1219-yilning kuzi
da Chingizxon Xo-
razmshohga qarshi yurish boshladi. Uning
jami askari 200 mingga yaqin edi. Chingizxon qo‘shini Sirdaryo
bo‘yida joylashgan
O‘tror
shahri ustiga yurish qildi. Chingizxon
bu shahar yaqinida Movarounnahrni qisqa muddat ichida zabt
etish uchun butun harbiy kuchlarini to‘rt qismga bo‘ldi. Uning bir
qismini o‘g‘illari
Chig‘atoy
va
O‘qtoy
boshchiligida
O‘trorni
qamal qilib turish uchun qoldirdi. Ikkinchi qismga
Jo‘ji
boshliq
etilib, u Sirdaryo etagi tomon yuborildi. Unga
Sig‘noq, O‘zgan,
Jand, Yangikent
shaharlarini bosib olishni buyurdi. Besh ming
kishilik uchinchi qo‘shin
Aloqno‘yon
hamda
Sukatu Cho‘rbiy
qo‘mondonligida Sirdaryoning o‘rta sohili bo‘ylab, uning yuqo-
ri oqimida joylashgan
Banokat
va
Xo‘jand
shaharlari tomon
yuborildi. Chingizxonning o‘zi asosiy kuchlari bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |