DAVLAT RAMZLARI
Davlat bayrog‘i XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII-sessiyasida 1991 yil 18 noyabrda tasdiqlangan.
Davlat gerbi XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X-sessiyasida 1992yil 2 iyulda qabul qilingan.
Davlat Madhiyasi XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashining XI sessiyasida 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan.
Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning mustaqillikning qadriga etish, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, millat shani va g‘ururi yo‘lida ,kerak bo‘lsa, jonni ham fido qilish lozimligi to‘g‘risidagi gaplarining asl mohiyati nimada ekanligini tushunib etmog‘imiz lozim. Mana shu tushuncha, mana shu e’tiqod bilangina biz o‘zligimizni saqlashimiz, himoya qilishimiz, farzandlarimizning yorug‘ kelajagini ta’minlashimiz mumkindir. Zero, yuz yillab orzu qilingan mamlakat, mustaqil mamlakat, mustaqil millat maqomini o‘lkada ko‘tarish hech qachon hech kimga onson bo‘lgan emas .
1999 yil 16 fevral voqealari mamlakatimiz mustaqilligini , erishayotgan yutuqlarimizni ko‘ralmayotgan qabix niyatli kuchlarning ishi ekanligi ayon. Zero bu xunrezlik ortidagi eng asosiy maqsadlardan biri - mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimovning hayotiga tajovuz qilishdan iborat bo‘lgan. Voqea sodir bo‘lgan joyda Prezidentimiz jurnalistlarga intervyu berib, quydagilarni aytdi: qo‘poruvchilik qilganlarning maqsadi -xalqimizning tinchligini buzish, qo‘rqitish, yuragiga vahima solish, yuritayotgan siyosatimizga ishonchini so‘ndirish, amalga oshirayotgan ulkan ishlarimizga zarba berishdan iborat bo‘lgan. SHu orqali O‘zbekiston xalqining o‘zi tanlagan yo‘lidan chekintirish. Ammo bizni hech kim qo‘rqita olmaydi, tanlagan Vatanimizning mustaqilligi yo‘lidan qaytara olmaydi.
Mamlakatimizning mustaqilligidan to fevral voqealarigacha bo‘lgan davrni jamiyat, ijtimoiy iqtisodiy ma’naviy hayotdagi o‘zgarishlarni tahlil qilish natijasida bu voqeaning asl mohiyati diniy aqidaparastlik, ayrim vatangadolar ishidir. Bundan tashqari 1999,2000,2001 yillarida Surxandaryo viloyati Uzun tumani, Toshkentning Parkent tumani, Qirg‘iziston bilan chegaradosh erlarimizda ham terrorchi to‘dalarni chegaralarimizga bostirib kirish xolatlari yuz berdi.
Lekin hukumatimiz,xalqimizning sa’iy xarakatlari tufayli bu balolar tez vaqtda daf qilindi.YUqorida keltirilgan voqea hodisalar xalqimizni doimo sergak, ogoh bo‘lishga undaydi. Bu esa mustaqillikni avaylab asrash omllidir.
Erkinlik mustaqillik hamisha zaruratni, ma’suliyatni anglashni taqazo etadi. Erkinlik va mustaqillik jamiyatning har bir a’zosi oldiga «Biz kim edik?» , «Hozir qanday ahvoldamiz?», «Qanday bo‘lishimiz kerak?» degan savollarga vijdonan javob berishni talab etadi. Mustaqillik yillarida farovon va baxtli hayotni bizga kimdir yaratib bermasligin, balki o‘z aqlimiz, kuchimiz bilan yaratishimiz lozimligini anglashni taqazo etadigan dunyoqarash shakllangani, bu savolarga javoblar izlanayotganligi ularni hal qilish choralari ko‘rilayotganligidan dalolat beradi.
Xulosa qilib aytganda, respublikamiz jahon maydonida o‘zining o‘rniga ega bo‘lib, ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy ,ijtimoiy o‘zgarishlarni boshidan kechirmoqda . Sobiq Ittifoqqa kirgan ko‘pchilik respublikalar uchun 80 yillarning oxirlari mustaqillik uchun qat’iy kurashga o‘tish yillari bo‘ldi. Respublikalar huquqini kengaytirishni talab qilib, Ittifoq shartnomasini yangilashni talab qila boshladilar.
1991 yil iyun oyi oxirlarida Novo-Ogorevoda Mustaqil Davlatlar Ittifoqi tuzish to‘g‘risida kelishilgan shartnoma loihasi ishlab chiqildi. 1991 yil 19-21 avgust voqealari Rossiya Federatsiyasi rahbariyati boshchiligida demokratik kayfiyatdagi kuchlar tomonidan bostirildi. Biroq endilikda mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada taranglashdi. Markaz hokimiyati falaj bo‘lib qoldi, KPSS halokatga uchradi, Respublikalar birin-ketin SSSR tarkibidan chiqqanligini e’lon qildilar, SSSR parchalana boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |