Ozbekiston tarixi kafedrasi ozbekiston tarixi


O'zbek xalqining yuksak gumanizmi. Urushning og'ir yillarida o'zbek xalqining ma'naviy–axloqiy xususiyatlari va insorparvarligining yorqin namoyon bo'lishi. 2



Download 0,74 Mb.
bet29/95
Sana17.07.2022
Hajmi0,74 Mb.
#814003
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   95
Bog'liq
Ozbekiston tarixi kafedrasi ozbekiston tarixi

18-mavzu. O'zbekiston Ikkinchi jahon urushi yillarida(1941-1945 yillar) Reja:

1.


O'zbek xalqining yuksak gumanizmi. Urushning og'ir yillarida o'zbek xalqining ma'naviy–axloqiy xususiyatlari va insorparvarligining yorqin namoyon bo'lishi.

2.


Ikkinchi jahon urushida Qoraqalpog'iston respublikasi mehnatkashlarining faol ishtiroki. Qoraqalpog'istonlik o'g'lonlarning jangohlardagi qahramonlik jasoratlari.

3.


Frontga yuborilgan qishloq xo'jalik mahsulotlari. Aholining moddiy-maishiy ahvoli.
Mudofaa uchun shaxsiy jamg'armalar.

4.


Evakuatsiya qilingan aholiga hamda jangchilar oilalariga g'amxo'rlik va mehribonlik.

Adabiyotlar.


1. I.Karimov. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
2. Mustabid tuzumning O‘zbekiston boyliklarini talash siyosati: tarix shohidligi va saboqlari.
Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Sharq, 2000.
3. Usmonov Q., Sodiqov M., Oblomurodov N. O‘zbekiston tarixi. I qism. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002.
4. Tillaboyev S. Turkiston o‘lkasining boshqaruv tizimida mahalliy aholi vakillarining ishtiroki (Farg‘ona viloyati misolida). – Toshkent: Fan, 2008.
5. Yunusova X. Toshkentda 1892 yilgi xalq qo‘zg‘oloni. Sariog‘och, 1998.
6.Eshov B. O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2012.
203

7. Shamsutdinov R., Karimov Sh., Ubaydullaev U. Vatan tarixi. (XVI-XX asr boshlari).


Ikkinchi kitob. – Toshkent: Sharq, 2010.
8. O‘zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2003.
9. O‘zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Akademiya, 2010.
10. O‘zbekistonning yangi tarixi. Turkiston Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida.
Birinchi kitob. – Toshkent: Sharq, 2000.
11. Musayev N. Turkistonda sanoat ishlab chiqarishining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixidan (XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlari). – Toshkent: Iqtisod-moliya, 2011.
12. Ismoilova J. XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Toshkentning “Yangi shahar” qismi tarixi. – Toshkent: Fan va texnologiya. 2004.
Ikkinchi jahon urushi butun dunyo ahli, shu jumladan, o‘zbek xalqi uchun ham juda katta kulfat keltirgan dahshatli fojia sifatida tarix sahifalaridan joy oldi. Bu urush girdobiga 61 mamlakat tortildi, janglar Yevropa, Osiyo, Afrika hududlarining qirqta mamlakatida olib borildi. Eng ayanchlisi, ushbu urush oqibatida 50 milliondan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu Birinchi jahon urushidagi qurbonlardan 5 baravar ko‘pdir. Vayrongarchilikdan ko‘rilgan zarar va urush olib borish uchun sarflangan mablag‘lar miqdori 4 trillion dollarni tashkil qildi. Insoniyat boshiga mislsiz qirg‘inbarotlar, ofatlar, vayrongarchiliklar olib kelgan mazkur urush 1939 yil 1 sentabr – Germaniya harbiy qo‘shinlari Polshaga hujum qilgan kuni boshlangandi. Uning tugash vaqti esa 1945 yil 2
sentabr kuni Tokio ko‘rfazidagi AQShning “Missuri” esminets bortida Yaponiya kapitulyatsiyasi haqidagi aktning imzolanishi hisoblanadi.
Halokatli jahon mojarosi kelib chiqishining bosh sababalaridan biri 20-30-yillar atrofida dunyoning asosiy mintaqalarini qamrab olgan chuqur siyosiy va iqtisodiy tanglik edi. Lekin harbiy zo‘ravonlikning ortishida Yevropa, Osiyo va AQSH mamlakatlari hukmron doiralarining geopolitik da’volari ham sezilarli rol o‘ynadi.
Ikkinchi jahon urushining avj olishida fashistlar Germaniyasi va militaristik Yaponiyadan tashqari “urushdan avvalgi” Angliya va Fransiyaning siyosiy yetakchilari xatti-harakatlari ham muhim o‘rin tutdi. Chunki ular “bolshevizm balosi”ni yo‘q qilishga intilib, ko‘pincha tarixan oqlanmagan harakatlarni amalga oshirdilar. Ularning bu intilishlari ko‘p jihatdan Germaniyada
«urush partiyasi»ni mustahkamlashga, gitlerchilar rejimini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.
Bundan ruhlangan Gitler bolshevizmni, marksizmni tugatuvchi xaloskor sifatida maydonga chiqdi.
Aslida esa uning asosiy maqsadi «uchinchi german reyxi»ni vujudga keltirish, hamma joyda Germaniyaga hududiy qaram yerlar platsdarmini ko‘paytirishdan iborat edi.
Harbiy mamlakatlar hukmron doiralarining Germaniyani «kelishtirish» siyosati 1938 yil mart oyida Avstriyaning Germaniya tarkibiga qo‘shib olinishiga va 1939 yilning sentabrida Myunxen bitishuviga yo‘l ochib berdi. Bu o‘z navbatida Ikkinchi jahon urushining boshlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Gitlerchilar Germaniyasi rahbariyatining oshkora hududiy da’volari oldida SSSRning tashqi siyosiy yo‘li tinchliksevar bo‘lib tuyulardi. Biroq Sovetlarning yuqori siyosiy tabaqasi ham xalqaro keskinlik kuchayishi va buning oqibatida urush boshlanishida yetarlicha javobgar hisoblanishadi. Chunki Sovet davlati tashkil topgan dastlabki damlardanoq uning tashqi siyosati «jahon proletar inqilobi» mafkurasiga tayangan holda umumplaneta kommunistik imperiyasini tuzishga qaratilgan edi. Stalin fashistlar Germaniyasini Angliya va Fransiyaga qarshi gijgijlashga, ularning kuchi o‘zaro tugashi bilan qizil armiyaning qaqshatqich zarbasini yog‘dirishga intildi.
Fojiaviy jahon ixtilofi arafasidagi siyosiy hayotning farq qiluvchi, ya’ni o‘ziga xos xususiyati shundaki, Angliya, Fransiya va SSSR davlatlari o‘zaro uzoqlashib, aksincha, Stalin bilan Gitler o‘rtasidagi yaqinlashuv ortib bordi. VKP(b) XVIII syezdida (1939 yil) mamlakat siyosiy rahbariyati Yevropada urush xavfi kuchayib borayotgani uchun Germaniyaga nisbatan Angliya hamda Fransiya ko‘proq javobgardir, deb ularni ochiqdan-ochiq aybladi. Bu davlatlarning javobi ham shunga muvofiq bo‘ldi. Natijada fashizmga qarshi yagona blok tuzishga doir bo‘lajak koalitsiya jarayoni barbod qilindi. 1939 yil 23 avgustda Germaniya Tashqi ishlar vaziri I.Ribbentrop Moskvaga keldi.
Bo‘lib o‘tgan muzokaralar jarayonida SSSR tashqi ishlar halq komissari V.Molotov va I.Ribbentrop 10 yil muddatga hujum qilmaslik to‘g‘risidagi hujjat hamda unga qo‘shimcha uchta maxfiy protokollarni imzolashadi. Ushbu bitim bo‘yicha Yevropani taqsimlash bo‘yicha SSSR
Germaniyaning tarafdoriga aylangan edi.
204

Ilgari “Sovet tarixi” fanida «avgust bitimi» mamlakat xavfsizligini mustahkamladi, sovet-german urushining boshlanishini orqaga surdi, deb muttasil ta’kidlanardi. Aslida Stalinning urush boshlanishidan, ya’ni Germaniyaning Polshaga bostirib kirishidan xabari bo‘lgan. Gitler esa bu jarayondan SSSRni chiqarib, mamlakatni o‘zining vaqtinchalik tarafdori sifatida ushlab turmoqchi bo‘lgan. Lekin shunga qaramay 22 oydan keyin Gitler ikki mamlakat o‘rtasidagi bitimni buzib, SSSRga hujum qilmoqchi bo‘lgani haqida razvedkachilar turli yo‘llar bilan Stalinga ma’lumot yetkazib turishgan edi. O‘sha davr ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, SSSR hamda Germaniya o‘rtasidagi “do‘stona munosabatlar” 1939 yil 23 avgustdan to 1941


yil 22 iyungacha davom etgan. Buni ular o‘rtasidagi keng iqtisodiy dasturning bajarilishida ham kuzatish mumkin. O‘sha paytlarda teatr repertuarlaridan, radio dasturlaridan fashizmga qarshi bo‘lgan syujetlar olib tashlangan edi, ommaviy ahborot vositalari sovet-german do‘stlik va hamkorligini keng targ‘ibot qila boshladi.
Shu o‘rinda yana bir jihatga alohida e’tibor qaratish kerakki, 1939 yilda Germaniya SSSRga hujum qilishga tayyor emasdi. Chunki Germaniyada hujumni boshlash va o‘z harbiy qo‘shinlarini joylashtirish uchun zarur bo‘lgan SSSR bilan yagona chegara yo‘q edi. Lekin Germaniya yuqorida aytilgan 22 oy muddatdan unumli foydalangan holda SSSRga qarshi urushga tayyorgarlikni boshlab yuborgandi. Bu paytda SSSR esa o‘z mudofaasini kuchaytirishni o‘rniga tashqi ekspansiya bilan,ya’ni Finlyandiyaga qarshi bo‘layotgan urush bilan band edi. SSSRni zaiflashtirib turgan omil faqat shugina emasdi. Mamlakat harbiy qudratini kuchsizlantirib turgan muhim faktorlardan yana biri - 1939 yilga kelib Stalin armiyaning yetakchi, iqtidorli harbiy rahbarlarini, zamonaviy fikrlaydigan, yangilikka intilgan va armiyani modernizatsiya qilish zarurligi ta’kidlagan, jonko‘yar marshal va generallarni qatag‘on qilib yuborgan edi. Qizil Armiyaning ana shu zaifliklari Finlyandiya bilan olib borilgan “qishki urush”da yaqqol namoyon bo‘ldi. Shu bois, Stalin tezda harbiy sohani isloh qilishga katta e’tibor qaratdi. Natijada harbiy sohaga ajratilgan mablag‘lar miqdori 1939 yildan 1941 yilning iyun oyigacha 26 foizdan 43foizga ortdi. Harbiy kuchlar soni esa shu vaqt oralig‘ida 2 milliondan 5,4 millionga ko‘paydi. Umuman olganda, SSSRning harbiy qudrati, texnika, zamonaviy harbiy mashinalar bilan ta’minlangan tank kuchlari, aviatsiya va artilleriyasi sifat jihatdan ham, son bo‘yicha ham Germaniyadan ustun edi. Gap ulardan unumli foydalanishda qolgandi. Ammo shuni ham qayd etish kerakki, harbiy sanoat imkoniyatlarini rivojlantirish yo‘lida qilgan chora-tadbirlar to‘la o‘zini oqlamadi. Bunga bir qator omillar sabab bo‘lgandi. Birinchidan, mamlakatda keng tarqalgan jismoniy va ma’naviy terror, ikkinchidan, armiyani rekonstruksiya qilish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, ko‘plab iqtidorli injenerlar, konstruktorlar qatag‘onga uchragani bois yangi harbiy texnika ishlab chiqarish ko‘rsatgichlari ancha orqada edi. Misol uchun, o‘sha paytda SSSRning 85 nafar oliy toifali qo‘mondonidan 76 nafari qatag‘on etilgandi. Bularning barchasi harbiy mutaxassislar yetishmovchiligidan, harbiy san’at va harbiy-iqtisodiy potensial saviyasining pastligidan dalolat berar edi. Qolaversa, bu faktorlar mudofaa sanoatining taraqqiy etishiga, tizimning samarali ishlashiga halaqit bergan edi. Shu bois ham SSSRda chiqarilgan harbiy texnika, xususan, samolyotlar soni Germaniya davlatinikiga qaraganda ancha ko‘proq bo‘lsa-da, ularning barchasi eskirgan aviatsiya na’munalari edi.
Urushdan keyingi butun tarixiy davr mobaynida hujum qilmaslik haqidagi sovet-german bitimining xaqiqiy mazmuni zo‘r berib yashirib kelindi. To‘g‘ri, 1939 yil 24 avgustda ikki davlat o‘rtasida imzolangan shartnoma e’lon qilingan edi. Biroq shartnomadagi Polsha davlatining taqdiri haqida gap borgan qo‘shimcha maxfiy bayonnoma sir saqlanib kelindi. Aynan shu hujjatda Germaniya davlatining ham, Sovet davlatining ham strategik maqsadlari to‘la aks etgandi.
1939 yil shartnomasi fojeaviy yechimni jadallashtirdi. Chunki aynan shartnoma imzolangandan keyin voqealar jadal rivojlanib bordi. O‘sha yili 1 sentabrda Germaniya xavfli
«sharqiy qo‘shnisi»ni betaraf qoldirib, Polshaga qarshi hujum boshladi. 3 sentabrda Angliya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush e’lon qilishdi. Polsha armiyasi mardonavor qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsa-da, gitlerchilar reyxining tizimli, yuksak texnikaga ega harbiy mashinasiga uzoq vaqt dosh bera olmadi.
Sovet gazetalarida berilgan nemis qo‘shinlarining bosqinchilik yurishi haqidagi xabarlarda Germaniyaga xayrixohlik mazmuni yaqqon sezilib turardi. Buning o‘ziga xos sabablari bor edi.
Zero, maxfiy bayonnomaga muvofik, Germaniya hamda SSSR ta’sir ko‘rsatish doiralarini, ya’ni hukmronlik qilish kerak bo‘lgan hududlarni o‘zaro bo‘lib olishgan edi. Sovet va german 205

manfaatlarini chegaralash yo‘li bevosita Polsha hududi orqali o‘tardi. Sovet tomoni manfatlari G‘apbiy Ukraina va G‘arbiy Belorussiya hududlarini qamrab olardi. Qizil armiya 1921 yilda polyak-sovet urushida mag‘lubiyatga uchragandan keyin bu hududlar Polsha davlatiga qo‘shib olingan edi. Shuningdek, Germaniya Boltiqbo‘yi mamlakatlariga da’vo qilishdan ham voz kechgandi.


Germaniya va SSSR shartnomaga muvofiq Polshaga bir vaqtda qo‘shin kiritishlari lozim edi.
Biroq Stalin ayyorona yo‘l tutib, Gitler bilan dahshatli hazilni boshlab qo‘ygandi. Germaniya hukumati bir necha marta, aniqrog‘i, 3, 8 va 10 sentabrda Qizil armiyaning Polsha davlati hududiga tezlik bilan kirishi masalasini ko‘tardi. Sovet rahbariyati esa har safar qo‘shinlar hali tayyor emas, deb javob qaytardi. Shu tariqa Gitler urushni yakka holda boshladi. Natijada u jahon jamoatchiligi ko‘z o‘ngida halokatli urush olovini yoqqan asosiy aybdor sifatida namoyon bo‘ldi. Stalin esa (uning Kremldagi kabinetida Germaniya bilan Polshani bo‘lishgan edi) o‘zining makkor strategiyasi tufayli Sharqiy Yevropaning xaloskori sifatida katta shon-shuhratga erishdi. Shu bilan birga, Stalin o‘zining yashirin va bosh maqsadiga ham yetishdi. U istagan urush boshlandi, G‘arbda odamlar bir-birlarini o‘ldirib, shaharlar va zavodlarni vayron qildilar. SSSR esa qulay paytni kutib, betaraf qoldi. Buning ustiga Polshaga qarshi urush boshlagan Gitler bir paytning o‘zida ikki frontda jang olib borishga majbur bo‘ldi. Chunki Fransiya va Angliya ham Germaniyaga qarshi kurashga kirishgandi.
Stalin anchadan buyon o‘zining manfaatli rejalarini ruyobga chiqarish uchun qulay paytni kutib kelardi. Unga «kapitalistlar itlar singari bir-birini g‘ajiydigan» vaziyat kerak edi. 1939 yilgi bitim xuddi shunday vaziyatni vujudga keltirdi.
Sovet ekspansiyasining birinchi harakati 1939 yil 17 sentabrda Polshaga qo‘shin kiritish bilan boshlandi. Ko‘p o‘tmay Brestda mashhur nemis qo‘mondoni G.Guderian va sovet generali S.Krivoshein qo‘mondonligida Polshaning bo‘linishi munosabati bilan qo‘shma sovet-fashist paradi o‘tkazildi. Tez orada G‘arbiy Ukraina va G‘arbiy Belorussiya rasmiy ravishda SSSRga qo‘shib olindi. Birinchi ekspansiya «yutuqlaridan» ilhomlangan SSSR davlati navbatdagi xurujini Finlyandiyaga qaratdi. Bundan ko‘zlangan maqsad Leningradning xavfsizligini ta’minlash edi.
Chunki SSSRning shimoliy davlat chegaralari «dohiy» nomidagi shahardan 32 kilometr uzoqlikda joylashgandi. 1939 yilning oxiri va 1940 yilning boshlarida bo‘lib o‘tgan sovet-fin urushi oqibatida Finlyandiya davlati Leningrad va Murmansk oralig‘idagi o‘z hududini SSSRga berishga majbur bo‘ldi. Bu orqali Sovet davlati Leningrad shahari yaqinidan o‘tgan shimoliy chegarasini uzoqlashtirishga va mustahkamlab olishga erishdi.
1940 yilning yozida Sovet Ittifoqining chegaralarida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi. Sovet hukumatining rasmiy talabi bilan Ruminiya Bessarabiya va Shimoliy Bukovinani SSSRga berdi.
1940 yilning iyunida «sovetlarga qarshi avj olib ketgan faoliyatdan himoya qilish» bahonasida Estoniya, Latviya va Litva ham sovet qo‘shinlari tomonidan bosib olindi. Avgustda Boltiqbo‘yi respublikalarining uchalasi rasman SSSR tarkibiga kiritildi.
Yevropaning g‘arbida esa nemis qo‘shinlarining g‘olibona hujumi borardi. 1939-1940 yillar mobaynida fashistlar Germaniyasi Polsha, Norvegiya, Fransiya, Belgiya, Gollandiya, Daniya, Lyuksemburgni bosib oldi. Sovet hukumati esa nemis qo‘mondonligini Yevropaning navbatdagi poytaxtini bosib olish munosabati bilan muntazam tabriklab bordi.
Hududlarni kengaytirib borish siyosati SSSR hamda Germaniyani faqat siyosiy jihatdan emas, balki mafkuraviy tomondan ham bir-biriga yaqinlashtirdi. Gitlerning «ittifoqchilik» tuyg‘ulari jo‘sh urib, hatto «natsional-sotsializm va marksizm asos e’tibori bilan ayni bir narsadir», degan fikrni ham ilgari surgandi. O‘z navbatida ittifoq ichidagi targ‘ibot ham tubdan qayta o‘zgartirildi. Endi Stalin va sovet tashqi siyosiy idorasining boshlig‘i Molotov «katta muvaffaqiyat»ni oshkora tarzda tabriklab bordilar. Kommunistik Internatsionalning direktivalarida fashizmga qarshi qaratilgan targ‘ibotni to‘xtatish talablari paydo bo‘ldi. Mamlakat ichkarisida fashizm bilan do‘stlikka ishonmaganlar qattiq qatag‘on qilindi. Stalin Gitler armiyasi G‘arbdagi harbiy harakatlar maydoniga nihoyatda bog‘lanib qolgan, shu bois ular Sovet Ittifoqiga hujum qilmaydi, deb ishongan edi. Chunki oldinda zabt etilmagan Buyuk Britaniya turardi, uning orqasida esa qudratli AQSH yashiringandi. Ayni vaqtda sovet rahbariyati doirasida kurashayotgan tomonlarning imkoniyatlari yaqin orada tugab bitadi, degan ishonch ham bor edi. Yevropa urushi siyosiy tanglikning ortishi va keng xalq ommasining noroziligi — inqilobiy vaziyatni vujudga keltiradi, degan markscha rejaga mos kelganday bo‘lib tuyulardi. Bunday sharoitda o‘z qudratini saqlab qolgan SSSR zaiflashib qolgan «kapitalistik mamlakatlar»ni ommaviy ravishda sovetlashtirishga 206

bemalol erishishi mumkin edi. Buning ustiga shu paytgacha erishilgan «muvaffaqiyatlar» «yaqqol»


ko‘zga tashlanib turardi: nisbatan qisqa vaqt ichida sovet imperiyasining chegaralari jiddiy ravishda kengaydi.
Umuman olganda, Stalin Gitler avgust shartnomasi bandlarini so‘zsiz bajaradi, deb umid qilgan edi. Lekin har ikkala mustabid hukmdor bir-biriga o‘xshash tamoyillar asosida fikrlardi.
Ularning har biri «hujum qilmaslik haqidagi bitim»ni o‘zi uchun qulay bo‘lgan paytda bekor qilishni oqilona ish deb o‘ylardi. Stalinning mo‘ljallariga zid o‘laroq, fyurer 1940 yilning o‘rtalaridan e’tiboran avvalgi yo‘lidan chetga chiqa boshladi. Gitler Stalindan xavfsirardi, shuning uchun u masalani undan ko‘ra boshqacharoq hal qilishga urindi. Oqibatda SSSR Ikkinchi jahon urushining girdobiga tortildi.
Fashistlar Germaniyasi 1941 yilning 22 iyunida, ya’ni yakshanba kuni tongotar paytida hujum qilmaslik haqidagi avgust shartnomasi shartlarini buzib, Sovet Ittifoqi hududiga hujum qildi. Shu kundan Sovet Ittifoqi xalqlari, shu jumladan, O‘zbekistonliklar uchun og‘ir sinovlar – nemis-fashist bosqinchilariga qarshi fidokorona kurash boshlandi. Gitlerchilarning Sharqga doir harbiy muddaolarini o‘zida ifodalagan «Barbarossa» rejasiga «yashin tezligidagi urush» g‘oyasi asos bo‘lgan edi. Unga ko‘ra, Sovet davlati qisqa muddatli kampaniya jarayonida mag‘lub qilinishi va 1941 yilning kuzidayoq urush tugashi kerak edi.
Mamlakat tepasida paydo bo‘lgan juda katta xavf SSSRni dushmanga qarshi qat’iy va shoshilinch choralar ko‘rishga majbur etdi. 22 iyun kunining o‘zida radio orqali fashistlar Germaniyasi xiyonatkorona hujum qilgani haqida hukumat axboroti eshittirildi. U shunday so‘zlar bilan xulosa qilingan edi: «Bizning ishimiz haq. Dushman tor-mor etiladi, g‘alaba bizning tomonimizdadir!». Butun rasmiy targ‘ibot sovet qo‘shinlari har qanday agressorga, shu jumladan, german fashizmiga ham zarba berishga, uni tor-mor etishga qodir, deb tinmay uktirib kelardi. Xalq bunga ishonardi. Odamlar ro‘y bergan vaziyatning g‘oyatda jiddiy ekanini hali to‘la anglab yetmagan edi.
Ammo ko‘p o‘tmay og‘ir sinov kunlari boshlandi. Barcha xalqlar Vatan himoyasiga otlandi.
Hukumat axboroti o‘qib eshittirilgach, butun Sovet Ittifoqi hududida bo‘lgani singari O‘zbekistonda ham yakshanba kuni bo‘lishiga qaramay ishchilar, xizmatchilar o‘z ish joylariga, o‘quvchilar bilim dargohlariga yo‘l oldilar. Urush boshlangan kuniyoq Toshkent to‘qimachilik kombinatida miting bo‘lib o‘tdi. Uning rezolyutsiyasida shunday so‘zlar yozilgan edi: «Xuddi shu daqiqadan boshlab biz o‘zimizni Vatan himoyasiga safarbar deb hisoblaymiz va O‘zbekistonning barcha mehatkashlarini sarosimaga tushmaslikka, sabr-bardoshli bo‘lishga hamda halol, fidokorona mehnatga da’vat etamiz». «Tashselmash» zavodi ishchilari ham har qanday topshiriqni sharaf bilan ado etishga, dushmanni yakson qilish uchun hamma kuch va vositalarni ishga solishga so‘z berdilar.
1941 yil 22 iyunda mamlakatda harbiy holat joriy etilgani haqidagi farmon e’lon qilindi.
Mazkur farmonga muvofiq, 14 okrug hududida 1905-1919 yillarda tug‘ilgan harbiy xizmatga majbur kishilarning umumiy safarbarligi qonunan kuchga kirdi. Shu tariqa dushmanga zarba berishning keng dasturi amalga oshirila boshlandi. Alohida strategik mavqega ega bo‘lgan O‘rta Osiyo harbiy okrugi hukumat qaroriga muvofiq umumiy safarbarlik o‘tkazmadi. Hududda armiyaga chaqiruv taqsimlash tartibida amalga oshirildi. Mudofaa Xalq Komissarligining markazlashgan naryadlari bajarilib, mamlakatning janubiy sarhadlari yopib turildi.
Okrug harbiy kengashi boshqaruvning mahalliy organlaridan harbiy xizmatga majbur kishilarni o‘z vaqtida va uyushqoqlik bilan chaqirishni talab etdi. Boshlangan urush davlat hayotining barcha jabhalarida keskin o‘zgarishlarni amalga oshirishni, shiddatli mudofaa uchun katta kuch sarflashni, safarbarlik qilishni talab etardi. Yuqori hokimiyat boshqaruvida esa sarosimalik ko‘zga tashlanardi. Faqat 29 iyundagina Xalq Komissarlari Kengashi nomidan joylarga ko‘rsatmalar jo‘natildi. Unda urush ahvolni keskin o‘zgartirib yuborgani, mamlakat jiddiy xavf ostida qolgani, barcha ishlarni harbiy izga solish uchun tez va qatiy ravishda qayta qurishni amalga oshirish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgandi. Hujjatning asosiy talabi «Hamma narsa front uchun, hamma narsa g‘alaba uchun!» degan chaqiriqda o‘z ifodasini topgan edi.
1941 yilning 30 iyunida I.V.Stalin boshchiligida Davlat Mudofaa Qo‘mitasi (DMK) tashkil topdi. DMK tasarrufida davlat, harbiy va partiyaviy hokimiyat birlashgan edi. Shuningdek, sovet qurolli kuchlariga strategik rahbarlikni amalga oshiruvchi favqulodda organ sifatida Stalin boshliq Oliy Bosh Qo‘mondon Qarorgohi tashkil etildi. 8 avgustda Stalin Oliy Bosh Qo‘mondon lavozimini qabul qilib oldi. Endi barcha muhim harbiy-siyosiy qarorlarni qabul qilish uning qo‘lida edi. Bu 207

qarorlar DMK buyruqlari yoki VKP(b) MK Siyosiy byurosining qarorlari sifatida rasmiylashtirilardi. Lekin og‘ir vaziyat bo‘lishiga qaramay Stalin faqat yirik masalalarnigina emas, balki arzimas kichik muammolarni ham hal qilishga urinardi. Bu esa ko‘plab rahbarlar tashabbusini bo‘g‘ib qo‘ygandi. Faqat 1941 yil 3 iyuldagina Stalin xalqqa murojaat qilishga qaror qildi. U


o‘zining radio orqali so‘zlagan nutqida haqiqiy ahvolni, keskin vaziyatni ochiq-oydin aytishga majbur bo‘lgan edi.
Urushning dastlabki og‘ir kunlaridanoq sovet xalqi bosqinchilar ustidan g‘alabaga erishish uchun butun kuchlarini bag‘ishlashga intildilar. O‘zbekiston xalqi ham ushbu dahshatli urush ofatlaridan, g‘am-qayg‘ularidan chetda qolmagan edi. Shu bois, o‘zbek xalqi o‘zining vatanparvarlik burchini sharaf bilan yuksak darajada ado etishga kirishdi. Xalqimiz fashizmdan faqat SSSRni emas, eng avvalo, O‘zbekistonni himoya qilishga, uni yana bir bosqinchidan saqlab qolishga intildi. Chunki qudratli mustabid davlat mashinasi xalqimiz boshiga ne-ne kunlarni solmagandi. Shu bois, bu haqda gapirganda xalqning Ikkinchi jahon urushi xususiyatini va fashizm bilan kurashdagi o‘z o‘rnini idrok etishdagi axloqiy-g‘oyaviy qarashlarini e’tibordan chetda qoldirmasligimiz zarur. Og‘ir va mashaqqatli urush yillarini boshidan kechirgan kishilarning xotiralaridan ma’lum bo‘lishicha, odamlar o‘sha vaqtda «sotsializmning afzalliklari», sovet rejimini himoya qilish zarurligi haqida kam o‘ylardi. Xalqning aksariyat qismi mustabid tuzumni qoralab kelgan. Chunki odamlar hali Turkiston Muxtoriyatining qonga belanganini, ozodlik uchun kurash harakatining zo‘ravonlik bilan bostirilganini, diniy e’tiqodlari tufayli qattiq ta’qib etilib, jazolanganliklarini esdan chiqarmagan edi. Jamoalashtirishning stalincha zo‘ravonlik bilan amalga oshirilishi natijasida yuz bergan jinoyatlar ham xotiradan o‘chmagan, 1937-1939 yillardagi ommaviy qatag‘onlardan qolgan qalb yaralari hali bitmagandi.
Biroq o‘z yurtiga bo‘lgan chinakam yuksak muhabbat tuyg‘usi, jonajon zaminga tajovuz qilgan dushmanga nisbatan nafrat hissi mustabid tuzum yetkazgan g‘am-alamni, qalb iztiroblarini biroz ortga chekintirdi. Xalq o‘zini dushmanni to‘xtatish va uloqtirib tashlashga qodir bo‘lgan yagona kuch deb his qildi. Odamlar O‘zbekiston uchun, Vatan himoyasi uchun fashizmga qarshi kurash eng adolatli yo‘l ekaniga ishondi. Shu jihatdan ham Birinchi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning urush davri voqealarini, jangchilarimizning jasoratlarini tahlil etishda va ta’riflashda mafkurabozlikka berilmaslikka doir chaqirig‘i nihoyatda dolzarb bo‘lib jaranglaydi. Birinchi Prezidentimiz haqli ravishda bunday deb ta’kidlagan edi: «Ikkinchi jahon urushiga qanday qaralmasin, bu urush qaysi g‘oya ostida va kimning izmi bilan olib borilgan bo‘lmasin, o‘z Vatani, el-yurtining yorug‘ kelajagi, beg‘ubor osmoni uchun jang maydonlarida halok bo‘lganlarni, o‘z umrlarini bevaqt xazon qilgan insonlarni doimo yodda saqlaymiz. Bu achchiq, lekin oliy haqiqatni unutishga hech kimning haqi yo‘q va bunga yo‘l ham bermaymiz!»
Chindanda xalqimiz ko‘rsatgan jasoratni faqat erksiz harakat tarzida, ma’murlarning o‘ch olishidan qo‘rqishning oqibati deb tasavvur qilish, jang maydonlarida halok bo‘lganlar xotirasini haqoratlash, mamlakat ichkarisidagi millionlab mehnatkashlarning fidokorona mehnatini nazar-pisand qilmaslik bu - Vatanni asrash va himoya qilishda ulug‘ insoniy fazilatlarni, cheksiz matonatni namoyish qilgan keng xalq ommasining buyuk kahramonliklarini kamsitishdan iboratdir.
Zero, o‘zbek xalqi gitlerchilarga qarshi koalitsiyadagi boshqa xalqlar bilan yelkama-yelka bir safda turib, «jigarrang vabo»ni yo‘q qilishga munosib hissa qo‘shdi.
Fashizmga qarshi kurashda O‘zbekiston xalqining faol ishtirok etishi, o‘g‘lonlarimizning mardlik va jasorat ko‘rsatishi uning milliy ruhi qudratini, jasurligini, oriyatini, vatanparligini yana bir bor namoyon etdi. Urushning dastlabki kunlaridanoq butun Sovet Ittifoqida bo‘lganidek, O‘zbekistonda ham partiya tashkilotlari tomonidan mitinglar va yig‘ilishlar tashkil qilindi. Ulardagi barcha qatnashchilar fashizmga qarshi o‘z g‘azab-nafratlarini ifoda etib, bor kuchini, agar lozim bo‘lsa hayotlarini ham g‘alabaga bag‘ishlashga azmu qaror qilganliklarini yakdillik bilan bayon qilishdi. Chunonchi, 1941 yilning 22 iyunidayoq Toshkent to‘qimachilik kombinatining ishchilari hamisha Vatan himoyasiga tayyor ekanini bildirdilar. «Toshkent qishloq xo‘jalik mashinalari»
zavodi, «Qizil tong» fabrikasi ishchilari ham dushmanni tor-mor qilish uchun har qanday vazifani sharaf bilan bajarishga, butun kuch va vositalarini bag‘ishlashga qaror qilganliklarini hukumatga ma’lum qildi. Shu yilning 23-24 iyunida Samarqand, Buxoro, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Nukus va respublikaning boshqa ko‘plab shaharlarida ham ko‘p ming kishilik mitinglar bo‘lib o‘tdi.
Ularda so‘zga chiqqanlar ona yurtini ko‘kraklarini qalqon qilib himoya qilishga so‘z berdi, boshqalarni ham shunga dav’at etdi. Har bir nutqda yovuz bosqinchilar ustidan g‘alabaga erishishga 208

bo‘lgan ishonch, vatanparvarlik tuyg‘usi ustun edi. Frontga jo‘natish istagi bilan harbiy komissarliklarga keladigan ixtiyoriy arizalar soni kun sayin ortib bordi. Bu ham xalqimizda milliy vatanparvarlik tuyg‘usi yuksakligining yaqqol namunasi bo‘ldi. Arxiv hujjatlarining dalolat berishicha, urushning dastlabki kunlarida respublikaning shahar va tuman harbiy komissarliklariga ko‘ngillilardan 14 mingdan ortiq ariza tushgan.


Ko‘ngillilar va xizmatga chaqirilganlarni harakatdagi armiya saflariga kuzatish partiya organlari tomonidan siyosiy tadbirga aylantirildi, mitinglar tashkil qilindi. O‘zbekiston xalqi fashistlar bosqinini o‘z yurtiga, jonajon yeriga qilingan tajovuz deb bildi. Shuning uchun ham ota va onalar o‘z o‘g‘lonlarini frontga kuzatar ekanlar, Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi kabi milliy qahramonlar kabi bosqinchilarga qarshi sharaf bilan kurashishni, ular ko‘rsatgan jangovar jasoratlardan ibrat olishni tilab qolardilar.
O‘zbek halqi mentalitetining yana bir eng yorqin fazilati aholining an’anaviy vatanparvarligining ajoyib namunasi - frontga umumxalq yordami ko‘rsatish bo‘ldi.
O‘zbekistonliklar urushning dastlabki kunlaridanoq mudofaa jamg‘armasini tashkil etish harakatida faol ishtiroq etdi. Omma tashabbusi bilan bunday jamg‘arma tuzishning yangi va o‘ziga xos shakllari vujudga keldi. Mudofaa jamg‘armasiga ishchilar, kolxozchilar, ziyolilar bir kunlik ish haqlari, «kommunistik shanbaliklar»da ishlab topilgan pullar, fuqarolarning shaxsiy jamg‘armalari, qimmatbaho boyliklari, davlat zayomlari, turli buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari topshirilardi.
Urushning dastlabki kunlarida respublika aholisidan 30 million so‘m miqdorida pul, obligatsiya va boshqa qimmatbaho buyumlar yig‘ildi. Umumiy hisobda, O‘zbekiston aholisi urush yillarida mudofaa jamg‘armasiga jami 649,9 million so‘m pul, 22 kilogramm oltin va kumush topshirdi.
E’tiborli jihati, frontga yordam ko‘rsatish vatanparvarlik harakatida aholining barcha qatlami ishtirok etdi. Xususan, bu jarayonda diniy tashkilotlar ham faol ishtirok etgandi. Biroq shu paytgacha bu haqda sovet tarixshunosligida hech narsa deyilmagan. Vaholanki, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi dindorlar mustabid tuzumning urushgacha bo‘lgan davrdagi tazyiqlari va ta’qiblarini ham unutib, mehr-oqibat haqidagi umuminsoniy g‘oyalarga tayangan holda insonparvarlik yordami ko‘rsatishga, mamlakat iqtisodini mustahkamlashga, bu yo‘lda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishga intildilar.
O‘zbekistonda harbiy texnika, asosan tank kolonnalari va jangovar samolyotlar eskadriliyalari qurilishiga mablag‘ to‘plash harakati keng quloch yozdi. Masalan, birgina «O‘zbekiston kolxozchisi» tank kolonnasi qurilishiga respublika kolxozchilari o‘zlarining shaxsiy jamg‘armalaridan 1942 yil dekabr oyida 260 million so‘m to‘plashga erishdi.
O‘zbek xalqining vatanparvarligi, insonparvarligi bu ishlar bilan to‘xtab qolmadi. Aholi tomonidan Vatan himoyachilari uchun issiq kiyim-kechaklar yig‘ildi, tayyorlandi. Frontga muntazam ravishda paxtali kurtkalar, kalta po‘stinlar, kigiz etiklar, sharflar, qo‘lqoplar, paypoqlar, quloqchin qalpoqlar, jemperlar kabi issiq kiyimlar jo‘natib turildi. Jangchilar uchun yig‘ilgan, tayyorlangan kiyim-kechaklar, buyumlar va oziq-ovqatlarni O‘zSSR Oliy Soveti Prezidiumining raisi Y.Oxunboboyev rahbarligidagi delegasiya frontning oldingi marralarigacha olib bordi. Respublika aholisi urushning dastlabki olti oyi mobaynida frontga 421,5 mingta turli issiq kiyimlar, buyumlar yubordi. Yakka tartibda va jamoat yo‘li bilan yuborilgan posilkalar, turli oziq-ovqat mahsulotlarini ham qo‘shadigan bo‘lsak bu raqam yana bir necha mingga oshishi, shubhasiz.
Ikkinchi Jahon urushi yillarida yaqqol namoyon bo‘lgan yuksak vatanparvarlik, insonparvarlik, hamjihatlik tuyg‘ulari o‘zbek halqining ma’naviy ildizlari mustahkamligini, o‘z milliy qadriyatlariga, a’analariga sodiq qolganini yana bir bor isbot etdi. Zero, bolsheviklar tomonidan berilgan ruhiy zarbalar, mustabid tuzumning ateistik va ma’naviy ekstremizmiga qaramasdan o‘zbek xalqi o‘zining chuqur milliy-ma’naviy ildizlarini, urf-odatlarini saqlab qolgandi.
Sovet-german urushi boshlang‘ich davrining eng murakkab va mas’uliyatli vazifalaridan biri iqtisodiyotni harbiy izga solishdan iborat edi. Shuni alohida qayd etish kerakki, mamlakat xalq xo‘jaligini qayta qurish o‘ta og‘ir sharoitda kechdi. Moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarini front ehtiyojlariga muvofiq qayta taqsimlash, harbiy ishlab chiqarishni keskin oshirish va odatdagi mahsulotlar hajmini qisqartirish, sanoatni g‘arbdan sharqqa ko‘chirish, uni mamlakat ichkarisidagi tumanlarda tezlik bilan ishga tushirish zarur edi. Bularning barchasini juda qisqa vaqt ichida, shu bilan birga urushdan oldingi Sovet Ittifoqining qariyb 40 foiz aholisi istiqomat qiladigan, ko‘mirning 63 foizi qazib olinadigan, po‘latning 50 foizi, donning 38 foizi ishlab chiqariladigan, 209

qudratli mashinasozlik bazasi, shu jumladan, ko‘pgina mudofaa korxonalari joylashgan hududni bosqinchilar bosib olgan bir sharoitda amalga oshirish kerak edi.


Urushning borishi mamlakat ichkarisidagi ishlarga bevosita bog‘liq edi. Shuning uchun ham siyosiy rahbariyat iqtisodiyotni qayta qurishga ustivor vazifa sifati e’tibor qaratdi. Qayta qurish fuqarolar urushi yillarida sinovdan o‘tgan harbiy-kommunistik usullar bilan amalga oshirildi. 1941
yilning 26 iyunidan boshlaboq mamlakatda ishchilar va xizmatchilar uchun ishdan tashqari vaqtda majburiy mehnat joriy etildi. Katta yoshdagilar uchun ish kuni haftasiga olti kunlik tartibda 11
soatgacha uzaytirildi. Haqiqatda esa bu 12-14 soatga yetar edi. Ta’tilga chiqish bekor qilindi. Bu ishchi- xizmatchilar sonini ko‘paytirmasdan turib, ishlab chiqarish quvvatlarini qariyb 1/3 ga oshirish imkonini berdi.
Biroq vaqt o‘tgan sayin ishchi kuchining yetishmasligi tobora sezilib bordi. Idora xizmatchilari, uy bekalari, hatto o‘quvchilar ham ishlab chiqarishga jalb qilindi. 1941 yil dekabrda harbiy korxonalarning barcha xodimlariga safarbarlik e’lon qilindi. Mehnat intizomini buzganlar uchun jazo choralari keskin kuchaytirildi. Korxonalardan o‘zboshimchalik bilan ketib qolganlar 5
yildan 8 yilgacha qamoqqa hukm qilinardi. Biroq odamlar mamlakat ichkarisida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham «yuqoridan» keladigan ortiqcha qistovlarsiz ozodlik va mustaqillik yo‘lida fidokorona mehnat qildilar.
Respublika hukumati 1941 yilning sentabr-dekabr oylarida O‘zbekiston sanoat ishlab chiqarishini harbiy tizimga moslab qayta qurishning umumiy rejalarini belgilab berdi. Qabul qilingan qarorlarda xalq xo‘jaligini qayta qurishga doir aniq vazifalar belgilab qo‘yilgandi. Ularda sanoat korxonalarini mudofaa mahsulotlari ishlab chiqarishga o‘tkazish muddatlari ko‘rsatilgan, ichki resurslarni safarbar qilish bo‘yicha choralar taklif qilingan edi. Kadrlar tanqisligi, sanoat xomashyosi, yoqilg‘i, yetishmasligi, moddiy-texnik bazaning o‘ta nochorligiga qaramasdan, 1941
yilning dekabr oyiga keliboq Toshkentdagi 63 ta va respublikadagi boshqa 230 ta korxonada mudofaa mahsulotlari ishlab chiqarila boshlandi. Ular orasida «Toshqishloqmash» parovoz ta’mirlash zavodlari, Chirchiq elektr-kimyo kombinati va boshqa korxonalar bor edi. To‘qimachilik va tikuvchilik sanoati ham front ehtiyojlari uchun xizmat qilishga kirishdi.
Ittifoqning g‘arbiy viloyatlaridan O‘zbekistonga ko‘chirib keltirilgan sanoat korxonalarini joylashtirish, montaj qilish va g‘oyat qisqa muddatlarda ishga tushirish o‘zbekistonliklardan katta kuch sarf etishni, fidoiylik ko‘rsatishni talab qilardi. Bu vazifaning tashkiliy tomonlari bilan Usmon Yusupov boshchiligidagi komissiya shug‘ullandi. O‘sha paytda O‘zbekistonga 104 ta zavod va fabrika ko‘chirildi. Ular orasida Leningrad to‘qimachilik mashinalari zavodi, «Rosselmash», «Qizil Oqsoy», Sumsk kompressor va Dnepropetrovsk karborund zavodlari, Moskvadagi «Elektrokabel»
va «Podyomnik» zavodlari, Temir yo‘llar xalq Komissarligining mashinasozlik zavodi, Chkalov nomidagi aviasiya zavodi, «Krasniy put» zavodi, Kiyevdagi «Transsignal» zavodi, Stalingrad kimyo kombinata va boshqalar bor edi.
Evakuatsiya qilingan zavod va fabrikalarni tiklashda talabalar, o‘quvchilar, uy bekalari, fan va madaniyat xodimlari, xizmatchilar va kolxozchilar tinim bilmay mehnat qildilar. Urushdan oldingi davrda yillar mobaynida qilinadigan ishlar fidokorona mehnat evaziga kunlar va oylar ichida bajarildi. Misol uchun, «Rosselmash» zavodi 25 kunda, «Qizil Oqsoy» zavodi esa 29 kun ichida mahsulot ishlab chiqara boshladi. Umuman olganda, 1941 yilning dekabr oyiga kelib evakuatsiya qilingan korxonalarning qariyb 50 tasi ishga tushirildi. 1942 yilning o‘rtalariga borib respublika industriyasi Sovet Ittifoqi sharqidagi harbiy sanoat bazasining tarkibiy qismiga aylandi.
Respublikada harbiy mahsulotlar ishlab chiqarishning o‘sishi va rivojlanib borishi bilan xomashyo va yoqilg‘i-energetika bazasini kengaytirishga ham ehtiyoj ortib bordi. Jumladan, rangli metallar qazib chiqarishni jadallik bilan ko‘paytirish zarurati yuzaga keldi. Shuning uchun ham 1942 yilda Langar molibden konini foydalanishga topshirish borasidagi ishlar tez sur’atlar bilan boshlanib ketdi. Bu yerda juda qisqa muddatda molibden fabrikasi barpo etildi. Ayni vaqtda Qo‘ytosh konining va Qoratepa rangli metallar konining ishlab chiqarish quvvatlari keskin oshirildi.
Olmaliqda olib borilgan yirik qurilish ishlari natijasida, u yerda mis va boshqa rangli metallarning boy konlari topildi. Angren ko‘mir razrezi respublikaning birinchi ko‘mir markaziga aylandi.
Gidroenergetika resurslarini ishga solish ishlari keskin jadallashdi. Masalan, 1942 yilning boshlarida Oqtepa va Oqqovoqdagi 1- va 3-gidrostansiyalar qurilishi qayta tiklandi. Farhod GESni bunyod etish umumxalq hashar yo‘li bilan boshlab yuborildi. Bu GESlarning energetika tizimiga 210

qo‘shilishi respublikada elektr energiyasi ishlab chiqarishning sezilarli darajada o‘sishiga sabab bo‘ldi. YA’ni 1942-1943 yillarda elektr energiyasi ishlab chiqarish 4 baravarga o‘sdi.


Sanoat qurilishida aholining barcha qatlamlari faol ishtirok etdi. Ayniqsa, bu jarayonga mehnat resurslarining eng yirik bazasini tashkil etadigan qishloq mehnatkashlari salmoqli hissa qo‘shdi. Birgina 1941 yilning ikkinchi yarmida harbiy obyektlar qurilishiga qariyb 500 ming kolxozchi jalb qilingan edi. Og‘ir urush davrida rivojlanayotgan sanoatni ishchi kuchi, zarur mutaxassislar bilan ta’minlash vazifasi ham jiddiy muammolardan biri bo‘lib turardi. Minglab tajribali ishchilarning urushga ketishi natijasida vujudga kelgan bu tanqislik sanoat korxonalariga yangi kelgan va hali tajribaga, mehnat malakasiga ega bo‘lmaganlarni o‘ta qisqa vaqt ichida turli ishlab chiqarish kasblariga o‘rgatish hamda o‘qitish yo‘li bilan to‘ldirib borildi. Shuningdek, O‘zSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1942 yil 13 fevraldagi Farmoniga muvofiq, urush davrida ishlamayotgan mehnatga layoqatli aholi, ya’ni xotin-qizlar, o‘smirlar, nafaqaxo‘rlarni safarbar qilish hisobiga ham ishchilar safi kengayib bordi.
Sanoat ishlab chiqarishiga, ayniqsa, xotin-qizlar keng jalb qilindi. Xususan, 1940 yilda sanoat sohasida mehnat qilayotgan xotin-qizlar 34 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1942 yilga kelib bu ko‘rsatkich 63,5 foizga yetdi. Respublika ishchilar sinfining keskin ortib borishi asosan yoshlar hisobiga ro‘y berdi. Yoshlardan ishchi kadrlar tayyorlashda mehnat rezervlari tizimi muhim ahamiyat kasb etardi. Ana shu maqsadda 1942 yilning oxirida qo‘shimcha tarzda 31 ta FZO
(fabrika-zavod ta’limi) maktabi ochildi. Ularga tez orada 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 15320
o‘quvchi jalb etildi. Umuman, ayni shu vaqtda respublikada jami 14 ta hunar maktabi va 45 ta FZO
maktabi faoliyat ko‘rsatardi. Ularda ta’lim berish jadallashgan dastur bo‘yicha olib borildi.
Urushning dastlabki yillarida ishchilar qisqa muddatli kurslarda ommaviy, yakka tartibda va brigada shogirdligi usullarida tayyorlanardi. Natijada urush davrining 17 oyi davomida turli korxonalarga ommaviy kasblar buyicha 14-17 yoshga bo‘lgan 23300 nafar ishchi yetkazib berildi.
Olib borilgan ana shunday chora-tadbirlar natijasida ikki yil ichida O‘zbekistonda ommaviy kasblar bo‘yicha 105673 nafar sanoat ishchisi tayyorlandi, ulardan 73 ming nafari ishlab chiqarishning o‘zida hunar egalladi. Shu tariqa ishchilar sinfining umumiy soni ortib bordi. Agar 1940
yilning sentabr oyida respublika sanoatida 141,6 ming nafar ishchi va xizmatchi mehnat qilgan bo‘lsa, urush yillarining oxiriga kelib bu raqam 196,2 ming nafarga yetdi. Lekin bularning aksariyat qismini O‘zbekistonga ko‘chirib keltirilgan korxonalar bilan birga kelgan ishchilar, injener-texnik xodimlar tashkil qilardi.
Ana shunday keskin choralar ko‘rilishiga qaramay urush davri murakkabliklari butun Sovet Ittifoqida bo‘lgani kabi O‘zbekiston harbiy iqtisodiyotiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmadi.
Sanoat obyektlari majburiy ravishda ishga tushirildi, sexlardagi dastgohlar devorlarni tiklash bilan bir vaqtda o‘rnatildi. Sovuq bo‘lishiga qaramay hatto tomi yo‘q binolarda ham mahsulotlar ishlab chiqarildi. Malakali ishchilar o‘rnida endigina o‘qishni tamomlagan o‘smirlar va xotin-qizlar ishlardi. Shu bois, ishlab chiqarish sifati ham, samaradorligi ham past edi.
Biroq ana shunday murakkabliklarga, qiyinchiliklarga qaramay odamlarning hamjihatligi, fidokorona mehnatlari evaziga asosiy vazifa hal etildi. YA’ni SSSR iqtisodiy salohiyatining yarmini yo‘qotgan bo‘lsa-da, qurollanish poygasida ustunlikka erishdi. Bu jarayonda O‘zbekistondagi millionlab mehnatkashlar mehnati ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Odamlarni bo‘lajak g‘alabaga ishonch ilhomlantirgan, fashizmga bo‘lgan chuqur g‘azab va nafrat g‘ayratlantirgan edi.
Misol uchun, «Toshtram» vagon ta’mirlash zavodining temir randalovchisi Pushkareva bir o‘zi ikki dastgohni ishlatib, 1941 yilning iyulida belgilangan rejani 350-470 foizga bajargan.
«Toshqishloqmash» qoliplovchilar brigadasi esa kunlik ishlab chiqarish rejasini 260— 300 foizga yetkazgan. Shuningdek, Namangan viloyatidagi «Yangi turmush» hunarmandchilik korxonasi ishchilari Qirg‘izboyev, Yusupov, Nishonov, Hamroyev, Qodirov va boshqalar belgilangan rejani 500 foiz qilib bajara boshladilar. Respublikada bunday holat ommaviy tus olgan edi. Lekin industriya xodimlarining haddan tashqari og‘ir mehnat qilib ko‘rsatgan jasoratlariga hamma ham dosh berolmasdi. Shu bois, ayrimlar holdan toyib halok bo‘lishardi. «Mehnat qochoqlari» bo‘lgan xizmatchilarni, ishga kechikib kelganlarni jinoiy javobgarlikka tortish hollari ham uchrab turardi.
Lekin ko‘pincha bu ularning o‘z ayblari bilan bo‘lmasdi. Chunki zavodlarga borish uchun odatda 12-16 kilometr masofani piyoda bosib o‘tishga to‘g‘ri kelardi. Transport yo‘q edi. Kiyim-bosh, poyabzal oziq-ovqat yetishmasdi. Ochlik va nihoyatda zo‘riqib mehnat qilish madorni quritishga qaramasdan sanoat xodimlari frontni qurol-yarog‘, jangovar texnika, moddiy resurslar bilan 211

ta’minlash uchun bor imkoniyatlarini ishga solardilar. Ular urush davomida frontga 2100 ta samolyot, 17342 ta aviamotor, 2318 ming dona aviabomba, 17100 ta minomyot, 4500 birlikdan iborat minalarni yo‘q qiluvchi qurol, 60 mingga yaqin harbiy-kimyoviy apparatura, 22 million dona mina va 560 ming dona snaryad, 1 million dona granata, 3 million dona radiolampa, qariyb 300


mingta parashyut, 5 ta bronepoyezd, 18 ta harbiy-sanitariya va hammom-kir yuvish poyezdi, 2200
ta ko‘chma oshxona va shu kabi ko‘plab harbiy anjomlar yetkazib berdi. Birgina respublika yengil sanoat xalq komissarligi korxonalari tomonidan 1941-1945 yillar mobaynida 7518,8 mingta gimnasterka, 2636,7 mingta paxtali nimcha, 2861,5 mingta harbiy etik tayyorlab berildi.
Umuman olganda, O‘zbekistonda urush yillarida 280 ta yangi korxona ishga tushirildi.
Respublikaning sanoat mahsulotlari tayyorlash imkoniyati 1945 yilga kelib 1940 yildagiga nisbatan deyarli ikki baravarga oshdi. Neft qazib olish 4, ko‘mir qazib chiqarish 30 baravardan ziyodga o‘sgan bo‘lsa, metall ishlash tarmoqlari mahsulotlari 4,8, mashinasozlik mahsulotlari 13,4, po‘lat va prokat eritish 2, elektr energiya ishlab chiqarish 2,42 martaga ortdi.
Dushmanni tor-mor keltirish yo‘lida olib borilgan umumxalq kurashida o‘zbek dehqonlarining o‘ziga xos matonat, jasorat ko‘rsatganini ham alohida e’tirof etish zarur. Urush boshqa tarmoqlar kabi respublika qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari oldiga ham o‘ta mas’uliyatli vazifa qo‘ydi. Soha mehnatkashlari front va mamlakat ichkarisini qishloq xo‘jalik mahsulotlari, sanoat tizimini esa zarur xomashyo bilan barqaror ta’minlashi zarur edi. Buning uchun qisqa muddat ichida agrar sohani ham harbiy tizimga o‘tkazish lozim edi. Qishloq xo‘jaligining barcha moddiy resurslarini safarbar etgan holda texnika ekinlari, don, kartoshka va sabzavotlar ekishni keskin ko‘paytirish talab etilardi. Respublika chorvadorlari oldiga ham o‘ta ma’suliyatli vazifalar qo‘yildi. Ular armiya uchun ham, aholi uchun ham go‘sht-sut mahsulotlari ishlab chiqarishi zarur edi. Bu vazifalarni hal etish faqat ishchi kuchiga, fidokorona mehnat qilishga bog‘liq emasdi. Bir qator omillar bor ediki, bu vaziyat yanada taranglashtirdi, juda katta kuch sarf etishni talab etdi.
Birinchidan, Markazning ko‘p yillardan bo‘yon paxta yakkahokimligi siyosatini yuritib kelishi tufayli respublika dehqonchiligining butun tarkibi asosan paxta yetishtirishga moslashtirilgan edi.
Don ekinlari yetishtirish ikkinchi darajaga tushib qolgandi. G‘alla asosan RSFSR va Ukrainadan tashib keltirilardi. Sovet Ittifoqning g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan tumanlarini dushman bosib olgandi. Bu esa O‘zbekiston agrar tarmog‘i oldiga o‘z g‘allasi bilan o‘zini ta’minlash vazifasini qo‘ydi. Ammo buning uchun zarur texnika, mutaxassislar yo‘q edi. Paxtayakkahokimligi siyosati natijasida ajdodlar tajribasi biroz unutilgan, buning ustiga stalincha ma’muriyat O‘zbekiston rahbariyati oldiga «oziq-ovqat bilan o‘zini-o‘zi ta’minlash» vazifasini qo‘yar ekan, buni aslo paxta ekishni kamaytirish hisobiga amalga oshirmaslikni talab qilardi. Qolaversa, urush sharoitida paxta mudofaa sanoati uchun g‘oyat muhim xom ashyo hisoblanardi. Shu bois ham paxta maydonlarini kamaytirishga yo‘l qo‘yilmasdi.
Soha mehnatkashlari oldiga qo‘yilgan qiyin va mas’uliyatli vazifani uddalashning yana bir murakkab tomoni, urush boshlanishi bilan agrar ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi zaiflashib qolgandi. Obyektiv voqeliklar tufayli MTS, kolxozlar, sovxozlarning transport vositalari izchillik bilan qisqarib bordi. Traktorlar va boshqa qishloq xo‘jalik mashinalari yetkazib berilishi amalda to‘xtatildi. Agrar korxonalarni ehtiyot qismlar, o‘g‘itlar va yonilg‘i bilan ta’minlash keskin kamaytirildi. Natijada qo‘l mehnatining ulushi haddan tashqari ortib ketdi, ot-ulov bilan bajariladigan ishlar hajmi ko‘paydi. Asosan sigirlar bilan yer haydalar va omoch kabi oddiy mehnat qurollaridan foydalanishga majbur bo‘lindi.
Shuningdek, sohada kadrlar masalasi ham achinarli ahvolda edi. Chunki, malakali kadrlar va mehnatga layoqatli qishloq aholisining asosiy qismi urushga ketgandi. Qolaversa, 155 mingdan ortiq ishga yaroqli o‘zbekistonliklar mehnat batalyonlariga (trudoviklar) mardikor sifatida safarbar qilinib, Rossiyaning harbiy sanoati va qurilish ishlariga yuborildi. Buning natijasida 1941-1942
yillardayoq O‘zbekistonda mehnatga layoqatli kolxozchilar soni 20 foizga, 1945 yilga kelib esa qariyb 40 foizga qisqarib ketdi. Ayniqsa, mexanizatorlar soni keskin kamaydi. Masalan, urush boshlarida mexanizatorlar va kombaynchilarning umumiy soni 27888 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, 1942 yilda esa bu raqam 2775 nafarga tushib ketdi. 1943 yilga kelib yanada qisqardi. Shu bois, sohadagi ishlab chiqarishga xotin-qizlar, keksalar, o‘smirlar keng jalb qilindi. Ular hisobiga sanoatda bo‘lgani kabi qishloq xo‘jaligida ham erkaklar o‘rni birmuncha qoplandi.
Barcha qiyinchiliklar va yetishmovliklarga qaramay qishloq mehnatkashlari ham qalb amri, burch va or-nomus dav’ati bilan frontga yordam ko‘rsatish uchun umumxalq yurishiga faollik bilan 212

qo‘shildi. Misol uchun, Sariosiyo tumanida yashovchi M.Xidirova 40 kunda front uchun 10800


kilogramm paxta terib berdi. Shu tumandagi «Ittifoq» qishloq xo‘jalik artelining kolxozchilari Sh.Bobojonova, A.Yoqubova, M.Azimova ham haqiqiy jasorat ko‘rsatib, kunlik rejani 2-3
baravarga oshirib bajardi. Bunday jasoratni, bunday fidokorona mehnatni respublikaning barcha hududlarida kuzatish mumkin edi. Natijada 1941 yilda paxta tayyorlash rejasi 1940 yildagiga nisbatan 45 kun oldin bajarildi. Davlatga 1646 ming tonna «oq oltin» topshirildi. Sohaning boshqa tarmoqlari bo‘yicha ham yuqori ko‘rsatkichlarga erishildi. Qishni qish, sovuqni sovuq demasdan dehqonlar tezda 1942 yil hosiliga zarur shart-sharoit yaratish uchun ishga kirishdi. Avvalo, g‘alla va texnik ekinlar maydonlarini kengaytirish uchun qo‘shimcha yerlar o‘zlashtirishga katta e’tibor berildi. Natijada 1942 yilning bahoriga kelib qo‘shimcha ravishda 220,5 ming gektar yangi hosildor yerlar o‘zlashtirildi.
O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan korxonalarni xomashyo bilan ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jalik ekinlarining nisbati sezilarli ravishda o‘zgardi. 1941 yilgacha har bir tumanda ekin maydonlarining 90 foizi paxta hisobiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, urush yillarida bu maydonlar birmuncha kamaytirildi. Masalan, Farg‘ona viloyatida paxta ekiladigan maydonlar 51 foizga tushirildi. Qolgan sug‘oriladigan yerlarga boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari, shu jumladan, 25 foiziga g‘alla, 4 foiz yerga sabzavot va poliz ekinlari, 16 foiz maydonga beda ekildi. Sohadagi bu islohotlar tezda o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatdi. Oziq-ovqat mahsulotlari sezilarli darajada ko‘paydi.
Urush davrida respublika g‘allakorlari mamlakatga 82 million pud g‘alla, 213 ming sentner sholi yetkazib berdi.
Respublika dehqonlari qand lavlagi yetishtirishni jadal o‘zlashtirishga katta e’tibor berishdi.
Xususan, buning uchun Samarqand, Farg‘ona, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida eng hosildor yerlar ajratildi. 1943 yilda qishloq mehnatkashlari davlatga 1565 ming sentner qand lavlagi yetkazib berdi. Shu tariqa O‘zbekiston butun Sovet Ittifoqida yetishtiriladigan qand lavlagining chorak qismini ishlab chiqara boshladi. Bu esa, faqat O‘zbekistondagi qand ishlab chiqarish zavodlarinigina emas, balki boshqa respublikalarni ham qand lavlagisi bilan ta’minlash imkonini berdi.
O‘zbekiston qishloq mehnatkashlari kungaboqar yetishtirishni ham tezda o‘zlashtirib olishdi.
Shuningdek, zig‘ir va kanop singari texnik ekinlar ham yetishtirila boshlandi. Makkajo‘xori, kunjut tayyorlash keskin oshirildi. Xususan, 1942 yilda butun SSSRdagi kunjut ekiladigan maydonlarning 50 foizi O‘zbekiston hududiga to‘g‘ri kelardi. Urush yillarida ipakchilik tarmog‘ini rivojlantirish ham muhim strategik ahamiyatga ega edi. Shu bois, bu tarmoq ham rivojlantirildi. Natijada 1940
yilda butun ittifoq mikyosidagi 47,8 foiz pilla O‘zbekistonda yetishtirilgan bo‘lsa, 1945 yilga kelib bu ko‘rsatkich 59,3 foizga yetdi. Bundan tashqari, respublikamizning mamlakatdagi yirik meva, sabzavot va poliz ekinlari yetishtiruvchi hudud sifatidagi roli ham yanada oshdi. Masalan, sabzavotlar ekiladigan maydonlar 1939 yilda 16 ming 517 gektarni tashkil etgan bo‘lsa, 1942 yilda 29 ming gektarga kengaydi. Kartoshka ekiladigan hudud urushdan oldingi davrga nisbatan 15 ming gektarga ko‘paydi. Uzumzorlar maydoni ham yildan-yilga kengayib bordi. Xususan, 1940 yilda 26
ming 661 gektarda uzum yetishtirilgan bo‘lsa, 1943 yilda bu maydon 31 ming 723 gektarni tashkil etdi.
Lekin urush yillarida qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlari ham bir xilda rivojlanmadi. Davr qiyinchiliklari, sovet dehqonchilik tizimining ichki illatlari ayrim tarmoqlarga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Jumladan, urush yillarida bog‘dorchilik tarmog‘i nochor ahvolga tushib qoldi. Natijada respublikamizda 1945 yilga kelib ho‘l meva yetishtirish 1940 yildagiga nisbatan 3 baravarga kamayib ketdi. Bu tarmoqda rejadagi topshiriqlar aksariyat hollarda qishloq meknatkashlarining yordamchi xo‘jaliklarida yetishtirilgan mahsulotlarni musodara qilish yo‘li bilan bajarilardi. Bu esa minglab oilalarni yanada qiyin, murakkab ahvolga solib qo‘yardi.
Urush davrining qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq ziddiyatlari, murakkabliklari, ayniqsa, paxtachilikda yaqqol namoyon bo‘ldi. O‘zbekiston agrar tizimining o‘zgarishiga qaramasdan, paxta respublika qishloq xo‘jalik ekinlari orasida ustun mavqeda bo‘lib qolaverdi. Sovet Ittifoqi rahbariyati esa paxta yetishtirishni sezilarli ravishda oshirishni qatiy talab qilardi. Natajada paxtakorlar urushning dastlabki kunlaridan boshlab har kilogramm paxta uchun zo‘r berib kurashdi.
Ammo paxta yetishtirish hajmi yil sayin qisqarib bordi. Ayniqsa, 1943 yil respublika paxtakorlari uchun eng qiyin yil bo‘ldi. Chunki sohada yuz bergan jiddiy o‘zgarishlar natijasida paxta maydonlari qisqartirilib, oziq-ovqat ekinlari hududi kengaytirildi. Misol uchun, 1940 yilda 927690
213

gektar maydonda paxta yetishtirilgan bo‘lsa, 1943 yilda bu raqam 625343 gektarga tushib qoldi.


Paxta hosildorligining kamayib ketishi muammoni yanada keskinlashtirdi. 1942-1943 yillarda kolxozlarda hosildorlik gektariga o‘rtacha 17,4 sentnerdan 7,1 sentnerga, sovxozlarda esa 27,1
sentnerdan 8,8 sentnerga pasayib ketdi. Natijada 1943 yilda O‘zbekistonda 495 ming tonna paxta tayyorlandi. Bu rejaning 57,7 foizini tashkil etardi.
Muammoning bunday keskinlashuviga yuqorida sanab o‘tilgan omillar bilan birga ishchi kuchining tobora kamayib borishi, mineral o‘g‘itlarning yetishmasligi, mexanizatsiya darajasining keskin qisqargan ham jiddiy ta’sir qilgandi. Qolaversa, boshqaruvdagi ma’muriy-buyruqbozlik illati ham muammoning yanada jiddiy tus olishiga olib keldi. Shu manoda, 1942-1943 yillarda erishilgan natijalar dehqonlar va qishloq mehnatkashlarining juda katta jismoniy, ma’naviy jasorati, kuchg‘ayrati fidoiyligi, butun o‘zbek xalqining bergan qurbonlari evaziga qo‘lga kiritilganini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Biroq Markaz obyektiv voqeylik bilan hisoblashishni istamasdi. 1944 yilning boshlarida O‘zbekiston rahbariyati shoshilinch ravishda Moskvaga - VKP(b) MK tashkiliy byurosining majlisiga chaqirtirildi. Majlisda raislik qilgan A.S.Shcherbakov O‘z KP MKning birinchi kotibi Usmon Yusupovning hisobotini qo‘pollik bilan bo‘lib: «O‘rtoq Yusupov, mamlakat uchun og‘ir bo‘lgan shunday vaqtda siz armiya va xalqni ishtonsiz qo‘ymoqchimisiz?» degan edi.
Respublikadagi haqiqiy ahvolni anglab yetishni istamagan tashkiliy byuro U.Yusupovni paxta maydonlarini asossiz qisqartirganlikda ayblab, unga «qattiq hayfsan» e’lon qildi. VKP (b) MK
maxsus qaror qabul qilib, unda 1944 yilning o‘zidayoq O‘zbekistonda paxtachilik urushdan oldingi darajaga yetkazilishi, keyinchalik esa paxta yetkazib berishni muntazam ko‘paytirib borish vazifa qilib belgilab qo‘yildi.
Mazkur qarorga binoan respublikada paxtachilikni tiklashga qaratilgan keng tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Paxtakorlarning fidokorona mehnati natijasida 1944 yil dekabr oyining oxiriga kelib O‘zbekiston paxta tayyorlash rejasini 101,4 foizga bajardi. Markazga 820 ming tonna paxta topshirildi. Bu 1943 yildagiga nisbatan 325 ming tonnaga ko‘p edi. Hosildorlik 1,5 baravar ortdi.
Bu o‘zbek dehqonlari erishgan katta g‘alaba edi.
1945 yilda O‘zbekiston mehkatkashlari Sobiq Ittifoqqa 824 ming 200 tonna «oq oltin»
topshirdi. Shu tariqa, qiyinchiliklarga, murakkibliklarga qaramasdan o‘zbek paxtakorlari front va mamlakat ichkarisining paxtaga bo‘lgan asosiy ehtiyojlarini ta’minlashga juda katta hissa qo‘shdi.
Qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri chorvachilik edi. Lekin bu tarmoq Sovet davlatining dastlabki yillarda yo‘l qo‘ygan jiddiy xatolari tufayli hali o‘zini o‘nglab olishga ulgurmagan, urush davriga kelib esa yanada nochor ahvolga tushib qolgandi. Natijada respublikada chorva mollari soni keskin qisqarib ketdi. 1941 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, jamoat sektorida 8403,1
ming bosh chorva mollari hisobga olingan bo‘lsa, 1944 yilning 1 yanvariga kelib bu raqam 7798,9
ming boshga tushib qoldi. Shuningdek, shaxsiy xo‘jaliklarda ham keskin qisqarishlar ro‘y berdi.
1941 yil 1 yanvarda shaxsiy xo‘jaliklarda barcha turdagi chorva mollari soni 3249,7 ming boshni tashkil qilgan bo‘lsa, 1944 yilga kelib ular soni 1385,8 ming boshga kamayib ketdi.
Umuman olganda, urush yillarida O‘zbekiston dehqonlari davlatga 4 million 148 ming tonna paxta, 82 million pud g‘alla, 54067 tonna pilla, 195 ming tonna sholi, 57 ming 444 tonna meva, 36
ming tonna quritilgan meva, 159 ming 300 tonna go‘sht, 22 ming 300 tonna jun va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berdi. Bu O‘zbekiston qishloq xo‘jalik sohasidagi mehnatkashlarining tinimsiz mehnatlari mahsuli, o‘zi yemay-ichmay dushmanni tor-mor qilish uchun umumxalq kurashiga qo‘shgan munosib hissasi edi.
O‘zbekistonliklar Ikkinchi jahon urushida - kuchli va makkor dushmanga qarshi yurt uchun, Vatan uchun olib borilgan ayovsiz, qonli janglarda yuksak qahramonlik, mardlik, jasorat ko‘rsatib, haqiqiy o‘zbekona vatanparvarlikni namoyon etdi. Bu urushda O‘zbekistondan 1 million 433230
nafar kishi ishtirok etdi. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, bir qaragandabu raqam uncha katta tuyulmasligi mumkin. Lekin 1941 yilda O‘zbekiston aholisi bor-yug‘i 6,5 million kishi ekanini eslasak, respublika xalqi boshiga tushgan sinovlar naqadar katta ekani yaqqol ko‘rinadi.
Keltirib o‘tilgan ma’lumotlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, insoniyat boshiga misli ko‘rilmagan kulfatlarni, ofatlarni olib kelgan bu sovuq urushga O‘zbekiston aholisining 22 foizi bevosita jalb etilgan. Agar aholining yarmini ayollar, bolalar va keksalar tashkil etishini hisobga olsak,mehnatga yaroqli fuqarolarning 40-42 foizi frontda jang qilgani ayon bo‘ladi. Urushga tortilganlarning bunday yuqori salmog‘i fashizmga qarshi koalitsiyadagi ayrim mamlakatlar uchungina xos edi.Eng 214

ayanchlisi, bosqinchilarga qarshi olib borilgan ayovsiz, qonli janglarda 263005 nafar yurtdoshimiz halok bo‘lgan, 132670 nafari bedarak yo‘qolgan, 60452 nafar vatandoshimiz nogiron bo‘lib qolgan.


Ayniqsa, 1941 yilda juda ko‘p qurbonlar berildi. Chunki favqulodda qisqa muddat ichida Vatan himoyasiga otlangan jangchilarning qahramonona qarshiligiga qaramasdan, fashistlar armiyasi nafaqat mamlakat ichkarisiga kirib ulgurdi, balki Sovet Ittifoqining muhim markaziy hududlariga jiddiy ziyon yetkazdi. Bugungi kunda shu narsa ayon bo‘layaptiki, SSSRga hujum qilishga puxta va oldindan tayyorgarlik ko‘rgan fashistlar Germaniyasidan farqli o‘laroq stalincha rahbariyatning yo‘l qo‘ygan xatolarisababli Sovet Ittifoqi kutilmagan hujumga dosh bera olmadi.
Aniqrog‘i bunga tayyor bo‘lmagan. Shu bois, urushning boshlang‘ich bosqichida berilgan son-sanoqsiz qurbonlar uchun aynan mustabid sovet davlatining yuqori partiya-davlat tabaqasi tarixan javobgardir. Biroq SSSR urushga umuman hozirlik ko‘rmagan edi, deyish noo‘rin. Stalincha ma’muriyat «jahon sotsialistik inqilobi»ni avj oldirish strategiyasidan kelib chiqib, harbiy salohiyatni rivojlantirishga ustuvor darajada ahamiyat bergandi. Xususan, 1930yillarda mamlakatda harbiy ishlab chiqarish sanoati rivojlantirilib, qator yangi qurol va texnikalar yaratildi. Afsuski, yaratilgan ushbu yangi qurol va texnikalarningkatta qismi jangchilarga 1941 yilning yozida emas, aksincha, ancha kech yetib bordi.Shuningdek, urushning dastlabki yilida sanoqsiz qurbonlar berilishining yana bir omili, yuqorida aytilgandek,Stalin tomonidan sanoat rahbarlariga, harbiy texnika konstruktorlariga, muhandislariga qarshi olib borilgan asossiz qatag‘onlardir. Armiyadagi ommaviy qatag‘onlar ham sovet qurolli kuchlarini zaiflashtirib qo‘ygandi. Birgina, 1937 yilning may oyidan sentabr oyiga qadar polk qo‘mondonlarining yarmi, diviziya, brigada, korpus va harbiy okruglarning barcha qo‘mondonlari — hammasi bo‘lib 40 mingdan ortiq kishi qatag‘on qilindi.
Natijadaqo‘mondonlik tarkibining kasbiy tayyorgarligi keskin pasayib ketdi. Bu esa urushning dastlabki kunlarida yaqqol namoyon bo‘ldi va aynan shuning hisobigajuda katta qurbonlar berildi.
Mana bu misollar ham yuqoridagi fikrimizni to‘la tasdiqlaydi. Urushning boshlarida qizil armiya qo‘mondonlarining atigi 7 foizi oliy harbiy ma’lumotga ega edi, 37 foizi esa hatto o‘rta ma’lumotga ham ega emasdi.
Harbiy sohadagi qatag‘onlarga urush arafasidagi harbiy-siyosiy vaziyatda yo‘l qo‘yilgan qo‘pol xatolar qo‘shilib, muammoni yanada keskinlashtirdi. Fashistlar Germaniyasining SSSRga qarshi boshlayotgan urush xavfi to‘g‘risida sovet harbiy razvedkasi agentlari vachet el antifashistlarining ogohlantirishlariga qaramay, stalincha raxbariyat go‘yo xatar birinchi navbatda Yaponiyadan boshlanadi, degan xato fikrga qattiq yopishib olgandi. Xususan,1941 yilda Stalin Germaniya Ittifoqqa hujum qilmaydi, degan fikrni ko‘p bora takrorlagandi. Oqibatda g‘arbiy chegaralar mudofaasini mustahkamlashga yetarli darajada e’tibor berilmadi. Siyosiy rahbariyatning ana shunday qo‘pol xatolari va nuqsonlari mamlakatga, shu jumladan, O‘zbekiston xalqiga ham cheksiz g‘am-alam, iztirob, qayg‘u olib keldi.
O‘zbekistonda umumqo‘shin tuzilmalaridan tashqari 14 ta milliy qo‘shilma va qismlar tashkil etilgandi. Aynan mamlakatimizda tuzilgan ko‘pgina jangovar bo‘linmalar urushning hal qiluvchi operatsiyalarida faol ishtirok etdi.Yurtdoshlarimiz Moskvadan Berlingacha bo‘lgan janglarda juda katta qahramonlik, jasorat ko‘rsatib, fashist bosqinchilarini tor-mor etishga ulkan hissa qo‘shdi.
Shu o‘rinda aytish kerakki, bosqinchilarni birinchi bo‘lib chegarachilar qarshi olishgandi.Albatta, tarix ularning mardligi, jasorati va qahramonligini unutmaydi. Ana shunday jasur, mard, qahramon chegarachilar orasida o‘zbekistonlik jangchilar ham ko‘p edi. Masalan, 22
iyun kuni tongotar paytida Grodno yaqinidagi chegara zastavasi jangni birinchilardan bo‘lib qabul qildi. Zastavaning qahramonona mudofaasiga leytenant Usov va siyosiy rahbar Sharipov boshchilik qiladi. Mard va jasur chegarachilarning barchasi o‘limga tik boqib, dushman bilan ayovsiz jang qildi. Ushbu jangda zastavaning oxirgi himoyachisi ham xalok bo‘lgandan keyingina fashistlar bu hududga kirishga muvaffaq bo‘ldilar.
Vatan himoyachilarining mardligi, jasorati ramzi bo‘lib qolgan afsonaviy Brest qal’asini mudofaa qilishda ham o‘zbekistonlik jangchilar faol ishtirok etib, ko‘plab qahramonlik ko‘rsatishgan.
Xususan, garnizonda bo‘lgan AhmadAliyev, Doniyor Abdullayev, Bobokomil Kashanov, UzoqO‘tayev, Nurum Siddiqov, Madamin Xojiyev, YE.Liss, Rahimboy Arslonboyev, Saidahmad Boytemirov, F.Layenkov kabi o‘zbekistonlik jangchilar dushman bilan ayovsiz jang olib borgan.
Dastlabki mudofaa janglari haqida gapirganda, shuni alohida ta’kidlab o‘tish muhimki, askarlarning qahramonligi, afsuski, urushning dastlabki kunlaridagi tartibsizliklar bilan bir butun bo‘lib qo‘shilib ketgan edi. Qizil armiyaning yalpi mudofaa fronti yo‘q edi. Dushman tashabbusni o‘z qo‘liga olib, 215

zarba berardi. Natija qizil armiya chekinishga majbur bo‘ldi. Juda ko‘p qurbon berildi, katta miqdorda texnika yo‘qotildi.


Harbiy harakatlarning dastlabki uch haftasi mobaynida bosqinchilar armiyasi mamlakat ichkarisiga yuzlab kilometr kirib keldi. Dushman bir kechakunduzda taxminan 30 kilometr hududni bosib o‘tardi. Natijada Latviya, Litva, Estoniya, Moldaviya, Belorussiya va Ukrainaning janubiy qismlari bosib olindi. Urushning boshlang‘ich bosqichidayoqqizil armiyaningg‘arbiy chegaradagi 170 diviziyasidan 28 tasi to‘liq safdan chiqqan, 70 tasi yarmigacha odami va jangovar texnikasidan mahrum bo‘lgandi. Stalin bunday chigal muammoni ham sinalgan ma’muriy-qatag‘on usulida hal qilishga intildi. Deyarli har kuni armiyalar, frontlarning qo‘mondonlari almashtirilardi. Bir qismi boshqalarniqo‘rqitish uchun otib tashlanardi.Stalin harakatdagi armiyaning o‘rta va oddiy tarkibiga nisbatan ham qo‘rqitishning ana shunday zolimona usulini tatbiq etdi. Masalan, uning 1941 yil 16
avgustda e’lon qilgan buyrug‘iga binoan, asirga tushganlar o‘ta ketgan dezertirlar, ya’ni harbiy xizmatni tashlab ketganlar deb e’lon qilingan.Ularning oilalari esa «qasamyodni buzganlarning va Vatanni sotganlarning oilasi sifatida qamash»ga mahkum etilgan.Bundan biroz vaqt o‘tib, ya’ni 1942 yil28 iyulda mashhur 227 sonli buyruq e’lon qilinadi. Unga asosan to‘siqchi (zagraditelniy otryad) otryadlar va jarimachi (shtrafnoy batalyon) batalyonlar tashkil etish taklif qilindi. Ushbu yangi tuzilmalar orqaga chekingan askarlarni otib tashlashi kerak edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, jarimachi batalyonlar safida 1,5 milliondan ortiq kishi bo‘lgan.
Bunday zulmkor, vahshiyonoa stalincha choralar amalda ko‘p ham o‘zini oqlamadi. 1941 yilning oktabriga kelib jangovar harakatlar borayotgan frontlardagi vaziyat nihoyatda og‘ir edi.
Strategik jihatdan o‘ta muhim markazlar va aholi punktlari bosib olingandi. SSSR bu vaqtga kelib 2
miliondan ortiq fuqarosidan yoki mavjud harbiy kontingentning 70 foizidan ortig‘idan ajralib bo‘lgandi. Shuningdek, 8,3 mingta tankidan, 43,3 mingta to‘pidan, 8,2 mingta samolyotidan ayrilgandi. Agar taqqoslaydigan bo‘lsak, dushmanning yo‘qotishlari unchalik ko‘p emasdi.
Xususan, ulardagi yo‘qotishlar odamlar tarkibi bo‘yicha 0,5 million kishiga (qariyb 20 foiz), tanklar bo‘yicha 1,8 ming (qariyb 60 foiz), samolyotlar bo‘yicha 1,6 ming dona (30 foizdan ortiq)ga teng edi.
Shu tariqa stalincha rahbariyatning noshudligi, qo‘pol xatolari tufayli millionlab odamlar qurbon bo‘ldi.Ana shunday og‘ir, murakkab vaziyat bo‘lishiga qaramay, jangchilardagi o‘ziga bo‘lgan ishonch saqlanib qolgandi. ular yurtni, Vatanni himoya qilishni oliy burch, sharaf deb bildi.
Shu bois, ular nihoyatda charchagan, o‘q-dorilar va qurollar bilan yaxshi ta’minlanmagan bo‘lsa-da, dushman bilan ayovsiz jang qildi. Misol uchun, Smolensk jangi amalda uch oy - 10 iyuldan 10
oktabrgacha davom etdi. Sovet qismlari bir oy mobaynida Odessa ostonalarida dushmanning ayovsiz hujumlarini qaytarishga erishdi. Gitlerchilar 1941 yil 8 sentabrda qamal qilgan Leningradni uch yilda ham bosib olishning uddasidan chiqolmadi. Bunday misollar ko‘plab keltirish mumkin.
Jangchilar mardligi, qahramonligi, jasorati bois,urush harakatlari olib borilgan barchahududlarda dushmanga ana shunday ayovsiz zarba berildi, qarshilik ko‘rsatildi. Ular safida o‘zbekistonliklar ham bor edi. Odamlar Vatani uchun jon berib, ko‘kragini qalqon qilib yurtni himoya qilar ekan, stalincha rahbariyatning mustabidligiga, zulmkor, shafqatsiz choralarini qo‘llashiga aslo hojat yo‘q edi.
Vatanparvar jangchilar jasorati, qahramonligiga qaramay, stalincha rahbariyatning harbiy-moddiy bazasini ta’minlashdagi qo‘pol xatolari va urushdan oldingi harbiy siyosatdagi nuqsonlar qo‘shilib,ayanchli oqibatlar yuzaga keldi. 1941 yilning kuziga kelib, frontdagi vaziyat hamon nemislar foydasiga hal bo‘layotgan edi. Dushman Moskvaga toborayaqinlashib qolgandi. Ana shunday og‘ir bir sharoitda Vatan himoyasiga otlangan keng xalq ommasi, shu jumladan, o‘zbekistonliklarning mislsiz kuch-g‘ayrat sarflashi, son-sanoqsiz qurbon berishi, o‘g‘lonlarimiz ko‘rsatgan matonat, jasorat evazigadushman nafaqat Moskva ostonasida to‘xtatib qolindi, balki Berlin tomonga g‘olibona yurish boshlashga muvaffaq bo‘lindi.
Moskva jangi kunlari Sovet Ittifoqining hamma burchaklaridan, shu jumladan, O‘zbekistondan ham uzluksiz yordamchi kuchlar yetkazib turildi, u yerga harbiy eshelonlar jo‘natildi. Natijada qarshilik ko‘rsatish kuchlari kun sayin ortib bordi. Aksincha, bosqinchilarning hujumkorlik quvvati sezilarli ravishda pasayib bordi.1941 yilning 5 dekabriga kelib Moskva ostonalaridagi jangda hal qiluvchi onlar boshlandi. Sovet qo‘shinlari qarshi hujumga o‘tdi. 1942
yilning yanvari oyi boshlarida dushman 100-250 kilometr orqaga chekinishga majbur bo‘ldi. Shu tariqa, Moskvaga bo‘layotgan bevosita tahdidga barham berildi. Bu gitlerchilarning Ikkinchi jahon 216

urushidagi ilk yirik mag‘lubiyati bo‘lib, «yashin tezligidagi urush» rejasining to‘la-to‘kis inqirozga uchraganini bildirardi.


Moskva himoyachilarining jangovar saflarida O‘zbekiston vakillari ham munosib o‘rin egalladi. Xususan, mudofaa janglarining borishida Turkiston harbiy okrugida tashkil etilgan 316-o‘qchi diviziyasi mislsiz jasorat ko‘rsatdi. Toshkentdagi harbiy va harbiy-siyosiy bilim yurtlarining 180 nafar tinglovchisi diviziyaning qo‘mondonlik va siyosiy tarkibi o‘zagini tashkil etdi.
Diviziyaga general-mayor I.Panfilov qo‘mondonlik kildi. Uning qo‘mondonligida diviziya o‘zlaridan bir necha baravar ustun dushman kuchlariga qarshi jang qilib, juda katta matonat, jasorat va qahramonlik ko‘rsatdi. Jangovar harakatlar mobaynida dushmanning 114 ta tanki, 5 ta samolyot va boshka ko‘plab texnikalari ishdan chiqarildi. 26 mingdan ortiq askar va zobitlari yo‘q qilindi.Shuningdek, Asosan O‘zbekistonliklardan iborat ushbu dviziya jangchilarining Volokolamsk yonida, Dubosekovo razyezdi yakinida, Novo-Petrovskda ko‘rsatgan jasoratlari yuksak harbiy mahorat va vatanparvarlik timsoli sifatida Ikkinchi jahon urushi tarixiga yozib qo‘yildi. Xususan, yurtdoshlarimiz Abdulla Tog‘ayev va Mamadali Madaminov Volokolamsk shossesida kechgan shafqatsiz janglarda 35 nafar fashistni yo‘q qildi. Leytenant Pilyugin to‘qqiz jangchisi bilan og‘ir mudofaa janglarida 43 nafar gitlerchini yer tishlatdi, 150 ta avtomat, 11 ming dona o‘q hamda oziq-ovqat va kiyim-kechak ortilgan yuk karvonini qo‘lga kiritdi.
Moskva jangi frontlarida o‘zbek xalqining mard va jasurqizlari ham mardona jang qildi. Ular orasida 28 fashistni yer tishlatgan Zeboxon G‘aniyeva ham bor edi. U ko‘rsatgan mardligi va jasorati uchun Qizil Bayroq ordeni bilan mukofotlandi.FashistlarniMoskva ostonalaridayoqtor-mor etish juda muhim ahamiyatga ega edi. Shu bois, sovet hukumati «Moskva mudofaasi uchun» degan maxsus medal ta’sis etdi. O‘zbekiston jangchilaridan 1753 nafari ana shu medal bilan mukofotlandi.
Sovet armiyasining Moskva ostonalarida erishgang‘alabasi gitlerchilar qo‘shinlarining yengilmasligi haqidagi fikrlarningnoto‘g‘ri ekanini isbot etdi. Bu g‘alaba SSSRning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini ham oshirib yubordi va boshqa frontlardagi ittifoqchilarning jangovar harakatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Qolaversa, fashizmga qarshi koalitsiya tuzilishini ham jadallashtirdi. 1942 yilning 1 yanvarida 26 ta davlat, jumladan, SSSR, AQSH, Angliya va Xitoy fashistlar blokini tor-mor qilish maqsadidaharbiy va iqtisodiy resurslarni birlashtirish to‘g‘risidagi dekloratsiyani imzoladi. 1942 yilning kuziga kelib fashizmga qarshi koalitsiyaga 34 ta davlat qo‘shildi. Ushbu davlatlarningaholisi qariyb 1,5 milliard kishini tashkil etardi. Moskva jangidagig‘alabadan ruhlanganStalin 1942 yildayoq dushmanni butunlay yo‘q qilish maqsadida barcha frontlarda hujum boshlab yuborish to‘g‘risida buyruq berdi. 1942 yilning yanvarida 2000
kilometr masofaga yoyilgan to‘qqizta front qo‘shinlari hujumga kirishdi.
1942 yil qishki hujum kunlarida o‘zbek xalqining mard o‘g‘loniQo‘chqor Turdiyev nomi butun Janubiy-G‘arbiy frontga yoyildi. U janglarda bir necha marta mardlik va jasorat ko‘rsatib, yuksak darajadagi vatanparvarlik namunasini ko‘rsatgan edi. Ana shu xizmatlari tufayli Qo‘chqor Turdiyevga 1942 yilning may oyida “Sovet IttifoqiQahramoni” unvoni berildi. Afsuski, Vatan himoyachilarining jangovar jasoratlari sovet rahbariyati yo‘l qo‘ygan xatolarni, nuqsonlarni to‘la qoplay olmadi. 1942 yilning may-iyun oylarida qizil armiyaning barcha hujumkor operatsiyalari mag‘lubiyat bilan tugadi. Xususan, Leningrad qamalini yorib o‘tishga qaratilgan navbatdagi urinish barbod bo‘ldi. Krim frontiqaqshatqich zarbaga uchradi. Xarkovni ozod qilishga urinish muvaffaqiyatsiz yakun topdi. Deyarli chorak million kishi qurbon bo‘ldi. Xalok bo‘lganlar orasida o‘n minglab o‘zbekistonlik jangchilar ham bor edi.
1942 yilning birinchi yarmidagi hujum operatsiyalarining mag‘lubiyatga uchrashi sovet-german frontidagi vaziyatni yanada keskinlashtirib yubordi. 25 iyunda dushman Volga va Shimoliy Kavkazga hujum boshladi. Sovet qo‘shinlarining bir qismi qurshovda qoldi. Iyul oyining o‘rtalarida gitlerchilar Don daryosining katta burilish joyiga chiqib oldilar. Butun mamlakat ustiga o‘lim xavfi bostirib kela boshladi.1942 yilning yozi va kuzidagi dahshatli kunlarda Vatan taqdiri hal qilinayotgan og‘ir bir paytda mamlakat xalqlari, shu jumladan, O‘zbekiston xalqining yana bir olijanob fazilati namoyon bo‘ldi. Oktabrda o‘zbek xalqi o‘z jangchilariga ochiq xat bilan murojaat qildi. Ushbu maktubga respublikaning 2.412 ming aholisi imzo qo‘ygandi. Undagi «O‘zbek xalqining shonli an’analariga sodiq bo‘lingiz, jangda qo‘rqish nimaligini bilmangiz!», degan dav’atlar dushman bilan jon olib, jon berib ayovsiz kurashayotgan yurdoshlarimizga kuch, ishonch bag‘ishladi. Ular o‘z xalqi tomonidan otalarcha qilingan nasihatni, dav’atni sharaf bilan ado etdi.
217

O‘zbekistonlik jangchilar Kavkazni himoya qilishda ham yuksak jasorat ko‘rsatdi. «Kavkaz mudofaasi uchun» medali bilan mukofotlanganlar orasida 2974 nafar O‘zbekistonlik borligi ham fikrimizni to‘la isbotlaydi. Vatan himoyachilarining Kavkaz yunalishida olib borgan qahramona kurashi Stalingrad hududida nemis qo‘mondonligining hujumkorlik imkoniyatlarini cheklab qo‘ydi.


Manfur dushman bilan Volga va Don daryolari sohillarida olib borilgan muqaddas jang yilnomasida ham O‘zbekiston vakillarining qahramonliklari yorqin sahifalarda bitilgan. O‘zbek xalqining maktubiga javob xatida g‘arbiy frontda jang qilgan o‘zbek jangchilari «Bizning muqaddas kurashimiz tobora yangi va yangi pahlavonlarni vujudga keltirmoqda», deb yozgan edi. Ular qatorida Adat Bobomurotovning nomini aytib o‘tish mumkin. U bir jangning o‘zida dushmanga tegishli4 ta tankni yo‘qqilgandi. Boboqul Abzalov esa 51 fashistni yer tishlatgandi. Harbiy frontda Qo‘ziboyev, Toshpo‘latov, Abdurasulov hamjasur jangchilar qatoridan o‘rin oldi. Stalingrad fronti qo‘shinlari qo‘mondoni general Yeremenko O‘zbekiston SSR hukumati nomiga yo‘llagan maktubida o‘zbekistonlik jangchilar haqida faxr bilan fikr bildirar ekan, «o‘zbekning yuragi —
sherning yuragidir», deya ta’kidlagandi. Bu shunchaki aytilgan gap, oddiy e’tirof emas. Qolaversa,
«Stalingrad mudofaasi uchun» medali bilan O‘zbekiston jangchilarining 2733 nafari mukofotlangani ham yuqoridagi e’tiroflarni isbot etadi.
Volgadagi qal’a yonida qozonilgan g‘alaba katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. U urushning borishida katta burilish bo‘lishiga asos yaratdi. Aynan ana shu g‘alaba orqali Germaniyaning g‘arbiy qudratiga va harbiy nufuziga putur yetdi. SSSR va uning qurolli kuchlarining esa xalqaro obro‘si oshdi. G‘alaba Yevropada ozodlik harakatining yuksalishiga, fashizmga qarshi koalitsiyaning mustahkamlanishiga imkon berdi.Kurskdagi jang esa burilish yili bo‘lgan 1943
yilning muhim voqeasi bo‘ldi. Bu jangda fashistlar Germaniyasiga shunday qattiq zarba berildiki, bunday dushmanning o‘ziga kelishi qiyin edi. Xususan, ushbu jangdagitlerchilar qariyb 500 ming nafar askar va zobitidan ayrildi. 3 mingta tupi, 1500 ta tanki, 3,7 mingdan ko‘proq samolyotidan mahrum bo‘ldi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng, ya’ni 23 avgustda Sovet jangchilari Xarkovni ozod qildi, noyabrda Kiyevni vao‘ng sohil Ukrainasini dushmandan tozalash boshlandi. Ayni vaqtda hujum boshqa yo‘nalishlardaham rivojlanib bordi.Umuman, 1943 yildagi yozgi-kuzgi hujumlar 2000 kilometr front chizig‘i bo‘ylab avj oldirildi. Natijada Donbass, Taman yarimoroli, Ukrainaning so‘l sohili, Smolensk, Bryansk ozod qilindi, Dnepr kechib o‘tildi. Unga fashistlar qo‘mondonligi katta umid bog‘lagan edi. 1943 yilning oxiriga borib ilgari dushman bosib olgan hududning uchdan ikki qismini ozod qilishga muvaffaq bo‘lindi.
Tabiiyki, erishilgan bu g‘alabalarga o‘zbekistonlik jangchilar katta hissa qo‘shdi. Xususan, 1943 yil yozgi-kuzgi jangovar hujum operatsiyalarida O‘zbekistonda tashkil etilgan harbiy qo‘shilmalar faol ishtirok etdi. Ular orasida 29, 62, 69, 162-o‘qchi diviziyalar va boshqa harbiy qo‘shilmalar bor edi. Ularning shaxsiy tarkibi jang maydonlarida yuksak harbiy ta’lim va jasorat namunalarini ko‘rsatdi. Jumladan, 69-o‘qchi diviziyasi birgina 1943 yil fevral-marti oylarida Oryol-Kursk yunalishidagi janglar vaqtida 39 ta aholi punktini ozod etdi, dushmanning 2 mingdan ortiq askar va zobitlarini yo‘q qildi.Orel-Kursk jangida Sovet Ittifoqi Kahramoni Ahmadjon Shukurov, Voldemar Shalandin, Mansur Abdullin, Ataulla Soliqov katta jasorat, mardlik ko‘rsatib, o‘z nomlarini so‘nmas shon-shuhratga burkab ketdilar.Ana shu jangdagi jasorati bois, minglab o‘zbekistonliklar orden va medallar bilan mukofotlandi. Dneprni kechib o‘tishda ko‘rsatgan qahramonligi uchun Qambarali Do‘smatov, Xudoybergan Shoniyozov, Xayrullo Aminov, O.Krsimxo‘jayev, P.Nurmonov, V.Nabiyev, Elboy Qoraboyev, F.Yo‘ldoshev, P.M.Rjevskiy, A.Uzoqov, N.A.Sarayev, N.A.Traynin, M.T.Koshelev kabi 100 ga yaqin yurtdoshlarimiz Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi.
Kursk yonidagi g‘alaba va undan keyingi ketma-kethujumlar urushga tub burilish yasadi.
Strategik tashabbus to‘laligicha sovet qo‘mondonligi qo‘liga o‘tdi.Bu tashabbusni urushning oxirigacha saklab qolindi.Sovet kurolli kuchlarining 1943 yilgi janglarda erishgan g‘alabasi gitlerchilar koalitsiyasining barbod bo‘lishini tezlashtirdi. Yevropada ingliz-amerika qo‘shinlari operatsiyalarini amalga oshirish uchun kulay vaziyat yaratildi. 1943 yilning sentabr oyida -
ittifoqchilar qo‘shinlari kelib tushgandan keyin Italiya Buyuk Britaniya va AQSH bilan yarashish bitimini imzoladi.Oktabrda Germaniyaga urush e’lon qildi va Mussolini rejimi quladi.
1944 yilning boshlariga kelib nemis-fashist armiyasi bir necha bora mag‘lubiyatga uchrashiga qaramasdan jangovar qobiliyatinihali to‘la yo‘qotmagandi. Sovet armiyasiga qarshilik ko‘rsatish, 218

o‘zini himoya qilish uchun yetarli kuchga ega edi. Qolaversa, Gitlerchilar Germaniyasi va uning ittifoqchilari Ukraina, Belorussiya, Boltiqbo‘yining bir qismini o‘z qo‘lida saqlab qolgan hamda Leningrad devorlari yonida, Kareliya ostonasida turardi. Yevropaning katta qismi ham gitlerchilar qo‘l ostida edi.1944 yilda sovet-german frontining shimoliy va janubiy qanotlarida bir vaqtning o‘zida keng miqyosli hujum operatsiyalari boshlandi. Yanvar-fevralda Leningrad, Volxov va 2-Boltiqbo‘yi frontlarining qo‘shinlari Boltiq floti bilan birgalikda «Shimol» armiyalari guruhiga qaqshatqich zarba berib, Leningrad va Novgorod viloyatlarini ozod qildi. Estoniya hududiga kirib, Finlyandiya chegarasiga chiqdilar.


Ukrainaning o‘ng sohilini ozod qilish operatsiyasi kuchaytirildi. 1-Ukraina fronti va 2-Ukraina frontining qo‘shinlari dushmanning Korsun-Shevchenko guruhini o‘rab olishdi. Aprelning o‘rtalarida 1-Ukraina frontining qo‘shinlari Karpat tog‘lari yonbag‘irlariga yaqinlashib qolgandi. 25
mart oxiriga borib 2-Ukraina frontining qo‘shilmalari davlat chegarasigacha yetib bordi.1944
yilning yozida Belorussiya ozod qilindi. Qizil armiyaning Kareliyadagi muvaffaqiyatli operatsiyalari Germaniya ittifoqchilaridan biri bo‘lgan Finlyandiyaning urushdan chiqishiga olib keldi. Dushmanning Boltiqbo‘yidagi 30 dan ortiq diviziyasi Latviyaning kichik bir hududiga siqib qo‘yildi va 1945 yilning may oyida asir olindi. Vilnyus, Tallin, Riga ozod etildi. Shu tariqa mamlakat hududi fashist bosqinchilaridan to‘la-to‘kis tozalandi. Bu jarayonga o‘zbekistonlik jangchilar ham salmoqli hissa qo‘shdi. Ularning jangovar jasoratlari sovet- german frontining barcha qismlarida amalga oshirilgan ozod qilish operatsiyalarida yaqqol namoyon bo‘ldi.Xususan, Ukrainada mardona jang qilgan qismlar safida Turkiston harbiy okrugida tashkil etilgan 13-gvardiyachi otliq Rovno diviziyasi, 213-yangi Ukraina diviziyasi, 563-otliq diviziya alohida o‘rnak ko‘rsatdi. Mazkur diviziya Korsun-Shevchenko operatsiyasida faol ishtirok etgani uchun Korsun diviziyasi degan faxrli nomga sazovor bo‘ldi.
Belorussiya yerlarini fashistlardan tozalashda O‘zbekiston hududida tuzilgan 69 va 194-gvardiyachi diviziyalar katta jasorat ko‘rsatdi. Nemis qo‘shinlarining qattiq qarshilik ko‘rsatishiga qaramay, mazkur diviziyalar jangchilari qisqa muddat ichida Belorussiyaning fashist bosqinchilari qo‘lida bo‘lgan Kovel, Turov, Bobruysk, Baranovichi, Slonim va boshqa shaharlari aholisini ozod qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Shuningdek, boshqa xarbiy tuzilmalar tarkibida jang qilgan o‘n minglab o‘zbekistonliklar mardlikda, jasoratda boshqalarga ibrat bo‘ldi. Misol uchun, Gomel viloyatidagi Shari daryosini kechib o‘tish chog‘ida Odil Vohidovning bo‘linmasi alohida ajralib turdi. O‘zbek o‘g‘lonlari ikki kun davomida kamchilik bo‘lishiga qaramay ko‘p sonli fashistlar bilan qattiq olishdi. Ular dushmanning 11 ta hujumini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Ayovsiz jang oxirida faqat ikki kishi —
Vohidov va uning hamshahari Yuldosh Bahromov tirik qolgandi. Ular oxirgi granatalarini beliga bog‘lab, o‘z hayotlari evaziga dushmanning ikkita tankini yo‘qqilib, yuksak jasorat ko‘rsatdi.Urush davomida boshqa harbiy bo‘linmalarda xam o‘zbekistonlik qahramonlar soni ortib bordi. Xususan, Belorussiyani ozod qilish uchun olib borilgan janglarda ko‘rsatgan mardlik va jasorati uchun serjant Soli Adashev, Ro‘zi Azimov, artilleriyachi M.P.Akimov, kapitan P.A.Arefyev, yefreytor M.A.Arutyunov, general-mayor A.I.Baksov, starshina I.Xo‘jayev, kapitan Rudom Yoqubov va boshqalar Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekistonlik jangchilarning Boltiqbuyi respublikalarini fashist bosqinchilardan ozod qilishda olib borgan qahramona jangi Ikkinchi jahon urushi tarixiga uchmas sahifa bo‘lib kirdi.
Boltiqbuyi janglaridagi jasorati uchun ko‘plab o‘zbekistonliklar Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi. Ana shunday oliy mukofotga sazovor bo‘lganlar orasida o‘qchi O‘rinboy Abdullayev, starshina YE.I.Ivanin, serjant YEA.Voinshin, mayor B.A.Vinenskiy, kapitan A.I.Volkov, starshina O.P.Dadayev, starshina A.I.Shipin, katga serjant Ne’matjon Hakimov, A.Shokirov kabi mard jangchilar bor edi.
Qizil armiyaning g‘oyibona hujumiga bir qator ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy omillar ham sabab bo‘lgandi. Bu jarayonda partizanlar harakati muhim o‘rin tutadi.Shu ma’noda, sovet-german urushi tarix sahifalariga umumxalq urushi sifatida kirgani bejiz emas. Urushning dastlabki kunlaridan boshlab fashistlar kutilmaganda aholining faol qarshiligiga duch keldi. Fashizmga qarshi kurashgan barcha frontlarda bo‘lgani kabi partizanlar harakatida ham o‘zbek xalqining minglab mard va jasur farzandlari bor edi. Bu haqda gapirganda asosan O‘zbekistonliklardan iborat 2-Leningrad partizanlar brigadasi qahramonligini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. 1942 yil fevralda mazkur brigada tuman markazida va yirik temir yo‘l stansiyasida joylashgan dushman garnizonini 219

tor-mor keltiradi. Partizanlar razvedkasining ma’lumotlariga qaraganda, fashistlar bu yerda katta kuchga ega edi. Operatsiya tunda boshlandi. 22 fevral kunduzi soat 11 larda esa dushman garnizoni tor-mor keltirildi. Natijada 650 nemis askari va zobiti, yirik o‘q dori ombori yo‘qqilindi, 13 ta dzoti ishdan chiqarildi. Shelon daryosi ustidagi ko‘prik portlatilib, dushman o‘tadigan yo‘l buzib qo‘yildi.


Bu operatsiya vaqtida o‘zbekistonliklardan, ayniqsa, Odamboy Murotov, Nig‘mon Rajabov, A.A.Vasilyev, Yunus Nig‘matullin alohida o‘rnak ko‘rsatdi.
O‘zbekiston vakillari ommaviy partizanlar urushining markazi bo‘lib qolgan Belorussiyada ham ana shunday mardonavor jang qildi. O‘zbek xalqining jasur o‘g‘loni Mamadali Topiboldiyev belorus partizanlari orasida hakli ravishda katta obro‘-e’tibor qozongandi. U o‘zining jangovar jasoratlari uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni degan yuksak unvonga sazovor bo‘ldi. Belorussiya partizanlarining qahramonona harakati yilnomasiga G‘affor Sultonov, Tursun Islomov, Yevgeniy Dudkin, Xolmat Tursunov, Vladimir Alyoxin, Jonibek Otaboyev, Oxunjon Kahhorov va boshqa yuzlab o‘zbekistonliklarning nomlari oltin harflar bilan bitildi. Ular Belorussiya tuprog‘ida mardlarcha jang qilgandi.
O‘zbekistonlik partizanlar Ukraina tuprog‘ida ham yuksak jasorat namunalarini ko‘rsatdi.
O‘zbekistonlik partizanlarning janglardagi mardligi, qahramonligi kun sayin ortib bordi. Bu jasoratlar Ikkinchi jahon urushi tarixining o‘chmas sahifasiga kiritildi. O‘zbekistonliklarning Yevropa xalqlarining fashizmga qarshi kurashiga qo‘shgan hissasiham alohida e’tirofga loyiq. 1944
yil kuzining o‘rtalarida SSSR chegaralari deyarli butunlay tiklandi. Dushman quvib chiqarildi.
Lekin sovet mamlakati hududini ozod qilish ayni vaqtda qo‘shni Polsha, Ruminiya, Bolgariya, Vengriya, Chexoslavakiya davlatlarini ham dushmandan tozalash bilan birgalikda olib borildi. Bu hol butunlay boshqacha vaziyatni yuzaga keltirdi. Sovet qismlari kirib borgan mamlakatlar aholisining aksariyati nemis-fashist bosqinchilari rejimini qabul qilmagan edi. Shuning uchun ham sovet qo‘shinlari Sharqiy Yevropaga ozod qiluvchi armiya sifatida kirib borgandi.
Yevropani ozod qilishga o‘zbekistonlik jangchilar ham salmoqli hissa qo‘shdi. Xususan, Polshani ozod qilish uchun olib borilgan og‘ir janglarda birinchi o‘zbek generali S.Rahimov qo‘mondonligidagi 37-gvardiyachi Rechitsk o‘qchi diviziyasi juda katta jasorat ko‘rsatdi. Diviziya qo‘mondonining jangovar mahorati, mardligi evaziga kam yo‘qotish bilan dushmanning yirik tayanch punktlari egallandi. Ular Polshaning Grudzendze, Dzyaldovo va boshqa shaharlarida joylashgandi. 1945 yilning martida general S.Rahimov diviziyasi Dansig ostonalariga yaqinlashib bordi. Bu yerda dushman 50 mingdan ortiq askarlarini, ko‘p mikdordagi artilleriya va harbiy-dengiz floti kemalarini to‘plagan edi. Jang juda og‘ir kechdi.Lekin S.Rahimovning diviziyasi gitlerchilar qo‘shinlarining qattiqqarshiligiga qaramay, shaharga birinchilardan bo‘lib kirdi. Afsuski, 1945 yil 25 martida S.Rahimov qattiq yaralandi va halok bo‘ldi. Rahimovchilar dushmanni tor-mor etib, sevimli qo‘mondonining o‘limi uchun qasos olishga erishadi. Lekin o‘zbek generalining jangovar jasorati o‘z vaqtida taqdirlanmadi. Faqat oradan yigirma yil o‘tganidan so‘ng, 1965 yilning 6
mayida unga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi.
O‘zbekistonda tashkil etilgan 298-gvardiyachi o‘qchi diviziyasi, 16-gvardiyachi Uman mexanizatsiyalashgan diviziyasi va 30-gvardiyachi Taganrog o‘qchi diviziyasi jangchilari Janubisharqiy Yevropa xalqlarini ozod qilishda shonli jangovar yo‘lni bosib o‘tdilar. Ular Ruminiya, Bolgariya, Yugoslaviya, Vengriyani ozod qilishda ishtirok etdilar. Fakdt «Budapeshtni ozod qilish uchun» medali bilan hamyurtlarimizdan 2430 kishi mukofotlandi.
Aprelning o‘rtalariga kelib sovet-german frontida nemis-fashist qo‘shinlarining asosiy guruxlari tor-mor keltirildi, deyarli butun Polsha, Vengriya, Chexoslovakiyaning sharqiy qismi va Avstriya ozod qilindi. So‘nggi hal qiluvchi jang — Berlin uchun jang oldinda turardi. Bu jang haddan tashqari shafqatsiz jang bo‘ldi. O‘zbekistonning ko‘pgina tuzilmalari o‘zlarining shonli yo‘lini shu yerda tugalladi. Bular 12-gvardiyachi II darajali Suvorov ordenli o‘qchi diviziya bo‘lib, so‘nggi janglar vaqtida uning jangchilaridan Toshpo‘lat Ashurov, Umar Ashurov, Rahmon Qurbonov, Nishon Usmonov, Abduvoxid Yuldoshev va boshqalar mukofotlangan edi. 162-o‘qchi diviziyadan o‘zbekistonlik jangchilar Hamrodil Boboyev, Qodir Mo‘minov, Saul Rajabov, 389-o‘qchi diviziyadan M.I.Karimov, F.X.Davletshin, I.YE.Dukov, N.A.Kutsenko, M.M.Mirzakalonov, N.I.Chursin janglarda alohida o‘rnak ko‘rsatdilar va jangovar mukofotlar bilan taqdirlandilar.
Berlin osmonida kuzatuvchi-uchuvchi Plis Nuriyeisov halok bo‘ldi, u Germaniyada davo razvedkasi olib borib, 256 soat o‘qchi, jangovar topshiriqlarni qoyil qilib bajardi. Plis Nurpeisovga o‘limidan keyin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi. Motoo‘qchi batalyoni otuvchisi To‘ychi 220

Nazarov hal qiluvchi paytda atakaga ko‘tarildi va o‘z ortidan boshqa jangchilarni ergashtirdi, bu esa vzvodga Oder daryosining g‘arbiy sohilida mustahkamlanib olish hamda qolgan bo‘linmalarning kechib o‘tishini ta’minlash imkonini berdi. T.Nazarov Sovet IttifoqiQahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi. Yuksak jangovar g‘arbiy mahorati uchun S.Lutfullin, I.Murzin, A.Rahimov, M.Fayozov, A.Hakimov va boshqalar Sovet Ittifoqi Qahramoni Oltin Yulduziga sazovor bo‘ldilar.


1945 yil 2 mayda Berlin mag‘lub bo‘ldi, 9 mayda esa Germaniyaning suvsiz taslim bo‘lganligi haqidagi hujjatga imzo qo‘yildi. Bu g‘alaba Vatan himoyasi, uni fashizmdan ozod qilish yo‘lida olib borilgan og‘ir va qonli kurashning yakuni edi.
O‘zbekistonliklarning qarshilik ko‘rsatish harakatida ishtirok etishi, kuchli va makkor dushmanning mag‘lubiyatga uchrashi SSSR va Yevropa xalqlarining ozodlik uchun olib borgan mardonavor kurashining birga qo‘shilishi natijasi bo‘ldi. Lekin, shuni alohida ta’kidlash joizki, sovet-german frontida dushman qo‘shinlari bilan shafqatsiz qurolli to‘qnashuvda sovet askarlarining jangovar jasoratlari asosiy hal qiluvchi rol o‘ynadi. SSSRning Yevropa xalqlariga german fashizmi zulmidan ozod bo‘lishida ko‘rsatgan yordami behisob bo‘ldi. Bu yordam jangovar harakatlar maydonida dushmanning qurolli kuchlarini faollik bilan tor-mor keltirish bilan bir qatorda ittifoq hududida, shuningdek, Yevropa davlatlarihududida milliy tuzilmalar tashkil etishda, partizanlar harakatini qo‘llab-quvvatlashda, harbiy kadrlar tayyorlashda, qarshilik ko‘rsatish harakatlariga yordam berishda o‘z ifodasini topdi.
Sovet qurolli kuchlarining dushmanni tor-mor keltirishdagi hal qiluvchi rolini ta’minlashda O‘zbekiston xalqining sezilarli o‘rni bor. Uning Yevropa xalqlariga baynalmilal yordam ko‘rsatishning boshqa shakllarini namoyon qilishdagi roli ham salmoqlidir. Masalan, O‘zbekiston ittifoqchilar armiyalariga va SSSRhududida tashkil etilgan milliy harbiy tuzilmalarga harbiy kadrlar tayyorlashda ko‘mak berdi. Bu yordam mutaxassis kadrlarni, ko‘mondonlik tarkibini bilim yurtlarida o‘qitish, maktablar va kurslarda ta’lim berish, tuzilayotgan qo‘shilmalarning zobitlar korpusini jangovar harakatlarda o‘zini kursatgan o‘zbekistonlik eng yaxshi harbiylar bilan to‘ldirishda namoyon bo‘ldi.
O‘zbek xalqining yordami Yevropadagi qarshilik ko‘rsatish harakatini avj oldirishda xam yaqqol ko‘zga tashlandi. Mutaxassislarning hisoblariga qaraganda, partizanlar tuzilmalarida, Yevropa davlatlaridagi yashirin qo‘poruvchilik guruhlarida 40 mingdan ortiq sovet fuqarolari ishtirok etgan. Ulardagi salmoqdi o‘rinni hamyurtlarimiz egallashgan.
Vatandan uzoqda bulgan o‘zbekistonliklar urushning boshlang‘ich bosqichida Polshada qarshilik ko‘rsatish harakatini avj oldirishda, ayniqsa, salmoqli hissa qo‘shdilar. Ular deyarli har bir partizanlik tuzilmasida jang qildilar. 1941—1943 yillar davomida asirlikdan qochgan o‘zbekistonliklar gitlerchilar tomonidan bosib olingan barcha Yevropa mamlakatlaridagi «qarshilik ko‘rsatuvchilar» saflarini to‘ldirgan edilar. Mutaxassislarning hisobiga ko‘ra, Yugoslaviyadagi xalq ozodlik armiyasi qismlarida va partizanlar tuzilmalarida kamida 6100 sovetfuqarosi qatnashgan.
Ular orasida 260 dan ko‘proqo‘zbekistonliklar bor edi.
Sloveniya, Bosniya-Gersogovina, Serbiya, Makedoniya hududlarida fashistlarning saralangan diviziyalariga qarshi ayovsiz janglarda samarqandlik Lev Kalontarov, Galina Gritsenko, farg‘onalik Uskanboy Xolmatov, kattaqo‘rg‘onlik Qulmamadaliyev, toshkentlik Y.F.Rijok, andijonlik Mamatxon Jalilov va boshqa ko‘pgina o‘zbekistonlik ug‘lonlar o‘z nomlarini abadiy sharafga burkadilar.Bizning hamyurtlarimiz G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining qarshilik ko‘rsatish harakatida faol ishtirok etdilar. O‘zbekistonda tug‘ilib voyaga yetgan, urush tufayli Italiya, Fransiya, Norvegiya, Avstriya, Germaniyaga borib qolgan hamyurtlarimiz fashizmga qarshi olib borilayotgan kurashga qo‘shildilar. Ular qo‘poruvchilik ishlarini uyushtirdilar, qo‘lda qurol bilan gitlerchi bosqinchilarga qarshi partizanlar otryadlarida jang qildilar. Masalan, Italiyadagi garibaldichilar saflarida o‘zbekistonlik Stepan Opavasenko, Ahmad Mamajonov, Mixail Mirumyans, Vladimir Greyev, Turg‘un Qo‘chqorov, Sharip Samatov, Petr Kolesnikov va boshqa mard hamyurtlarimiz qahramonona jang qildilar. Rahmon Rahimov, Sergey Petrov, Nasib Amirov, Seriboy Shomurodov, Hasan Jabborov, Tojiboy Ziyayev, Andrey Ayrapetov, Hoshim Ismoilov kabi o‘zbekistonlik jangchilarning nomlari Fransiyadagi qarshilik ko‘rsatish harakati tarixiga abadiy yozib qo‘yildi.Sovet kishilarining Germaniya tuprog‘ida fashizmga qarshi kurashi o‘ziga xos shakl kasb etdi. Bu harakat asosan dushman tomonidan asirlikka olingan jangchilar va haydab ketilgan sovet fuqarolari orasida yuz berdi. Vatanparvarlar harbiy asirlar va konsentratsion lagerlarda 221

yashirin tashkilotlar tuzdilar, ishlab chiqarishda buzg‘unchilik uyushtirdilar, butun kuchlari bilan dushman uyasidagi gitlerchilar armiyasining jangovar qudratini zaiflashtirishga harakat qildilar.


Musa Jalil german kanslagerida tashkil etgan yashirin guruhning jasorati butun dunyoga mashhur bo‘ldi, uning jangovar safdoshlari O‘zbekistonning jasur o‘g‘lonlari — Fuat Sayfulmulyukov, Garif Shabayev, G‘ani Qurbonov, Farim Sultonbekov,G‘affor Faxritdinovlar edi.
Ma’lumki, nemis qo‘mondonligi o‘zining harbiy-siyosiy manfaatlarini ta’minlash maqsadida «oq»
muhojirlar va SSSR aholisining turli qatlamlari orasida sovetlarga qarshi kayfiyatdagilardan faol foydalanishga urindi. Xuddi shunday «vositadan» fashizmni tugatishda va Germaniyada «yangi hukumat tashkil qilish»da Stalindan foydalangan edi. 1941 yil dekabrida gitlerchilar rahbariyati asir olingan sovet generali Lukinga va u bilan birga qo‘lga tushgan harbiy boshliqlar guruhiga stalinizmga qarshi kurash olib boruvchi ruslarning muxolif hukumatini tashkil etishni taklif qildi.
Germaniyada istiqomat qilayotgan Turkiston muhojirlariga ham muayyan vazifalar taklif qilib ko‘rildi. Bolsheviklar rejimi tomonidan quvg‘in qilingan Turkiston milliy ziyolilari vakillari urush boshlanishi bilan O‘rta Osiyo xalqlarini zulmkor kommunistik diktaturadan xalos bo‘lish imkoniyatlarini ko‘rdilar. Ular orasida 1941—42 yillar bo‘sag‘asida milliy vakolatxona tuzish harakati ko‘zga tashlandi. Natsistlar rahbariyati bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi. Milliy g‘oyani o‘zlarining uzoqni ko‘zlagan g‘arazgo‘ylik rejalarini amalga oshirishning samarali vositasiga aylanishiga umid bog‘ladilar.
1942 yil noyabrda Berlinda «Turkiston milliy qo‘mitasi» tashkiliy jihatdan qaror topdi, uning prezidenta qilib Vali Qayumxon tayinlandi. U toshkentlik o‘zbek bo‘lib, 1922 yili 17 yoshida Buxoro Xalq Sovet Respublikasining yoshlari qatorida Germaniyaga o‘qishga kelgan edi. Biroq mustabid tuzum hukmdorining «burjua» oliy uquv yurtlarida ta’lim olayotgan talabalarga nisbatan qatag‘onlar uyushtirishi (bu hol 20-yillarning ikkinchi yarmida yakqol namoyon bo‘lgan edi), ularning o‘z vatanlariga qaytishlariga imkon bermadi. Gitlerchilarning yuqori siyosiy tabaqasini sovet rejimiga muqobil bo‘lgan hukumatlar tashkil qilish emas, balki qarshilik ko‘rsatuvchi jangovar qobiliyatga ega bo‘lgan kuchlarni vujudga keltirish ko‘proq qiziqtirardi, bu kuchlar milliy g‘oya bayrog‘i ostida unitar Sovet davlatining keng milliy qatlamlarini o‘z ortidan ergashtirishga qodir bo‘lishi lozim edi. Ana shu maqsadda milliy harbiy tuzilmalar tashkil etishga ko‘proq e’tibor qaratildi.
Bu xildagi harbiy qism Turkiston batalyoni bo‘lib, u 1941 yil kuzida tashkil qilingan edi.
Lekin u hali muntazam harakatdagi bo‘linma emasdi. Faqat 1942 yil dekabrda Vermaxtning Oliy qo‘mondonligi o‘zbek, turkman, qozoq, qirg‘iz va qoraqalpoqlardan iborat «Turkiston legioni»ni tashkil qilish to‘g‘risida rasman farmoyish berdi. Ayni bir vaqtda «Gruzin» va «Arman»
legionerlari ham tuzildi. Bu milliy legionerlar rasmiy jihatdan o‘sha davrda tashkil etilgan rus ozodlik armiyasi (ROA) tarkibiga kirardi, unga general A.A. Vlasov rahbar qilib qo‘yilgan edi.
Milliy harbiy bo‘linmalarga asosan harbiy asirlardan xohlovchilarni, bundaylar topilmasa, majburiy asosda yozib qo‘yilar edi. Bunday harakatlar muayyan miqdoriy natijalar berdi. Turli
«milliy» tuzilmalarda urushning oxiriga kelib, sovet harbiy asirlaridan 1 mln.ga yaqin kishi bor edi.
Biroqular gitlerchilar kutgan «zarbdor kuchga» aylanmadilar. Dushman tomoniga ongli ravishda o‘tgan va qo‘lida qurol bilan natsistlarning «yangi tartibi»ni urnatishga faol yordamlashishga qaror qilgan harbiy asirlarning salmog‘i unchalik ko‘p emasdi. Asosan, legionerlar frontga yuborishsa o‘zimiz tomonga o‘tib olamiz, degan umid qilishgan edilar. Lekin gitlerchilar ulardan o‘z manfaatini ko‘zlab, ularni og‘ir vaziyatga tushkanidan foydalanib, vataniga qarshi qilishga harakat qilishdi.
Legionerlarga ijtimoiy-siyosiy baho berish ham murakkabligicha qolmoqda. Sovet tarixshunosligida ular bir xilda, sovet xalqining «sotqinlari» deb ta’riflangan. G‘arbiy tarixshunoslikda, keyingi vaqtlarda esa, bizning matbuotimizda ham «ko‘ngillilar» — bular mustabid tuzumga qarshi g‘oyaviy kurashchilar, nemis armiyasi yordamida stalincha zulmdan mamlakatni ozod qilish uchun qurolli kurash olib borishga tayyor turgan kishilar edi deb baholanmoqda. Umuman, «Turkiston legioni» masalasida turlicha fikrlar mavjud. Bu masalani chuqur o‘rganish va xolisona baho berish tarixchi olimlar oldida turgan muhim vazifalardan biridir.
Legionerlar nemis qo‘mondonligining siyosiy deklaratsiyalari soxta va xom hayoldan iborat ekanligini yaxshi tushunib, jon-dillari bilan jang qilmas edilar. O‘z navbatida gitlerchilar rahbariyati ham «Turkistonning mustaqilligi uchun yangi kurashchilar»ga shubha bilan munosabatda edi.Qo‘mondonlikning farmoyishiga ko‘ra, ayrim istisnolarni hisobga olmaganda, har bir rotaga 222

nemis zobitlari boshchilik qilgan. O‘rta Osiyoliklardan juda borganda rota yoki vzvod komandirining o‘rinbosari lavozimiga qo‘yilgan, xolos. Masalan, turkistonlik legionerlarning yuqori komandirlaridan biri O‘rta Sharq bo‘yicha yirik nemis mutaxassisi, professor, general Oskar Ditter Nidermayyer bo‘lgan, 450-Turkiston batalyoniga esa, mayor Moler qo‘mondonlik qilgan va hokazo.


Shu sababdan ham «Turkiston legioni» mavjud bo‘lib turgan qisqa vaqt ichida uning qoshida
«ko‘ngillilar»ning ko‘pgina yashirin guruhlari yetishib chiqdi, ular qarshilik ko‘rsatish harakati jangchilari va partizanlar bilan aloqa o‘rnatdilar. Masalan, 1943 yil yoz faslida 3-Turkiston batalyonining bir guruh askarlari Belorussiyaning Rechitsa shahrida bo‘lib, partizanlar bilan aloqa o‘rnatdilar va gitlerchilarga qarshi hamkorlikda kurashdilar. Biroq, natsist agentlari yashirin guruhni topishga muvaffaq bo‘ldi. «Ko‘ngillilar» batalyoni tarqatib yuborildi, uning shaxsiy tarkibi Germaniyadagiog‘ir ishlariga jo‘natildi.
1943 yil sentabrda Desna daryosi yonida Bogdan Xmelnitskiy ordenli 74-o‘qchi diviziyasi jang qilardi. Ayovsiz janglar avj olgan bir paytda Kupchixa qishloqhududida dviziya tomoniga Abdulla Otaxonov boshchiligida to‘liqqurollangan, artilleriya va yuklari bilan 370 kishidan iborat Turkiston batalyoni o‘tadi. Keyinchalik bu qismlar sovet qo‘mondonligi tomonidan «ishonchsiz»
sifatida Sharqiy frontdan chetlatiladi.
1943 yilning bahorida «Turkiston legioni»da yana fashistlarga qarshi yashirin vatanparvarlar guruhi tashkil qilinadi. Biroq, fashist agentlari bu gal ham bundan xabar topadilar. Gestapo may oyida shubha ostiga olingan to‘rt kishini, shu jumladan, yashirin harakatning faol qatnashchisi Rahmonqul Xudoyberganovni otib tashlaydi. Lekin bu hol kishilarning irodasini bukolmadi.
Legionerlar jangovar harakatlarda ishtirok etib, har bir qulay fursatda mahalliy partizanlar bilan bog‘lanib turdilar va ular tomonga o‘tdilar. Masalan, 1944 yilning yanvarida «Turkiston legioni»
Yugoslav partizanlariga qarshi kurashish uchun Chernogoriyaga yuborilgan paytda legionerlarning katta otryadi (ular tarkibida o‘zbeklardan 28 kishi bor edi) S.Fayziyevning ishorasi bilan fashistlarni yo‘q qildilar va qurollar hamda o‘q-dorilarni otlarga ortib tog‘dagi partizanlar huzuriga jo‘nab ketdilar.O‘zbekistonliklar SSSRdagi boshqa xalqlarning vakillari kabi Yevropa mamlakatlarining qarshilik kursatish harakatlarida faol ishtirok etib, umumiy dushmanni tor-mor keltirishga munosib hissa qo‘shdilar.
Nemis-fashist qo‘shinlarining Yevropada tor-mor keltirilishi Ikkinchi jahon urushining so‘nggi uchog‘ini Osiyo mintaqasida tugatish uchun qulay sharoit yaratdi. Yaponiyaga qarshi urush 1945 yil 9 avgustga o‘tar kechasi sovet qo‘shinlarining hujumi bilan boshlandi. Ular rejaga ko‘ra asosiy zarbani Manjuriyada joylashgan va 1 mln.dan ortiq askarga ega bo‘lgan Kvantun armiyasiga qaratdilar. Janglarda Mongoliya xalq-inqilobiy armiyasi qo‘shinlari ham qatnashdi. Mutaasiblarcha kayfiyatdagi yapon qismlari, ayniqsa, o‘limga mahkum etilgan bo‘linmalar zo‘r berib qarshilik ko‘rsatdilar. Sovet qo‘shinlari kuch jihatdan ustunlik qilsalar ham sezilarli talafot ko‘rdilar. Har ikki tomondan qurbon bo‘lganlar oqimi ortib bordi. 17 avgustda Kvantun armiyasining Bosh qo‘mondoni general O.Yamada o‘z qo‘shinlariga qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatishga buyruq berdi.
Shunga qaramasdan, Oliy Bosh qo‘mondon farmoyishiga ko‘ra sovet qo‘shinlarining hujum operatsiyalari davom ettirildi.
Avgustning oxirida sovet armiyasining bo‘linmalari Janubiy Saxalinni, Kuril orollarini egalladilar. Koreyaga desant tushirdilar, uning butun shimoliy qismini to 38-parallelgacha egalladilar. 1945 yil 2 sentabrda Tokio buxtasidagi Amerikaning «Missuri» kreyseri bortida Yaponiyaga qarshi urushda qatnashgan barcha mamlakatlar vakillari ishtirokida Yaponiyaning so‘zsiz taslim bo‘lganligihaqidagi hujjatni imzolash marosimi bo‘ldi. Sovet qo‘shinlari Uzoq Sharqdagi urush kampaniyasini 24 kun ichida yakunladilar.
O‘zbekistonlik jangchilar Kvantun armiyasini tor-mor keltirishga ozmuncha ulush qo‘shmadilar. Ular Uzoq Sharq hududidagi barcha janglarda faol qatnashdilar. Yaponiya bilan olib borilgan janglarda hamyurtlarimiz yuksak jangovar faollik va harbiy mahoratni namoyish qildilar.
Ular orasida leytenantlar N.Latipov, A.A.Karimov, kichik leytenat U.Doniyorov, jangchi P.Rismatov, katta serjant V.I. Zelenskiy, yefreytor Usanov, sanitar Eshonov va O‘zbekistonning boshqa jasur o‘g‘lonlari bor edi.
Shunday qilib, O‘zbekiston jangchilari german fashizmi va yapon militarizmi ustidan qozonilgan g‘alabaga, Yevropa va Osiyo xalqlarini chet el bosqinchilaridan ozod qilishga munosib 223

hissa qo‘shdilar. O‘zbekistonliklarning janglarda ko‘rsatgan jasorati Ikkinchi jahon urushi g‘olibona yakunlanishining muhim tarkibiy qismi bo‘ldi.


SSSR va Yevropadagi ko‘pgina mamlakatlar O‘zbekiston o‘g‘lonlari va qizlarining jangovar harakatlarini, frontida ko‘rsatgan mislsiz mardlik va jasurligini yuqori baholab, ularni yuksak mukofotlar bilan taqdirladilar. 120 ming o‘zbekistonlik jangchilar hukumat orden va medallari bilan mukofotlandi. O‘zbekistonliklardan 280 kishi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi, ulardan 75 nafari o‘zbek edi. O‘zbekiston jangchilaridan 82 kishi «Shuhrat» ordenining uchala darajasi bilan mukofotlandi. Hamyurtlarimizdan bir necha ming kishi Italiya, Angliya, Fransiya, Yugoslaviya, Polsha, Chexoslovakiya, Vengriya va boshqa mamlakatlarning ordenlari bilan mukofotlandilar.
Qizil armiya jangchilarining anchagina qismi sovet-german urushining eng og‘ir boshlang‘ich davrida asirga tushib qolgan edi. Germaniya ma’lumotlarigaqaraganda,qizil askar va zobitlardan deyarli 3,6 mln. kishi asirda bo‘lgan. Nyurnberg sudida 3,9 mln. asir borligi aytilgan edi, ulardan 1942 yilning boshlarida 1,1 mln. kishi omon qolgan. Frontda ham, tinch hayot vaqtida ham asirga tushganlar bor, lekin hamma ham qahramon bo‘lavergan emas. Qo‘rkoklar ham, ablaxlar ham, tepsa-tebranmaslar va jur’atsizlar ham — har xil toifadagi kishilar bo‘lgan. Lekin asirlarning asosiy qismi yaradorlar, qurolsizlar, qarshilik kursatish imkoniyatiga ega bo‘lmaganlar edi. Stalin esa asirga tushganlarning hammasini «qo‘rqoq va sotqinlar» deb e’lon qildi. Stalincha mantiqqa binoan ularning hammasi yo‘qqilinishi lozim edi.
Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra urush yillarida asirga tushganlarning umumiy soni 6,2 mln.
kishini tashkil qilgan. Harbiy asirlar nemislarning konslagerlarida bo‘lib, do‘zax azoblarini o‘taganlar. Bunga hamma ham bardosh bergan, deb bo‘lmaydi. Lekin asirlarning asosiy qismi qarshilik ko‘rsatgan, imkon bo‘lishi bilan kochgan. Keyingi ma’lumotlarga qaraganda, qochishga urinish vaqtida deyarli 1 mln. asir o‘ldirilgan. Faqat, 200 mingga yaqin kishi «o‘zimiz»nikilarga kelib qo‘shilishga muvaffak bo‘lgan. Ular uchun maxsus tekshirish lagerlari tashkil etilgan, bu tekshirish ko‘pincha fashistlar lagerini sovet lageri bilan almashtirishga olib kelgan.Stalinning davlat mashinasi ozod qilingan harbiy asirlarga nisbatan juda qattiqqo‘llik qilgan.
Umuman, urushning oxiriga kelib 6,2 mln. asirdan 4 mln. kishi halok bo‘ldi. Taxminan bir million kishi «vlasovchilar»ga qo‘shilishdi. Shunday qilib, omon kolgan asirlar soni bor-yo‘g‘i bir milliondan sal ko‘proq edi. Stalin esa ular bilan «stalinchasiga» muomala qildi: ulardan 60%i dan ko‘prog‘i «GULAG arxipelagi» turmasiga yuborildi. Aybsiz hukm qilinib, sovet konslagerlariga jo‘natilgan yoki otib tashlanganlar orasida hamyurtlarimiz ham ozmuncha emasdi. Ulardan toshkentlik S.Abdullayevni, Nukusdan L.Popovni, Andijondan K.Abramovich va P.Rustamovni va boshqa ko‘plab stalincha katag‘on qurbonlarini sanab o‘tish mumkin. Taxminiy hisoblargaqaraganda,o‘zbekistonlik harbiy asirlardan 15 mingdan ortiq kishi «sotqinlik»da ayblanib, sovet konslagerlariga yuborilgan. Oradan ko‘p yillar o‘tgandan keyingina ular oqlanishdi

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish