O’zbekiston tarixi 7-sinf


II. O’tgan mavzuni so’rash



Download 1,2 Mb.
bet46/122
Sana23.06.2022
Hajmi1,2 Mb.
#694089
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   122
Bog'liq
KONSPEKT 7SINF OZB TARIX SONGGI

II. O’tgan mavzuni so’rash:
1.Qadimda Oltoyning g'arbida, so'ngra ... yashagan qarluqlar qadimiy turkiy qabilalardau hisoblangan.
A.Ural tog'larida B.Ob daryosi havzalarida
C.Irtish daryosining o'rta oqimida D.Sirdaryoning yuqori oqim- larida
2.Qarluqlar davlati qachon tashkil topgan edi?
A.VII asr oxirida B.VIII asr boshlarida C.VII asr o'rtalarida D.VIII asr o'rtalarida
3.Dastlab turk xoqonligi tarkibiga kirgan o'g'uzlar xoq|onlik yemirilgach, qayerga borib o'rnashadilar?
A.Elsuvi aryosi vosiysida B.Shosh atrofi va Farg'ona hamda Zarafshon vodiylarida
C.Sirdaryoning yuqori oqimlarida D.D) Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo'yida
4. O'g'uzlar qipchoqlar zarbasidan keyin g'arbda qayerga borib joylashgan?
A.Old Osiyoga B.Shimoliy Kavkaz dashtlariga
C. Kimmeriya Bosforiga D.Qrim yarimoroliga
5. Xalifa Horun ar-Rashid vafotidan so'ng uning o'g'illari o'rtasidagi taxt uchun kurash qachon bo'lib o'tadi?
A.786-809-yillar B. 809-813-yillar C. 813-821 –yillar D. 830-844-yillar
6. Qarluqlar davlatining poytaxti bo'lgan Suyob shahri qayerda joylashgan edi?
A. Zarafshon daryosi etagida B.Ili daryosi bo'yida
C. Sirdaryoning yuqori oqimida D. Chu daryosi shimolida
7.Safforiylik qanday kasb bo'lgan?
A.matoga ohor beruvchi B.misgar hunarmand
C.qalqon yasovchi usta D.tunukasoz usta
8. O'g'uzlar davlatini X asrning birinchi choragida bo'linib ketishiga sabab bo'lgan voqeani aniqlang.
A.davlat tarkibidagi qabila boshliqlarining o'zaro kelish- movchiliklari
B. o'g'uz qabilalari tomonidan Islom dinining qabul qilinishi
C. qipchoq qabilalari tomo­nidan berilgan qaqshatqich zarba
D. o'g'uz qabilalari bir qis mining o'troqlashishi
III. Yangi mavzu bayoni:
IX asrda Movarounnahrning siyosiy hayotida ham o‘zgarishlar yuz beradi. Yurt- ga avval Nuh, so‘ngra Ahmad boshchilik qiladi. Har biri hukmronligi davrida o‘z nomlaridan misdan cha- qalar zarb etadilar. Ahmad vafotidan (865-yil) keyin uning o‘g‘li Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. U Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko‘radi.
IX asrning oxirgi choragida Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga o‘tadi. Nasr butun Movarounnahrning hukmdoriga aylanadi. U kumush dirham zarb etadi.
Ko‘p o‘tmay aka-uka Nasr va Ismoil o‘rtasida toj-taxt uchun kurash boshlanadi. Unda Ismoil g‘olib chiqadi. Ismoil Somoniy 888-yilda butun Movarounnahrni o‘z qo‘l ostiga birlashtirdi.
Ismoil Somoniy o‘rta asrlarning qobiliyatli, serg‘ayrat va ni­hoyatda zukko davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirib, mustahkam davlat tuzishga intildi. Shimoli sharqiy hududlarga yurish qiladi. 893-yilda Taroz shahrini zabt etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba beradi.
Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishishi, shubhasiz, Arab xalifalariga yoqmas edi. Arab xalifaligini, bir tomondan, Movarounnahrdan muttasil undirib olinadigan katta boyliklardan mahrum bo‘lishi nihoyatda ranjitsa, ikkinchi tomondan, cho‘chitar ham edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni to‘qnashtirishga va ularning har ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda o‘z ta’sirini qayta tiklashga harakat qiladi. Xa­lifa Mu’tazid (892-902) safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi va uni Ismoilga qar­shi gijgijlaydi. Natijada 900-yilda ular o‘rtasida urush boshla- nadi. Urush Ismoilning g‘alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qo‘l ostiga o‘tadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilga hukmdorlik yorlig‘ini yuborishga majbur bo‘ladi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahr va Xurosonni o‘z qo‘l ostida birlashtirdi. Buxoro shahri bu ikki davlatning poytaxtiga aylandi.
Somoniylar mamlakatni boshqarishda dastavval ixcham boshqaruv ma’muriyatini tashkil etdilar. U amir dargohi va devonlar (vazirliklar)dan iborat edi. Dargohda amir qarorgohi va harami hamda saroy a’yon- lari, navkar va xizmatkorlarining turarjoylari bo‘lardi. Narshaxiyning yozishicha, Somoniylar boshqaruvi asosan vazir, mustovfiy, amid ul-mulk, sohibi shurat kabi o‘nta devon orqali idora etilib, ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblanardi. Nasr II (914-943) davrida Buxoroning Registon maydonida amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, mahkama mana shu maxsus binoga joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari arab, fors tillarini puxta egallab olgan,
Qur’onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan xabardor bo‘lgan savodli aslzodalardan tanlab olingan.
Movarounnahrning ravnaqida islom dini ruhoniylarining hissa- si katta bo‘ldi. Shu boisdan ular­ning obro‘yi oshib, poytaxt Buxoro Sharqda islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylan- di. Shaharlarda ko‘plab ibodatxonalar, shu jumladan, jome masjid, xonaqoh va namozgohlar bino qilindi. Shu davrda Buxoro shahrida musulmon Sharqi- dagi ilk ilmgoh- madrasa bunyod etiladi. Buxoroning bu qadimiy madrasasi X asrda shaharning kavushdo‘zlar mahal- lasi yaqinida bino qilingan. U Farjak madrasasi deb yuritilgan.
Mamlakat ma’naviy hayotida «ustod» deb atalgan din va ilm peshvolari rahnamolik qilardi. Keyinchalik bu nom «shayx ul-islom» nomi bilan yanada ulug‘landi. Ustoddan keyin xatib- lar turardi.
Ismoil Somoniy saroyning maxsus mun- tazam sarbozlaridan iborat yaxshi
qurollangan harbiy qo‘shin tuzadi. Yaxshi va uzoq xizmat qilgan sarbozlar «hojib» lavozimiga ko‘tarilgan. Hojiblarning boshlig‘i «hojib ul-hujob» yoki «hojibi buzruk» deb yuritilar edi. Bunday unvon Somoniylar saroyidagi oliy unvon hisob- lanardi.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish