O‘zbekiston tarixi



Download 4,82 Mb.
bet62/211
Sana30.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#194391
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   211
Bog'liq
ИЖТИМОИЙ.ЎЗБ.тарих.Мажмуа.2018-2019

Nazariy qism:

Mo‘g‘ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi – CHig‘atoy ulusi:

XII asr o‘rtalariga kelib Baykal ko‘li atrofi, hozirgi Mo‘g‘uliston hududlarida yashovchi turkiy va tungus-manjur qabilalarining ko‘pchiligi mo‘g‘ullar rahnomasi Esugay bahodir ta’siriga o‘ta boshlaydilar. Lekin unga qarshi turgan tatar, markit qabilalarni bo‘ysundirish osonlik bilan kechmaydi. Esugayni tatarlar ziyofat paytida xiyonatkorona o‘ldirishgandan so‘ng, uning o‘g‘li bo‘lmish Temuchinning ta’siri mo‘g‘ullar ichida ko‘tarila boshlaydi. Temuchin (1155-1227) (mo‘g‘ulcha, temir ustasi)-kuchli va tadbirkor, ayyor sarkarda bo‘lib, parokanda qabilalarni turli yo‘llar bilan o‘z qo‘li ostida mustahkam birlashtirgan shaxs edi. 1186 yilda u boshqa bir mo‘g‘ul sarkardasi Jamuxa yordamida o‘zining eski raqibi markitlarni bo‘ysundiradi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra bu g‘alabadan so‘ng mo‘g‘ul no‘yon (harbiy boshliqlar)lari va navkarlari uni olqishlab, mo‘g‘ul hukmdori-xon deb e’lon qilishgan. XIII asr boshida esa yana bir boshqa kuchli qabila tatarlar ustidan ham g‘alaba qozoniladi. Temuchin 1203 yili kerayitlarning xoni O‘ngxonni mag‘lub etib, qo‘ng‘irot va naymanlar ustidan o‘z hukmronligini o‘rnatdi.

Mo‘g‘ullarni birlashtirish chog‘ida Temuchin kuchli harbiy tuzilmani tashkil etdi. Unga ko‘ra mo‘g‘ul qabilalari mingliklarga bo‘lingan bo‘lib, u butun bir boshli harbiy okrug vazifasiga to‘g‘ri kelar edi. Okruglar tepasiga sadoqatli kishilar qo‘yilar edi. Temuchin juda intizomli, sadoqatli va o‘ta jangovar harbiy tuzilmalarni yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Ularni boshqarishni esa avvalo, o‘z o‘g‘illari-Jo‘chi, CHig‘atoy, O‘gedey, Tuli, xotini Burte-fujen, safdoshlari Subutoy, Jebelarga topshirdi. O‘z hokimiyatini to‘liq mustahkamlab olgach Temuchin 1206 yili mo‘g‘ullarning umum qurultoyi (qurultoy halq hohishi degan ma’noni anglatgan)ni chaqiradi. Qurultoyda u oliy mo‘g‘ul hukmdori-xon deb tantanali e’lon qilinib, unga bosh shaman Teb-Tangriy “CHingizxon” degan faxriy nom beradi. CHingiz so‘zi tarixchi Rashididdinning yozishicha, kuchli, buyuk degan ma’noni anglatadi.

Qurultoyda odat bo‘yicha CHingizxon o‘z tug‘i-bayrog‘ini ko‘tardi, 10 ta lavozim joriy etib uni o‘z yaqinlariga taqdim etadi. Sahrodagi Qoraqurum shahrini markaziy poytaxt deb belgiladi. O‘z qo‘li ostidagi mansablarni esa 3 toifaga bo‘lib, ularga aniq vazifalarni bo‘lib berdi. Ularga Boorgu, Muxali, Nayaa ma’sul bo‘ldilar. U o‘z qo‘shinlarini ham isloh etdi. Butun Mo‘g‘uliston 95 ta harbiy-ma’muriy birlikka bo‘lindi. YAngi mo‘g‘ul davlati-Eke Mo‘ng‘ol ulus (buyuk mo‘g‘ul davlati) deb atala boshlandi.

Musulmon mamlakatlarining behisob boyliklari to‘g‘risidagi afsona-rivoyatlarni eshitib, tekin o‘lja va boyish istagida bo‘lgan mo‘g‘ul harbiy zodagonlari CHingizxon boshchiligida zimdan harbiy yurish qilish istagida turar edilar. CHingizxon davlati g‘arbda Qipchoq cho‘llari, qoraxitoylarning ko‘chmanchi G‘arbiy Lyao (Si Lyao) va xorazmshoh-anushteginiylar davlati bilan chegaradosh edi. SHubhasiz uning g‘arbdagi eng yirik va kuchli qo‘shnisi hamda raqibi buyuk Xorazmshoh-anushteginiylar davlati (1097-1231) edi.

CHingizxon o‘zining yaxshi tizimga asoslangan ayg‘oqchilar tarmog‘i orqali Xorazmshohlar davlatidagi ushbu ahvoldan boxabar edi. SHuningdek, u ushbu qadimiy madaniyat va yuqori salohiyatga ega Movarounnahr ahlini osonlikcha bo‘ysundirib bo‘lmasligini ham yaxshi bilib, bo‘lajak mahorabaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi.

CHingizxon 1219 yili o‘z o‘g‘illari boshliq 200 mingga yaqin asosiy harbiy kuchlari bilan anchadan beri puxta tayyorlangan Xorazmshoh-Anushteginiylar davlati ustiga harbiy yurishni boshladi.

CHegaradagi O‘tror mustahkam shahar qal’a bo‘lib, mo‘g‘ullarga olti oy davomida mardonavor qarshilik ko‘rsatgan edi. O‘tror hokimi Inalxon (G‘oyirxon) qo‘lida 20.000 chog‘li suvoriy bo‘lib, Xorazmshoh unga yordam tariqasida 50.000 kishilik “lashkari birun”ni ham yuborgan edi. Ammo, O‘tror shahri o‘z jasorati evaziga mo‘g‘ullar tomonidan butkul buzib tashlandi. Buxoro yo‘nalishida ketayotgan CHingizxonga esa Zarnuq (Zerinuh) va Nur qal’alari jangsiz taslim bo‘ladilar.

CHingizxon 1220 yilning fevral oyi boshlarida (ba’zi adabiyotlarda 7 fevralda deyiladi) Buxoroga yurish qildi. Buxoroliklar qattiq qarshilik ko‘rsatishlariga qaramay shahar mo‘g‘ullar tomonidan egallandi. SHu yilning mart oyida CHingizxon qo‘shmnlari Samarqandni vamal qilib qattiq janglardan so‘ng uni ham egalladilar. Har ikkala shahar shafqatsiz talon-taroj qilindi.

CHingizxon yozni Nahshabda o‘tkazib, 1220 yilning kuzida Termizga yurishni boshlaydi. Termiz Hindiston va O‘rta Osiyo savdo yo‘llari tutashgan bir qulay erda joylashgan bo‘lib, uning Amudaryo sohiliga tutashgan qal’asi o‘z vaqtida mustahkam ravishda barpo etilgan edi. Termiz hokimi Faxriddin xabash mo‘g‘ullar bosqiniga mardonavor turib javob berishga qaror qildi. Mudofaaning o‘n birinchi kuni shahar egallandi. SHahar butkul talon-taroj qilinib, xonavayron etildi.

Movarounnahrning asosiy qismlari-Sirdaryo havzasi, Zarafshon, Qashqadaryo vodiylari, Buxoro vohasi, SHosh va Farg‘ona vodiysi egallangach, CHingizxon endilikda o‘zining asosiy e’tiborini Xorazmshohlar davlatining markazi Xorazm o‘lkasiga qaratdi. Bu yurishga o‘g‘illari Jo‘chi, CHig‘atoy, O‘ktoy (Ugedey)larni masul qildi. Ayniqsa, xon musulmon SHarqining eng katta shahri bo‘lmish, madaniyat, savdo gullab yashnagan boy-badavlat qadimgi Urganch (Gurganj) istilosiga katta ahamiyat bilan qaradi. Ushbu yurish 1221 yilning boshida boshlandi. Bu janglarda Xorazmlik mashhur alloma, faylasuf va olim, “Kubroviya” tariqatining asoschisi Ahmad ibn Umar Abul Janob Najmiddin al-Kubro al-Xevaqiy (1145-1221 yy.) ham faol qatnashdi. O‘ziga “YO Vatan, yo sharofatli o‘lim” degan g‘oyani shior qilib olgan bu 76 yoshdagi buyuk shayx qahramonona tarzda jang qilib, o‘lim oldidan mo‘g‘ul navkariga tashlanib uni avval halok qilib, shahid bo‘ladi.


Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish