O’zbekiston tarixi fanidan toshkent 2015 1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy – metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati


- mavzu: O’rta Osiyoda qadimgi davlatchligining shakillanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari.Buyuk ipak yo’li



Download 0,62 Mb.
bet4/19
Sana23.06.2022
Hajmi0,62 Mb.
#697124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
2016 ўзбекистон тарихи лекция

4- mavzu: O’rta Osiyoda qadimgi davlatchligining shakillanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari.Buyuk ipak yo’li.

Reja
1. O‘rta Osiyo ellin davlatlari tarkibida Salavkiylar va Yunon-Baqtriya davlatlari.


2. Mahalliy davlatchilikning tiklanishi va rivojlanish bosqichlari. Qadimgi Dovon, Qang‘ davlatlari, Xorazm podshohligi.
3. Kushon saltanatining tashkil topishi va yuksalishi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot.
4. Buyuk ipak yo‘li –G‘arb bilan Sharqni bog‘lovchi asosiy omil.


Tayanch so’z va iboralar: O’zbek davlatchiligi: shakllanishi,
rivojlanishi. Qadimgi Xorazm. Baqtriya. So’g’diyona. «Avesto». To’maris.
Shiroq. Spitamen. Ellinizm. Yunon-Baqtriya. Qang’a. Davan. Kushonlar.
Xioniylar. Buyuk ipak yo’li.

So‘nggi yillarda topilgan ko‘plab arxeologik yodgorliklar Amudaryoning o‘ng va so‘l qirg‘og‘i aholisining qadim madaniyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Bosqinchilik yurishlaridan keyin Markaziy Osiyo aholisi ahmoniylar ta'siri ostida bo‘lgan davlatlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lganlar. Yunon-makedon yurishlari natijasida esa mintaqamizga yunon (ellin) madaniyati kirib keldi.


Mavzuga yakun yasar ekanmiz, umumiy xulosa qilib shuni ta'kidlash joizki, qadim o‘lkamiz da mil.av. ikki ming yillikning oxirlarida sug’arma dehqonchilik, ixtisoslashgan hunarmandchilik, metallurgiya, shaharlar, jamiyatning tabaqalanishi, davlatchilik, xususan, "voha davlatchiligi", "shahar davlatlar" kabi ilk sivilizasiya belgilari paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Bunga Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona davlat tuzilmalari, - ularning uyushtiruvchilik faoliyati ishonchli dalildir. Shu bilan birga, mintaqamiz xalqi ajnabiy bosqinchilarga qarshi uzoq yillar davomida kurash olib bordi va bu jarayonda davlatchiligimiz takomillasha bordi.
Tarixiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, davlatchilik jamiyatning ichida o‘z ichki qonuniyatlari asosida paydo bo‘ladi, rivojlanadi. Ya’ni davlat tuzilmasi tashqaridan tayyor holda ko‘chirilmaydi, ma'lum jamiyat bag‘rida tug‘iladi. O‘zbek davlatchiligi taraqqiyoti ham bundan mustasno emas. U miloddan av. II ming yillik o‘rtalaridan hozirgacha bo‘lgan uzluksiz taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi.
Ulkan saltanatga asos solgan Aleksandr Makedonskiy miloddan avvalgi 323 yilda vafot etadi. Uning vafotidan keyin bepoyon davlat uch qismga: Makedoniya, Misr va Suriyaga bo‘linib ketadi. Bu davlatlar Aleksandrning eng yaqin safdoshlari tomonidan boshqariladi. Uzoq davom etgan o‘zaro urushlardan keyin, miloddan avvalgi 312 yilda lashkarboshilardan biri Salavk Bobil davlati hukmdori bo‘ladi. Salavkiylar davlati tarkibiga Mesopotamiya, Eron, Parfiya, Natriya, So‘g‘diyona davlatlari kirgan edi.
Salavkiylar davlatida boshqarish tizimi uch bo‘g’indan: satraplar, eparxlar va giparxlardan - iborat bo‘lgan. Shu bois Salavk Markaziy Osiyo yerlarini satrapliklarga bo‘lib boshqarar edi. Ularga o‘ziga yaqin kishilardan satraplar tayinlardi.
Salavk I mil.av. 293 - yilda o‘g‘li Antioxni sharqiy viloyatlar: Parfiya, Baqtriya, So‘g‘diyona hukmdori qilib tayinlaydi. Bu hududlar harbiy-strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgani sabab, savdo yo‘llari bo‘ylab shahar va boshqa manzilgohlar qurdirgan edi.
Antiox I davrida Baqtriya hayotida dastlabki tangalar-kumush, mis draxm va tetradraxmlar (pul birligi) zarb qilingan. Urushlar tufayli izdan chiqqan turmush So‘g‘diyona, Baqtriyada tiklana boshladi va savdo-sotiq, dehqonchilik, hunarmandchilik rivojlana boshladi. Bu davrda Baqtriya madaniyatida yunon madaniyatining ta'siri birmuncha kuchaydi.
Hududga yunon yozuvi, yunon og‘irlik o‘lchov birliklari, pul munosabatlari, hunarmandchilik va ellin san'ati kirib keladi. Moddiy va badiiy madaniyat, savdo va shahar sozlik yangicha yo‘nalishda rivojlana boshlaydi. O‘z navbatida, yunonlar mahalliy madaniyat va an'analarni qo‘llay boshlaganlar. Natijada, aralash madaniyatning-yunon va mahalliy sharq madaniyatininig tashkil topish jarayoni yuzaga keldi.
Antiox I ning g‘arbga qilgan harbiy yurishlari natijasida sharqiy viloyatlar ma'lum darajada uning e'tiboridan chetda qoldi. Bundan foydalangan sharqiy viloyatlar mustaqil siyosat yurita boshlaydilar. Natijada mil.av. 250 yillarga kelib, O‘rta Osiyoda salavkiylar davlatidan ikkita-Parfiya, keyin esa Yunon-Baqtriya davlatlari ajralib chiqadi. Yunon-Baqtriya davlati salavkiylar sulolasidan bo‘lgan Diodot davrida tashkil topadi. Bu davlat Baqtriya hududida bo‘lib poytaxti shimoliy Afg‘onistondagi Baqtro (Balx) shahri bo‘lgan, yunonlar boshqargan. Hukmdorlardan Yevtidem, Demetriy, Evkratid davrlarida Hindistonning shimoli-harbiy qismi, Amudaryo va Sirdaryo o‘rtasidagi katta yerlar bosib olinadi.
Yunon-Baqtriya davlatida hokimiyat podshoh tomonidan boshqarilgan edi. Davlat bir necha viloyatlarga bo‘lingan. Viloyat hokimlari esa podshohga bo‘ysungan. Yunon-Baqtriya podshohligi davrida O‘rta Osiyoda dehqonchilik, hunarmandchilik va shaharsozlik rivojlanganini, madaniy hayot o‘sganligini arxeologik topilmalardan bilish mumkin. Yunon-Baqtriya davlatida tangalar hukmdor tasviri bilan zarb qilingan. Termiz, Taxti-Sangin, Denov, Hampirtepa Afrosiyobdan topilgan yodgorliklar bu davlatning ijtimoiy madaniy hayotda ellinlar madaniyatining sezilarli ta'siri bo‘lganligidan darak beradi.
Osiyoning tub joy aholisi o‘zlarining qadimiy madaniyatlari, an'analariga sodiq qoldilar. Shu bilan ular ellin madaniyatining afzal tomonlarini qabul qiladi. Yunon-Baqtriya podshohligi davrida deyarli barcha viloyatlarda iqtisod va madaniyat yuksaladi.
Mil av. II asrning o‘rtalariga kelib Yunon-Baqtriya davlati o‘z qudratini yo‘qota boshlaydi. II asrning uchinchi choragiga kelib bu davlat Sharqiy Turkiston orqali kirib kelgan Yue-chje qabilalari hujumi natijasida inqirozga uchraydi.
Mil. av. III asr oxiri- mil.av. II asrda Farg‘ona Dovonda, So‘g‘dda alohida shahar -davlatlar shakllanadi. Ayni shu davrda Qang‘ davlati qaror topishi yuz bergan. Bu davlatlarning har biri o‘z tangalarini zarb etgan.
Tadqiqotchi olimlarning fikriga ko‘ra, Farg‘ona vodiysida davlatchilik V-IV asrlarda paydo bo‘lgan. Mil. av. II-I asrlarga oid Xitoy manbalrida qadimgi Farg‘ona keng, boy va ko‘p aholili, 70 dan ortiq katta va kichik shaharlari bor deb tilga olinadi. "Polona" bu Farg‘onaning xitoycha talaffuz etilishidir. Xitoy manbalariga ko‘ra mil.av. II asrda Farg‘onada 300 yaqin aholi yashagan. Vohada shaharlar ko‘p bo‘lib, poytaxti Ershi shahri (hozirgi Marhamat) bo‘lgan. Dovon qishloq xo‘jaligi yuksak darajada rivojlangan mamlakat edi. Dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi o‘troq aholi bilan bir qatorda, Farg‘onaning cho‘l va dasht hududlarida ko‘chmanchi chorvador aholi ham yashagan. Manbalarda bu ko‘chmanchilarning ot ustida turib hamon otishga mohir ekanliklari haqida qayd etiladi. O‘sha davrda Dovon davlati o‘zining "afsonaviy" va "samoviy" otlari bilan shuxrat qozongan. Dovon arg‘umoqlari mamlakatdan tashqarida ham xususan, Xitoyda qadrlangan. Dovonliklar usta savdogar hisoblanganlar va foyda ustida raqobatlashganlar. Mil.av. II asrning oxirlarida Xitoy imperatorlari Dovonni bosib olishga bir necha bor harakat qiladilar. Ammo Xitoy qo‘shinlari istexkomga aylantirilgan Dovon qal'alarini sindirishga ojizlik qiladilar. Shuningdek, qo‘shni davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan dovonliklar xitoyliklar ta'siriga tushmasdan o‘z mustaqilliklarini saqlab qola oladilar.
Qadimgi Farg‘ona davlati ancha adolatli va demokratik jamiyat hisoblangan. Podshoh davlat ishlarini Oqsoqollar kengashiga suyangan holda yuritgan. Oqsoqollar kengashi doimiy bo‘lib, unda davlatning eng muhim masalalari muxohama qilingan. U o‘ziga xos qonun chiqaruvchi organ vazifasini bajargan. Mamlakat hududlari shaharlar va vohalarga bo‘lingan holda boshqarilgan. Har bir shahar, vohaning o‘z hukmdori bo‘lgan.
Ichki tartibni saqlash, mamlakatni tashqi dushmanlardan himoya qilish uchun Dovonda asosan piyoda askarlar va suvoriylardan iborat bo‘lgan 60 ming kishilik qo‘shin mavjud bo‘lgan. Jangchilar zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘zlarini o‘zlari ta'minlaganlar. Dovon o‘zining butun tarixi davomida yirik imperiyalar va kuchli davlatlar ta'siri ostiga tushmasdan o‘z siyosiy erkinligini saqlab kelgan.
Qang‘ davlati mil.av. III asrning boshlarida Yunon-makedon hukmronligiga qarshi kurashlar va ichki nizolari keskinlashuvi natijasida paydo bo‘lgan. Bu davlat hududi dastlab Sirdaryoning o‘rta oqimidagi yerlar (Toshkent vohasi hamda unga tutash tog‘ va cho‘l zonalari)dan iborat edi. Mil.av. II asrning boshlariga kelib Qang‘ davlatining yerlari birmuncha kengayib, sharqda Farg‘ona vodiysi shimoliy - sharqda Yue-chje qabilalari bilan, shimoli – g‘arbda Sarisuv daryosi, g‘arbda Sirdaryogacha borgan. Bu katta hudud Toshkent vohasini, Talas vodiysini va qisman Chu daryosining quyi oqimidagi hudud Qang‘ davlatining asosiy yerlari hisoblangan. Bu davlat iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlangan edi. Davlatning taqshi siyosati qo‘shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq aloqalarini o‘rnatish, keskinlashgan vaziyatning oldini olish va o‘z hududida osoyishtalik o‘rnatishga qaratilgan edi. Shu bilan birga payti kelganda kuchsizlanib qolgan qabilalarga, viloyatlarga hujum qilib ularni qaram qilishga harakat qilgan.
Qang‘ davlatining asosiy aholisi o‘troq va yarim o‘troq bo‘lib uning hududida ko‘chmanchi chorvadorlar ham yashar edi. O‘troq aholi asosan vodiyda yashab, dehqonchilik, bog‘dorchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanib kelgan. Sun'iy sug‘orish ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Chorva mollarining ko‘pchiligi qisman ko‘chmanchi va yarim o‘troq holda yashovchi aholi ixtiyorida bo‘lgan. Qang‘ podshohlari, ya'ni xoqonlari va ularning xonadoniga yaqin kishilar boy chorvadorlardan bo‘lgan. Qang‘ hukmdorlarining markaziy shaharlari ikkita bo‘lib, yozni ’trorda, qishlovni Qang‘dizda (uning harobalari Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida) o‘tkazar edilar.
Qang‘liklarda ko‘plab qal'a va ko‘rganlar bo‘lib, ular dushman qamal iga bardosh beradigan qilib qurilgan. Ularda hunarmandchilikning turli sohalari yaxshi rivojlangan. Qang‘ harobasidan, hoshtepa va Toshkent vohasi boshqa tepaqo‘rg‘onlardan topilgan arxeologik ashyolar Qang‘ davlati madaniyatining namunasi hisoblanadi.
Manbalarda Qang‘ hukmdorlarining nomlari tilga olinmaydi, odatda ular o‘zlarining ismlari bilan birga urug‘ nomini ham qo‘llaganlar va "Qang‘ xonadoni hukmdori xoqon" deb ataganlar. Qang‘lilar uchun "xalq qo‘shin" tushunchasi xos bo‘lib, bunda har bir erkak-oila boshlig‘i ayni paytda safda turishga tayyor askar hisoblangan. Shu bois Qang‘ davlati qo‘shinlarining soni ulardagi oilalar soniga teng bo‘lgan. Davlatda saylangan hukmdorlarning hokimiyati oqsoqollar Kengashiga tayangan va ularning huquqlari kengash tomonidan cheklab qo‘yilgan. Harbiy yo‘lboshchilik hukmdorning vazifasi hisoblangan. Shuningdek, qo‘shni davlatlar diplomatik muzokaralar olib borish vakolatiga ega bo‘lgan. U diniy marosimlarni ado etishda ham bosh-qosh bo‘lgan. Aholi asosan quyosh xudosi Mitraga va boshqa ilohlarga topingan.
Qang‘ davlati o‘ziga boshqa qabilalarning qo‘shib olinishi hisobiga o‘ziga xos konfederativ podshohlik tashkil qilib, mustahkam langan. Har bir qabila boshlig‘i harbiy yo‘lboshchi sanalib, o‘z bayroq turlari va urug‘ gerblariga ega bo‘lganlar. Urush sharoitida xoqon bayrog‘i ostida jang qilganlar. Qabila-urug‘ boshliqlariga viloyat va tuman boshliqlari bo‘ysungan. Mil.av. III asrda paydo bo‘lgan bu davlat mil. III asriga kelib parchalanib ketdi.
Miloddan avvalgi IV-II asrlarda qadimgi Xorazm mustaqil davlat bo‘lib, Iskandar, Salavkiylar va Yunon-Baqtriya davlatlari tarkibiga kirmagan. Bu hol Xorazmda o‘ziga xos mahalliy davlatchilik tizimi rivojiga muhim omil bo‘ldi. Davlat tipi - podshohlik bo‘lib, boshqarish shakli mutloq monarxiya, ya'ni yakkahokimlik edi. Milodiy I asrdan boshlab Xorazmda Afrigidlar sulolasi hokimlik tepasiga kelgan va 700-800 yil davomida hukmronlik qilgan. Bu davrlarda podshohlikda markazlashtirilgan tartibda tanga zarb qilingan va hokimiyat sulolaviy tarzda meros bo‘lib qolgan.
Zarb qilingan tanga pullarda Artov, Artamux, Vazamir kabi Xorazmshohlar ismlari uchraydi.
Arxeologik tadqiqotlar natijasida Xorazm hududlaridan ko‘plab yodgorliklar topilgan. Jonbosqal’a, Qo‘yqirilganqal'a, Tuproqqal'a shular jumlasidandir. Bu shaharlar atrofi mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan. Devorlarda shinaklar va minoralar mavjud bo‘lgan. Ko‘xna shaharlarning asosiy inshooti ulkan qal'a bo‘lib, Xorazm hukmdorlarining qarorgohi bo‘lgan. Tuproqqal'ada ikki qavatli binolar bo‘lib, ulardan turli maqsadlarda foydalanilgan. Tashqari xonadonlarda maxsus qabulxonalar, ya'ni "shohlar koshonasi" ham bo‘lgan. Qabulxonaning devorlari va supalari turli tasvirlar bilan bezalgan. Shuningdek, bu qal'ada yozuv namunalari ham topilgan.
Xorazmda dehqonchilik va hunarmandchilik yuqori darajada rivojlangan. Shaharlar muhim savdo yo‘llarida joylashgan.
Kushon podshohligi. Spitamen qo‘zg‘oloni mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng mil.av. IV asr oxirlarida asli O‘rta Osiyoda yashagan massaget-tohar qabilalarining katta bir qismi Sharqiy Turkistondan to Mug‘iliston chegaralarigacha bo‘lgan hududlarga ko‘chib o‘tganlar. Ana shu qabilalar tarixi bilan bog‘liq mil.av. IV asr oxirlari va milodning V asriga oid ma'lumotlar Xitoy manbalaridan olinganligi sababli qabila, urug‘, shaxslar, joy va shahar nomlari xitoycha nomlar bilan berilgan. O‘rta Osiyodan Sharqqa tomon ko‘chib o‘tgan massaget-toharlar Xitoy manbalarida yue-chjelar nomi bilan atalganlar. Xitoyning shimolidagi katta hududlarda xunn qabilalari yashagan. Taqdir taqozosiga ko‘ra, xunnlar bilan yue-chjelar o‘rtasida ziddiyatlar kuchayadi. Natijada, xunnlar mil.av. 176 yili yue-chjelarni g‘arbga siqqib chiqaradi. Farg‘ona (Dovon) podshohligi hududlariga chekingan yue-chje qabilalari bu yerda shahar va qishloqlar barpo qiladilar. Hozirgi Namangan viloyati Kushon qishlog‘i va Kosonsoy tumani shular jumlasidandir. Ular mil.av. 140-130 yillarda Yunon-Baqtriyani ham o‘zlariga tobe qiladilar va "Katta Yue-chje davlat uyushmasiga asos soladilar. Bu davlat uyushmasiga beshta hokimlik: Guyshuan, Xyumi, Shaunmi, Xise va Dumilar bo‘ysunar edi.
Bulardan biri Guyshuan (Kushon) hokimligi ancha kuchayib, boshqa hokimliklarni birlashtiradi va Guyshuan hokimi Kujula Kadfiz o‘zini yagona hokim deb e'lon qiladi. Natijada, yangi davlat- Kushon davlati paydo bo‘ladi va hozirgi Surxondaryo viloyatining Shurchi tumanidagi Dalvarzintepada joylashgan manzilgoh bu davlatning poytaxti bo‘lib qoladi. Kujula Kadfiz davlat chegaralarini kengaytirib, qudratini oshiradi. Parfiya, hozirgi Afg‘oniston hududi va Kashmirni egallaydi. Kujula vafotidan keyin uning o‘g‘li Vima taxtga chiqadi va Hindistonning markaziy viloyatlarini o‘z davlati tarkibiga qo‘shib oladi.
Vima Kadfiz 30 yil hukmronlik qilgan. Undan so‘ng Kanishka mamlakatni boshqaradi va u Hindistonning janubiy hududlarini zabt etadi. Natijada, Kushon davlati katta saltanatga aylanib, Xitoydagi Xan davlati hamda Rim imperayasi bilan raqobatlashish darajasiga ko‘tariladi. Kushonda davlat tipi konfederativ podshohlik bo‘lib, boshqaruv shakli monarxiya edi. Viloyatlar va shaharlar davlat tepasida turuvchi oliy hukmdor noiblari tomonidan boshqarilgan. Ular oliy hukmdorga so‘zsiz itoat etib, doimiy ravishda davlat xazinasiga o‘lponlar to‘lab turganlar.
Kushonlar davlatida zarb etilgan kumush, oltin tangalarning bir tomonida Budda xudolari, zardushtiylar xudolari Anaxita, Mitra rasmlari uchrasa, ikkinchi tomonida esa "shoh", "shohlar shohi" atamasini ko‘ramiz. Buyuk ipak yo‘li tarmoqlarida joylashgan Kushon podshohligi gullab yashnadi. Ko‘pdan-ko‘p yangi shaharlar bunyod etildi. Bu davrda ko‘plab sug‘orish inshootlari qurilib, yangi yerlar o‘zlashtirildi. Shaharlar qurilishida aniq binokorlik qoidalari amalga oshirilgan. Shaharlar to‘g‘ri burchakli bo‘lib, qalin devorlar bilan o‘ralgan. Shahar tuzilishiga ko‘ra, u bir necha qismlarga bo‘lingan: hokim saroyi (qal'a), hunarmandchilik ustaxonalari, guzarlar, alohida ibodatxonalar joylashgan qismi, savdo maydoni va boshqalar tartibli ravishda joylashgan edi.
Kushon podshohligi iqtisodiyotining asosini sug‘orma dehqonchilik, savdo va hunarmandchilik tashkil qilgan. Ular yuqori darajada rivojlangan.
Hindiston, Xitoy va Rim saltanati bilan savdo va elchilik munosabatlari o‘rnatilgan edi. Savdo munosabatlarining rivojlanishida Buyuk ipak yo‘lining ahamiyati katta bo‘lgan. Termizdan Rim tangalari xazinasi, o‘rta yer dengizi atrofi hududlarida esa kushon tangalari topilgan.
Kanishka davrida Hindistondan tarqalgan Budda dini davlat diniga aylandi. Oromiy va yunon yozuvlari bilan birga kushon yozuvi ham mavjud bo‘lgan. Kushon saltanati davrida me'morchilik va tasviriy san'at yuksak darajada rivojlangan edi. Buni o‘lkamiz ning Ayritom, Ko‘xna Termiz, Qoratepa budda ibodatxonalari Fayoztepa, Xolchayon, Dalvarzintepa va boshqa joylardan qazib olingan arxeologik topilmalardan ko‘rishimiz mumkin. Muxtaram o‘quvchi, talabalarimiz yurtimizdagi O‘zbekiston davlat tarix muzeyi, O‘zbekiston amaliy san'ati muzeyi va boshqa muzeylardagi tarixiy eksponatlarni ko‘rish jarayonida bunga o‘zi ham amin bo‘ladi. Kushon davri shaharlari harobalarini va qabrlarini o‘rganish o‘lka xalqlarning urf-odatlari, diniy qarashlari to‘g‘risida qimmatli ma'lumotlar beradi. Xususan, Dalvarzintepa ashyolari kushonlarning diniy e'tiqodlari buddizm bilan zardushtiylik bo‘lganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, yapon olimlari bilan Darvarzintepada, fransuz arxeologlari bilan Afrosiyobda olib borilgan tadqiqotlar talabalarimizga muhim ma'lumotlar beradi.
Kushon saltanati inqirozi Xuvishka podshohligi davridan boshlanadi. Bu jarayon Erondagi Sosoniylar davlatining tarix sahnasiga chiquviga asosiy omil bo‘ldi. Xususan, sosoniy hukmdorlardan Shopur I ning (milodiy 242-243 yillar) va Shopur II ning (mil, 309-379 yillar) Kushonlarga bergan zarbalari hal qiluvchi o‘rin tutdi. IV asrga kelib Kushon podshohligi asosiy hududlaridan mahrum bo‘ldi. Kushonlarning ayrim mulklari faqat Shimoliy Hindistonda ma'lum vaqtgacha saqlanib qoldi.
Buyuk ipak yo‘li. Buyuk ipak yo‘li miloddan avvalgi I ming yillikning ikkinchi yarmidan to milodiy XV asrgacha Xitoy, Hindiston, O‘rta Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda O‘rta dengiz mamlakatlarini g‘arb bilan tutashtiruvchi savdo-sotiq iqtisodiy va madaniy aloqalarining rivojlanishida asosiy vosita bo‘lgan. Nemis sharqshunos olimi Ferdinand fon Rixtgofen 1877 yilda Xitoy nomli asarida bu karvon yo‘llar tarmog‘ini avvallari ular orqali asosan ipak va shoyi tashilgani uchun "ipak yo‘li" deb atadi. Keyinchalik "Buyuk ipak yo‘li" atamasini ko‘pchnlik tadqiqotchi va olimlar ishlatadigan bo‘ldilar. Lekin miloddan burungi bir necha asrlar qimmatbaho toshlar tashiladigan "Lojuvard yo‘l" Badaxshonni Eron, Mesopatamiya, Suriya Misr kabi davlatlar bilan bog‘langan. "Nefrit yo‘li" esa Turkistonni Sharqiy Xitoy bilan bog‘langan.
Miloddan avvalgi II asr oxiridan boshlab O‘rta Osiyo bilan Xitoy o‘rtasida muntazam diplomatik va savdo munosabatlari amalga oshirila boshlangan. Xitoy hukmdorlari o‘z elchilarini katta sovg‘a-salomlar bilan nafaqat O‘rta Osiyoga, balki Buyuk ipak yo‘li orqali Eron Mesopotamiya va Kichik Osiyo davlatlariga ham yuborganlar. Buyuk ipak yo‘lida yangi-yangi shaharlar, karvonsaroylar va savdo nuqtalari bunyod etildi. O‘rta Osiyo hududlari o‘zining geografik joylashgan mavqeiga ko‘ra Buyuk ipak yo‘li taraqqiyotida munosib o‘rin egallagan. Chunki, savdogarlar Sharqiy Turkiston, Xorazm, Buxoro, Naxshab, Termiz, Samarqand kabi shaharlarda o‘z mollarini sotib bu hududlardan o‘zlariga kerakli bo‘lgan buyumlarni harid qilib qaytar edilar.
Buyuk ipak yo‘li 12 ming km uzunlikda bo‘lgan. U Sariq dengiz sohilidan boshlanib, Sharqiy Turkiston, Markaziy Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali O‘rta er dengizi sohillarigacha borgan. Ikkinchi yo‘nalish Markaziy Osiyo orqali Hindistonga olib borgan. Bu yo‘lda qator qadimiy shaharlar joylashgan: Sian, Dunxuan, Yorkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv va boshqalar. Markaziy Osiyo kumushiga ehtiyoj sezgan mamlakatlarga boradigan "Kumush yo‘li" ham bo‘lgan. Bu yo‘l Xazar xoqonligi va Bulg‘or davlati orqali Kiev, Rusi va Yevropa mamlakatlariga borgan. U Buyuk ipak yo‘lning shimoliy tarmog‘i hisoblanib, VI asrdan boshlab ishga tushgan.
Farg‘ona vodiysida ipak yo‘li ikki tarmoqqa bo‘lingan. Birinchisi O‘zgandan Axsi, qamchiq davoni orqali (yozda) Iloq vohasi va Toshkentga kelgan. Ikkinchisi janubiy tarmoq bo‘lib, o‘zgandan O‘sh, Quva, Marg‘ilon, Qo‘qon orqali Xo‘jand, Samarqand, Buxoroga o‘tgan. Asosiy karvon yo‘llaridan tashqari ichki savdo yo‘llari ham bo‘lgan. Biri Axsidan Koson orqali Chust vohasiga o‘tgan. Yana biri Pop, Zarkent orqali konchilar qarorgohlari va yaylovlariga borgan. Qurama va Oloy tog‘lari qazilma boyliklari va Zarafshon daryosi boyliklari tufayli bu yo‘l tarmog‘i "Oltin yo‘l" deb atalgan.
Bu yo‘l XV-XVI asrlarga kelib o‘zining dastlabki mavqeini yo‘qota bordi. Chunki bu davrlarda dengiz yo‘li kashf etildi, savdo kemalari orqali turli yurtlar bilan bordi-keldi qilinadigan bo‘ldi. Keyingi asrlarda o‘zaro iqtisodiy va o‘zga munosabatlar birmuncha osonlashdi, yangidan-yangi transport vositalari kashf etildi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish