Birinchidan, davlat - bu zaruriy ob‘ektiv reallik bo`lib, jamiyat mavjudligi va faoliyatining hayotni adolatli va huquqiy asosda tashkil etishning asosiy shartidir.
Davlatning milliy kontseptsiyasi uning rivojlanishi, takomillashuvi, faoliyatining samaradorligini ta‘minlash xususiyatidan kelib chiqadi.
Ikkinchidan, davlat - bu shunchaki zaruriy ob‘ektiv reallik bo`libgina qolmay, u jamiyatning extiyoji, uning barcha a‘zolari uchun muayyan kadriyat hamdir. Tarixning ko`pasrlik tajribasi va hozirgi zamon tajribalari ham shuni aniq ko`rsatib turibdiki, davlat hokimiyatining zaifligi, kuchsizligi aksariyat hollarda fojiali xodisalarga olib keladi.
Uchinchidan, demokratik davlat ayrim bir ijtimoiy qatlamlar, guruhlar va sinflarga emas, balki butun jamiyat mafaatlariga xizmat qilish uchun kerak. U butun xalq, butun jamiyat mafaatlarini ifodalaydi.
To`rtinchidan, demokratik davlat huquqni, faoliyat usullari va mexanizmlarini takomillashtirish fuqarolik jamiyatiga tobora yaqinlashish yo`lidan muntazam rivojlanib boradi.
Beshinchidan, demokratik davlatning vazifasi inson vafuqarolar erkinliklari va xuqularini kafolatlashdan iborat.
Demokratiyani davlat qurilishini tashkil etishning shunday bir shakli deb belgilash mumkinki, unda siyosiy hokimiyatni tashkil etishda, uning faoliyatining bosh yo`nalishlarini belgilashda va nazorat qilishda xalq ishtirok etadi.
Jahon tajribalarning guvohlik berishicha, insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida davlat qurilishining oliy, madaniy shakli demokratiyadir va u quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi:
Xalqning erkin xoxish-irodasi;
fuqarolarning teng huquqligi;
inson huquqlarining ustivorligi;
Hokimiyat organlarining saylanib qo`yilishi;
ularning saylovchilarga bo`ysunishi;
tayinlash yo`li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylab qo`yiladigan organlar oldida hisob berishga burchliligi;
hokimiyat tarmoqlarining taqsimlanganligi;
Jahon hokimiyati tomonidan qabul qilingan va eng demokratik me‘yorlariga javob beradigan bu tamoyillar O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aniq ifodalangan va qonuniy mustahkamlangan. Istiqlol yillari yangi mustaqil O`zbekistonning milliy davlatchiligi poydevorini barpo etish sohasida puxta va jiddiy ish olib borilgan davr bo`ldi Ma‘lumki, davlatchiligimizning qariyib uch ming yillik tarixi Rossiya imperiyasiga zo`rlik bilan qo`shib olinishimiz natijasida o`zilib qolgan edi. Faqat mustaqillikka erishilgandan keyingina xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub‘ektiga aylangan suveren O`zbekiston jahon yangi davlatchiligini qurish va rivojlantirishga kirishdi.
Faqat istiqlolgina xalqimizga Vatanida o`zini erkin xis qilish, chinakam milliy qadriyatlarni tiklash, milliy davlatchiligini shakllantirish imkonini berdi.
Mustaqillikka erishilgach, xalqimiz oldida keskin muammolar kundalang bo`ldi, Bo`lar:
Do'stlaringiz bilan baham: |