O’zbekiston tarixi kafedrasi о‘zbekiston tarixi fanidan
O’zbekiston tarixi kafedrasi î‘zbekiston tarixi fanidan
O‘z g‘alabasidan manfatdor tarzda Mozandaron, Damovand, Qumis, Damg‘on, Ray yerlarini ham egalladi. Uning hukmdorlik rutbasini Seyiston, Xorazm, G‘azna, Movarounnahr yerlari ham tan oldi. Sanjarning sultonlik hokimiyatini olishda xorazmshoh Qutbiddin Muhammad katta ko‘mak ko‘rsatdi. Garchi sulton Sanjar barcha saljuqiylarning oliy hukmdori sanalib, uning nomi ramziy tarzda xutbada, tangalarda qayd etilsada, lekin Iroq, Kichik Osiyo, Janubiy Kavkazda uni rasman tan olishar, aslida bu yerlarda mustaqil saljuqiy hokimlar hukmronlik qilishar edi. Sulton Sanjar qo‘lida uzoq vaqt Mozandaron, Xorazm, Seyiston, G‘azna, Movarounnahr qaram bo‘lib keldi. Sanjarni uzoq hukmronligi davrida o‘z davri kishilik jamiyati, muarrixlar «Malik al-mashriq», “buyuk sulton”, “sultonlar sultoni”, “ulug‘ shahanshoh” nisbalari bilan ulug‘lashgan. Sulton Sanjar o‘z poytaxti sifatida Marv shahrini tanlagan. Ta’kidlash lozimki, Saljuqiylar davlati singari ulkan hududlarni o‘z ichiga olgan davlatni yagona markazdan turib boshqarish oson emas edi. Shuning uchun ham markazdan turib boshqaruvdagi qiyinchiliklar, sulola, vakillarining toj-taxt uchun kurashlari, mahalliy hukmdorlarning mustaqillikka intilishlari, qaram o‘lkalardagi norozilik harakatlari Saljuqiylar davlatining zaiflashuviga sabab bo‘lgan edi. Natijada Sulton Sanjar davriga kelib Saljuqiylar davlatining g‘arbiy Iroq qismida uning ta’siri pasayib qoladi. Mamlakatning sharqiy qismi – Eron, Afg‘oniston, Xorazm va Movarounnahrda Sultonning ta’siri birmuncha kuchli edi. Ammo, 1141 yilda Sulton Sanjar va uning vassali hamda ittifoqchisi, Qoraxoniy Mahmudxonning birlashgan qo‘shinlari bilan qoraxitoylar o‘rtasida Samarqand yaqinidagi Qatvon cho‘lidagi jangda Sulton Sanjar qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchraydi. Natijada Movarounnahr qo‘ldan ketib, sultonning mavqei ancha pasayib ketdi. Saljuqiylarning mag‘lubiyatidan Xorazmshoh Qutbiddin Muhammad Otsiz ustalik bilan foydalanib, 1141 yilning qishida Saljuqiylarning poytaxti Marvni bosib oldi va 1142 yilda Nishopurga yurish qildi. Lekin, Sulton Sanjar Xorazm qo‘shinlarini Xurosondan quvib chiqardi va Otsizni yana o‘ziga bo‘ysundirishga erishdi. Sulton Sanjarning harakatlariga qaramay, Saljuqiylar davlati o‘zining avvalgi qudratini yo‘qota boshlagan edi. Saljuqiylarga hal qiluvchi zarbani Balx va Xuttalon viloyatlarida yashovchi o‘g‘uz qabilalari berdi. 1153 yilda ular Sulton Sanjar qo‘shinlarini tor-mor etib, uning o‘zini asir oldilar. O‘g‘uzlar himoyasiz qolgan Marv va Nishopur shaharlarni talon-taroj qilib, o‘t qo‘ydilar. Sulton Sanjar 1156 yilda asirlikdan qochishga muvaffaq bo‘lsa ham, lekin Saljuqiylar davlatini tiklay olmadi va bir yildan keyin vafot etdi. Sulton Sanjar vafoti bilan (1157 y.) saljuqiylarning O‘rta Osiyodagi hukmronligi o‘z poyoniga yetdi. 1157 yildan – 1194 yilgacha faqat G‘arbiy Eron va Iroqda hukmronlik qilishgan A.Ziyo tadqiqotlariga ko‘ra, Saljuqiylar davlat boshqaruvi o‘ziga xos edi. Davlat boshlig‘i, oliy hukmdor Saljuqiylar xonadoni vakili bo‘lib Sulton ul-a’zam unvoniga ega bo‘lgan. Ilgarigi sulolalarda bo‘lgan kabi, Sulton nomiga xutba o‘qilib, tangalar zarb etilgan. Mol-mulk, yer-suv taqsimlash davlat va boshqaruv mansablariga tayinlash, davlat kirim-chiqimlarini nazorat qilib turish, amaldorlar va xizmatkorlar faoliyatini nazorat qilish, yangi qal’alar, shaharlar, hashamatli inshootlar qurishga boshchilik qilish kabilar sultonning zimmasida bo‘lgan. Saljuqiylar boshqaruv tizimida bosh vazir alohida mavqega ega bo‘lgan. Manbalarda bosh vazir-rais ur-ruaso (raislarning boshlig‘i), sa’id ur-ruaso (boshliqlarning kattasi) deb atalib, u barcha devonlar faoliyatiga rahbarlik qilgan holda xazina, moliya, soliq, davlatga tegishli bo‘lgan ishlab chiqarish muassasalari ishlarini nazorat qilgan. Saljuqiylar boshqaruv tizimi dargoh va devonga bo‘lingan bo‘lib dargohdagi eng asosiy xizmat va vazifalar quyidagilar edi: Ulug‘ hojib – oliy hukmdorning eng yaqin kishisi, dargoh bilan devonlar o‘rtasidagi aloqalarni muvofiqlashtirib turuvchi, rasmiy qabullarni uyushturuvchi amaldor; Amiri horis – oliy hukmdor chiqargan jazolar hukmlarini ijro etish bilan shug‘ullanuvchi amaldor; Salohdor – saroydagi qurol-aslaha, ayniqsa oliy hukmdorga tegishli narsalarni saqlash bilan shug‘ullanuvchi amaldor; Xos vakil – dargoh ishlarini boshqaruvchi amaldor; Jangdor – sulton va dargoh xavfsizligini ta’minlovchi amaldor. Undan tashqari oliy hukmdor huzuridagi dargoh faoliyatini ta’minlashda jomador, sharobdor, choshnigir (sultonning ovqatlanishiga mas’ul), sarhang, miroxo‘r, tashtdor kabi amaldorlar ham xizmatda bo‘lgan. Saljuqiylar davlat boshqaruvidagi devonlar sulolaviy va rasmiy devonlarga bo‘lingan. Sulolaviy devonlar oliy hukmdor xonadoni faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, bu xonadonga tegishli bo‘lgan mol-mulk, yer-suv, xazina kabilarning boshqaruvi va hisob-kitobi bilan shug‘ullangan. Rasmiy devonlar qo‘yidagilar bo‘lgan: Devoni tug‘ro – bu devon oliy hukmdorning farmonlari, qarorlari, rasmiy yozishmalari va hujjatlarini tayyorlab, ularni muhr bostirishga taqdim etgan. Joylarga rasmiy hujjatlar yuborish, ulardan hujjatlar qabul qilish, chet ellarga maktublar yuborish, davlat hujjatlarida maxfiylikni ta’minlash ham shu devonning vazifasi edi; Devoni istifo (moliya devoni) – davlat kirim-chiqimlarini, soliqlar, boj va boshqa moliyaviy daromadlar, ularni alohida ro‘yxatga olish bilan shug‘ullangan. Bu devonning xizmatchilari dargoh kirim-chiqimlari, xazinadagi ahvol, mavjud naqd pulning hisobi, davlat qaramog‘ida bo‘lganlarga ketadigan xarajat, maosh, nafaqa miqdori kabilarni ham nazorat qilganlar; Devoni ishrof (davlat nazorati) – moliya-soliq ishlarini nazorat qilish va tekshirish, vaqfga tegishli mulklar ustidan umumiy nazorat olib borish, sulolaga tegishli yer-suvlar, qimmatbaho moliya qog‘ozlari, zarbxonalar, amaldagi muhrlar, bozor mutasaddilari, soliqchilar, qishloq oqsoqollari va boshqa amaldorlar ustidan nazorat olib borgan; Devoni arz (harbiy vazirlik) – lashkarga mo‘ljallangan maosh va ta’minot, harbiylarning ro‘yxati, yangilanib turishi, harbiy qismlarning tarkibiy soni, ularga ketadigan xarajatlarning turi va hajmi, ot-ulov, harbiy yurishlar paytidagi ta’minot, harbiylar ko‘rigini tashkil etish kabi vazifalarni bajargan. Saljuqiylar hokimiyatida, ayniqsa Sulton Sanjar hukmronligi davrida hokimiyatda harbiy sarkardalar katta o‘rin egallaganlar. Harbiy boshliqlar va sarkardalarning ko‘pchiligi turli urug‘ va qabilalardan (o‘g‘o‘z, turkman, xalaj, chig‘il va boshq.) chiqqan kishilardan bo‘lgan. Harbiy sarkardalar tabaqasi o‘z ta’sirini Sulton Sanjar boshqarayotgan hokimiyatga o‘tqazib, ularning ixtiyori bilan ish tutishni talab qilganlar. Harbiy sarkardalarning mavqei Sulton Sanjarning Qatvon cho‘lidagi mag‘lubiyatidan so‘ng yanada kuchayib ketgan edi. Saljuqiylar davri mahalliy boshqaruv tizimida viloyat boshliqlari (voliylar) ham o‘z devonlariga ega bo‘lganlar. Voliylarni oliy hukmdor tayinlagan va mansabidan olgan. Voliylar butun viloyat hayoti bilan bog‘liq barcha sohalarga boshchilik qilganlar. Moliya, soliq, sud, harbiy ishlar, jazo idoralari voliylar nazorati ostida faoliyat ko‘rsatgan. Tumanlar va shaharlar miqyosidagi boshqaruv tizimi ham viloyatlarniki singari bo‘lgan. Download 2,66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |