Milliy va umummadaniy
umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;
o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish
O‘z-o‘zini rivojlantirish
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;
o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish
tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.
miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.
Fanga oid kompetensiyalar:
Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.
tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;
mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;
Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi
Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.
Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodi: savol-javob, “Aqliy hujum” metodi , guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: darslik, mavzuga oid xarita, doska, bo’r, daftar, tarqatma materiallar.
Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Dunyo yangiliklari.
O’tilganni so’rash: Savol-javob.
1. Sug’d ixshidligi haqida gapirib bering. 2. Toxariston viloyatidagi hokimliklar haqida nimalarni bilib oldingiz? 3. Farg’ona kuchli hokimlik bo’lganligi nimalarda namoyon bo’lgan? 4. Choch va Eloq hokimlari haqida nimalarni bilib oldingiz? 5. O’lka boyliklari hamda xo’jaligining asosiy tarmoqlari haqida so’zlang.
Yangi mavzu: Kichik ma’ruza.
Bu davrda Sug’d, Xorazm va Toxariston aholisining alohida-alohida yozuvlari bo’lib, Sug’d va Xorazm yozuvlari qadimgi oromiy yozuvi asosida maydonga kelgan edi. Toxar yozuvi baqtriya yozuvi asosida shakllandi. Bizning zamonimizgacha saqlanib qolgan Sug’d yozuvlari Panjikent yaqinidagi Mug’ qal’asida, Sharqiy Turkistondagi Turfan shahri yaqinida, Samarqandning qadimgi xarobasi Afrosiyobda qayd etib o’rganilgan.
Ilk o’rta asrlarda yurtimizda sog’d, xorazm, toxar va turkiy run yozuvlari mavjud bo’lgan
Arkon- dindagi muhim vazifa
Qam-shomon-Ko’k tangriga sig’inuvchi yakka hudolik dini.
Varaxsha Buxoroda hukmdorlar saroyi
Mustahkamlash
1.Aholi qanday yozuvlardan foydalangan?
2.Aholi qanday dinga e’tiqod qilgan?
3.Moniy din ta’limoti nima?
4.VI-VII asrda tasviriy san’at haqida aytib bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |