O’zbekiston tarixi fanidan
2022-yil bitiruvchilari uchun test savollari 10-variant
1. Bundan uch yarim ming yil muqaddam shakllangan manzilgohni aniqlang.
A) Sopollitepa
B) Zamonbobo
C) Oltintepa
D) Jarqo’ton
Jarqo’ton manzilgohi qurilish tarxida ...
A) yirik davlatning poytaxti ekanligi alomatlari seziladi.
B) uch qismli rejaviy tuzilish kuzatiladi.
C) shaharning ilk alomatlari ko’zgatashlanadi.
D) ibodatxona qasrdan tashqarida qurilganligi ko’zga tashlanadi.
G’ildirak qaysi davrda kashf etilgan?
A) neolitda
B) eneolitda
C) bronza asrida
D) ilk temir asrida
Qachon Kichik Osiyodagi xettlar temirdan foydalanishgan?
A) mil.avv. XV-XIV asrlarda
B) mil.avv. XIV-XIII asrlarda
C) mil.avv. XII-X asrlarda
D) mil.avv. IX-VIII asrlarda
Temirdan dastlab nima maqsadda foydalanilgan?
A) ovlashda
B) yerga ishlov berishda
C) pul o’rnida
D) zeb-ziynat, bezak sifatida
Eng qadimgi temir buyumlar topilgan Maykop qo’rg’oni qayerda joylashgan?
A) Misrda
B) Hindistonda
C) Kavkazda
D) Mesopatamiyada
Mil.avv. I ming yillik boshlarida О’rta Osiyo aholisi 4 guruhga bо’lingan. Bular….
kohinlar, jangchilar, dehqonlar, hunarmandlar
zodogonlar, ruhoniylar, dehqonlar, qullar
savdogarlar, dehqonlar, hunarmandlar, qullar
kohinlar, savdogarlar, jangchilar, hunarmandlar
O’rta Osiyoda topilgan temir buyumlarning ko’pchiligi...
A) mil.avv. IX-VIII asrlarga tegishli B) mil.avv. VII-VI asrlarga tegishli
C) mil.avv.VIII-VII asrlarga tegishli D) mil.avv. VI-IV asrlarga tegishli
“Avesto”da qabilalar ittifoqi qanday nomlangan?
A) zantu
B) daxyu
C) nmana
D) varzana
“Avesto”ga ko’ra jamiyatni idora qilishning qanday tizimi mavjud bo’lgan?
viloyat hukmdori, alohida tumanlar hukmdori, xalq yig’ilishi, oqsoqollar kengashi.
oqsoqolar kengashi, alohida tumanlar hukmdori, xalq yig’ilishi, viloyat hukmdori.
xalq yig’ilishi, alohida tumanlar hukmdori, viloyat hukmdori, oqsoqollar kengashi
oqsoqollar kengashi, xalq yig’ilishi, alohida tumanlar hukmdori, viloyat hukmdori.
11. Qadimgi dunyo tarixi qaysi manbalar asosida o“rganiladi?
A) arxeologik va antopologik manbalar B) etnografik va lingvistik
C) numizmatik va yozma manbalar D) arxeologik va yozma manbalar
Qaysi Arab xalifasi yangi yerlarni bundan buyoniga zabt etishni to‘xtatish va moliyaviy islohot o‘tkazish to‘g‘risida farmon chiqargan?
A) Muoviya I B) Xalifa UmarC) Xalifa Ma’mun D) Umar ibn Abdulaziz
Qaysi voqea Movarounnahrda aholining yoppasiga islomdan chiqish va eski dinlariga qaytishiga sabab bo‘lgan?
xiroj miqdorining oshirilishi
Muqanna qo‘zg‘olonini bostirilishi
xalifalik ma’muriyatining bir yo‘la hammadan jiz’ya solig‘ini olish haqidagi buyrug‘i
Zardushtiylar ibodatxonasining vayron qilinishi
Qachon Sug‘dda arablarga qarshi qo‘zg‘olon boshlangan?
A) 714-yil
B) 720-yil
C) 747-yil
D) 748-yil
Sug‘dda boshlangan qo‘zg‘olonga boshchilik qilgan Panjikent hokimi kim?
A) Tug‘shoda
B) Hurzod
C) Tarxun
D) Divashtich
Arablarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan sug‘diylarga yordam berish uchun qayerdan turk lashkarlari kelgan?
A) Qoshg‘ardan
B) Farg‘onadan
C) Yettisuvdan
D) Bolasog‘undan
Qachon Said Xaroshiy Xuroson noibi etib tayinlandi?
A) 720-yilda
B) 721-yilda
C) 723-yilda
D) 726-yilda
VIII asrning birinchi choragida qaysi Xurosonnoibiga so‘g‘dliklar qo‘zg‘olonini bostirish vaularni islomga qaytarish vazifasi yuklatilgan?
A) Nasr ibn Sayyorga
B) Umar ibn Abdulazizga
C) Marvon II ga
D) Said Xaroshiyga
Said Xaroshiy qayerdagi xalq qo‘zg‘olonini bostirishdagi shafqatsizligi bilan dong qozongan edi?
A) Iroqda
B) Eronda
C) Sug‘dda
D) Ozarboyjonda
Ma’limki, Sug‘d qo‘zg‘olonini bostirish maqsadida Said Xaroshiy Movarounnahrga yuborilgan edi. Qaysi shaharda bo‘lgan jangda qo‘zg‘olonchilar yengiladi?
A) Farg‘onada
B) Shoshda
C) Xo‘jandda
D) Keshda
Islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jiz’ya solig‘ini olmaslik haqida qaror chiqargan Xuroson noibini aniqlang.
A) Said Xaroshiy
B) Nasr ibn Sayyor
C) Ma’mun
D) Ashros
Xurosonda Nasr ibn Sayyor noiblik qilgan yillarni aniqlang.
A) 710-737-yillar B) 715-732-yillar C) 738-748-yillar D) 717-719-yillar
Do'stlaringiz bilan baham: |