O’zbekiston tarixi fanidan
2022-yil bitiruvchilari uchun test savollari 13-variant
1. Mezolit davriga oid manzilgohlar qaysi hududlarda ko’plab uchraydi?
A) Farg’ona vodiysining tog’oldi va tog’liq tumanlarida hamda O’zbekistonning shimolida
B) Zarafshon va Farg’ona vodiysining tog’oldi va tog’liq tumanlarida hamda O’zbekistonning janubida
C) Farg’ona vodiysining tog’oldi va tog’liq tumanlarida hamda O’zbekistonning janubida
D) Zarafshon vodiysining tog’oldi va tog’liq tumanlarida hamda O“zbekistonning janubida
2. Qaysi davrdan boshlab Amudaryo va Sirdaryo qirg’oqlari, O’zbekiston hududidagi ko’llar va daryolar sohili ovchilari va baliqchilari maskanlariga aylanadi?
A) Paleolit davridan
B) Mezolit davridan
C) Neolit davridan
D) Eneolit davridan
3. Ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik dastlab qayerda paydo bo“lgan?
A) Old Osiyo
B) Yaqin Sharq
C) Janubiy-Sharqiy Osiyo
D) O“rta Osiyo
4. Mezolit va neolit davrida odam …
A) Ziroatchilikni organib oldi.
B) toshga ishlov berishning silliqlash, arralash, sirlash va teshikchalar parmalashni o“rganib oldi.
C) mikrolitlar yasashni, toshga ishlov berishning silliqlash, arralash, sirlash va teshikchalar parmalashni o“rganib oldi.
D) paxsa imoratlar qurishni o“rganib oldi.
5. Qaysi davrda aksariyat qabilalar o’troq turmush-tarziga o’tib doimiy turar-joylar qura boshlagan?
A) Bronza davrida
B) Mezolit davrida
C) Neolit davrida
D) Eneolit davrida
6. Neolit davrida hunarmandchilik rivojiga zamin yaratgan omilni aniqlang.
A) toshga ishlov berishning silliqlash, arralash, sirlash va teshikchalar parmalashni o’rganib olishi.
B) o’troq turmush tarziga o’tilishi.
C) sopol idishlar yasashni o“rganib olishi.
D) ziroatchilik va chorvachilikka o“tilishi.
7. O’rta Osiyoning janubiy viloyatlarida aholi qachondan boshlab ziroatchilikka o’tgan?
A) miloddan avvalgi II-I mingyilliklar boshlaridan
B) miloddan avvalgi III-II mingyilliklar boshlaridan
C) miloddan avvalgi IV-III mingyilliklar boshlaridan
D) miloddan avvalgi VI-V mingyilliklar boshlaridan
8. Qachondan boshlab bronza mehnat qurollari, qurol-yaroqlar va zebi-ziynat tayyorlashda ishlatiluvchi asosiy xom-ashyo bo“lib qoldi?
A) mil. avv. III mingyillik boshlaridan B) mil. avv. III migyillik o’rtalaridan
C) mil. avv. II mingyillikdan D) mil. avv. II mingyillik oxirlaridan
9. Odamlar ixtiyorida ortiqcha qishloq xo’jaligi mahsulotlarining vujudga kelishi sababini aniqlang.
A) mehnat qurollarining bronzadan yasalganligi.
B) hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqqanligi.
C) ziroatchilik va chorvachiliknng vujudga kelishi.
D) mehnat qurollarining temirdan yasalganligi.
10. Eneolit davridan boshlab O’rta Osiyoda… 1) xom g’ishtan keng foydalanila boshlandi 2) kulolchilik humdonlaridan kemg foydalanila boshlandi 3) Omochli ziroatchilikka o`tildi 4) ildamroq harakatlanuvchi vositalardan foydalanish boshlandi 5)sopol idishlar sirt naqsh bilan bezatiladigan bo’ldi 6) patriarxat davriga o`tildi 7)sug’orma dehqonchilik vujudga keldi A) 1,2,3,5, B) 1,2,4,5,7
C) 1,3,4,6 D) 1,2,5, 7
11.Qaysi davrda chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi?
A) Mezolit davri
B) Neolit davri
C) Eneolit davri
D) Bronza davri
VIII asr oxiri IX asr boshlarida Movarounnahrning .... hududlaridagi hali xalifalikka bo‘ysundirilmagan chegaradosh o‘lkalarda bir nechta davlatlar tashkil topdi
A) shimoliy va g‘arbiy
B) shimoliy va shimoli-sharqiy
C) sharqiy va janubiy
D) janubiy va janubi-g‘arbiy
Qadimda Oltoyning g‘arbida, Irtish daryosining o‘rta oqimida qaysi qabilalar yashagan?
A) o‘g‘uzlar B) yag‘molar C) qarluqlar D) jujonlar
Qarluqlar davlati dastlab qaysi hududda tashkil topdi?
A) Yettisuv o‘lkasida
B) Oltoyda
C) Janubiy Sibirda
D) Sharqiy Turkistonda
Qarluqlar davlatining poytaxti bo‘lgan Suyob shahri qayerda joylashgan edi?
A) Ili daryosi bo‘yida
B) Issiqko‘lning g‘arbida
C) Chu daryosi bo‘yida
D) Irtish daryosi bo‘yda
Qarluqlar davlati hukmdori qanday atalgan?
A) afshin
B) yabg‘u
C) qoraxon
D) tavg‘achxon
Qarluqlarning katta qismi qachon islom dinini qabul qilishgan?
A) VIII asr o‘rtalarida
B) X asr o‘rtalarida
C) XI asr boshida
D) VIII asr oxirida
Qarluqlar davlatining shimol va sharqida Elsuvi daryosi vodiysidagi yaylovlarda qaysi qabilalar yashagan?
A) o‘g‘uzlar
B) yag‘mo qabilasi
C) chig‘il qabilasi
D) boshqirdlar
Qarluqlar davlati g‘arbda qaysi hudud bilan chagaradosh bo‘lgan?
A) o‘g‘uz yurti va Farg‘ona vodiysi B) Elsuvi daryosi vodiysi
C) yag‘molar vohasi va Sharqiy Turkiston
D) chig‘il qabilasi yaylovlari
Qarluqlar davlati janubda qaysi hudud bilan chagaradosh bo‘lgan?
A) o‘g‘uzlar yurti
B) Elsuvi daryosi vodiysi
C) yag‘molar vohasi D) chig‘il qabilasi yaylovlari
Qarluqlar chetga asosan qanday mahsulotlar olib chiqishgan?
A) jun mahsulotlari
B) bo‘yoq va dori-darmonlar
C) temir buyumlar
D) kunchilik mahsulotlari
X asrda qaysi qabilalar Movarounnahrning shimoliy hududlarini egallab, Shosh va Farg‘ona, Zarafshon vodiylariga o‘rnashganlar?
A) o‘g‘uzlar B) yag‘molar C) qarluqlar D) qoraxitoylar
23. Buxoroning Eronga taslim bo’lishi to’g’risidagi shartnoma qayerda imzolangan?
A) Zarafshon daryosi bo’yida
B) Chorbakr qo’rig’ida
C) Samaqandda D ) A va B
24. Buxoroning taslim bo’lganligi to’g’risidagi shartnomada nimalar nazarda tutilgan edi ?
1) 8 yillik bug’doy va arpa
2) 10 ming nafar Buxorodan askar 3) 200 xarvor bug’oy va arpa
4) 200 ming xarvor bug’doy va arpa 5) Qumondonlar berish
A) 1,2,4. B) 1,2,3.
C) 1,2,3,5. D) 1,2,3,4,5.
Do'stlaringiz bilan baham: |