Ozbekiston tarixi kafedrasi ozbekiston tarixi


-mavzu: O'rta Osiyoda Milliy hududiy chegaralanish: maqsad va mohiyati



Download 0,74 Mb.
bet27/95
Sana17.07.2022
Hajmi0,74 Mb.
#814003
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   95
Bog'liq
Ozbekiston tarixi kafedrasi ozbekiston tarixi

16-mavzu: O'rta Osiyoda Milliy hududiy chegaralanish: maqsad va mohiyati.
O'zbekiston SSRning tashkil topishi
Reja:
1. O’rta Osiyo - Turkiston xalqlarining yagona va umumiy vatani «Markaz»ning tarixan tarkib topgan uchta (Turkiston, Buxoro va Xorazm) davlatlarini tugatib urniga yangi davlat tuzish goyasi (1920 y.).
2. Milliy respublilapar va viloyatlar tuzishga ko’rsatma berilishi va uning siyosiy jixatdan asoslanishi. TASSRni bo’lib tashlash, Buxoro xamda Xorazm Xalq Sovet Respublikalarini tuzish uchun RKP (b) MK xamda Turkkomissiya o’tkazgan tadbirlari, tuzgan loyixalari o’tkazgan tayzyiqdar va chiqargan qarorlari.
Turkkomissiya raisi Y. Rudzutak bilan Turor Risqulov boshchiligida bir gurux milliy yetakchilar o’rtasidagi munozarali nizolar.
3. Mintaqaviy milliy - xududiy jixatidan qayta tuzish masalasini partiya organlarida muxokama qilinishi. O’rta Osiyo byurosi (Sredazbyuro)ning roli (1922-1923 yy.).
O’rta Osiyoni chegaralab bo’lish va milliy respublikalar tuzish masalasini Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalari MIK xamda Kompartiya majlislarida muxokama qilinishi va ularning chegarapanishga bildirgan roziliklari xamda qabul qilgan rezolyutsiyalari.
4. O’zbekiston SSR tuzilishi. Yer maydoni, axolisi. O’zbekiston SSRning SSSR tarkibiga kirishi. Milliy - xududiy chegaralanish. Chegaradagi ziddiyatlar.

Adabiyotlar.


1. I.Karimov. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
2. Mustabid tuzumning O‘zbekiston boyliklarini talash siyosati: tarix shohidligi va saboqlari.
Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Sharq, 2000.
3. Usmonov Q., Sodiqov M., Oblomurodov N. O‘zbekiston tarixi. I qism. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002.
4. Tillaboyev S. Turkiston o‘lkasining boshqaruv tizimida mahalliy aholi vakillarining ishtiroki (Farg‘ona viloyati misolida). – Toshkent: Fan, 2008.
5. Yunusova X. Toshkentda 1892 yilgi xalq qo‘zg‘oloni. Sariog‘och, 1998.
6.Eshov B. O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2012.
7. Shamsutdinov R., Karimov Sh., Ubaydullaev U. Vatan tarixi. (XVI-XX asr boshlari).
Ikkinchi kitob. – Toshkent: Sharq, 2010.
8. O‘zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2003.
9. O‘zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Akademiya, 2010.
180

10. O‘zbekistonning yangi tarixi. Turkiston Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida.


Birinchi kitob. – Toshkent: Sharq, 2000.
11. Musayev N. Turkistonda sanoat ishlab chiqarishining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixidan (XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlari). – Toshkent: Iqtisod-moliya, 2011.
12. Ismoilova J. XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Toshkentning “Yangi shahar” qismi tarixi. – Toshkent: Fan va texnologiya. 2004.
Bolsheviklar partiyasi bosh bo‘lgan sovet hokimiyati Turkistonda uzoqqa mo‘ljallangan o‘z makkorona rejalarini amalga oshirishga kirishdi. Shu maqsadni ko‘zlab u XX-asrning 20-yillari boshlaridan bu zaminda mustamlakachilarga xos bo‘lgan “bo‘lib tashla, hokimlik qil” qabilidagi o‘z milliy siyosatini hayotga izchil tadbiq etish yo‘lini tutdi. Sovet mutasaddilari o‘zlarining niqoblangan soxta ishlari, yolg‘on-yashiq va’dalari va da’vatlari bilan mazlum millat kishilarini o‘z hukmlariga bo‘ysundirishga, “yagona Turkiston uchun” kurash g‘oyasini yo‘qqa chiqarishga intildilar.
Turkiston xalqlari o‘z milliy davlatchiligini tiklash va rivojlantirishga intilardi. 1920-yil yanvarida bo‘lib o‘tgan Turkiston Kompartiyasining V o‘lka konferensiyasida Turkiston ASSR
Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi T.Risqulov so‘zga chiqib, mushtarak Turkiston g‘oyasini ilgari suradi. Asosan turkiy xalqlardan iborat Turkiston Avtonom Respublikasini Turk Sovet Respublikasi, Turkiston Kompartiyasini Turkiy xalqlar Kompartiyasi, deb o‘zgartirishni taklif qiladi. Bu takliflar o‘lka ijtimoiy-siyosiy hayotida, RKP(b) Markazqo‘mi, uning siyosiy byurosi, sovet hokimiyati doiralarida turli bahslarga sabab bo‘ldi. Shu bois “Turkiston masalasi” bir necha bor Markazda muhokama qilindi. 1920-yil 13-iyunda T.Risqulov, N.Xo‘jayevlardan iborat Turkiston xalqlari delegatsiyasi o‘z amaliy takliflari bilan bevosita sovet hukumati rahbari V.I.Lenin qabulida bo‘ladi. Sovet hukumati rahbariyati va bu masalani 1920-yil 29-iyulida ko‘rib chiqqan RKP(b) Markazqo‘mi Siyosiy byurosi Turkiston xalqlari delegatsiyasi iltimosnomasiga ijobiy baho bera olmadi. Buning aksicha, sovet hukumati va partiya rahbariyati o‘lkadagi vaziyatni tezlikda bartaraf etish uchun shoshilinch tarzda “Turkistonda hokimiyatni tashkil etish to‘g‘risida”gi maxsus qarorni qabul qilib, bunda Turkistonda Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi, RSFSR
Xalq Komissarlari Soveti va RKP(b) Markaziy Qo‘mitasining doimiy vakolatxonasi bo‘lishi kerakligi zarur, deb ko‘rsatildi. Mazkur qaror o‘lka hayoti ustidan nazoratni kuchaytirish, sovet hokimiyati negizlarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Shunday qilib, o‘lka xalqlarining o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘z milliy davlatchiligini o‘z xohishlaricha huquqiy asosda tashkil qilish borasidagi yana bir urinishi barham to‘tirildi. O‘lka xalqlarining orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishga muvaffaq bo‘la olmagan Turkiston avtonom Respublikasi hukumati raisi T.Risqulov tez orada o‘z lavozimidan iste’foga chiqishga majbur bo‘ladi. Sovet Rossiyasi hukumati Turkistonning emin-erkin rivojlanish yo‘lidan ilgarilab borishini emas, balki uning doimiy nazoratlari ostida bo‘lishini xohlardi. O‘lkaning mehnatsevar, jafokash xalqi, uning boyliklari va tabiiy mineral resurslari Markaz foydasiga ishlashi, xizmat qilishi ularning birdan-bir muddaolari edi. Hukmron Markaz tashabbusi bilan tashkil etilgan Turkkomissiya, O‘rta Osiyo byurosi, O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi singari nufuzli organlarning o‘lka hayotining barcha jabhalarini o‘z nazoratiga olishi, o‘z iznlariga bo‘ysundirish borasida harakat etib kelganligi boisi ham mana shundadir.
Ma’lumki, bolsheviklar boshliq sovetlar hokimiyati barcha usul va g‘oyaviy ta’sir vositalarini ishga solib, mazlum millatlarni yagona bir qizil saltanat tarkibiga birlashtirish, shu asosda qudratli ittifoq davlatini barpo etishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar. Chorizmning mustamlakachilik siyosatini boshqacha shakl va ko‘rinishlarda ustamonlik bilan davom ettirgan makkor sovet rejimi sovet Respublikalari ittifoqini tuzishga, ularni RSFSR atrofiga ji’slashtirishga asosiy e’tibor qaratdi.
Sovet hukumati rahbari V.I.Lenin, yangi ittifoq RSFSRdan yuqori bo‘ladi va unga RSFSR ham boshqa milliy Respublikalar kabi teng maqom va huquqlar bilan kiradi, degan fikrni bildirdi. Bu sovetlarning yana bir o‘ziga xos hiylasi edi.
Nihoyat, RKP(b) MQ rahbarligida joylarda uzoq vaqt olib borilgan tashviqot-targ‘ibot ishlari va ko‘rsatilgan tazyiqlar o‘z natijasini berdi. Ukraina, Belorussiya, Kavkazorti Federatsiyasi Kompartiyalari, bu Respublikalarning sovetlar syezdlari RKP(b) Markazqo‘mining “SSSRni tuzish to‘g‘risida”gi takliflarini qo‘llab-quvvatlashlarini bayon qildilar. 1922-yil 26-dekabrda sovetlarning Butun Rossiya X-syezdi sovet Respublikalarini yagona sovet davlatiga birlashtirishni zarur deb topdi.
181

1922-yil 30-dekabrda Moskvada Butunittifoq sovetlarining I-syezdi SSSRni tuzish to‘g‘risidagi Deklaratsiya loyihasini ko‘rib chiqib, Deklaratsiya va Ittifoq Shartnomasini tasdiqlaydi. SSSRning yuqori hokimiyat organlari – Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va hukumati tuzildi. V.I.Lenin SSSR Xalq Komissarlari Soveti raisi etib tasdiqlandi.


Shunday qilib, oktabr to‘ntarishidan 5 yil o‘tgandan keyin 1922-yil 30-dekabrda SSSR tuzildi.
Uning ta’sischilari RSFSR, Ukraina, Belorussiya va Kavkazorti Federativ Respublikalari hukumatlari bo‘ldilar. Keyinchalik uning tarkibi kengayib bordi. XX-asrning 30–40-yillari boshlariga kelib bu ittifoq davlati tarkibi yangi Respublikalar hisobiga kengayib, u son jihatidan 15
taga yetkazildi. Shunday qilib, yer yuzi hududining 1/6 qismini egallagan qudratli sovetlar saltanati vujudga keldi. Bu ittifoqqa asos solingan barcha dasturamal hujjatlarda tenglik, birodarlik tushunchalari aks ettirilsada, biroq amalda u hukmron Markaz uchun butun-butun xalqlarning taqdiriyu qismati, inon-ixtiyorini tamomila o‘z tasarrufiga bo‘ysundirishga xizmat qilgan tuzoq rolini o‘tab keldi. Negaki, bu ittifoq uning tarkibiga kiritilgan har bir milliy Respublikalarning amaldagi mustaqilligini barham toptirdi, emin-erkin rivojlanishiga g‘ov bo‘ldi. Bunday o‘gir ayanchli qismatni O‘zbekiston va uning jabrdiyda xalqi ham o‘z boshidan kechirdi.
Turkiston qadimdan mintaqa xalqlarining yagona va umumiy vatani bo‘lgan. Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarining tub xalqlari asrlar davomida turmush tarzi va an’analari jihatidan bir-birlariga juda yaqin bo‘lib ketgan edilar. Buxoro va Xorazm respublikalari 1924 yil oxirigacha mustaqil davlat edi. Turkiston mintaqasi yagona hudud, tarixiy zamin, o‘z xo‘jaligi, an’analari, dini, tili va madaniyatining mushtarakligi bilan ajralib turgan. Turkistondagi davlatlarning har birida yuz yillar davomida turkiy xalqlar: o‘zbek, turkman, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz xalqlari, shuningdek, tojik xalqi azaldan yashaganligi tarixan tarkib topgan hodisa edi. O‘lka xalqlari Turkiston tuprog‘ini qadimdan o‘zlarining asl vatanlari deb bilganlar. Mintaqa xalqlari yagona va bir degan g‘oya (turkistonlik) avloddan-avlodga o‘tib, XX asr 20-yillarida Turkistondagi milliy ziyolilar va millat yetakchilarining ijtimoiy-siyosiy qarashlari hamda amaliy faoliyatlarida aks etgan.
Mustabid sovet rejimi va bolsheviklar uchun Turkiston mintaqasini bo‘lib tashlab, uni idora qilish qulay edi. Shuning uchun ham dastlab Turkiston o‘lkasiga sovet “avtonomiyasi” berildi, ya’ni Rossiya Sovet Federatsiyasi tarkibida 1918 yil 30 aprelda Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil topdi. Bu paytda Buxoro amirligi va Xiva xonligi (1920 yildan boshlab Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi) mustaqil davlatlar edi. So‘ngra bolsheviklar tomonidan Turkiston mintaqasini parchalab tashlash uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rildi.
Bu jarayon ayrim uzilishlar bilan 7 yil davom etdi.
Rossiyada fuqarolar urushi va chet el harbiy intervensiyasiga qarshi kurash yillarida (1918-1922 yillar) Rossiya imperiyasining sobiq hududida mustaqil davlatlar (Polsha, Finlyandiya), mustaqil milliy respublikalar (Litva, Latviya, Estoniya, Ukraina, Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston), sovet respublikalari (Belorusiya SSR va b.), muxtoriyatli hukumatlar (Turkiston Muxtoriyati, Alash Orda, Boshqirdiston Muxtoriyati va b) tashkil topdi. Bundan tashqari, RSFSR
tarkibida turli avtonom sovet respublikalari (Turkiston ASSR, Qirg‘iziston ASSR(Qozog‘iston ASSR) va b.) bor edi. Shuningdek, Rossiya imperiyasi va keyinchalik sovet Rossiyasining bevosita hududiy tarkibiga kirmagan bo‘lsa ham uning ta’siri va nazoratida mavjud bo‘lib turgan Turkiston mintaqasidagi milliy davlatlar (Buxoro amirligi, Xiva xonligi; 1920 yilda ularning o‘rnida tashkil qilingan Xorazm Xalq Sovet Respublikasi, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi) mavjudligi bu davrdagi real hodisa edi.
Yuqorida nomlari tilga olingan davlatlar va respublikalar bilan sovet Rossiyasi o‘rtasidagi munosabatlar murakkab xarakterda bo‘lgan. Sovet hukumatining dastlab e’lon qilgan rasmiy hujjatlaridan biri – “Rossiya xalqlari huquqlari Deklaratsiyasi” (1917 yil 2 noyabrda qabul qilingan) yangi tashkil qilingan sovet Rossiyasi Xalq Komissarlari Soveti o‘z faoliyatida “Rossiya xalqlarining o‘z taqdirlarini o‘zlari erkinlik bilan belgilashlari, hattoki ajralib chiqish va mustaqil davlat tuzish huquqini” asos qilib olganliklari tantanavor ravishda e’lon qilingan bo‘lsa-da, aslini olganda bolsheviklar Polsha va Finlyandiyadan boshqa xalqlar (Ukraina, Kavkaz, Turkiston, Boltiqbo‘yi va b.)ga mustaqillik berishni xohlamaganlar.
Tadqiqotchi O. Chistyakov to‘g‘ri ta’kidlaganidek, RSFSR bilan boshqa sovet respublikalari o‘rtasida bir tomondan “mustaqil” aloqalar mavjud bo‘lsa, ikkinchi tomondan ular sovet Rossiyasi izmi bilan ish ko‘rgan. Chunki bu respublikalarning vakillari Butunrossiya Sovetlari syezdlarida 182

ishtirok etib, RSFSR qonunchiligi bu respublikalar hududlarida u yoki bu darajada kuchga ega edi.


Bu respublikalardagi hukmron siyosiy partiya Rossiya Kommunistik partiyasi – RKP(b) Markaziy Komitetiga bo‘ysungan. Bu respublikalarning armiyasi yagona qizil armiya tarkibiga, budjeti RSFSR budjeti hisobiga kirgan. Rossiyaning hududi va aholisi (100 mln.kishidan ko‘p) qizil armiya (5.5 mln. kishi)ning miqdorini bu “mustaqil” yoki avtonom sovet respublikalarining haqiqiy holati va kuchi bilan solishtirish qiyin.
Sovet federatsiyasining asosiy qoidalari 1918 yil 10-18 yanvarda bo‘li o‘tgan Butunrossiya Sovetlarining uchinchi syezdida yana bir marta e’lon qilindi. Ezilgan va ekspluatatsiya qilingan mehnatkashlar huquqlari Deklaratsiyasida ko‘rsatilishicha, Rossiya Sovet Respublikasi ozod millatlarning erkin ittifoqi asosida milliy Sovet Respublikalari Ittifoqi federatsiyasini tashkil etadi.
Unda Rossiyadagi har bir millat o‘z respublikasiga ega bo‘lishga haqli ekanligi e’tirof etilgan edi.
Moskvalik tadqiqotchi A.Vdovin yozganidek, bu deklaratsiyani amaliyotda qo‘llash tajribasi butunlay boshqacha bo‘ldi. 1918 yil aprel oyida Turkiston Sovet Respublikasini tuzish bilan birga kelgusida federatsiya subyekti sifatida milliy-hududiy avtonomiya (avtonom respublika yoki oblast) tashkil etish ham ko‘zda tutilgan edi.
Ma’lumki, sovet rejimi tomonidan Turkiston mintaqasida faoliyat ko‘rsatgan Turkiston Muxtoriyati hukumati 1918 yil fevralda, Alash-Orda Muxtor hukumati 1920 yil martda, Boshqirdiston Muxtoriyati hukumati 1920 yil iyunda tugatildi. Bundan tashqari 1920-1921 yillarda Ukraina, Ozarboyjon, Gruziya, Armaniston kabi mustaqil milliy respublikalar tugatilib, ularning o‘rnida sovet respublikalari tashkil qilindi. Dog‘iston va Chechenistonda faoliyat ko‘rsatgan Shimoliy Kavkaz amirligi, Tog‘li Respublika (ruscha hujjatlarda Gorskaya Respublika) ham 1920
yillarda bolsheviklarning harbiy kuchlari tomonidan ag‘darib tashlandi. Faqat Boltiqbo‘yida faoliyat ko‘rsatayotgan mustaqil “burjua Litva, Latviya, Estoniya davlatlari” 1940 yilgacha o‘z mustaqilliklarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldilar.
1922 yil 30 dekabrda Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (SSSR) tashkil topdi. Sovet davridagi tarixiy adabiyotlarda, xususan, XX asr 50-80 yillarida yaratilgan tadqiqotlarda keltirilgan fikrlarga qarama-qarshi o‘laroq shuni ta’kidlash lozimki, yangi sovet davlati – SSSRning asoschisi va g‘oyaviy tashkilotchisi V.I.Lenin bo‘lmay, balki bu davlat I.V.Stalin g‘oyalari asosida hamda bevosita uning rahbarligida tashkil qilingan (SSSRda dastlab to‘rt respublika: RSFSR, Ukraina SSR, Belorussiya SSR va Zakavkazye SFSR kirgan.) SSSRning tashkil qilinishi bilan Turkiston o‘lkasining taqdiri uzil-kesil hal qilindi.
1920 yil boshlarida Turkiston komissiyasi Turkiston ASSRni milliy til belgisiga qarab bo‘lib tashlash masalasini qo‘ygan edi. Turkiston Komissiyasining bu tezislariga qarshi chiqqan T.
Risqulov, N. Xo‘jayev va boshqa milliy yetakchilar ”panturkizm”, “panislomizm”, “burjua millatchiligi” va “o‘ng og‘machilik”da ayblandi. Bu haqda sal oldin to‘xtalib o‘tildi.
V.I.Lenin 1920 yil may oyida Turkistonni Uzbekiya, Kirgiziya, Turkmeniyaga bo‘lingan xaritasini (etnografik va hokazo xaritasini) tuzishni mutasaddi shaxslarga topshirgan. Shuning uchun 1920 yil avgustda Turkiston ASSRning Yettisuv viloyati, Sirdaryo va Zakaspiy viloyatlarining bir qismi yangi tashkil qilingan RSFSR tarkibidagi Qirg‘iziston ASSR (aslida Qozog‘iston ASSR) ixtiyoriga berilgan. 1920-1924 yillarda mustaqil Buxoro va Xorazm respublikalarini mavjud bo‘lib turishi Markazning vaqtinchalik murosa yo‘lini tanlaganligidan boshqa narsa emas edi. Aslini olganda Sovet hukumatining rahbari V.I.Lenin sovet respublikalari asosida SSSRni tashkil qilish prinsiplari to‘g‘risida 1922 yil kuzida to‘xtalar ekan, “qo‘shilishdan oldin ajralish kerak”, deb masalani aniq qo‘ygan edi.
Markazning hukmronlik irodasini bajarishga da’vat etilgan Turkiston ishlari bo‘yicha maxsus komissiya – Turkkomissiya zimmasiga o‘lkada milliy-hududiy chegaralanishni o‘tkazish va shu asosda bu hududda bir qator sovet Respublikalarini tashkil qilish vazifasi yuklangan edi. RKP(b) Markazqo‘mi kotibi Y.Rudzutak bu tadbirga bosh mutasaddi qilib belgilangan edi. Markaz mo‘ljallayotgan milliy siyosat mazmuni, mohiyatidan xabardor bo‘lgan Turkistonning ilg‘or ziyolilari o‘lka birligini zo‘r berib himoya qilishga urindilar. Biroq o‘lka jilovini qo‘lda mahkam tutgan bo‘lshevik mutasaddilar ularning haqqoniy fikrlarini hisobga olmadilar. Yagona va mustaqil Turkiston g‘oyasi uchun kurashgan vatanparvar kuchlar, milliy ziyolilar millatchilikda, turkparastlikda, islomparastlikda va sovet hokimiyatiga qarshilikda ayblandilar va qoralandilar.
Shunday qilib, O‘rta Osiyoni milliy-hududiy jihatdan alohida Respublikalarga bo‘lib tashlash masalasi bir necha bor Markazda, Turkiston, Buxoro, Xorazm Respublikalarida, ularning 183

kompartiyalari plenumlarida, RKP(b) MQning O‘rta Osiyo byurosi plenumlarida muhokama etilib, mahalliy xalqqa ta’sir va tazyiqlar o‘tkazilib borildi. O‘rta O‘siyo Respublikalarida milliy-hududiy chegaralanish loyihasini tayyorlovchi maxsus komissiya tuzildi. Loyiha RKP(b) MQ O‘rta Osiyo byurosining 1924-yil 2-iyundagi yig‘ilishida muhokama etilib, asosan ma’qullandi.


Bundan norozi bo‘lgan mahalliy aholi vakillari, xususan, Xorazm Respublikasining bir guruh mas’ul xodimlari, chunonchi, XKP MQ kotibi Odinayev, ichki ishlar noziri Abdusalomov, Yoqubov; Turkiston va Buxoro vakillari Sultonbek Xojanov, Sanjar Asfandiyorov va boshqalar yagona Turkistonni bo‘lib tashlash maqsadga muvofiq emas, deb e’tiroz bildirdilar. Ular Turkiston xalqlari birligini saqlab qolishga qaratilgan “O‘rta Osiyo Federatsiyasini tuzish to‘g‘risida” taklif kiritdilar. Shuningdek, 1924-yil 8-mayda RKP(b) MQga “Xorazmda milliy masalani hal etish to‘g‘risida xat” kelib tushadi. Bu xatda ham Xorazm Respublikasini bo‘lib yuborish maqsadga muvofiq emas, deyilgan edi. Biroq mahalliy xalqlarning talab va takliflari inobatga olinmadi.
Aksincha, 1924-yil 12-iyunda RKP(b) MQ Siyosiy byurosi “O‘rta Osiyo Respublikalarini milliy-hududiy chegaralash to‘g‘risida”gi masalaga yana qaytib, uni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Munozaralar tobora qizib borganligi sababli vaqtincha Xorazm Respublikasida milliy-hududiy chegaralanishni to‘xtatib turishga qaror qilindi.
Bu borada Xorazm Kompartiyasi va hukumati rahbarlariga har tomonlama ta’sir o‘tkazib borildi. Ularning ko‘pchiligi vazifasidan olinadi, qolganlari partiya qaroriga qo‘shilishga majbur bo‘ladi. Oqibatda 1924-yil 26-iyunda Xorazm Respublikasi rahbarlari Xorazm uchun ham milliy chegaralanishning zarurligini “e’tirof” etadilar. Shundan so‘ng, 1924-yil 15-iyulda O‘rta Osiyo byurosi milliy chegaralanish loyihasini tayyorlash va 1924-yil oktabr oyida uni o‘tkazish zarur, degan xulosaga keldi. Bu qaror 1924-yil 14-oktabrda SSSR BMIQ tomonidan ham ma’qullanadi.
Shu tariqa, sovet hukumati va uning joylardagi mahalliy tashkilotlarining 1920–1924-yillar davomida O‘rta Osiyoda olib borgan, xalqqa yolg‘on va’dalar berishni ko‘zda tutgan “lenincha milliy siyosat”ni hayotga tatbiq etish bobidagi amaliy ishlari yakun to‘di. Buning orqasida o‘lkaning tarixan tarkib topgan o‘ziga xos milliy xususiyatlari, hududiy yaxlitligi zavol topdi.
Uning hududlarini kichik-kichik milliy bo‘laklarga bo‘lish ishlari yakuniga 1924-yil 24-oktabrda RKP(b) MQ plenumi so‘nggi nuqtani qo‘ydi.
Xullas, Turkiston mintaqasini milliy-hududiy jihatdan qayta chegaralash Markaz va RKP (b) MK O‘rta Osiyo byurosi tomonidan ishlab chiqildi va 1924 yilda u o‘zining so‘nggi bosqichiga kirdi.
1924 yil aprel-iyun oylarida markaziy organlar, mintaqaning uch respublikasidagi kommunistik tashkilotlar va RKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosida milliy chegaralanish masalalari yuzasidan zo‘r berib ish olib borildi. Milliy chegaralanish masalalarini yanada batafsil va chuqurroq o‘rganish uchun Turkiston va Buxoro Kommunistik partiyalari Markaziy qo‘mitalari huzurida maxsus komissiyalar tuzildi. Bunday komissiya Markazning Turkistondagi vakolatli tashkiloti –
O‘rta Osiyo byurosi huzurida ham ish olib borgan. Shuningdek, bu komissiya huzurida kichik komissiyalar ham tashkil etilgan edi.
Milliy-hududiy chegaralanishni o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan kichik komissiyalarning ma’ruzalari RKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosi komissiyasining 1924 yil 10 maydagi majlisida, 11
mayda esa RKP(b) O‘rta Osiyo byurosining maxsus majlisida tinglandi. O‘rta Osiyo byurosi, maxsus komissiya va uning kichik komissiyalari ishining yakunlarini muhokama qilib, ular tomonidan ishlab chiqilgan O‘rta Osiyoni milliy-hududiy chegaralanishining aniq rejasini tasdiqladi. Unga ko‘ra:
“1. Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalarini milliy-hududiy belgilariga ko‘ra chegaralash zarur deb topilsin, yangi tashkil etilayotgan milliy-hududiy birlashmalardan federatsiya tashkil etilmasin.
2. O‘zbekiston va Turkmaniston respublikalari tashkil etilsin va ular mustaqil SSR
huquqlariga ega bo‘lsin va bevosita SSSRga kirsin. O‘zbekiston respublikasi doirasida Tojikiston avtonom viloyati tashkil etilsin. Qirg‘iziston avtonom viloyati tashkil etilib, uning qaysi respublika tarkibiga kirishi masalasi ochiq qoldirilsin.
3. Turkiston respublikasida yashaydigan qozoqlar hozirgi vaqtda mavjud bo‘lib turgan Qozog‘iston avtonom respublikasiga kiritilsin”.
Turkiston o‘lkasini parchalab tashlashga qarshi chiqqanlar orasida milliy rahbar xodimlardan tashqari Markazdan kelgan ayrim nufuzli vakillar ham bo‘lgan. Ana shunday kommunistlardan biri 184

G.Safarov bo‘lib, u o‘zining 1924 yil 25 aprelda “Turkestanskaya pravda” gazetasida e’lon qilgan maqolasida Turkistondagi mavjud ahvolni batafsil ko‘rsatib, quyidagicha mulohazalarni keltirib o‘tadi: “Turkistonni bo‘lish yengiltaklik bo‘lib, ba’zi oblastlar masalasida nizolar kelib chiqadi.


Chunki iqtisodiy jihatdan turli oblastlar bir-birini to‘ldiradi hamda juda ko‘p turli millatlar yashaydigan aralash aholi punktlari mavjud. Shu masala yuzasidan ko‘plab muammolar kelib chiqadi”.
Darhaqiqat, 1924 yili milliy-hududiy chegaralanish jarayonida milliy masala juda o‘tkirlashdi.
Arxiv hujjatlarida keltirilishicha, bu xususda ahvol shu darajaga borib yetdiki, aholi o‘zining millatini yashira boshladi. Ular o‘zlarini yashash joylaridan ko‘chirib, shu nomdagi respublikaga jo‘natib yuborilishidan cho‘chir edilar.
O‘rta Osiyo byurosining mintaqada milliy-hududiy chegaralanishni o‘tkazilishi xaqidagi qaroriga dastlab Xorazm respublikasi rahbarlari qarshi chiqdilar. 1924 yil 8 mayda O‘rta Osiyo iqtisodiy konferensiyasiga qatnashish uchun Toshkentga kelgan Xorazm delegatsiyasining a’zolari RKP (b) MK O‘rta Osiyo byurosining raisi nomiga “Xorazmda milliy masalaning hal qilinishi to‘g‘risida yozishmalar” nomli hujjatni topshirdi. Bu hujjatga Xorazm Kompartiyasi Markaziy Komiteti (XKP MK) mas’ul kotibi Q.Adinayev, XKP MK Ijroiya byurosi a’zosi Abdusalomov, Xorazm respublikasining Toshkentdagi bosh elchisi Yoqubov, XSSR Gosplanining raisi Shulimov va Xorazm hukumatining bir qator a’zolari qo‘l qo‘ygan edilar. Jumladan, hujjatda bunday deyilgan: “Xorazm rayonining iqtisodiy jihatdan yaxlitligi, uning xususiyatlari va Turkiston rayonlaridan farq qilishi, Xorazmning ayrim rayonlari tuzish mo‘ljallanayotgan milliy respublikalar markazlari bilan uzviy bog‘lanmaganligi...” Xorazmni o‘z chegarasi doirasida mustaqil ma’muriy siyosiy markaz sifatida qoldirishni taqozo etadi. Yozishma mualliflari Xorazm SSRga Turkiston ASSRning Amudaryo viloyatini qo‘shish masalasini ham ko‘tardilar.
Xullas, bu maktubda Xorazmni mustaqil ma’muriy rayon sifatida o‘zining doirasida qoldirish va Xorazmga Amudaryo viloyatini kiritish masalasi qo‘yilgan edi. Aslida bu Xorazm respublikasi rahbariyatining chegaralanish o‘tkazilishini rad qilishi edi. Biroq O‘rta Osiyo byurosi xorazmlik milliy rahbar xodimlarning fikrlarini qat’iyan rad qildi, byuro qabul qilgan qarorning birinchi bandiga Xorazm respublikasini ham kiritdi. Shunga qaramasdan XKP MK Ijroiya byurosi 1924 yil iyunda yuborgan telegrammasi bilan maktub mualliflarining nuqtai nazarini qo‘llab-quvvatladi.
Xullas, xorazmlik milliy yetakchilar o‘z fikrlarida sobit qolib, bu masalada Markaz siyosatiga qarshi chiqdilar.
Shu munosabat bilan RKP(b) MK Siyosiy byurosi 1924 yil 12 iyunda bo‘lib o‘tgan majlisda chegaralanish materiallariga doir hujjatlarga tegishli tuzatishlar kiritishga majbur bo‘ldi. Siyosiy byuro Xorazm respublikasini oldingidek o‘z holiga qoldirishga vaqtincha rozi bo‘ldi va bu haqda qarorda yozib qo‘yildi. Shuningdek, Markaz bu haqda O‘rta Osiyo byurosiga tegishli topshiriqlarni jo‘natdi.
Xullas, 1924 yil 12 iyunda RKP (b) MK Siyosiy byurosi “O‘rta Osiyo respublikalarini (Turkiston, Buxoro va Xorazmni) milliy chegaralash to‘g‘risida”gi masalani ko‘rib chiqdi hamda
“Buxoro va Turkiston Kompartiyalari Markaziy komitetlari va Xalq Komissarlari Sovetlarining takliflari” ni hisobga olib, quyidagicha qaror qabul qildi:
a) Turkiston, Buxoro va Xorazmning turkmanlar yashaydigan qismlaridan mustaqil Turkmaniston respublikasi tuzilsin;
b) Turkiston va Buxoroning o‘zbeklar yashaydigan qismlaridan mustaqil O‘zbekiston respublikasi tuzilsin;
v) Xorazm respublikasidan turkmanlarni ajratgan holda bu respublika o‘z holicha qoldirilsin.
Siyosiy byuro Turkistonning qozoqlar yashaydigan rayonlarini Qirg‘iziston ASSR (aslida Qozog‘iston ASSR) bilan birlashtirishni, shuningdek, bevosita RSFSR sostaviga kiradigan Qora-Qirg‘iziston (aslida Qirg‘iziston) avtonom viloyati va O‘zbekiston SSR tarkibida Tojikiston avtonom viloyatini tuzishni zarur deb topdi.
RKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosi o‘zining 1924 yil 10 avgustda bo‘lgan 322-majlisida byuro kotibi Karklinning “Xorazm bo‘yicha amaliy takliflar” nomli ma’ruzasi asosida qaror qabul qildi.
Bu qarorda XKP MK Tashkiliy byurosi tomonidan 26 iyunda qabul qilingan Xorazmning o‘zbeklar yashaydigan qismini O‘zbekiston Respublikasiga kiritish haqidagi “qaror” ma’qullandi. Xorazm respublikasi tarkibidagi Qirg‘iz-Qoraqalpoq oblastiga munosabat masalasi ochiq qoldirildi.
185

RKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosi Markaz topshiriqlarini bajarishga intildi. Natijada 26 iyunda Xorazm Kompartiyasi MKning yangilangan tarkibi milliy kommunistlar 9 iyunda chiqargan qarorni bekor qildi va Xorazm uchun ham milliy chegaralanishning zarurligini e’tirof etdi. RKP(b) MK


Siyosiy byurosi O‘rta Osiyo byurosining taklifi bilan yana bu masalaga qaytdi va Xorazmni Buxoro hamda Turkiston bilan bir qatorda milliy- hududiy chegaralanish jarayoniga qo‘shdi.
RKP(b) MK Siyosiy byurosining 1924 yil 12 iyunda qabul qilgan qaroridan boshlab milliy-hududiy chegaralanishni tayyorlash jarayoni yangi bosqichga kirdi. 15 iyulda RKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosi yangi tashkil etiladigan milliy respublikalar va viloyatlarning muvaqqat byurosini tashkil etdi.
Rejalashtirilgan yangi milliy tuzilmalarni mazmunan to‘ldirish, ularning hududlarini aniqlab chiqish, chegaralarni ajratish va belgilash lozim edi. Bu ish birmuncha oldinroq RKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosi tashkil etgan Hududiy komissiyada, uning milliy kichik komissiyalarida va janjalli masalalarni hal qilish uchun tuzilgan maxsus komissiyalarda boshlangan edi. Hududiy komissiya tarkibiga Fayzulla Xo‘jayev, Sultonbek Xo‘janov, Abdulla Rahimboyev, Rustam Islomov, Qayg‘usiz Otaboyev, Nodir Aytoqov, Y.Abdurahmonov, I.Aydarbekov, I.Vareykis, D.Manjara, I.Mejlauk, X.Saxat-Muratov va boshqa siyosiy arboblar kirgan edi.
Hududiy komissiya (uning tarkibiga yangi tashkil etilayotgan respublikalar va viloyatlarning yuqorida nomlari keltirilgan vakillari kirgan edi) majlislarining stenografik hisobotlari bu ishni bajarganlardan birining obrazli ifodasi bilan aytganda, “aholini milliy guruhlarga ajratish”
muammolarining murakkabligi va xilma-xilligiga bugungi kunda chinakam baho berish imkoniyatini tug‘diradi. Agar o‘zbek va turkman kichik komissiyalarining vakillari umuman bitta nuqtai nazarda: chegaralanish asosida mustaqil “milliy sovet respublikalari” va avtonom viloyatlari tashkil etilishini yoqlagan bo‘lsalar, Xorazm delegatsiyasi Xorazm respublikasining daxlsizligini himoya qilishda davom etdi, qozoq kichik komissiyasi esa O‘rta Osiyo sovet respublikalari federatsiyasini tuzish g‘oyasini yana bir marta ilgari surdi. O‘rta Osiyo hududini mo‘ljallanayotgan milliy tuzilmalar o‘rtasida chegaralarga ajratib olishda yanada ko‘proq xilma-xillik ko‘zga tashlandi. Chegaralanish uchun asos qilib olingan ikki prinsip - milliy-hududiy va iqtisodiy prinsiplar O‘rta Osiyoda mavjud bo‘lgan sharoitga to‘g‘ri kelmadi. Hududiy komissiya a’zolari oldiga hal etilishi qiyin bo‘lgan vazifalarni keltirib chiqardi, ular o‘rtasida norozilik va kelishmovchiliklarni chuqurlashtirdi, ba’zida esa g‘alati va jiddiy vaziyatlarni yuzaga keltirdi.
Majlis qatnashchilari tayanch masalalarni ilmiy jihatdan yanada chuqurroq o‘rganib o‘tirmasdan oddiy ovoz berish yo‘li bilan O‘rta Osiyo Federatsiyasi tashkil etilishi g‘oyasiga (majlisda bu g‘oyani Sultonbek Xo‘janov asoslab bergan va himoya qilgan edi) qarshi fikr bildirib, O‘zbekiston SSR va Turkmaniston SSRni tashkil etish va ularning bevosita SSSRga kirishini, O‘zbekiston SSR tarkibida Tojikiston avtonom viloyati va Qirg‘iziston avtonom viloyati tarkib topishini yoqlab chiqdilar.
Hududiy komissiya faoliyatining natijalari RKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosida va O‘rta Osiyo kommunistik tashkilotlari rahbar organlarida muhokama qilindi. 1924 yil 14 sentabrda Turkiston Kompartiyasi, Turkiston ASSR MIK va Taftish komissiyasining qo‘shma plenumida Hududiy komissiyaning ishi to‘g‘risida komissiya raisi, TKP MKning mas’ul kotibi I.Vareykis ma’ruza qildi.
U o‘z ma’ruzasining kirish qismida milliy-hududiy chegaralanishning tepasida bolsheviklar partiyasi turganligini zo‘r qoniqish hissi bilan ta’kidlaydi. Vareykis bundan tashqari ishchi va dehqonlar ommasi o‘rtasida bu masala yuzasidan tashviqot kompaniyasi ochish zarurligini taklif qiladi. Shunday qilib, mintaqa xalqlari o‘z taqdirlarini hal qilishi kerak bo‘lgan milliy-hududiy chegaralanish jarayoniga endigina tortiladi.
TKP MQ, Turkiston MIK va Taftish komissiyasining qo‘shma plenumi Turkiston, Buxoro va Xorazmning milliy-hududiy chegaralanishi rejasini umuman ma’qulladi, Hududiy komissiyaning va RKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosining qarorlarini tasdiqladi va mazkur rejani ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash uchun Turkiston ASSR MIKning favqulodda sessiyasini chaqirish haqida qaror qabul qildi.
Shu tariqa, bunga qadar faqat partiya organlari tomonidan ko‘rib chiqilgan, tayyorlangan va uzil-kesil hal etilgan masalani tasdiqlash uchun sovet organlariga berishga qaror qilindi.
Shuningdek, TKP MKning Qo‘shma plenumi bu masalaga doir o‘z rezolyutsiyasida “ishchilar va dehqonlar ommasi orasida keng kompaniya ochish”ni taklif qildi, chunki I.Vareykisning ma’ruzasida quyidagi fikrlarga alohida urg‘u berilgan edi. “ Masalaning siyosiy tomonlari xaqida 186

xulosa chiqarish imkoniyatiga ega emasmiz. Na Markaziy komitetda, na O‘rta Osiyo byurosida aynan milliy hududiy chegaralanish g‘oyasi mahalliy aholiga qanday ta’sir qilganligi, singiganligi haqida aniq to‘xtamga kelinmagan. Uning partiyaviy doiralardagi aks-sadosini bilamiz, ammo partiyasizlar orasida qanday kechayotganligidan bexabarmiz. Bu masalani o‘rganish uchun tadqiqotlar, tekshiruvlar o‘tkazmadik. Birorta syezd, konferensiya o‘tkazmadik. Bizku ularni amalga oshirmadik, ammo aslida sovet siyosatini to‘g‘ri tashkil etish syezdlar o‘tkazilgandagina risoladagidek bo‘ladi. Biz shularni bajarmagan ekanmiz biz faqatgina yuqorining, ya’ni partiyaviy rahbariyatning fikriga egamiz. Bunday olib qaraganda partiyaning nuqtai nazari ham bizga qorong‘u”.


Vareykisning bu mulohazasi juda muhim ahamiyatga egadir. Haqiqatan ham, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, o‘lka aholisi o‘sha paytga qadar o‘z taqdiri uchun g‘oyat ahamiyatli bo‘lgan masalani muhokama qilishdan butunlay chetlashtirilib qo‘yilgan edi.
O‘rta Osiyo byurosi TKP, BKP va XKP Markaziy Komitetlariga mahalliy partiya tashkilotlariga “chegaralanish bo‘yicha ham og‘zaki, ham yozma tashviqot kompaniyasi o‘tkazish vaqtida internatsional kommunistik jihatlarga qat’iy amal qilish va chegaralanish vaqtida ayrim millatlar o‘rtasida qandaydir masalada bo‘lmasin kelib chiqadigan milliy og‘machilikka yo‘l qo‘ymaslik... chegaralanish masalalarini ko‘pchilik o‘rtasida muhokama qilish vaqtida RKP (b) MK
va O‘rta Osiyo Byurosining O‘rta Osiyo respublikalarining milliy chegaralanishi to‘g‘risidagi qarorlariga qat’iy amal qilish...” vazifasini yuklashni taklif etdi.
XSSR ning Moskvadagi muxtor vakili Abdusalomov tomonidan 1924 yil 28 avgustda VKP(b) MK Bosh kotibi I.V.Stalin nomiga yozilgan maktubda milliy-hududiy chegaralanish xususida qiziqarli dalillar mavjud. Xorazm respublikasidagi milliy rahbar xodimlarning yetakchi vakillaridan biri hisoblangan Abdusalomov Moskvadagi faoliyati davomida bolsheviklar partiyasining dohiysi bilan bir necha marta uchrashgan, uning xarakterini yaxshi bilgan. Shuning uchun ham Stalinga yozilgan bir varaqlik (2 bet) maktubda Abdusalomov dastlabki sovet hokimiyatining Sharqdagi siyosati to‘g‘risida to‘xtaladi, so‘ngra Xorazmdagi davlatchilik tarixi, Qadimgi Xorazm davlatining jahon tarixida tutgan o‘rni, bugungi kunda Xorazm respublikasidagi siyosiy ahvol va xorazmliklar ruhiyatidagi o‘zgarishlar xususida so‘z boradi. Maktub muallifi XSSRning Moskvadagi muxtor vakolatxonasiga uning huzuriga shu masala bo‘yicha maxsus kelgan Afg‘oniston elchixonasining birinchi kotibi bilan bo‘lib o‘tgan suhbat to‘g‘risida ham Stalinga ma’lumot berib, milliy-hududiy chegaralanish O‘rta Osiyo respublikalariga qo‘shni davlatlar: Afg‘oniston, Eron, Turkiya kabi Sharq mamlakatlarida kuchli qiziqish, ayni paytda katta xavotirga sabab bo‘layotganligi to‘g‘risida gapiradi. Abdusalomovning yozishicha, uning nazarida bu masalani hal etish erta boshlangan. U bu masala bo‘yicha Sukerman bilan bo‘lib o‘tgan suhbatdan qoniqmaganligi uchun Stalinga shaxsan murojaat qilgan. Afsuski, Stalinning javob maktubi yoxud boshqa fikrlar to‘g‘risida arxivda ma’lumotlar saqlanib qolmagan.
VKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosining 1924 yil 7 sentabrda bo‘lib o‘tgan 107-majlisida byuroning birinchi kotibi I.A.Zelenskiy “Chegaralanish bilan bog‘liq masalalar to‘g‘risida” ma’ruza qildi. Ma’ruzada O‘rta Osiyoda o‘tkazilayotgan milliy-hududiy chegaralanish bilan bog‘liq tadbirlar xususida so‘z boradi. Majlisda hududiy komissiyaning 16 avgustdagi 2 protokoli, 21 avgustdagi 5
protokoli va 6 sentabrdagi 6 protokoli asosida yangi tuzilayotgan Turkmaniston SSRning chegaralari tasdiqlanadi. Shuningdek, hududiy komissiyaning 21 avgustdagi 5 protokoli asosida yangi tuzilayotgan O‘zbekiston SSRning Qirg‘iziston Respublikasi (aslida Qozog‘iston ASSR) bilan chegaralari ham tasdiqlanadi. Bundan tashqari Hududiy komissiyaning 6 sentabrdagi 6-protokoli asosida yangi tuzilayotgan Tojikiston avtonom oblastining chegaralari, 21 avgustdagi 5
protokoli asosida Qora Qirg‘iz (aslida Qirg‘iziston) avtonom viloyatining chegaralari va 21
avgustdagi 5 protokoli va 6 sentabrdagi 6 protokoli asosida Qoraqalpoq avtonom viloyatining chegaralari hamda Amudaryo viloyati hududi tasdiqlanadi. Turli xalqlar aralash yashaydigan hududlarni milliy respublikalar yoki viloyatlarning qaysi biriga kiritish lozimligi keskin tortishuvlarga sabab bo‘ladi. Bu haqda arxiv fondlarida ko‘plab hujjatlar saqlanib qolgan.
O‘rta Osiyo byurosining 1924 yil 9 sentabrda bo‘lib o‘tgan 109-majlisida Buxorodagi qirg‘izlar (aslida qozoqlar) masalasi bo‘yicha komissiyaning ma’ruzasi (ma’ruzachilar Znamenskiy va Sergaziyev) tinglanadi. Ma’ruzada ko‘rsatilishicha, Buxoro viloyati, Karmana viloyatining g‘arbiy qismi (Konimex) va Nurota viloyatlarida qirg‘izlar (qozoqlar) yashayotganligi uchun bu yerda maxsus qirg‘izlar tumani (markazi-Nurota shahri) tashkil qilinishi lozim. Bu tuman markaziy 187

hokimiyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadi. Bu haqda majlisda maxsus qaror qabul qilingan va ushbu qaror asosida keyinchalik maxsus Nurota uyezdi va Konimex avtonom rayoni tashkil etilgan.


1924 yil 15 sentabrda Turkiston ASSR MIK ning navbatdan tashqari sessiyasi ish boshladi.
Uning kun tartibida bitta masala: milliy-hududiy chegaralanish masalasi turardi. Mazkur masala yuzasidan Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Soveti raisi Rustam Islomov ma’ruza qildi. Bu ma’ruza oldingi bosqichlarda ilgari surilgan barcha g‘oyalar va qoidalarni takrorlashdan iborat bo‘ldi. Ma’ruzada O‘rta Osiyoda o‘tkazilayotgan milliy-hududiy chegaralanishni “millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash prinsipi”ni to‘liq amalga oshirish, yangi “milliy davlat tuzilmalari”ni tashkil etish sifatida tushunish kerakligiga asos solindi. Shu bilan birga R.Islomov ma’ruzasida, milliy-hududiy chegaralanish “xalqlarning xohish-irodasini bildirish akti”, degan tezis birinchi bor quyidagicha ochiq aytildi: “Turkiston xalqlari bilan birgalikda Buxoro va Xorazm xalqlari ham milliy chegaralanish to‘g‘risida o‘z-xohish irodasini bildirdilar. Ular ham barcha o‘zbeklar, qirg‘izlar va turkmanlarning yagona davlatga birlashtirish yo‘li bilan qilingan tarixiy adolatsizlik oqibatlarini tuzatishga intilmoqdalar”. Turkiston ASSRdan tashqari BSSR va XSSR da ham milliy-hududiy chegaralanish to‘g‘risida shunday qarorlar qabul qilindi.
1924 yil 14 oktabrda bo‘lgan Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi (RSFSR MIK) I sessiyasida O‘rta Osiyodagi Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalari o‘rnida O‘zbekiston SSR
va Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR (O‘zbekiston tarkibida), Qoraqalpoq (Qoraqalpog‘iston) avtonom viloyati va Qirg‘iz (Qirg‘iziston) avtonom viloyati tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Nihoyat, 1924 yil 27 oktabrda bo‘lgan Butunittifoq Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi (SSSR
BMIK) II sessiyasi O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazish va yangi respublikalar hamda viloyatlar tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Shunday qilib, 1924 yil sentabr-oktabr oylarida Turkiston mintaqasida o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish O‘rta Osiyo respublikalari, sovet Rossiyasi va SSSR davlat hokimiyati yuqori organlari qarorlarida qonun yo‘li bilan rasmiylashtirildi.
1924 yil 18 noyabrda Turkiston ASSR, Buxoro SSR va Xorazm SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitalari maxsus qo‘shma qaror qabul qildilar va shu qarorga binoan o‘z vakolatlarini O‘zbekiston SSR Sovetlarining Ta’sis qurultoyiga qadar ish ko‘ruvchi, Fayzulla Xo‘jayev raisligida 31 oktabrda tashkil etilgan O‘zbekiston SSR Muvaqqat inqilobiy komiteti (revkom)ga topshirdilar.
Bu komitet to‘rt oy davomida O‘zbekiston SSR tuzilishini boshqarib bordi.
O‘zbekiston SSR Revkomining 1925 yil 29 yanvardagi qaroriga ko‘ra yangi tuzilayotgan respublikaning ma’muriy tuzilishi quyidagicha bo‘lgan: O‘zSSR 7 ta viloyat va alohida Nurota uyezdiga bo‘lingan. Samarqand shahri poytaxt bo‘lishi kerak edi. Viloyatlar 32 ta uyezd, uyezdlar esa 312 ta volostga bo‘lingan. Ma’lumotlarda keltirilishicha, bu paytda aholining soni 3.963.285
kishini, ya’ni O‘rta Osiyo aholisining deyarli yarmini – 48,7 foizini tashkil etardi. 1926 yilda o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha respublikada istiqomat qiluvchi aholining tarkibi quyidagicha edi: o‘zbeklar – 74,2%, tojiklar – 7,8%, ruslar – 5,6%, qozoqlar – 2,4%, qirg‘izlar –
2,04%.
Shunday qilib, 1924 yil oxiri va 1925 yil boshlarida Turkiston ASSR, BSSR va XSSR
tugatilib, ularning o‘rnida O‘zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR (1929 yilgacha O‘zbekiston SSR tarkibida), Qora-Qirg‘iz (Qirg‘iz) avtonom viloyati (RSFSR tarkibida), Qoraqalpoq avtonom viloyati (dastlab Qozog‘iston ASSR tarkibida; 1930 yildan RSFSR tarkibida; 1932 yildan Qoraqalpog‘iston ASSR; 1936 yildan u O‘zbekiston SSR tarkibida) tashkil etildi. 1924
yil oxiri va 1925 yil boshlarida sovet rejimi va bolsheviklar Turkiston mintaqasini parchalab tashlab, O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishni amalga oshirdi.
1925 yil 13-17 fevralda Buxoroda bo‘lgan O‘zbekiston SSR Sovetlarining 1-qurultoyida
“O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish to‘g‘risida Deklaratsiya” qabul qilindi.
Deklaratsiya O‘zbekiston SSRning tashkil topganligini qonunan rasmiylashtirdi va uning ixtiyoriy ravishda SSSR tarkibiga kirganligini e’lon qildi. Deklaratsiyada yozilganidek, “shu kundan e’tiboran o‘zbek xalqi tarixida, Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo, Zarafshon, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarini o‘z ichiga olgan bu xalq hududida birinchi marta ishchi va dehqonlarning ittifoqdosh O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi ta’sis etiladi, unga Tojikiston ASSR ham kiradi”.
188

Qurultoyda respublika hokimiyatining oliy organlari rasmiylashtirildi. Taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo‘jayev O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisi va Yo‘ldosh Oxunboboyev O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi Prezidiumi raisi qilib saylandi.

Shu tariqa O‘zbekiston SSRning tashkil topishi va uning SSSR tarkibiga kirishi bilan mintaqada sovet davlatchiligining yangi bosqichi boshlandi. O‘zbekiston SSRda 1925 yildan boshlab Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan 6 ta “ittifoqdosh respublika”ning biri sifatida sotsialistik jamiyat asoslarini qurish davom ettirildi.

Yangi tashkil topgan “ittifoqdosh respublikalar”ning statusi (maqomi), ularni qanday asoslarda SSSRga kirishi va undan ajralib chiqishi eng avvalo qonuniy yo‘l bilan rasmiy hujjatlarda, Ittifoq va respublika konstitutsiyalarida o‘z aksini topdi.




Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish