QULOQ XO‘JALIKLARI - inqilobga qadar qishloq xo‘jaligida yollanma mehnatdan
foydalanib xo‘jalik yurituvchi yirik dehqon xo‘jaliklari. Bunday yirik xo‘jaliklar 1861 yil
Rossiyada krepostnoy huquqning bekor qilinishi tufayli ayniqsa tez rivojlana boshlagan edi.
Ular qishloqda o‘z xo‘jaliklarini bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda
yurituvchi ishbilarmon-sohibkorlar bo‘lishgan. Bunday xo‘jaliklarda yollanib ishlovchi
dehqonlar aksariyat hollarida o‘z mehnati samarasidan manfaatdor bo‘lganlar.
Inqilobdan keyin bunday xo‘jaliklar chor (podsho) hukumatining qishloqlardagi tayanchi va
mehnatkash dehqonlarni ezuvchi sinf sifatida ta’qib ostiga olinib, qatag‘on qilinganlar.
1929 yildan boshlangan jamoalashtirish siyosati natijasida 30-yillarning boshiga kelib quloq
xo‘jaliklari butunlay tugatildi.