Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy
1075-yil
da Xorazmning Zamaxshar
qishlo g‘ida dunyoga kelgan. Ilmga bo‘l-
gan chanqoqlik uni Buxoro, Marv, Nishopur, Isfahon, Shom,
Bag‘dod, Hirot va Makkada hayot kechirib, arab tili va adabi-
yotini, diniy ilmlarni, xattotlik san’atini, arab maqollari va urf-
odatlarini chuqur o‘rganishiga sabab bo‘ldi. U mintaqa geogra-
fiyasiga doir ma’lumotlarni to‘playdi.
Mahmud Zamaxshariy turli soha ilmlariga oid 50 dan ortiq
asarlar yozib qoldirdi. Ayniqsa, uning arab tili fonetikasi va mor-
fologiyasiga bag‘ishlangan
«Al-Mufassal»
, Qur’oni karim tafsiri-
ga oid
«Al-Kashshof»
asari musulmon olamida mashhurdir. Za-
maxshariy
«Arab va g‘ayri arablar ustozi», «Xorazm faxri»
kabi
sharafli nomlar bilan ulug‘langan. Qohiradagi dunyoga dong‘i
ketgan Al-Azhar diniy dorilfununining talabalari hozir ham
«Al-Kashshof» asosida Qur’oni karimni o‘rganadilar.
Mashhur fiqh (huquqshunos) olimi
Do'stlaringiz bilan baham: |