O‘zbekiston tarixi


Mo‘g‘ullar istilosidan keyingi siyosiy vaziyat



Download 4,82 Mb.
bet64/211
Sana30.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#194391
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   211
Bog'liq
ИЖТИМОИЙ.ЎЗБ.тарих.Мажмуа.2018-2019

Mo‘g‘ullar istilosidan keyingi siyosiy vaziyat.

CHig‘atoy ulusi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xo‘jalik ahvoli

Mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng Movarounnahr, Xorazm, Xurosonning gullab-yashnagan dehqonchilik vohalari tamomila halokatga uchradi. SHarqda dong‘i ketgan qadimiy va obod shaharlar, jumladan Samarqand, Buxoro, Urganch, Xo‘jand, Marv, Termiz, Balx, Nishopur va boshqa shaharlar xarobazorga aylantirildi. Marvdagi mashhur suv bilan shaharni ta’minlovchi-Sultonband, Balxob daryosidagi Bandi amir, Samarqand shahrini suv bilan ta’minlaydigan yagona to‘g‘onlarning hammasi CHingizxon buyrug‘iga ko‘ra buzib tashlandi. Jumladan Balx va uning atroflari 6 oy mobaynida suv ofatini boshdan kechiradi. Samarqandning asosiy aholisi, buxoroliklarning ko‘pchiligi, Urganch va Marv kabi ulkan shaharlar ahlining barchasi ona shaharlarini yo tark etdilar yoki qirib tashlandilar. Istilochilar ilk bora yuqori madaniyatli aholining ilm-fan, me’morchilik sohalaridagi yutuqlarini, yuksak darajadagi hunarmandchilik, tijorat, sug‘orma dehqonchilikni shu o‘lkaga kelib ko‘rdilar.

Mahalliy aholi-hunarmand, dehqon, chorvador, kim bo‘lishidan qat’iy nazar umum hashar ishlarida qatnashishi va tekinga ishlab berishi shart edi. Mo‘g‘ullarning ichki xo‘jalik hayotni savdo-sotiq sohasini bir oz jonlantirish borasidagi chiqargan past qiymatli tangalari aholi ichida o‘z o‘rnini topmadi. Aksincha, zo‘rlik po‘pisaga qaramay, 1232 yildan boshlab Samarqandda pul muomalasi tugatildi, savdo-sotiq ayriboshlov darajasiga tushib qoldi. Farg‘ona, SHosh, Termiz va boshqa viloyatlarda mo‘g‘ul istilosidan so‘ng pul zarb etish o‘z-o‘zidan tugagan edi. Natijada tez orada Movarounnahrda pul muomalasi butkul izdan chiqdi.

Mislsiz jabr zulm, aholining xo‘rlik va qashshoqlik domiga tashlanishi, soliqlarning haddan ziyod o‘sishi, mehnatkash aholining tinka madorini quritib yubordi. Aholi ichida mo‘g‘ullarning zo‘ravonligi va istibdodiga qarshi norozilik harakati tobora kuchayib, bu norozilik ayniqsa, 1238 yilgi Mahmud Tarobiy qo‘zg‘olonida o‘z aksini namoyon qildi. Bu ozodlik qo‘zg‘oloni 1238 yil Buxorodan uch farsah (taxminan 18-21 km) uzoqlikdagi Tarob qishlog‘ida boshlandi. Bu qo‘zg‘olonda mo‘g‘ullar va mahalliy zodagonlar zulmidan ahvoli og‘irlashgan hunarmand, dehqon va kambag‘al aholi ayniqsa faol qatnashadi. Qo‘zg‘olonga esa asli Tarob qishlog‘idan bo‘lgan g‘alvir yasovchi hunarmand usta Mahmud Tarobiy boshchilik qiladi. Afsuski, qo‘zg‘alon shafqatsizlarga bostiriladi.

XIII asrning ikkinchi choraklaridan boshlab, mo‘g‘ullarning ichida ham endilikda ma’lum siyosiy nizolar, parokandaliklar kelib chiqa boshlaydi. 1241 yilga kelib bosib olingan Rusiya, Volga bo‘yi, Ural va boshqa erlardan Oltin O‘rda davlati tashkil topadi. Mo‘g‘ullar 1256 yili Xulagu boshchiligida Eron, Kurdiston, Iroq va YAqin SHarqning boshqa erlariga hujum qiladilar. Mo‘g‘ul xonlari o‘rtasida oliy hukmdorlik uchun kurash avj oladi. Ayniqsa, buyuk hoqon Guyukxonning (1246-1249) o‘limidan so‘ng bu kurash keskin kuchayadi. 1251 yili hokimiyat tepasiga Botuxon va Berkaxonlarning qo‘llab-quvvatlashlari bilan Tulining to‘ng‘ich o‘g‘li Munqa (1251-1259) ulug‘ xon sifatida saylanadi. U dastlab CHig‘atoy ulusini mulk sifatida tugatadi va uni Botuxon bilan bo‘lib oladi. Keyinchalik Munqaning o‘limidan so‘ng CHig‘atoyning nevarasi Olg‘uxon (1261-1266) Oltin O‘rdaga qarshi kurashib, CHig‘atoy ulusini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ladi.

XIII asrning II-yarmi va XIV asr I-yarmidagi madaniy hayot

XIII asrning II-yarmida XIV asr I-yarmida xo‘jalik, iqtisodiy hayotdagi siljishlar, savdo-sotiqning rivojlanishi, qolaversa CHig‘atoy mo‘g‘ullarining tobora o‘troq hayotga moslasha borishi, bosqinchilik vaqtida tanazzulga yuz tutgan madaniy hayotning nisbatan jonlanishiga olib keldi. Avvalo shaharsozlik bilan bog‘liq binokorlik va me’morchilik yo‘lga qo‘yila boshlandi. Mahalliy diniy ulamolar va dunyoviy zodagonlar, gohida mo‘g‘ul zodagonlarining ba’zilari qurilish ishlariga homiylik qila boshlashdi. Me’morchilikda alohida o‘rin tutgan ganchkorlik, g‘isht o‘ymakorligi, koshinpazlik, me’moriy xattotlik qayta tiklandi. Movarounnahr, Xorazmda mahalliy binokorlar ishtirokida xonaqo, maqbara, masjid, madrasa, saroy, minoralar qad ko‘tara boshladi. SHu davrlarda barpo etilgan ko‘pgina me’moriy obidalar u yoki bu ko‘rinishda hozirgi kunlargacha etib kelgan.

Jumladan, Buxorodagi Sayfiddin Boharziy maqbarasini birinchilardan barpo etilgan me’moriy bino sifatida ko‘rish mumkin. Taniqli buxorolik shayx Sayfiddin Boharziy nufuzli diniy ulamolardan biri bo‘lib, u 1258 yili olamdan o‘tgan edi. Uning qabri ustida tez orada katta maqbara va honaqo barpo etildi. 1333 yili Buxoroda bo‘lgan arab sayyohi ibn Battuta ushbu maqbaraga yuqori baho bergan edi. SHuningdek, mana shu davrlarda barpo etilgan Buxorodagi Qusam ibn Abbos maqbarasi ziyoratxonasi, Xo‘ja Ahmad maqbarasi, Qo‘hna Urganchdagi Najmiddin Qubro va To‘rabekxonim maqbarasi, masjid va 2 ta baland minoralar (minoraning hozirgacha saqlangan qismi 62 metrni tashkil etadi, minoralarning bittasi XX asr boshlarida qulab tushgan), Xo‘janddagi Duvaxon maqbarasi (keyinchalik vayron bo‘lgan) va boshqalarni tilga olib o‘tish mumkin. Qarshidagi buzilib ketgan saroy, Ma’sudbek hukmronligi davrida (1238-1289) Buxoroda barpo etilib, 1000 tacha talabaga mo‘ljallangan “Ma’sudiya”, “Xoniya” madrasalari va boshqalar to‘g‘risida manbalarda ma’lumot berib o‘tiladi.

Ko‘rilayotgan davr binokorligi va me’morchiligida pishiq g‘isht, koshin, parchin, me’moriy o‘ymakor g‘ishtlar hamda ganch va ohak, pista ko‘mir, qumlardan tayyorlangan maxsus qorishmalar kabi qurilish mahsulotlaridan ham binolarni qurishda hamda ularni me’moriy jihatdan bezashda keng foydalaniladi. Monumental binolarning aksariyati esa bir yoki ikki gumbazli, toqu ravoqli va peshtoqli bo‘lgan. Naqshinkor g‘isht, koshinlar, kitoba (lavha) bilan naqsh berish an’analari davom ettirilgan. SHuningdek naqshlarning turli-tuman, guldor bo‘lishi, o‘ymakor amaliy san’at qayta tiklanganligidan ham darak berar edi. Kulolchilik, misgarlik, zargarlikda ham naqsh bilan ishlov berish holati avj oladi.

SHubhasiz, CHingiz O‘rdalarining bosqini Movarounnahr va Xuroson ilm fan, adabiyot o‘choqlariga katta zarba bo‘lib tushadi. XIII asr-XIV asr oxirlariga qadar mo‘g‘ullar qadami etmagan yoxud ularning ta’siri kam bo‘lgan Dehli sultonligi, janubiy Eron, Kichik Osiyo, qisman Suriya va Misrda ilm-fan, ma’rifat, adabiyot taraqqiy eta boshlagan edi. Faqatgina XIV asr oxiri- XV asr boshlariga kelibgina ma’rifat, madaniyat o‘choqlari yana Movarounnahr va Xurosonga ko‘chadi.

XIII asrning boshlariga kelib (1206-1215) Mo‘g‘ulistonda CHingizxon xukmronligida ko‘chmanchi mo‘g‘ullarning ulkan davlati paydo bo‘ldi. Bu davrda O‘rta Osiyo xududlarida Xorazmshoxlar davlati mavjud bo‘lib, o‘zaro urushlar va boshboshdoqlik oqibatida bu qudratli saltanat inqirozga yuz tuta boshlagan davr edi. CHingizxon bilan Muxammad Xorazmshox o‘rtasida qisqa muddat (1215-1218) elchilik munosabatlari davom etgan bo‘lishiga qaramay bu munosabatlar oxir oqibat fojiali tugadi. Harbiy jixatdan puxta tayyorgarlik ko‘rgan mo‘g‘ul qo‘shinlari Xorazmshoxlar davlatidagi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy vaziyatdan foydalanib qisqa muddatda (1218-1221) O‘rta Osiyo erlarni bosib oldilar.

Asrlar davomida moddiy va ma’naviy madaniyati rivojlanib kelgan O‘rta Osiyodagi ko‘pgina shaxarlar – Buxoro, Xo‘jand, Termiz, O‘tror, O‘zgand, Urganch kabilar vayronaga aylantirildi. Dexqonchilik vohalari xarobazorga aylandi. Mo‘g‘ul bosqinchilari mahalliy aholiga hamda ularning madaniyatiga hech bir shafqat qilmadilar. Arab tarixchisi Ibn al-Asir (1160-1244) O‘rta Osiyodagi mo‘g‘ul bosqini haqida shunday yozadi: ”....Xitoy chegaralaridan bir xalq chiqib Turkistondagi Qashg‘ar va Balasog‘un kabi viloyatlarni Movarounnaxrdagi Samarqand, Buxoro va boshqa shaxarlarni ... vayron etib, qirg‘in qilib, talon-taroj qilib egalladi. Tatarlar (mo‘g‘ullar) hech qaysi shaharni omon qoldirmadilar, ketayotib vayron etdilar. Ular nimaniki yonidan o‘tgan bo‘lsalar, o‘zlariga yoqmagan narsalarga o‘t qo‘ydilar”.

O‘rta Osiyo xalqlari mo‘g‘ul bosqinchlariga qarshi qaxramona kurash olib bordi. Xususan, O‘tror hokimi Inalxon, Buxoro mudofachilari Itiyoriddin Qushdu, Xamid Pura Qoraxitoy, Suyunchxon, Xo‘jand xokimi Temur Malik, Urganch shayxi Najmiddin Kubro, SHaxzoda Jaloliddion kabilar Vatan mustaqilligi va ozodligi uchun qon to‘kdilar. Ammo, ular ona- yurt ozodligini saqlab qolisha olmadi. Mo‘g‘ullar istilosi oqibatida Movarounnaxr va Xurosonning obod viloyatlari, shaharlari xarobozorga aylantirildi.


Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish