4- ISLOM KARIMOV - O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
BIRINCHI PREZIDENTI
O’zbekistonda davlat boshqaruvining yangi, demokratik tizimini shakllantirishga kirishildi. Huquqiy demokratik davlat bаrро etish yo’lini tanlagan O’zbekiston uchun tabiiy ravishda davlat boshlig’i - Prezidentning umumxalq tomonidan saylanishini ta’minlash zarur edi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kеngashining 1991- yil 18- nоyаbrdа bо’l gan VIII sessiyasida «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida» Qonun qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qilib yoshi 35 dan kam va 65 dan ortiq bo’lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, saylovgacha kamida 10 yil O’zbekiston hududida muqim yashagan O’zbekiston fuqarosi saylanishi mumkin. O’zbekiston Prezidenti 5 yil muddatga saylanadi, bir fuqaroning o’zi ketma-ket ikki muddatdan ortiq O’zbekiston Prezidenti bo’lishi mumkin emas.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risidagi qonundan.
Do'stlaringiz bilan baham: |