Dodhoh Dodhoh
Додхох
O‘rta Osiyo xonliklarida yuqori
martabalardan biri. Buxoro amirligida
amir saroyining yuqori lavozimlaridan
biri bo‘lib, u Buxorodagi yuqori
xizmat doirasidagi 10 toifa (daraja)
dagi mansab hisoblangan. Uning
vazifasiga amir nomiga yozilgan
ariza-shikoyatlarni qabul qilib olish va
ularning egalariga yozma yoki og‘zaki
javob qaytarish bo‘lgan. Shuningdek u
elchilarni
qabul
qilish,
elchilik
yumushlarini tashkil etish va xatto
shaxsan
elchi
sifatida
boshqa
mamlakatlarga borib kelish kabi
tadbirlarni ham amalga oshirgani
ma’lum.
Dorug’a Dаruga
Даруга
1) Hokim. Mo‘g‘ullar, temuriylar va
Shayboniylar hukmronligi davrida
dorug‘alar viloyat, shahar hokimi
bo‘lishgan.
Ularning
zimmasiga
viloyat va shaharni idora qilish,
mudofaa qilish, aholini ro‘yxatga
olish, ulardan soliq undirish vazifalari
yuklatilgan.
2) So‘nggi o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo
xonliklarida mirshablar boshlig‘i.