Логофет
Д
.
Н
.
Бухоро
тоғлари
ва
текисликларида
//
Сомон
йўли
. –
Т
., 1992. –
72-
б
.
88
baho berish masalasini ko‘tarib chiqdi. Bu o‘sha sharoitda o‘z davri uchun
jasurlik, masalani o‘ta keskin qo‘yish edi. Bungacha hech qanday olim bu
ishga jur’at eta olmagandi. Bu risola nihoyatda xolisona yozilganligi tufayli
ham respublika ziyolilari e’tiborini o‘ziga tezda jalb qildi. Sababi, risola tarix
fani uchun kutilgan, g‘oyatda dadil, o‘sha davrda sovet fanida hukmron
bo‘lgan mulohazadan, mafkura talabidan o‘zga obyektiv hodisa bo‘ldi va
shuning uchun ham olimga ta’na toshlari otildi. Bulardan Temur to‘g‘risidagi
diqqatga sazovor nashrlardan hisoblangan, 1984 yili nashr qilingan Xilda
Xukemning “Temurlang – istilochi”, 1989 yilda chop etilgan Beatrisa
Mankning “Temurning yuksalishi va hokimligi”, 1991 yilda chop tilgan
sharqshunos olim Jan-Pol Runing “Temurlang” nomli asarlarini keltirish
mumkin. Bu va boshqa asarlar Temurning hayoti va faoliyatini nisbatan
xolisona yoritgan.
Amir Temurning O‘rta Osiyo xalqlariga ko‘rsatgan asosiy xizmati shu
bo‘ldiki, u mamlakatda ko‘pdan beri davom etib kelayotgan feodal tarqoqlik
va o‘zaro urushlarga barham berdi, Movarounnahrni mo‘g‘ullar asoratidan
ozod qildi va uni birlashtirib, markazlashgan yirik feodal davlatga asos soldi,
tinchlik o‘rnatdi, uning rivoji uchun lozim bo‘lgan barcha chora-tadbirlarni
ko‘rdi.
Amir Temur tuzgan davlat barcha ijtimoiy tabaqalarga suyanadigan va
qonun asosida boshqariladigan yangicha davlat edi. Temur mamlakatda
qonun ustuvorligini ta’minladi. Uning zamonida hamma – vazir ham, amir
ham, savdogar ham, oddiy fuqaro ham qonun oldida teng bo‘lgan.
Mamlakatda o‘rnatilgan tinchlik va barqarorlik dehqonchilik,
hunarmandchilik, savdo-sotiq, ilm-fan va madaniyatning rivojlanishiga
zamin yaratdi. Tez fursatda Movarounnahr bilan Turkiston iqtisodi, ilm-fani
va madaniyati rivoj topgan ilg‘or mamlakatga aylandi.
Amir Temur mamlakatning mudofaa qudrati va salohiyatini oshirishga
katta xizmat qildi. Temur yaxshi qurollantirilgan, ovlarda va turli harbiy
mashqlarda, shuningdek boshqa yumushlarda chiniqtirilgan armiyaga asos
soldi. Temur qo‘shinning tuzilishi, strategiyasi va taktikasini isloh qildi.
Amir Temur ulug‘ bunyodkor, ilm-fan va madaniyat homiysi sifatida ham
tarixda qoldi. Temur ko‘p yillar davom etgan feodal tarqoqlik va urush-
talashlar oqibatida vayron bo‘lgan xalq xo‘jaligini tiklash, shaharlarni qayta
qurish va mamlakatni obod qilishda zo‘r tashabbus va jonbozlik ko‘rsatdi.
Amir Temur mamlakatda ilm-fan taraqqiyotiga ham katta hissa qo‘shdi.
Shunday qilib, Amir Temurning faoliyatiga xulosa qiladigan bo‘lsak,
atoqli tarixchi olim B. Ahmedov uning to‘rt jihatiga e’tiborni qaratadi:
“Birinchidan, Amir Temur va u yaratgan davlat mo‘g‘ullar istilosi natijasida
tanazzulga yuz tutgan Movarounnahrni iqtisodiy va madaniy halokatdan
xalos etdi.
Ikkinchidan, Amir Temur Movarounnahrda mustaqil davlat yuzaga
keltirdi. Buning natijasida Temur va Temuriylar davrida mahalliy xalqlar
davlatchiligi rivoj topdi, obodonchilik va madaniyat yuqori darajaga
ko‘tarildi. Tarix fanida “Temuriylar davri madaniyati” yoki “Sharq
89
Uyg‘onish (Renesans) davri” deb atalmish butun bir madaniy hodisa yuzaga
keldi.
Uchinchidan, Temur buyuk lashkarboshi va davlat arbobi sifatida feodal
davr uchun mukammal bo‘lgan davlat idorasi nazariyasini yaratdi. Bu davlat
nazariyasi faqat temuriylar uchungina emas, keyingi hamma avlodlar uchun
ham necha asrlar mobaynida dasturilamal bo‘lib qoldi.
To‘rtinchidan, Amir Temur buyuk shaxs sifatida hamma zamonlar va
hamma xalqlar uchun ibrat namunasi, Movarounnahr xalqlari uchun esa faxr
va milliy g‘urur asosi bo‘lib qoldi
1
.
Mustaqillik davrida respublikamiz tarixining Amir Temur va Temuriylar
davri ilmiy asosda, xolisona yoritilmoqda. Sohibqiron Amir Temur kabi
ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy boylikdan, bu bebaho xazinadan bahramand
bo‘lish davri yetib keldi.
Amir Temur jahon, Markaziy Osiyo va O‘zbekiston xalqlari uchun
abadul-abad buyuk davlat arbobi, dovyurak sarkarda, tarixiy shaxs va alloma
bo‘lib qoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov Toshkentda Amir
Temur haykalining ochilishiga bag‘ishlangan ma’ruzasida: “Muhammad
Tarag‘ay Bahodir o‘g‘li Amir Temur yoshlik chog‘idan mard, dovyurak,
g‘ururli, o‘tkir zehn va aqlu-idrok egasi bo‘lib o‘sdi... Amir Temur davlati
qurilishi, harbiy san’ati ko‘p asrlar davomida Sharqu
G‘
arb davlatlariga
o‘rnak va andoza bo‘ldi. Uning zamonida madaniyat, ilmu fan,
me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa, she’riyat beqiyos rivoj topdi,
xalqimizning ko‘p an’analari takomiliga yetdi. Amir Temurning madaniyat
va din ahllariga ko‘rgazgan cheksiz mehr-muruvvati, ayniqsa, ibratlidir”
2
, –
deya unga munosib baho berdi.
YUNESKO qaroriga asosan, 1996 yil “Amir Temur yili” deb e’lon
qilindi. YUNESKO tashabbusi bilan 1996 yil 24 aprelda Parijda Amir Temur
tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan “Temuriylar davrida ilm-fan,
madaniyat va maorifning gullab-yashnashi” haftaligining o‘tkazilishi katta
ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Nufuzli xalqaro tashkilot YUNESKO
tomonidan Amir Temur yubileyining nishonlanishi har bir yurtdoshimiz
qalbida faxr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otdi.
Amir Temurning 660 yillik yubileyi mamlakatimizda ham katta tantanalar
bilan nishonlandi. Toshkentda Amir Temur muzeyi ochildi. Toshkent,
Shahrisabz va Samarqandda ulug‘ bobomiz haykallarining qad rostlashi unga
bo‘lgan yuksak ehtirom namunasidir.
O‘zbekiston va Markaziy Osiyo respublikalarida “Amir Temur ma’rifiy
jamiyati” ish olib bormoqda. Mazkur jamiyatning maqsadi xalqimizga Amir
Temur haqidagi haqiqatni aytish, XIV–XV asrlar me’morchilik
yodgorliklarini ta’mirlab, kelajak avlodlarga yetkazishdir.
Xulosa qilib aytganda, Amir Temurni buyuk tarixiy shaxs sifatida
o‘rganish va targ‘ib etish tarixiy haqiqatni tiklashdir.
1
Ўзбекистон
адабиёти
ва
санъати
. – 1996. – 9
май
.
2
Каримов
И
.
А
.
Ўзбекистон
:
миллий
истиқлол
,
иқтисод
,
сиёсат
,
мафкура
.
Т
. 1.
–
Т
., 1996. – 360–361-
б
.
90
Do'stlaringiz bilan baham: |