«O’zbekiston tarixi» fanidan chor rossiyaSI, sovet mustamlakachiligi va milliy istiqlol» davrlari bo’yicha uslubiy qo’llanma



Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/79
Sana20.03.2022
Hajmi1,16 Mb.
#501815
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   79
Bog'liq
chor rossiyasi sovet mustamlakachiligi va milliy istiqlol

 
 


111 
1. Mustaqillik - yillarida O’zbekistonning iqtisodiy taraqqiyoti 
 
Mustaqillik - yillarida iqtisodiy hayotimizda ro’y bergan yangilanish, tub 
o’zgarishlarni yoritishga kirishar ekanmiz, avvalo eski mustabid tuzumdan bizga 
qanday iqtisodiy meros bo’lib qolganligini eslaylik. 
O’zbekiston qaramlik davrida o’z tabiiy boyliklariga, yer-suv o’rmon va 
boshqa resurslariga o’zi egalik qila, olmas edi. Respublika hududida qurilgan va 
faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar markazga, uning manfaatlariga buysundirilgan 
edi. O’zbekiston rahbariyati, xalqi o’z hududida qancha mahsulot ishlab 
chiqarilayotgani, ular qayerda realizasiya qilinayotgani va qancha daromad 
keltirayotganidan bexabar edi. Moliya-kredit, bank siyosati yuritishda qaram edi, 
o’zining milliy valyutasiga, valyuta jamg’armasiga ega emas edi.
«Bugun o’sha davr to’g’risidagi haqiqatni xolisona aytadigan bo’lsak, u 
zamondagi hayotimizni jahon tarixi va amaliyoti bilan taqqoslaydigan bo’lsak, 
shuni ochiq aytish kerakki, u paytda O’zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga – 
markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo’lgan yarim 
mustamlaka mamlakat qatoriga aylangan edi»
139

Davlat mustaqilligi qo’lga kiritilgach, O’zbekiston umumbashariy, jahon 
sivilizasiyasining katta yo’liga tushib oldi. O’zbekiston bozor munosabatlarini 
shakllantirishni, milliy an’analarga asoslangan, o’z yo’lini tanlab oldi. 
O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li ishlab chiqildi. 
Bu yo’lning asosiy qoidalari ya’ni O’zbekiston kelajagini belgilab beruvchi beshta 
tamo- yil Prezident I.A.Karimovning 1993 - yilda nashr etilgan «O’zbekiston 
bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li» asarida ko’rsatib o’tilgan. Bu 
tamo- yillar qo’yidagilardan iborat: 1.Iqtisodiyotni siyosatdan ustuvorligi. 2. 
Davlatning bosh islohotchi ekanligi. 3. Jamiyatda qonun ustuvorligi. 4. Kuchli 
ijtimoiy siyosat. 5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma- bosqich o’tish. Bu yo’lga 
birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi. Ikkinchidan, xo’jalik imkoniyatlari, 
shart- sharoitlari, eski tuzimdan meros bo’lib qolgan muommolar hisobga olindi. 
Bozor iqtitsodiyotiga o’tishda jiddiy muommolarga duch kelish mumkinligi 
xususida Przident I.A.Karimov shunday degan edi: «Bozor iqtisodiyotiga o’tish 
muommolariga tik ko’z bilan qarash kerak. Bozor iqtisodiyotining faqat ijobiy 
tomonigina emas balki uning salbiy tomonini ham ko’ra bilish kerak. Bozorga, 
ayniqsa shakllanishi bosqichida uzoq va chuqur iqtisodiy inqirozlar, ishsizlikning 
o’sishi, 
pulning 
qadrsizlanishi, 
ko’pgina 
korxonalarning 
sinishi 
va 
ishbilarmonlarning xonavayron bo’lishi, aholining moddiy taminot jihatdan keskin 
tabaqalashuvi, huquqqa zid hatti- harakatlar va jinoyatlarning o’sishi xosdir. 
Bozorning bu illatlarini bilish, ularga tayyor turish, ularni bartaraf etish yuzasidan 
to’g’ri yechimlar topa bilish kerak.»
140
Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi tamo- yili mustaqil O’zbekistonda 
davlat qurilishini va iqtisodiyotni isloh qilish dasturining o’zagi hisoblanadi. Bu 
139
Karimov I.A. O’zbеkistоn XXI аsrgа intilmоqdа. Тоshkеnt. 1999, - B. 6. 
140
Каrimоv I.А O’zbеkistоn buyuk kеlаjаk sаri.- t, 1999. –B. 38. 


112 
boradagi asosiy qoidalar, shu jumladan, iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi 
hamda uni mafkuradan xoli etilishi tamoyilining mazmuni Prezident 
I.A.Karimovning bir qator risola va nutqlarida mufassal yoritilib, berilgan. Uni 
amalga 
oshirishning 
chora-tadbirlari 
mamlakat 
hukumatiinng 
bozor 
munosabatlarini tarkib toptirishga oid ko’plab me’yoriy hujjatlarda o’z ifodasini 
topgan
141

O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lidagi maqsadlarini Prezident 
I.A.Karimov qo’yidagicha ifodalaydi: «Eng muhimi – ijtimoiy larzalarsiz, qat’iyat 
izchilik bilan bozor munosabatlariga o’tish, jamiki kuch-qudrat va boyliklardan 
samarali foydalanishni, xalq-xo’jaligining barqaror rivojlanishini respublikaning 
turmush darajasi yuksak bo’lgan iqtisodi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga 
chiqib olishni ta’minlaydigan qudratli iqtisodiy negizni vujudga keltirayotgan 
davlatchilikning mustahkam poydevorini barpo etish kerak»
142
.
Iqtisodiy islohotlarning amalga oshirishning asosiy omillaridan biri bozor 
iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iborat. Shuning uchun islohotlarning 
huquqiy asoslarini yaratishga alohida e’tibor berildi. 
Iqtisodiy sohaga tegishli bo’lgan 100 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. Bu 
qonunlarni mazmun-mohiyat jihatdan bir qator yo’nalishlarga bo’lish mumkin. 1. 
Mulkchilik munosabatlari va ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantiruvchi qonunlar. 
2. Xo’jalik yuritishini tartibga soluvchi qonunlar ya’ni xususiylashtirish 
to’g’risidagi qonunlar. 3. O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab 
beruvchi huquqiy normalar. 
1991 - yil, 18 noyabrda qabul qilingan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish 
to’g’risidagi 
qonunga 
muvofiq, 
davlat 
mol-mulkini 
xususiylashtirish masalalari bo’yicha 20 dan ortiq mahsus dasturlar ishlab chiqildi 
va ularni amalga, oshirishga davlat boshchilik qildi. Xususiylashtirish jarayoni 
umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko’rsatish korxonalarini, 
qishloq xo’jalik mahsulotlarini tayyorlovchi xo’jaliklarni davlat tasarrufidan 
chiqarishdan boshlandi. Bu jarayon «kichik xususylashtirish» deb, nom oldi. 
Konstitutsiyamizning 36-moddasiga binoan har bir shaxs mulkdor bo’lishga 
haqli
143

Mulkdorlar sinfi avvalo mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususylashtirishni izchil amalga oshirish hisobiga ham va kichik biznesni hamda 
xusussiy tadbirkorlikni rag’batlantirish hisobiga ham yaratilmoqda. Qishloqda 
mulkdorlar sinfini yaratishning samarali shakllaridan biri dehqon, fermer va 
xususiy yordamchi xo’jalilardir
144

Prezident I.A.Karimovning 2003-yil 24-martdagi «Qishloq xo’jaligida 
islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo’nalishlari to’g’risida»gi farmonida 
141
Мustаqillik ilmiy-оmmаbоp lug’аt. А.Jаlоlоv vа Q.Хоnnаzаrоv umumiy tаhriridа, ikkinchi nаshri. Т.: Sharq, 
2000. B. 79-80. 
142
Karimov I.A. O’zbеkistоn buyuk kеlаjаk sаri.- t, 1999. –B. 74-75 
143
O’zbеkistоn Rеspublikаsi Коnstitutsiyasi.. Тоshkеnt. 2008, -B. 9 
144
Тyurikоv В, Shоg’ulоmоv R. O’zbеkistоn Rеspublikаsi: 100 sаvоlgа, 100 jаvоb. Тоshkеnt. 10998, -B. 61. 


113 
agrar islohotlarning yangi yo’nalishlarini belgilab berdi. 2007-yilda shirkat 
xo’jaliklari tugatilib, fermer xo’jaliklari tashkil etildi.
Kichik xususiylashtirish 1994 - yildayoq tugallandi. Davlat ixtiyorida bo’lgan 
bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizidan ortiqrog’i 
fuqarolarning xususiy mulki bo’lib qoldi. Bunda har 3 kvartiraning bittasi 
egalariga imtiyozli shartlar bilan yoki bepul berildi. Urush faxriylari, o’qituvchilar, 
tibbiyot xodimlari, ilmiy xodimlar va ijodiy ziyolilarga kvartiralar bepul berildi. 
2002 - yilga qadar Respublika uy-joy fondining 98 foiziga yaqini 
xususiylashtirildi. 
1994 - yil, 21-yanvarda e’lon qilingan «Iqtisodiy islohatlarni yanada 
chuqurlashtirish chora tadbirlari to’g’risida»gi va 1994 - yil, 16 martda e’lon 
qilingan «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini 
yanada rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida»gi Prezident Farmonlari 
xususiylashtirish jarayoniga yangi turki bo’ldi. 
Narxni erkinlashtirish iqtisodiyotda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish 
bilan bevosita bog’lik, 1992 - yil avgust oyida O’zbekiston Respublikasining 
«Monopol faoliyatni cheklash to’g’risida»gi qonuni kuchga kirdi. Bu qonun 
asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator normativ hujjatlar 
ishlab chiqildi va amalga oshirildi. 
Iqtisodiy islohotlarni birinchi bosqichi yakunlari xususida Prezident 
I.A.Karimov shunday degan edi: «O’tish davrining birinchi bosqichi isloh qilish 
jarayonining qiyinchiliklarni, ayni vaqtda tabiy iqtisodiy munosobatlarni tiklashga 
yondashishlar bir xil andozada va odatiy emasligini ko’rsatdi»
145

«Birinchi bosqichda butunlay yangi iqtisodiy tizimning» huquqiy negizlarini 
yaratishga, davlatchilikni shakllantirish va mustahkamlashga, eskicha fikrlash 
tarzlarini, ongimizdan chiqarib tashlashga qaratilgan edi. Bu bosqichda yangi 
tuzum uchun ishonchli poydevor yaratish vazifasi qo’- yildi va hal qilindi»
146

O’zbekiston xorijiy kampaniyalar bilan qo’shma korxonalar qurishga keng 
imkoniyatlar yaratildi. Masalan, 1996-yil 19-iyulda Andijon viloyatining Asaka 
shahrida Janubiy Koreya bilan hamkorlikda yuarpo etilgan «O’zDAEVOO» avto 
qushma korxonalirin ochilish marosimi bo’ldi. Korxonada dastlab «Damas», 
«Tiko», «Neksiya» rusumli avtomobillar ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2003-yildan 
boshlab «Lassetti» rusumli avtomobil ishlab chiqarilmoqda.
O’zbekistonda kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga ko’maklashish 
maqsadida huquqiy sharoit va tuzilmalar yaratilgan. Bu Tovar ishlab 
chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes –
jamg’armasi, «Madad» sug’urta agentligi, biznes inkubatorlardir. 1998 - yil 9 
aprelda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xususiy tadbirkorlik, kichik va 
o’rta biznesni yanada rag’batlantirish choralari to’g’risida»gi Farmoni qabul 
145
Karimov I.A. O’zbеkistоn buyuk kеlаjаk sаri. Тоshkеnt. 1991, -B. 185. 
146
O’shа mаnbа. B. 185. 


114 
qilingan bo’lib, u xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni jadal rivojlanishiga 
huquqiy asos bo’ldi.
147
Prezident I.A.Karimov ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining 2002 - yil, 22-yanvaridagi birinchi sessiyasidagi ma’ruzasida iqtisodiy 
sohadagi navbatdagi vazifalar xususida shunday degan edi: «Iqtisodiyotni 
erkinlashtirishdagi bosh vazifa – eng avvalo, davlatning nazoratchilik va 
boshqaruvchilik vazifalarini – funksiyalarini qisqartirish, uning korxonalar xo’jalik 
faoliyatiga, birinchi galda, xususiy biznis faoliyatiga aralashuvini cheklashda 
iborat»
148

Ayniqsa, xususiy biznesga ko’proq erkinlik berish lozim. Umuman, iqtisodiy 
faoliyatning bozorga xos mexanizmlariga ko’proq erkinlik berish zarur. Buning 
uchun tegishli huquqiy zamon, tashkiliy va iqtisodiy shart-sharoit va kafolatlarni 
yaratishimiz kerak
149

Iqtisodiy islohotlar bilan hamohang tarzda mamlakatimizda aholining kam 
ta’minlangan qatlamini ijtimoiy himoyalashga alohida e’tibor berildi. Masalan, 
1994-yil, 24-avgustda «Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash tug’risida 
Prezident Farmoni e’lon qilindi. Faqat 2000-yilning o’zida aholining kam 
ta’minlangan qismiga mahallar orqali 54,3 mln so’m moddiy yordam berishdi. 
2007 – yil mamlakatimizda «Ijtimoiy himoya» yili deb, e’lon qilindi.
2008 - yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi tahliliga 
bag’ishlangan Prezident I.A.Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, 
O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» nomli kitobi 
2009 - yilda nashr etilgan
150

Prezident I.A.Karimov 2009 - yilning 5 dekabrida O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 17 - yiligiga bag’ishlangan tantanali marosimda qilgan 
ma’ruzasida 2009 - yil «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi - yili»da amalga 
oshirilgan ishlar to’g’risida gapirib jumladan, shunday degan edi: «Qishloq 
xo’jaligidagi islohotlarni chuqurlashtirish, sohaning moddiy-texnik bazasini 
mustahkamlash, eng muhim qishloq xo’jaligi iqtisodiyotini yuksaltirish, yurtimizni 
obod etish yo’lida toboro hal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan fermerlik 
harakatini samarasini yanada oshirish maqsadidda talaygina ishlar qilindi»
151

Prezident I.A.Karimov 2010 - yil, 12-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatiinng qo’shma majlisida qilgan ma’ruzasida 
vaqt o’tishi bilan qonunlarga, jumladan, iqtisodiyot sohasiga tegishli qonunlarga 
ham o’zgartirishlar, yangilanishlar bo’lishi zarurligini bildirib, shunday degan edi: 
«Hozirgi vaqtda yana bir muhim masala mamlakatimiz iqtisodiyotida «kichik 
biznes, birinchi navbatda xususiy tadbirkorlikning roli va ulushni yanada 
147
Тyurikоv В, Shоg’ulоmоv R. O’zbеkistоn Rеspublikаsi: 100 sаvоlgа, 100 jаvоb. Т., 10998, B. 61. 
148
Karimov I.A. Оzоd vа Оbоd Ваtаn, erkin vа fаrаvоn hаyot-pirоvаrd mаqsаdimiz. Т., 2000, B. 13 
149
O’shа mаnbа. B. 13. 
150
Qаrаng/ Karimov I.A. Jаhоn mоliyaviy-iqtisоdiy inqirоzi, O’zbеkistоn shаrоitidа uni bаrtаrаf etishning yo’llаri 
vа chоrаlаri. Тоshkеnt. 2009. 
151
Karimov I.A. O’zbеkistоn Коnstitutsiyasi biz uchun dеmоkrаtik tаrаqqiyot yo’lidа vа fuqаrоlik jаmiyatini bаrpо 
etishdа mustаhkаm pоydеvоrdir. Тоshkеnt. 2009, - B. 11. 


115 
kengaytirishni ta’minlay oladiga qonunlarni qabul qilish masalasi biz uchun 
dolzarb masala bo’lib qolmoqda»
152


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish