatining sabablari mafkuraviy sohadan ham izlanishi
kerak. Xalqni dushmanga qarshi birlashtirishi mumkin bo‘lgan g‘oyani
yaratish borasidagi harakatlar haqida so‘z ham yo‘q edi. Aksincha, tinchlik
davrida aholining hokimiyat uchun kurashga jalb qilinishi «Vatan», «millat»
kabi g‘oya va tushunchalarning shakllanishiga putur yetkazdi. Boz ustiga,
mutaassiblikni qurol qilib olgan ko‘pchilik ruhoniylar o‘zlarining asosiy
vazifalarini, ya’ni yuksak ma’naviyatli insonlarni tarbiyalash va ularni
bosqinchilarga qarshi kurash zarurati oldida birlashtirishni eplay olmadilar,
ba’zida esa o‘zlarining shaxsiy manfaatlaridan yuqori ko‘tarilolmadilar.
Rossiyaning o‘zbek xonliklarini bosib olishi
mudhish oqibatlarga olib
keldi. Qo‘qon xonligi umuman tugatilgan bo‘lsa, Buxoro va Xiva xonliklari
bosqinchi davlatning vassaliga aylandi. Fikrimizni asoslash uchun 1973 yilda
Rossiya bilan Xiva xonligi o‘rtasida tuzilgan shartnomaning ba’zi jihatlarini
eslatib o‘tmoqchimiz. Shartnomaga ko‘ra, xon Rossiya imperatorining itoatli
xizmatkori ekanligini tan olib, O‘rta Osiyodagi oliy rus ma’muriyatining
ruxsatisiz shartnomalar tuzmaydigan, rus savdogarlari barcha bojlardan ozod
etiladigan, xonlik hukumati Rossiyadan o‘zboshimchalik bilan keluvchilarni
qabul qilmaslikni va rus jinoyatchilarini tutib topshirishni o‘z zimmasiga
oladigan bo‘ldi va h.k
3
.
Bundan
tashqari, shartnomaga ko‘ra, mag‘lubiyatga uchragan Buxoro
amirligi 125 ming tilla pul hisobida, Xiva xonligi 2 mln. so‘m miqdorida
1
O‘sha joyda. – 313-b.
2
Бердимуродов
А
.
Тажовуз
//
Ўзбекистон
адабиёти
ва
санъати
. – 1993. – 28-
сон
.
3
Qarang:
Зиёев
Ҳ
.
Туркистонда
Россия
тажовузи
ва
ҳукмронлигига
қарши
ку
-
раш
. –
Т
., 1998. – 330, 331-
б
.
112
Rossiyaga tovon to‘lashga majbur bo‘lgan
. Albatta, tovon to‘lash busiz ham
og‘ir iqtisodiy va ijtimoiy hayot kechirayotgan mehnatkash xalqning boshiga
qo‘shimcha kulfatlar keltirdi.
Katta fojialardan yana biri shunda ediki, mamlakatning bosib olinishi
natijasida mahalliy xalqlar o‘z jonlarini Vatan mustaqilligi uchun fido qilgan
minglab sof vijdonli, asl farzandlaridan ayrildilar. Xoin, munofiq, sotqin,
riyokor, laganbardor
kimsalar omon qolib, xalqning ulug‘ tuyg‘ularidan
bo‘lgan vatanparvarlikka putur yetdi.
Biz tahlil qilayotgan muammoga yana bir aniqlik kiritish kerak. Aytish
mumkinki, bu bosqinchilik urushlari, dunyoni qayta bo‘lish uchun
kurashlar ketayotgan davrning mantig‘i edi, Rossiya ham bundan mustasno
bo‘lmagan.
Shunday qilib, chor Rossiyasining O‘rta Osiyoni bosib olishi, maqsad va
uslub nuqtai nazaridan, boshqa imperialistik davlatlarning zo‘ravonlik
siyosatidan deyarli farq qilmagan. Hududning bosib olinishi o‘lkadagi arzon
xomashyo bazasiga egalik qilish, mustabid davlatdagi mulkdorlar
manfaatlariga xizmat qildirish maqsadining ro‘yobga
chiqarilishi uchun keng
yo‘l ochib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: