O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Obyektivlik qoidasi

Tarixiy voqealarni o‘rganishning ushbu asosiy 
qoidasi butun borliqning, har bir tarixiy hodisaning inson xohish-irodasiga 
bog‘liq emasligini ta’kidlab, ular qanday bo‘lsa shundayligicha, holisona, 
hech qanday o‘zgartirishlarsiz, aniq hujjatlar, ishonchli dalillar asosida, 
ularning barcha ko‘p qirrali, qarama-qarshi salbiy va ijobiy tomonlarini bir 
butun yaxlit holda, o‘rganish demakdir. Obyektivlik tarixiy hodisalar va 
shaxslarni siyosiy va mafkuraviy qarashlardan mustasno tahlil qilishni taqozo 
etadi. Bu qoidaning buzilishi ijtimoiy hayotni boshqarish konsepsiyalarini 
ishlab chiqishda noto‘g‘ri, noilmiy, xato xulosalarga olib kelishi mumkin. 
Masalan, bolshevik siyosatdonlarning real vaziyatni hisobga olmasdan 
taraqqiyotdan bir oz orqada qolgan xalqlarning taraqqiy etgan mamlakat 
yordamida ijtimoiy hayotning muayyan bosqichlaridan sakrab o‘tishlari 
mumkinligi haqidagi xulosalarini ana shunday xato sifatida misol qilib 
keltirish mumkin. Natijada ijtimoiy hayotning rivojlanishi buzilganligi 
sababli O‘zbekiston buhronlar girdobiga duchor bo‘ldi, millionlab begunoq 
insonlar qurbon bo‘ldi, uzoq vaqtga qadar iqtisodiy rivojlanish izdan chiqdi, 
mahalliy turmush darajasi pasayib ketdi, madaniyat va ma’naviyatga putur 
yetkazildi. Ularning ba’zi bir salbiy oqibatlari shu bugungi kungacha sezilib 
turibdi. Va aksincha, mustaqillikka erishgan Respublikamiz rahbariyatining 
tashabbusi bilan o‘tmishni va bugungi kundagi ijtimoiy jarayonlarning 
obyektiv, holisona tahlil qilinishi orqali mamlakatimiz o‘zining ilmiy va 
mantiqiy asoslangan taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi va shu yo‘ldan og‘ishmay 
bormoqda. Mustaqillikka erishilganidan keyingi davrda amalga oshirilgan 
islohotlarning natijalari tanlangan yo‘lning qanchalik to‘g‘riligidan dalolat 
berib turibdi.
Tarixiylik qoidasi

Tarixiy voqealarni o‘rganishning bu asosiy qoidasi har 
bir yuz bergan hodisani aniq bir tarixiy vaqt ichida birin-ketin paydo bo‘lgan 
tarixiy jarayon deb qarashni taqozo etadi va ularning bir zaruriy bosqichdan 
ikkinchi zaruriy bosqichga o‘tishining tarixiy izchilligini ochib beruvchi kalit 
hisoblanadi. Bu qoida har bir hodisani, eng avvalo, uning kelib chiqishidagi 
9


tarixiy shart-sharoitlarni o‘rganishni, so‘ngra jahondagi boshqa voqealar 
rivojiga qanday ta’sir o‘tkazganligini, ular bilan aloqasini tahlil etib, ilmiy 
xulosalar chiqarish zarurligini e’tirof etadi. Boshqacharoq aytganda, tarixiy 
hodisalarni, shaxslar faoliyatini tahlil qilishda har bir davrning o‘z 
mantig‘idan kelib chiqish lozim. Aks holda, bu noto‘g‘ri xulosalarga olib 
kelishi muqarrar. Fikrimizning isboti uchun Amir Temurning faoliyati bilan 
bog‘liq bir misol keltiramiz. Ma’lumki, yadro qurollari mavjud bo‘lgan 
hozirgi sharoitda har qanday urush axloqiy, mantiqiy nuqtai nazardan inkor 
qilinishi tabiiy. Lekin bu mantiqni Amir Temur faoliyatiga qo‘llash 
mumkinmikin? Bizningcha, yo‘q. Ana shu qoidani buzib sobiq sovet 
tarixchilari Temurni qonxo‘r va vahshiylar qatoriga qo‘shish bilan siyosiy 
maqsadda haqiqatni buzdilar va uning asosiy xizmatlarini ko‘rsatmasdan, o‘z 
xalqi, Vatani uchun xizmat qilgan qahramonni xalqning ongidan sug‘urib 
tashlamoqchi bo‘ldilar.
Milliy va mahalliy xususiyatlarni hisobga olish. 
Tarixiy jarayonlarni 
o‘rganishning bu asosiy qoidasi har bir millat teng huquqli bo‘lib, o‘z 
taqdirini o‘zi hal qilishi kerak, har bir tarixiy voqea va hodisani o‘rganishda 
milliy hamda mahalliy xususiyatlarni, ya’ni har bir millat va elatning tilini, 
dinini, yashash hududini, ishlab chiqarishni tashkil qilish usulini, ruhiyatini, 
urf-odatlarini, rasm-rusmlarini, an’analarini, marosimlarini to‘lig‘icha, har 
tomonlama hisobga olgan holda o‘rganishi kerak, degan fikrga asoslanadi.
Ushbu qoidaga rioya qilish ilgaridagidek ba’zi bir qabih niyatlarda 
mustamlakachilik siyosatining ijobiyligi haqidagi haqiqatga mutlaqo zid 
xayoliy xulosalar chiqarishga imkon bermaydi.
Chor Rossiyasining siyosatini faqat O‘rta Osiyoda mustamlakachilik 
siyosatining mahsuli sifatida qurilgan temir yo‘l, telegraf, ba’zi korxonalarga 
qarab baholashimiz to‘g‘ri bo‘larmikan? Siyosatga, uning oqibatiga baho 
berishda mahalliy xalqning (ular 1917 yilgacha O‘rta Osiyoda umumiy 
aholining 95 foizdan ortiqrog‘ini tashkil qilar edi) turmush darajasi qanday 
o‘zgarganligi, siyosiy, iqtisodiy huquqlari qanday amalga oshirilganligi, 
mahalliy va ma’naviy ehtiyojlari qay darajada qondirilganligi, turmush tarzi, 
e’tiqodining ixtiyoriy yoki majburlab o‘zgartirilganiga qarab baholanishi 
shart. Muayyan xalqning taraqqiyot darajasi “past” bo‘lsa – bu uning hayoti, 
ichki ishi. Uni har qanday “olijanob” maqsadda hech kimning tashqaridan 
kelib o‘zgartirishga haqqi yo‘q.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish