Xorazmshohlarda boshqaruv tizimi



Download 22,38 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi22,38 Kb.
#201056
Bog'liq
Hujjat (13)


Xorazmshohlarda boshqaruv tizimi

Xorazmshohlar davlati o'rta asrlar O'zbekiston tarixida o'ziga xos boshqaruv tizimiga ega bo'lgan mustaqil davlat edi. “Xorazmshohlar davlat boshqaruvi ham dargoh va devonlarga ega bo'lingan. Dargohdagi lavozimlardan muhimlari-ulug’ hojib sanalgan. Ulug’ hojib hukumdorning eng yaqin kishilaridan tayinlangan. Hojib maxsus muzojaralar olib borish, vazirlar faoliyatini nazorat qilish ishlari bilan mashg'ul bo'lgan”1. Mamlakatda ko'plab boshqa lavozimlar ham faoliyat yuritganlar. “Tashtdor-oliy hukumdorga yaqin kishilardan tayinlangan. U maxfiy topshiriqlarni ham amalga oshirgan. Ustozdor-xo’jalik ishlariga mas’ul amaldor bo’lgan. Amiri oxir – hukmdor uchun ovlar uyushtirgan hamda, tadbirlarni tashkil etgan. Dovotdor, bayroqdor kabi lavozimlar dargohda mavjud bo’lgan”2. Mamlakatda eng muhim lavozim vazir lavozimi bo’lib, lavozimga yuklangan ishlar haqida A. Sagdullayev quyidagilarni yozadi:” Davlatda markaziy boshqaruv organi “al- majlis ul oliy al faxri at-toji” deb nomlanib, unga vazir raislik qilgan. Vazir shohga bevosita bo’ysungan va hukumdorning bosh maslahatchisi ham edi. Asxob ad-davovin, ya’ni devon amaldorlarining boshlig’i. Amaldorlarni bo’shatish va ishga tayinlashga mas’ul bo’lgan; amaldorlarga nafaqa (arzak) belgilagan; amaldorlarga hayot uchun zaruriy oziq ivqat va ashyolar yetkazib bergan; soliqning xazinaga tushishini nazorat qilgan; xalqaro aloqalar va rasmiy tadbirlarda hukumdirni tanishtirish hamda raiyat bilan munosabatlarda vositachilik qilish; ba’zi paytlarda qo’shin yuborgan va unga boshchilik qilgan”3.” Vazir lavozimiga tayinlangan shaxs faqatgina hukumdor oldidagina javobgar shaxs hisoblangan. Xorazmshohlarda Devon tizimi saljuqiylar devon tizimini eslatib, devoni arz, devoni istifo, devoni tug’ro, devoni ishroflardan iborat bo’lgan. Ammo, Xorazmshohlar devon tizimida saljuqiylardan farqli devon ham mavjud bo’lib, u devoni xos deb nomlangan”4. Demakki Xorazmshohlar davlati devon tizimi tarix uchun yangilik bo’lgan ma’lum bir tizim asosida tuzilmagan lekin, o’ziga xosliklardan ham holi bo’lmaganini ko’rishimiz mumkin. Saljuqiylardan farqlovchi ushbu devonning ham o’ziga xos o’rni bor edi. Jumladan: “ Ushbu devon hukumdor sulolaga tegishli yer-suv, mol-mulk ishlari bilan shug’ullangan”5.

Dargohda ham ma’lum tizim asosida amaldorlar guruhi shakllantirilgan. “ Dargohda chashnigr-sultonga beriladigan ovqat, ichimliklarni tekshirib ko’ruvchi; jomador;sulton kotibi (davlatdor) ;sharobdor; farrosh; bayroqdor (amiri a’lam) ;xos xizmatkorlar bishlig’i (maliki xavas) kabi lavozimlar ham bo’lgan”6. Xorazmshohlar davlati o’z uchun mukammal va ko’p sonli qo’shin ham tuza olgan. Agar manbalarga ishonadigan bo’lsak ushbu qo’shin bilan bemalol dunyoning buyuk davlatlari qatorida turishi hamda, ular bilan birdek siyosiy maydonda kurasha olishi mumkin edi. Bir muddat shunday bo’ldi ham, ammo mavjud ixtiloflar Xorazmshohlar buyukligiga raxna soldi. Undan oldinroq mamlakatda sof ijtimoiy muhitga asos solindi. Bu haqida tarixiy yodnomalarda Rashiduddin al Votvot shunday yozadi:” Xorazm shu darajaga borib yettiki, u elma-el kezib yuradiganlar uchun maskan, qqo'rqqan va xavf- hatarga tushganlarga bexatar makon, qochgan quvilganlarga manzilgoh, darveshlar uchun panoxjoy bo’lib qoldi. Odamlar Xorazmga o’z kulfatlaridan najot istab kelarlaru bu joydan barcha illatlari shifo topgan, tashvishlardan qutilgan xolda qaytar edilar. Olloyi taolloga bexad hamd-u sanolar bo’lsin”7. Mamlakatda mana shunday muhit yaratish uchun qudratli qo’shi hamda, adolatli qonun tizimi, qolaversa katta miqdorda iqtisodiyot kerak bo'lishi tayin albatta. Xorazmshohlarda harbiy ish juda yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lib, bu haqida ham tarixiy asarlarda so’z boradi. “ Harbiy ishda harbiy qo’shin hamda hukumdorning gvardiyasidan iborat. Viloyatlarda sohibi jaysh, askar qozisi lavozimi bo’lgan. 1195-yilgi reestrga ko’ra Xorazmshohlar 170 mingdan ziyod qo’shinga ega bo’lgan”8. “Sibt ibn al Javziy 1217-yilda Xorazmshoh 400 va hatto 600 ming qo’shinga ega bo’lgan, deb yozsa, An Nasaviy faqat sarbozlarning o’zi 400 ming kishidan iborat edi, shu jumladan uning safida 70 ming qoraxitoylar ham bor bo’lgan deydi”9.

Albatta faqatgina harbiy soha bilan jamiyat osoyishtaligiga erishib bo’lmaydi. Bunda munosib shaxslardan shakllantirilgan davlat apparati hamda, oqilona siyosat orqali erishish mumkin. Vaholangki siyosiy tizimi izchil yo’lga qo’yilmagan mamlakat to’la markazlashgan, buyuk davlat bo’la olmas edi. Shu muddao bilan Xorazmshohlar tayinlanajak amaldorlarga bir nechta talablar va normativlar qo’yishgan. Bu to’g’rida A. Sagdullayev shunday yozadi: “ Ular asosan arab – fors muhitidan to’plangan va arab hamda fors tili, ma’muriy ishdagi qobiluyatlari, saroy odobi singari bilimlarga ega bo’lishligi hal qiluvchi rol o’ynagan. Xorazmshohlar davlatining vazirlari asosan Xorazm, Buxoro, Nishopur, Isfaxon, Balx, Hirotdan chiqqan shaxslar bo’lgan”10

Xorazmshohlar davlatining boshqaruv tizimi o’z davri uchun mukammal tuzilmaga ega edi. Zero, ulkan davlatni idora etmoq uchun o’z o'rnida sodda va unumli davlat apparati shakllantirish hayotiy zarurat hisoblanadi. Albatta Xorazmshohlar davlati ham ba’zi qusurlardan holi emas edi va hatto mana shu xato va kamchiliklarning hayotiga yakun yasadi. Lekin, uning o’chmas, shonli o’tmishi avlodlar uchun o’chmas mayoq bo’ldi deyish mumkin. Buyuk davlat unchalik ko’p yashamagan bo’lsada jaxonda o’z so’zini ayta oldi. Mo’g’ul istibdodi, qolaversa ichki ziddiyatlar yoqasida mamlakat o’z o’rnini mustahkam egallay olmadi. Shunday bo’lsada Rashiduddin al Votvot aytganidek “najotkor va shifo baxsh etguvchi o’lka “ bo’lib shakllangan mamlakatni to’laqonli Xorazmshohlar imperiyasi deya atashimiz hamda, O’zbekiston tarixida rivojlangan o’rta asrlar asoschisi deya tan olishimiz mumkin. Shonli o’tmishimizda Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Alovuddin Takash, Alovuddin Muhammad kabi buyuk shaxslar vatani bo’lmish Xorazm keyingi davrlarda izsiz yo’qolmadi. Vaqti-zamoni kelganida u yana tarix saxnida namoyon bo’ldi.

1 Internet ma'lumotlaridan :wikipedia

2 Abdurahimova N. A. “Davlat muassasalari tarixi” Sharq:2007 Toshkent 20-21 betlar

3 Sagdullayev A. ” O'zbekiston tarixi : davlat va jamiyat taraqqiyoti” 1-qism. “Akademiya” Toshkent 2000. 106-107-betlar

4 . Abdurahimova N. A. “Davlat muassasalari tarixi “ Sharq :2007 Toshkent 20-21 betlar.

5 Abdurahimova N. A. “Davlat muassasalari tarixi” Sharq 2007 Toshkent 20-21 betlar

6 Shu kitob shu betlar.

7 Uvatov U.Rashiduddin al Votvot maktublari Guliston 1991-yil, 11-son,13-bet.

8 Internet ma’lumotlaridan. www.xorazmiy.uz

9 Karimov Sh. , . Shamsuddinov. R. Vatan tarixi 1- kutob, O’qituvchi:. 1997-yil Toshkent, 229-230-betlar.

10 Sagdullayev A. O’zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. 1-qism Akademiya:. 2000 Toshkent. 107-bet

Download 22,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish