3savol. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Asosiy qonuni 1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida qabul qilindi.
Konstitutsiya - davlatning asosiy qonuni bo‘lib, buyuk kelajakning huquqiy kafolatidir. YAngi Konstitutsiyani tayyorlash g‘oyasi 1990 yilni mart oyida ilgari surila boshlandi. Ko‘p o‘tmay, iyun oyida Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida I.A.Karimov boshchiligida Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi. Komissiya mustaqillikning huquqiy asoslarini ishlab chiqish jarayonida xalqaro huquq qoidalariga, birlashgan Millatlar Tashkiloti Hujatlariga, Butunjahon inson huquqlari Deklaratsiyasiga tayandi. SHu bilan birga boy tariximizdagi davlat boshqaruvi va adolatli qonunshunoslik an’analari ham chuqur o‘rganildi.
Loyihaning dastlabki nushasi 1991 yilni noyabrida tyyorlanib har tomonlama ko‘rib chiqildi va 1992 yilni sentyabrida umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Tuzatishlar va aniqlashlar- loyihaning 60 dan ortiq moddasiga kiritildi. Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasi fuqorolarning inson huquqlari demokratik xartiyasi bo‘lib, insonparvar huquqiy davlat shakllantirishning strategik dasturidir. Mustaqillik Konstitutsiyasi barcha qonunlarning va boshqa davlat va jamoat tashkilotlarini huquqiy xujjatlarining asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Mustaqillik Konstitutsiyasi muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat bo‘ldi.
Birinchi bo‘limda Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari bayon etilib, unda Davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunning ustunligi, tashqi siyosatning bosh yo‘nalishlari o‘z ifodasini topdi.
Asosiy qonunning Ikkinchi bo‘limi 35 moddadan iborat bo‘lib, Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan. Bunda, O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklariga ega ekanligi, O‘zbekistonning butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatilganligi, fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklari, vijdon erkinligi va uning kafolatlanishi yoritilgan.
Insonning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishga bevosita hamda o‘z vakillari orqali qatnashishlari, siyosiy partiyalar va harakatlarga qo‘shilish huquqlari taqqoslab ko‘rsatilgan. Asosiy qonunda fuqarolarning mulkdor bo‘lishi, mehnat qilish, nafaqa olish, o‘z vaqtida dam olish, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, bilim olish huquqlariga ega ekanligi aniq qilib bayon etilgan va bu huquqlari va erkinliklari davlat tomonidan ta’minlanadi deb taqqoslab qo‘yilgan.
Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarni chunonchi, qonunlarga rioya qilish, xalqimizning tarixiy, ma’naviy meroslarini avaylab saqlash, atrof tabiiy muhitni asrash, soliqlar va mahalliy yig‘imlarni o‘z vaqtida to‘lash, Vatanni himoya qilish kabi burchlari majburiy ekanligi ta’kidlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |