O’zbekiston tarixi kafedrasi о‘zbekiston tarixi fanidan



Download 2,66 Mb.
bet71/191
Sana14.03.2023
Hajmi2,66 Mb.
#918885
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   191
Bog'liq
O’zbekiston tarixi kafedrasi î‘zbekiston tarixi fanidan

Birinchidan, azaldan Sharqda davlat qanchalik demokratiyaga keng imkoniyat yaratib bergan bo`lmasin, kuchli hokimiyat mavjud bo`lgan. Eng ulug’ va adolatpesha davlat boshlig’ining bir qo`lida qilich, ikkinchisida ma‘rifat bo`lgan. Qilich hamma vaqt ham ishga solinmagan, u tinchlik, adolat va haqiqatga xizmat qilgan. Aks holda, har qanday hokimiyat anarxiyaga aylanib ketishi mumkin.
Ikkinchidan, boshqaruvning Parlamentar - Respublika usulida Prezident Parlament yig’ilishida uning a‘zolari tomonidan saylanadi. Prezidentlik - Respublika boshqaruvida esa umumxalq saylovi yo`li bilan barcha fuqarolarning ovoz berishi asosida saylanadi. Bunda Prezident vakolatini Parlamentning sanoqli a‘zolaridan emas, keng xalq ommasidan oladi.
O`zbekistonda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishda sud hokimiyatini shakllantirsh muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham mamlakatda mustaqillik yillarida sud islohotlarini izchillik bilan o`tkazishga alohida e‘tibor berildi. Oliy Majlisning 1995 yil fevralda bo`lib o`tgan birinchi, 1995 yil dekabrda bo`lgan IV va 1996 yil avgustda bo`lgan VI sessiyalarida sud hokimiyati uchinchi, mustaqil hokimiyat tarmog’i ekanligi, odil sudlov tizimini shakllantirish va demokratiyalashtirish lozimligi ko`rsatildi. Oliy Majlisning VI sessiyasida Birinchi Prezident Islom Karimov “Sud islohotini chuqurlashtirish, hokimiyatining uchinchi, mustaqil va qaram bo`lmagan tarmog’i sifatida butun odil sudlov tizimini demokratlashtirish-huquqiy davlatni mustahkamlashning yana bir muhim yo`nalishidir... Sud jazolovchi organdan oddiy odamlarning huquqlari va manfaatlarini ximoya qiluvchi organga aylanib, haqiqatdan ham mustaqil bo`lib qolishi lozim”, - dedi.
O`zbekiston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O`zbekiston Resublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudi, shu muddatga saylanadigan viloyat sudlari, tuman, shahar xo`jalik sudlaridan iborat.
1996 yildan boshlab sud islohotlarining ikkinchi bosqichi boshlandi. Oliy majlisning 1996 yil 26 dekabrda bo`lgan VII sessiyasida Jinoyat kodeksi va Jinoyat-ijroiya kodekslariga jiddiy o`zgarishlar kiritildi.
Sud hokimiyati Konstitutsiya va xalq tomonidan sudga berilgan jinoyat, fuqoralik va ma‘muriy hamda xo`jalik ishlari bo`yicha huquq va adolat, qonun ustivorligi tamoyiliga amal qilish, topshirilgan ish uchun javobgarlik asosida odil sudlovni amalga oshirish imkonini beruvchi vakolatlar majmuidir.
O`zbekiston mustaqilligi yillarida hokimiyat organlari tubdan isloh qilindi. Bu tizim tarkibiga viloyat, tuman, shaharcha, shaharlar tarkibidagi tuman, shahar, qishloq, posyolka doirasidagi hokimiyat muassasalari majmui kiradi.
Milliy davlatchilik tarixi tajribasidan kelib chiqqan holda va “O`zbekiston Respublikasi hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to`g’risida”gi Qonunga mavofiq viloyat, shahar va tumanlarda hokim lavozimi ta‘sis etildi. Viloyat, tuman, shahar hokimi hududning oliy mansabdor shaxsi sifatida tegishli hudud ijroiya hokimiyatini boshqaradigan bo`ldi.
O`zbekistonda o`zini-o`zi boshqarish organlarini tashkil etishga katta e‘tibor berildi. O`zbekiston Konstitutsiyasida o`z-o`zini boqarish organlarini to`zish tartiblari belgilab berilgan. Konstitutsiyaning 105-moddasida shaharlardagi mahallalarda hamda shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda fuqarolarning yig’inlari o`zini-o`zi boshqarish organlari hisoblanadi, deb belgilab qo`yilgan.fuqarolarning yig’inlarida ikki yarim yil muddatga mahalla raisi ( oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylanadi.
Markaziy Osiyo mintaqasi va musulmon sharqida davlat qurilishi va boshqaruv tajribasi o`zigaxos xususiyatlarga va o`ziga xos an‘analarga ega. Sharqda qadimdan ijtimoiy-siyosiy hayotda mahallalarning roli salmoqli bo`lgan.
Mahalla azaldan Markaziy Osiyodagi shaharlar ichidagi, hududiy birlik bo`lib, u bizga o`tmish dan meros bo`lib qolgan. Mahalla; - o`z-o`zini boshqarishning asosiy bug’ini. U aholining ijtimoiy masalalarini xal etishda muhim rol o`ynaydi. Mahallachilik uzoq an‘analarga va xalqimiz tarixiga, uning boy ma‘naviy-axloqiy udumlariga bog’liq bo`lgan o`lkan hayot maktabidir.
Mamlakatimizda Mahallalarni tashkil etishga homiylik qilishda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining respublika “Mahalla” xayriya jamg’armasini tashkil etish to`g’risidagi 1992 yil 12 sentyabrdagi hamda mamlakat “Mahalla” xayriya jamg’armasiga mablag’ ajratish to`g’risidagi 1992 yil 8 Oktyabrdagi farmonlari katta siyosiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo`ldi.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish