O’zbekiston tarixi fanidan
2022-yil bitiruvchilari uchun test savollari 20-variant
1. O‘rta Osiyo hududida dastlabgi tanga-pullar … tarqalgan.
A) mil.avv. V-IV asrlarda
B) mil.avv. III-II asrlarda
C) mil.avv. VII-VI asrlarda
D) mil.avv. IX-VIII asrlarda
2. Salamin yaqinidagi dengiz jangida halok bo‘lgan navqiron baqtriyalik jangchilar tilga olingan tragedik asarni va uning muallifini aniqlang.
A) “Antigona”, Sofokl B) “Harbiy hiylalar”, Polien
C) “Tarix”, Gerodot
D) “Forslar”, Esxil
3. Arxeologik va yozma manbalar mil. avv. VI-IV asrlarda O‘rta Osiyo xalqlarining qanday sohalar taraqqiyotida yuksak darajaga erishganlaridan dalolat beradi?
A) zargarlik, hunarmandchilik, tikuvchilik, kulolchilik, binokorlik
B) badiiy o‘ymakorlik, ganchkorlik, kulolchilik, kovushdo‘zlik
C) dehqonchilik, chorvachilik, me’morchilik, gachkorlik
D) kulolchilik, so‘zana to‘qish, badiiy o‘ymakorlik, gachkorlik
4. Quyida keltirilgan shaharlardan qaysi birlari Ahamoniylar davridagi yirik hunarmandchilik markazlari hisoblangan?
1) Afrosiyob 2) Zamonbobo 3) Tuproqqal’a 4) Qiziltepa
5) Sarazm 6) Uzunqir 7) Yerqo‘rg‘on 8) Ko‘zaliqir
A) 1, 4, 6, 7, 8
B) 1, 3, 4, 6, 7, 8
C) 1, 4, 5, 6, 7, 8
D) 1, 2, 3, 4
5. Kir II nechanchi yilda massagetlar ustiga yurishga otlandi?
A) mil.avvalgi 540-yilda
B) mil. avvalgi 535-yilda
C) mil. avvalgi 530-yilda
D) mil. avvalgi 545-yilda
6. Kir II ning massagetlar ustiga yurishi haqida kim yozib qoldirgan?
A) Poliyen
B) Gerodot
C) Arrian
D) Kvint Kurtsiy Ruf
7. “Bu jang barcha janglardan ham dahshatlirog`i ed”, Gerodot qaysi jang haqida bunday deb yozgan edi?
A) Kir II va massagetlar jangi B) Marafon janggi
C) Doro I va saklar janggi D) Salamin janggi
8. Doro I ning taxtda o`tirgan yillarini aniqlang.
A) Mil.avv. 530-522 yillar B) Mil.avv. 522-519 yillar
C) Mil.avv. 522-486 yillar D) Mil.avv. 486-465 yillar
9. Frada qo`zg`oloni haqida xato javobni toping.
A) Mil.avv. 522 yil - Frada qo`zg`oloni Margiyonada bo`lib o`di
B) Mil.avv. 522 yil - Forslar bilan Frada o`rtasida hal qiluvchi jang bo`ldi
C) Mil.avv. 521 yil - Frada asir olinadi va qatl etiladi
D) Bu qo`zg`olon haqidagi ma`lumotlar Gerodot asarlarida uchraydi
10. Miloddan avvalgi 519 yilda ….. .
A) Doro I ning saklar ustiga yurish qildi B) Kir II ning massagetlar ustiga yurish qildi
C) Marg`iyonada Frada qo`zg`oloni bo`lib o`tdi D) Frada asir olinib qatl etildi
11. Doro I ning saklar ustiga yurishi haqida kirn yozib qoldirgan?
A) Gerodot
B) Arrian
C) Poliyen
D) Kvint Kurtsiy Ruf
12. Xorazmning mustaqilligi uchun kurashgan Otsiz dastavval qaysi qabilalarni bo‘ysundirgan?
A) turkman, qipchoq
B) saroy, yuz
C) afg‘on, o‘g‘uz
D) qarluq, turkman
13. Otsiz hukmronligi davrida Xorazm bilan iqtisodiy jihatdan bog‘liq bo‘lgan qaysi hududlar egallangan?
A) Kichik Osiyo va Kermon
B) Sirdaryo etaklari va Mang‘ishloq yarimoroli
C) Nishopur, Ray va Marv
D) Kaspiy dengizi sohillaridan Itil bo‘ylarigacha
14. Xorazmshoh Elarslonning hukmronlik yillarini aniqlang.
A) 1127-1156-yy
B) 1156-1172-yy
C) 1172-1200-yy
D) 1147-1182-yy
15. 1153-yil Sulton Sanjarga qarshi kimlar qo‘zg‘olon ko‘tardi?
A) safforiylar B) qipchoqlar
C) o‘g‘uzlar D) turkmanlar
16. Bu davrda Saljuqiylar davlatidan dastlab qaysi hududlar ajralib chiqqan?
A) Fors va Ozarbayjo
B) Kavkaz va Volgabo‘yi
C) Xuroson, Fors
D) Kichik Osiyo va Kermon
17. Xorazmshoh Takash davrida zabt etilgan shaharni aniqlang.
A) Nishopur B) Qoshg‘ar C)Taro D) Lohur
18. 1194-yilda Takash kimga qaqshatqich zarba berib Eronni Xorazmga bo‘ysundirdi?
A) Tug‘rulga B) Sulton Sanjarga C) Usmonga D) Malikshohga
19. Xorazmshoh Muhammad nechanchi yildan boshlab Movarounnahrni qoraxitoylardan ozod qilishga kirishadi?
A) 1210-yil B) 1212-yil
C) 1206-yil D) 1214-yil
20. Xorazmshoh Muhammad qayerda bo‘lgan jangda qoraxitoylarni mag‘lubiyatga uchratdi.
A) Chu daryosi bo‘yida
B) Talos vodiysida
C) Amudaryo yaqinida
D) Issiqko‘l yonida
21. Kimning davrida Yettisuvgacha bo‘lgan hududlar Xorazmshohlar davlati tasarrufiga olinadi?
A) Elarslon
B) Takash
C) Otsiz
D) Alovuddin Muhammad
22. XIII asr boshida Xorazm juda keng maydonni egallagan buyuk davlatga aylangan edi. Uning chegarasi janubi-g‘arbda ... qadar borar edi.
A) Iroqqa B) G‘aznaga
C) Yettisuvga D) Erong
23. Xiva xonligi poytaxtini Urganchdan Xivaga ko'chirgan xon kim edi?
A) Arab Muhammadxon
B) Avaneshxon
C) Hojimxon
D) Anushaxon
24. Xiva xonligida parokandalik qaysi xon davrida yuqori nuqtasiga yetgan?
A) Arab Muhammadxon
B) Avaneshxun
C) Hojimxon
D) Anushaxon
25. Arab Muhammadxon davrida Urganchga bostirib kelgan Yoyiq kazaklari atamani kimlar edi?
A) Ataman Nechay, Ataman Mamay B) Ataman Shamay, Amman Nechay
C) Ataman Burnash, Ataman Nechay D) A va S javoblar to'g'ri
26. 1616-yilda Arab Muhammadga qarshi isyon ko'targan o'g'illari kimlar edi?
A) Habash Sulton va Elbars Sulton B) Asfandiyor va Abulg'ozi Sulton
C) Elbars Sulton va Asfandiyor D) Abulg'ozi Sulton va Habash Sulton
27. Asfandiyorxon qachon Xiva taxtini egalladi?
A) 1621-yilda B) 1642-yilda
C) 1623-yilda D) 1644-yilda
28. Abulg'ozi Sulton haqida xato javobni toping.
A) 1621-yilda akalaridan yengilgan Abulg'ozi Imomqulixon saroyida panoh topadi
B) 1623-yilda Abulg'ozixon Asfandiyorxon tomonidan Urganchga hokim etib tayinlandi
C) 10 yil Abulg'ozi Eronda tutqunlikda kun kechirgan
D) 1643-yilda Abulg'ozixon Xiva taxtini egallaydi
29. Abulg'ozixon xonlikdagi barcha qabilalarni 4 guruhga bo'ldi. Quyida shu guruhlar xato berilgan javobni toping.
A) Qiyot-qo'ng'irot B) Qang'li-qipchoq C) Uyg'ur-nayman
D) Yuz- mang'it
Do'stlaringiz bilan baham: |