bu hudud ashaddiy mustamlakachi davlat – Angliyaga qaram bo‘lib qolishi
va xalqlarning yanada ko‘proq ezilishi muqarrar ekan. Biz bu fikrga qo‘shila
olmaymiz.
To‘g‘ri, Angliyaning O‘rta Osiyodan ko‘zlagan manfaatlari katta edi,
ya’ni uning bu hududni ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan o‘ziga tobe qilish
maqsadi ham bo‘lgan. U o‘z maqsadlarini ro‘yobga chiqarish uchun barcha
imkoniyatlardan foydalanishga harakat qildi. Lekin maqsadni faqat bosib
olish orqaligina amalga oshirish mumkinmi? Boshqa yo‘llar ham mavjud-ku.
Masalan, Rossiyaning Qo‘qon va Xiva xonliklarini bosib olish rejalaridan
xabar topgan Angliya Buxoro, Xiva va Qo‘qonga o‘z emissarlarini yuborib,
ularni birlashtirishga, hech bo‘lmasa, Rossiyadan birgalikda muhofazalanish
uchun bitim tuzishga da’vat qilgan
1
. Sababi, Angliyaga o‘z mustamlakalarini
Rossiyadan himoya qilishni yengillashtiradigan, o‘rtada mustahkam to‘siq
bo‘ladigan kuchli davlat kerak edi.
Afsuski, o‘sha paytda O‘rta Osiyodagi davlat boshliqlarida Angliyaning
takliflaridan o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun foydalanishda donolik
yetishmadi, ularga o‘zaro adovat, manmansirash, dushmanni mensimaslik
xalal berdi. Oqibatda Rossiyaning xonliklarni oldinma-ketin bosib olishi
uchun imkoniyat tug‘ildi.
Xo‘sh, Rossiyaning o‘zbek xonliklariga munosabati qanday edi?
O‘rta Osiyo hududi o‘zining moddiy boyliklari bilan Rossiyani ko‘p
vaqtdan buyon o‘ziga jalb qilib kelardi, lekin o‘zbek xonliklarini bosib olish
Rossiyada amaliy muammo sifatida XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab
kun tartibiga qo‘yila boshladi. Chunki avvallari iqtisodiy jihatdan Yevropa
mamlakatlaridan ortda qolib kelgan Rossiya sanoati va u bilan bog‘liq
sarmoyadorlik shu davrga kelib ildam odimlar bilan rivojlana boshladi. Bu
jarayon, o‘z navbatida, chor hukumati oldiga bir qancha muammolarni
qo‘ydi.
Tabiiyki, ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarini sotish uchun bozor
kerak. Rivojlangan mamlakatlar Rossiya tovarlarining Yevropaga kirib
kelishidan manfaatdor emas edilar, shu bois bunga qarshilik ko‘rsatardilar.
Ayni paytda Rossiya tovarlari ham sifati pastligi uchun raqobatga dosh
berolmasdi. Shu sababli Rossiya bozorni boshqa mintaqalardan, kam
taraqqiy etgan mintaqalardan izlashi kerak edi. O‘sha davrda O‘rta Osiyo
mamlakatlari shu ehtiyojni qondirishi mumkin edi. Boz ustiga, Buyuk
Britaniyaning o‘z mustamlakalari orqali sekin-asta O‘rta Osiyo bozorlarini
ham egallay boshlayotganligi Rossiyani tashvishga solmay qolmasdi.
XIX asr oxiriga kelib Rossiyaning tez rivojlanib borayotgan sanoati,
ayniqsa, yengil sanoat tobora ko‘proq yangi xomashyo zaxiralariga ehtiyoj
seza boshladi. Vujudga kelgan vaziyatning keskinlashuviga, jumladan
AQSHdagi fuqarolar urushi tufayli u yerdan Rossiyaning to‘qimachilik
sanoati uchun xarid qilinadigan paxta hajmining bir necha barobar kamayishi
1
Bu fikrga boshqa bir qancha olimlar ham qo‘shilgan. Qarang:
Do'stlaringiz bilan baham: