155
O‘TMISH SADOSIDA TARIX
SABOQLARI VA MA’NAVIYAT
(Xotima o‘rnida)
Siz o‘quv yili davomida jonajon Vatanimiz – O‘zbekistonning
IV–XVI asr boshlari tarixi bilan tanishdingiz. Qadim zamonlarda
Turon, o‘rta asrlarda Turkiston va
Movarounnahr nomlari bilan
shuhrat topgan yurtimiz tarixi bayoniga yakun yasalar ekan, shu-
ni e’tirof etish joizki, xalqimizning bu ko‘hna o‘tmishi, avva-
lambor, uning ulkan bunyodkorlik faoliyati tarixidir. Bu davrda
o‘lkamizda azim daryolar, katta-kichik soy va jilg‘alar jilovla-
nib, deh qonchilik maydonlari kengaytirildi, bog‘-rog‘lar va bo‘s-
tonlar barpo etildi. Hozirgi kunda Siz-u biz hayot kechirayotgan
voha va viloyatlar shakllandi va obod etildi. Son-sanoqsiz qishloq
va shaharlar bunyod etildi. Shaharlar kengayib, hunarmandchilik,
tijorat, ma’rifat, ilm-fan hamda madaniyatning markaziga aylan-
di. Hunarmandchilikning turli
xil tarmoqlari rivoj topib, qo‘li
gul mohir hu narmandlarning nozik did va ijodiy mahorati bilan
yasagan buyum-u asboblari hamda zeb-ziynatlari o‘ziga xos yuk-
sak san’at asari darajasida qiyomiga yetkazildi.
Bir tomondan sug‘orma dehqonchilik va chorvachilik, ik-
kinchi tomondan hunarmandchilikning taraqqiyoti o‘z navbatida
ichki va tashqi tijoratning kengayishiga, ayniqsa, tashqi bozor
bilan olib borilgan aloqalarning
mustahkamlanishiga va bular
esa, shubhasiz, xat-u savod, ilm-u ma’rifatning yuksalishiga olib
keldi. Aynan shu davrda Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy,
Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy,
Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bek singari o‘rta asrlarning
buyuk alloma olimlari yetishib chiqdi.
Ular jahon ilm-fanining
taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shdilar.
el-yurtni boshqarishda ham o‘ziga xos davlatchilik, qonun
va qoidalar, yer va mulkka bo‘lgan haq-huquq tizimlari yuzaga
keldi. Bu diyorda yirik viloyat hokimlari
boshqargan mahalliy
voha hokimlaridan tortib, Turk xoqonligi, Somoniylar, Xoqoniya-
Qoraxoniylar, Xorazmshohlar hamda Amir Temur saltanati kabi
buyuk davlatlar tashkil topdi. Bu tarixiy voqelik shuni qat’iy
tasdiqladiki, Vatanimiz hududlarida davlatchilik madaniyati o‘rta
asrlarda yanada rivoj topib, buyuk saltanatlik boshqaruv tizimi-
gacha ko‘tarildi.
156
Davlatchilik tizimi voha hokimliklaridan markazlashgan
sal tanat, ya’ni shahanshohlik (imperiya) darajasigacha ravnaq
topishi,
shuningdek, aholisini umumdavlat dini va e’tiqodida,
xususan, Islom dini aqidalari asosida kamol topishi, beshak,
tarixiy Turon–Tur kis ton mintaqasida qadimdan yashab kelayot-
gan ajdodlarimizni birlashtirdi. Bu davrda Imom al-Buxoriy,
Abu Iso at-Termiziy, Burhoniddin Marg‘inoniy,
Xoja Ahror va
Bahouddin Naqshband kabi ulamolar yetishib chiqdi. Ular islom
dini va qonunshunosligi taraqqiyotiga hamda uning jahon dini
darajasiga ko‘tarilishiga katta hissa qo‘shdilar. Islom dini odam-
lar e’tiqodini mustahkamladi.
Ularning xalq bo‘lib shakllanish jarayonida yengilmas kuch
sifatida asosiy omil vazifasini bajardi. Sharq va G‘arbdan turli
qabilalarga mansub etnik guruhlar o‘lkamizga kirib kelib, ma-
halliy tub aholi bilan qo‘shilib, qorishib ketdi.
Asrlar davomida
yuz bergan bunday etnik jarayonlar natijasida o‘z hududi, dav-
latchiligi, tili, iqtisodiy va ma’naviy-madaniy turmush tarziga ega
bo‘lgan o‘zbek xalqi shakllandi.
Mashaqqatli mehnat, dehqonchilikning barokati, rohat-u uqu-
bati, yerga egalik qilish munosabatlari xalqimizning turmush
tarziga kuchli ta’sir qilib, unda mustahkam e’tiqod, pok axloq,
sabr-qanoat qilish odobini shakllantirdi.
Bunday zabardast jamoatchilik qudratini yuzaga keltirgan
tarixiy Turkiston – O‘zbekiston tarixda Buyuk karvon yo‘lida
Sharq-u G‘arb davlatlarining o‘zaro iqtisodiy va madaniy mu-
nosabatlarining shakllanishida bag‘rikeng
va sohibkor vositachi
hamda qalqon mamlakat sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan.
Vatanimiz uzoq tarixi guvohlik beradiki, adolat yo‘qolib,
zulm kuchaygan vaqtlarda el-yurtda tanglik va notinchlik yuzaga
keladi. Xalq g‘alayonlari ko‘tarilib, mamlakat iqtisodiy va siyo-
siy buhronga duchor bo‘ladi. Bunday og‘ir va mushkul vaziyatli
davrda, ayniqsa, mahalliy hokimlarning Markaziy hokimiyatga
qarshi xatti-harakatlari avj olib ketadi. Bunday davrlarda mam-
lakat tanazzulga yuz tutib, davlat barham topadi. Bu borada Te-
muriylar saltanatining fojiali qismati, ayniqsa, saboqlidir.
Ona-Vatanning mana shunday qismatidan saboq chiqargan
ota- bobolarimizning «Vatanni sevmoq iymondandir» degan sha-
rafli so‘zlarida olam-olam ma’no-mazmun mujassamlashgan. Va
-
tanga bo‘lgan muhabbat esa ota-ona va ustozlarga bo‘lgan izzat-
hurmat, oilaga bo‘lgan sadoqat va e’tiqoddan boshlanadi.