62
shakllangan diniy qadriyatlariga hujum boshladi. Islom dini ruhoniylari reaksion
oqim deb, ularga qarshi ayovsiz kurash boshlab yuborildi. Turkistonda 1917 - yil
14-martda tashkil etilgan «Sho’roi-Islomiya», 1917 - yil iyun oyida tashkil etilgan
«Sho’roi-Ulamo» tashkilotlari Turkistonni vatanparvar
ziyolilari va ruhoniylari
tomonidan tashkil etilgan bo’lib, «Turkiston Muxtoriyati» tugatilishi bilan ularning
faoliyati deyarli to’xtab qolgan edi. Ammo eng yangi ma’lumotlar ushbu
tashkilotlar keyinchalik ham o’z faoliyatini joylarda, jumladan Samarqand
viloyatida davom ettirib, mustabid tuzumga qarshi olib
borilgan qurolli harakatni
moddiy, ma’naviy, g’oyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlab turganligini ko’rsatmoqda.
Keyinchalik, ularning bir qismi 1925 - yilda tuzilgan «Milliy-ittihod» tashkilotiga,
bir qismi qurolli harakat to’dalariga qo’shilganlar. Ammo manbalarni guvohlik
berishicha, hatto keyingi - yillarda ham har qanday ta’qib va ta’ziyqlarga
qaramasdan musulmon ruhoniylarining vatanparvar qismi xalqni milliy mustaqillik
uchun kurashiga chorlashda davom etgan
70
.
1920 - yilda tashkil etilgan Xorazm va Buxoro Xalq Respublikalarida
hokimiyat tepasida dastlabki yillarda «Yosh xivaliklar» hamda «Yoщ
buxoroliklar» tashkiloti vakillari turganligi uchun ham islom dini, diniy qadriyatlar
Turkistondagidek poymol etilmadi. Ammo Xorazm Xalq Respublikasi Nozirlar
Kengashi raisi Polvonniyoz Yusupov
milliy qadriyatlarni jumladan, vaqf
mulklarini himoya qilganligi uchun bolsheviklar tomonidan 1921 - yilning mart
oyida ag’darib tashlandi. Buxoro Xalq Respublikasida Fayzulla Xo’jayevning
sa’yi- harakati tufayli diniy qadriyatlar poymol etilmadi. Masalan, 1923 - yil
yozida BXSR qozilarining qurultoyi bo’lib o’tdi. Ushbu davrda BXSRning 65 ta
qozilik xududida 528 kishi xizmat qilar edi. Turkistonda 1929 - yil iyun oyida
qoziliklar yopilgan bo’lsada, «bosmachi»lik harakatini susaytirish maqsadida 1922
- yilda qayta ochildi.
Sovet hokimiyatining islom diniga qarshi olib borgan siyosati mafkuraviy
jihatdan xalqning o’tmishi, ma’naviyati, madaniy merosi
va milliy qadriyatlari
bilan chambarchas bog’liq bo’lgan asriy e’tiqodidan mahrum etib, uning ongida
yagona sovet mafkurasini qaror toptirish maqsadiga qaratilgan bo’lib, buni amalga
oshirish uchun bolsheviklar eng avvalo islom dinini targ’ib etuvchi diniy
ulamolardan qutulish lozim deb, topdilar. Bolsheviklar
bu masalada joylarda
targ’ibot va tashviqotni avj oldirdilar. XX-asrning 20 - yillarida sovet ma’muriy
organlari tomonidan o’tkazilgan har bir majlislarda ushbu masala kun tartibiga qo’-
yilgan. Masalan, 1923 - yilning 5 aprelida bo’lib o’tgan Samarqand viloyat partiya
konferensiyasida «Dinga qarshi tashviqot» masalasi muhokama etilib, unda
dinga
qarshi tashviqotni ehtiyotkorlik bilan barcha shaharlarda, fabrika-zavodlarda,
qishloqlarda olib borish, bunda aholi orasida katta nufuzga ega bo’lgan jadidlardan
keng foydalanish, madaniy hayotda jadidlarning kuch va imkoniyatlarini ishga
solish jadidlar va musulmon ruhoniylar o’rtasidagi ilmiy g’oyaviy
hamda
musulmon ziyolilarining dinga qarshi kayfiyatdagi qanotini doimo qo’llab-
70
Qarang: //Toyirov A.E. O’zbekistonda sovet hokimiyatining qatag’on siyosati (Samarqand viloyati misolida,
1918-1938 - yil) Tarix fan.nom.diss. avtoref. T: O’zMo’, 2007.
63
quvvatlash lozimligi alohida takidlangan
71
. Ammo jadidlarni diniy ulamolarga
qarshi qo’yish siyosati muvoffaqiyat qozonmadi. Aksincha milliy ziyolilar
dunyoviy bilimlarni keng targ’ib qilish bilan birga diniy etiqodni saqlab qolish va
himoya qilishga muhim vazifa sifatida qaradilar. 1925 - yilda O’zbekistonda 97 ta
vaqf maktablar, 1500dan ortiq eski maktablar yashirin holda ish olib borgan. Ular
ham 1928 - yilda o’z faoliyatini tugatgan edilar. Bu davrda «Sosializmda dinga
o’rin yo’q, unga din begona», «Din xalq uchun afyundir» degan qarashlar ustuvor
bo’lib qoldi. Joylarda, ayniqsa bolshiviklar tomonidan tashkil etilgan «qizil
choyxonalar»da ateistik (dinga qarshi) targ’ibot, tashviqot avj oldirildi. 1928 -
yilda «Xudosizlar» jurnali, hamda «Xudosizlar» jamiyati tashkil etildi. Bu -
yillarda o’zbek xalqining olis asrlarga borib qadalovchi osori-atiqalari, masjidi
madrasalar, maqbaralar ko’rinishidagi noyob me’moriy obidalariga zo’r berib
hujum uyushtirildi. Binobarin bu maskanlarning bora-bora qarovsiz, xarob ahvolga
kelganligi tasodifiy emas. Ayniqsa bunda xalqimizning
dilidan chuqur joy olgan
uzoq asrlik islomiy qadriyatlar zavol topganligi achinarlidir. Sovet hokimiyati
tomonidan nafaqat musulmon ruhoniylari balki boshqa din ruhoniylari ham ta’qib
etildi. Umuman, O’zbekistonda barcha dinga mansub ruhoniylarning asosiy qismi
XX asrning 30 - yillarida qatag’on qilindi. Masjid va madrasalarning deyarli
hammasi faqat diniy emas, madaniyat, ilm, tarbiya, san’at markazlari bo’lganiga
qaramay bekitib qo’- yildi. Dindorlar masjid va ruhoniylardan
mahrum etilgan
bo’lsalarda toat-ibodatlarini yashirincha davom ettiraverdilar. Har qanday ta’ziyq
va ta’qiblarga qaramay xalq asrlar davomida shakllangan diniy e’tiqodini saqlab
qoldi. Faqat mustaqillik sharofati bilan xalqimizning diniy e’tiqodiga to’la erkinlik
berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: