Ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi
O‘tish davrining eng katta ruhiy-ma’naviy ehtiyoji milliy g‘urur tuyg‘usidir. Ana shunday paytda mamlakat fuqarolarining milliy g‘ururi baland bo‘lsa, o‘z tug‘ilgan yurti bilan faxrlanish, yagona Vatan osoyishtaligi va ravnaqi uchun daxldorlik hissi kuchli bo‘lsa , yuz berayotgan qiyinchiliklarni osonlik bilan engga oladi. Zero, mustaqillikning mazmun mohiyati, ma’naviy qadriyati ham shundadir. Etmish yildan ortiq davr mobaynida fuqarolar qalbidagi milliy g‘ururni so‘ndirishga harakat qilindi. Masalan, milliy respublikalar tub aholisi o‘z ona tilini unutib, rus tilida gapirganda uni madaniyatli hisoblash odat bo‘lib qolgan. O‘rta va oliy o‘quv yurtlarida mahalliy xalqlar tarixi nihoyatda qisqartirilgan holda o‘qitilar edi. Milliy g‘urur ana shu yo‘l bilan so‘ndirib borildi.
YUrtimiz hali Ittifoq tarkibida bo‘lgan, Kremlning ta’siri hali saqlanib turgan bir paytda – 1990 yil iyun oyida Respublika Prezidentining “Musulmonlarni Saudiya Arabistoniga Haj qilish to‘g‘risidagi” o‘sha payt uchun mislsiz tarixiy hujjatni imzoladi. Mazkur tarixiy hujjatning imzolanishi respublika musulmonlarining eng ulug‘ orzusi ushalishi yo‘lidagi birinchi qadam bo‘ldi. Agar 1991 yilda O‘zbekistondan Haj safariga borganlarning soni 350 kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2001 yilga kelib hojilarning soni o‘n karra oshdi – 3801 nafar O‘zbekiston fuqarosi Haj ibodatini ado etishga muyassar bo‘ldi 2017 yilda esa bu ko‘rsatkich 7350 ni tashkil qildi.
1992 yil 11- 14 aprel kunlari Islom Karimov Saudiya Arabistoniga tashrif buyurganilda, Birinchi Prezidentning islomni tiklash yo‘lidagi sa’yi-harakatlari munosib baholandi- u kishiga muqaddas Ka’batulloh , ya’ni Xudoning uyiga kirib tilovat qilish baxti nasib etdi. Safardan qaytishda jurnalistlardan biri “Sir bo‘lmasa ayting-chi , Siz Xudodan nimalarni istab tilovat qildingiz?” , degan savol bilan murojaat qilganida Islom Karimov : “YUrtimiz , xalqimiz oldida turgan hozirgi murakkab , chigal muammolarni echishimizda , mustaqilligimizni mustahkamlashda o‘zing rahnamo bo‘l Xudo, deya iltijo qildim” deb javob qaytargan edi.
1992 yil 27 martda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti tomonidan Ramazon va Qurbon hayitlarining birinchi kunini bayram - dam olish kuni deb e’lon qilish haqidagi Farmonning imzolanishi muqaddas dinimiz, islom qadriyatlarining tiklanishi yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi.
Islom Karimov xalqning ma’naviy chanqog‘ini qoldirishning to‘g‘ri yo‘lini tanladi. U butun islom olamining bayroqdorlari bo‘lgan bobokalonlarimiz – Imom al-Buxoriy, Imom at-Termeziy, Hoja Ahmad YAssaviy, Az- Zamaxshariy, Hoja Bahouddin Naqshband, Imom al- Moturudiy, Najmiddin Kubro va yana o‘nlab allomalarning oyoq osti qilingan hikmatlarini ulug‘lash yo‘lidan bordi.
Tarixiy adolatni tiklash bo‘yicha yana bir qancha qarorlar, shu jumladan, an’anaviy xalq bayramlari, urf-odat va marosimlarni qayta tiklash to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilingani ham Islom Karimovning ulkan jasoratli qadami bo‘ldi. 1990 yil 21 martdan boshlab, eng qadimiy bayramlarimizdan biri Navro‘z umumxalq bayrami sifatida nishonlandi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov Oliy Majlisning Birinchi chaqiriq, birinchi sessiyasida so‘zlagan nutqida shunday degan edi. «Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan etuk odamlar hal qiladi, texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati ma’naviy barkamollik bilan, mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovat va ruhiy-ma’naviy salohiyat - ma’rifatli insonning ikki qanotidir
2015-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekiston dunyoning 130 dan ortiq mamlakati bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan. Toshkentda 45 ta xorijiy davlatning elchixonalari, 9 ta faxriy konsulxona, 11 ta xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari, 5 ta xalqaro moliyaviy tashkilotlarning vakolatxonalari, 3 ta diplomatik mavqega ega bo‘lgan savdo vakolatxonalari faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda xorijiy mamlakat va xalqaro tashkilotlarda O‘‘zbekiston Respublikasining 46 ta diplomatik va konsullik vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lib, turli xil ko‘p tomonlama hamkorlik tuzilmalari bilan aloqalarni rivojlantirmoqda.
Mamlakatimizda BMTning bir qator tuzilmalari
1 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, 2.Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti,
3.Jahon banki, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti,
4.Bolalar jamg‘armasi,
5.Aholishunoslik jamg‘armasi, Taraqqiyot dasturi
6 Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha boshqarmasi
7 OIV/OITS bo‘icha birlashgan dasturi kabi tashkilotlarining vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatayotir. O‘zbekistonda BMTning umumiy qiymati 434 mln dollar bo‘lgan 440ta loyihasi amalga oshirildi.
Prezident SHavkat Mirziyoev joriy yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Bu tarixiy tashrif mamlakatimiz bilan BMT hamkorligining yangi bosqichini boshlab berdi.
Ma’lumki, BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi insoniyat oldida turgan dolzarb muammolarni muhokama etish, ularga echim qidirish masalalariga bag‘ishlanadi. Bu borada davlatlarning qarashlari o‘rtaga tashlanadi, mintaqalar va xalqlar manfaatidan kelib chiqib xulosalar belgilanadi.
Bunday forumda ma’ruza qilish imkoniyati hammaga ham berilavermaydi. Bunda davlatning ichki va tashqi siyosati, xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori, dunyoda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash, turli millat va elatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdagi faol ishtiroki hisobga olinadi. Davlatimiz rahbarining sessiyadagi ishtiroki va BMTning yuksak minbaridan turib so‘zlagan nutqi shu jihatdan tarixiy voqea bo‘ldi
Nutqda ilgari surilgan muhim masalalardan biri, bu mintaqadagi suv zaxiralaridan oqilona foydalanish, Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarni birlashtirish g‘oyasidir. Davlatimiz rahbari bu haqda to‘liqroq tasavvur hosil qilish maqsadida Orol fojiasi aks ettirilgan xaritani minbar uzra baland ko‘tarib ko‘rsatdi. Bunday holat nufuzli tashkilot sessiyalarida hali kuzatilmagan.
Prezidentimizning dunyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, BMTning xalqaro munosabatlardagi rolini oshirish borasidagi fikrlari ham dolzarb ahamiyatga molikdir. BMTning YOshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va Bosh Assambleyaning "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolyusiyasini qabul qilish bo‘yicha tashabbuslar, ayniqsa, tarixiy voqeadir. Ushbu takliflar sammit davomida xorijiy ommaviy axborot vositalari uchun kun mavzusi bo‘ldi, davlat rahbarlarining uchrashuvlarida, turli doiradagi tadbirlarda qizg‘in muhokama etildi.
Joriy yil iyun oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish mamlakatimizga tashrif buyurdi. Prezidentimiz bilan uchrashuv o‘tkazdi.
BMT Bosh kotibi Orol dengizi akvatoriyasida, Mo‘ynoq tumanidagi “Kemalar qabristoni”da ham bo‘lib, BMT tomonidan hududda amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘rgan edi. BMT Bosh kotibining mamlakatimizga tashrifi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan 2017-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi bilan BMT hamkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" va BMT tomonidan Orol fojiasidan jabr ko‘rgan aholiga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus dasturlar kabul kilindi..
2001-yil 15-iyunda SHanxay shahrida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Xitoy, Tojikiston va O‘zbekiston davlatlari rahbarlari tomonidan SHanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) tuzilishi haqida Deklaratsiya imzolandi Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston Tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega. SHanxay hamkorlik tashkilotining Toshkent sammitida Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja va Nepalga SHHTning muloqot bo‘yicha sheriklari maqomi berilgan edi. 2017 yilgi SHHTning Ostona sammitida Hindiston va Pokiston tashkilot a’zoligiga qabul qilindi.
Tashkilot ikkita doimiy amaldagi organga, ya’ni Pekin shahrida SHHT Kotibiyati va Toshkent shahrida SHHT ning Mintaqaviy Aksilterror tuzilmalariga ega.
O‘zbekiston SHHTga birinchi marotaba raislik qilgan davrda (2003-2004 yillari; mamlakatimiz bu birlashmani ikkinchi marotaba 2009-2010 yillarda boshqargan) tashkilotning institutsional shakllanishi nuqtai nazaridan muhim hujjatlar: SHHT huzuridagi kuzatuvchi maqomi to‘g‘risidagi Nizom va SHHTning kuzatuvchilar bilan hamkorligi tartibi imzolandi. Natijada 2004 yili Mo‘g‘uliston, 2005 yili esa Hindiston, Pokiston hamda Eron kuzatuvchi mamlakat maqomini oldi. Bundan tashqari, Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimning imzolanishi ham diqqatga molik voqea bo‘ldiki, u giyoh-vandlik xavfiga qarshi kurashda ko‘p tomonlama hamkorlik uchun huquqiy asos yaratdi.
2016 yil 23-24 iyun kunlari Ko‘ksaroyda SHanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘ldi. Majlis O‘zbekiston Respublikasi raisligida o‘tdi. Majlisda SHanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, terrorizm, diniy ekstremizm va separatizmga qarshi kurashish, SHHT faoliyatini kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston tashkilotning asoschilaridan biri, ulkan iqtisodiy va geosiyosiy salohiyatga ega davlat sifatida uning faoliyatida alohida o‘rin tutadi. Mamlakatimiz SHHTga savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, terrorizm, ekstremizm, giyohvand moddalar va qurol-yarog‘larning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishda muhim vosita sifatida qaraydi.. Mamlakatimiz SHHTga 2003- 2004 hamda 2009-2010 , 2015-2016 yillarda raislik qilgan.
O‘zbekiston 1992 yilning 26 fevral kunidan Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT) ishtirokchisi hisoblanadi. . O‘zbekiston Respublikasining EXHT huzuridagi doimiy vakolatxonasi 1994 yilda Vena shahrida o‘z ishini boshlagan. 1995 yilda O‘zbekiston tomonining tashabbusligida Toshkent shahrida EXHTning Markaziy Osiyo bilan aloqa Byurosi ochildi. 1999 yilda Tashkilotning O‘rta Osiyo davlatlarida va Qozog‘istonda alohida vakolathonalarining ochilishi munosabati bilan Byuro EXHTning Toshkentdagi Markaziga aylantirildi.
2017 yilning 8 may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekiston tashrif buyurgan Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi Raisi Kristin Muttonen boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashdi . Muloqot davomida O‘zbekiston va EXHT o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
1999-yilning 1-iyulidan kuchga kirganO‘zbekiston Respublikasi va Evropa Ittifoqi hamda unga a’zo davlatlar bilan SHerikchilik va hamkorlik kelishuvi doirasida rivojlanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |